Jahongir Muhammad
BIR RASM
AFSONASI
"ERK" Web sahifasidan ko'chirma:
"O'zbek hukumatiga va muxolifatga savollar
Savollar:
1. Nega O'zbekiston hukumati bu suratni(Sahifada
1995 yilda yilda olingan bir surat berilgan va bu savollar shu haqda-JM) shu
paytgacha e'lon qilmagan? (
2.
Yoki biron narsaning fursati keldimi? Nimaning,
kimning Fursati keldi?
Malumki, 1999 yil fevral voqealari mahkamasiga chiqarilgn
"guvoh" Zayniddin Asqarov yuqoridagi surat
"personajlari"ga qarshi ham ko'rsatma berdi, ammo
bu ko'rsatmalar elon qilinmadi, buning siri nimada?
3.O'zbekiston hukumatining bunday ikki xil
yondoshish usuli ostida nima yotibdi - o'zi shundoq ham parchalangan
muxolifatni yana ham parchalash rejasimi yoki bu yerda bundan ham
jiddiyroq niyatlar yashirilganmi?
4. So'nggi paytlarda "Amerika ovozi" radiosi o'zbek bo'limi,
aniqrog'i, uning xodimi Jahongir Muhammad(Mamatov) tomonidan O'zbekiston
muxolifatiga qarshi kuchayib ketgan propagandani nazarda tutib, bu soxta
muxolifatchilarni boshqarib turgan Markaz Toshkentda joylashmaganmi, degan
savol tug'ilmaydimi?
5. Nega hech kimning xayoliga "nima uchun 8 yil davomida bu
"muxolifatchi"lar nomi O'zbekiston matbuotida na yaxshi, na yomon
tarafdan loaqal biron marta ham eslanmadi-yu, bu davr mobaynida Muhammad
Solihning nomi totalitar rejim matbuoti va televideniesidan "xalq
dushmani" sifatida hech to'xtamay qoralandi," degan savol kelmaydi?
Bu haqda xolis kuzatuvchilar shunday yozadi:
"1999 yil fevral oyining 18-chi kuni
Toshkentda yuz bergan qayg'uli voqealadan so'ng aynan so'z qo'riqchilari
ekstremizmga qarshi kurashning yo'l ko'rsatuvchilariga aylandilar. Ular redaksiyalarga bu voqealardan
g'azablangan odamlarning ocherk va maqolalarini chop
etishni buyurardilar, agar odamlar hech narsa yozmasalar, ular jurnalistlardan
ana shunday "munosabat"larni to'qib-bichib yozishni talab qilardilar.
Masalan, "Xalq so'zi" gazetasi asosiy "terrorist" Muhammad
Solih haqida maqola chop etdi("u ko'p
xotinli, ko'rimsiz bir shoir va portlashlarning ma'naviy
tashkilotchisi" qabilida) va senzura o'sha kuniyoq rus tilida chiqadigan
nashrlardan "munosabat" talab qildi. Va
jurnalistlar quyidagi qabilda "munosabat" to'qishga majbur bo'lishdi:
"Men, kabel zavodida ishlaydigan Vasya Pupkin, yaramas Solih haqida o'zbek
tilida chop etilgan maqolani o'qidim va bu g'ayriinsonga o'zimning
noroziligimni bildiraman, u hech ham shoir emas..." Va so'z nazoratchilari
mana shunday "liniya" yil davomida ushlab turilishini qattiq nazorat
qilib turishadi.("Osobennosti
hatsiyonalnoy tsenzury" Alisher Juraev. Tsentr Ekstremalnoy
jurnalistiki.27.03.2001)
6. Voqealarni ko'rib turgan har qanday kishi shunday deb savol berishga
haqli: nega Muhammad Solih va uning ukalarinining uylari musodara qilingani
singari bu soxta muxolifatchilarning uylari
musodara qilinmagan, nega ularning qarindoshlaridan birontasi ham Muhammad
Solihning qarindoshlari singari qamoqqa olinmagan, qiynoqlarga solinmagan?
7. 8 yillik umrini faqat ERK Partiyasiga qarshi tuxmat
qilish, uning obrusini to'kishga sarflagan bu guruhni "Karimovga qarshi
Muxolifat" deb atash mumkinmi?
O'zbek muxolifati yillar davomida O'zbekiston demokratik kuchlarining
Birlashgan Jabhasini tashkil etishga urunib keldi,(eng songgisi 1992
yilda tuzilgan Demokratik Forum edi), ammo bu bunga doim yana o'sha
"po'latovalr" halaqit berdi - ular muhojirotda qanday
"Missiya" ni ado etmoqda? Va bu
"Missiya" ularga kimlar tarafidan topshirilgan?
Cengiz Turan
Turkistan-NET, 04.04.2001".
"ERK"dagi bu rasm va bir necha tilda(?)gi savollar menga qaratilmagani va men
muxolifat tarkibida emasligim uchun uni avvaliga parvosiz qoldirdim. Ammo uning ortidan yuz bergan voqelar bunga qaytishga undadi.
2001 yilning 17 May kuni bu xususda yoshiga to'ri keldi.
IG'VOGARGA YOZILGAN MAKTUB
Biz rasmga tushgan kunlar 1995 yil oxiri edi. Tohir Yo'ldosh
bilan avval Abdurahim Po'latovning Istanbulning Kadiko'y mahallasidagi uyida
uchrashdik. U bir necha kishi bilan keldi va
salom alikdan so'ng:
-Bir xonaga o'tib gaplashaylik,-dedi.
Abdurahim Po'latovning bolalari uxlaydigan
xonaga o'tdik. Ikki qavatli karavotga suyanib o'tirgan Tohir:
-Menga siyosiy qanot kerak,- dedi.- Armiyam bor, askarlarim bor, faqat
siyosiy bir kuch bo'lsa bas, hukumatni unga olib beramiz.
Biz uzoq gaplashdik. Men:
-Toliblar bizga hech qachon do'st bo'lmaydi,-dedim,-Agar ular O'zbekistonga
kelsalar va siz ularning safida bo'lsangiz, biz
Amudaryoning ikki
sohilimiz!
Abdurahim Po'latov ham O'zbekistonda islom davlati emas, demokratik
davlat tuzish masalasida qarorli ekanini aytdi. Tohir kayfiyati buzilib xonadan
chiqarkan, zaharxanda kulib turib, yarmi hazil-yarmi chin shaklida " Sizlar kommunist bo'lganlaringcha qolibsizlar"
dedi.
Uning hali Karimovni o'ldirish haqida gapi yo'q
edi. Ammo Islom davlati rejasi unda paydo bo'la boshlagan edi. U
birgalashib kurashylik, deb atrofiga odam to'playotgandi.
U ketayotib " Men MS ( Madaminov Salay va
yoki Muhammad Solih-JM) bilan ko'rishaman, keyin sizlar bilan ham takror
uchrashaman" dedi. Ertasiga Tohirning Istanbuldagi vakili Zayniddin
Asqarov telefon qildi va Tohirning men bilan
uchrashmoqchi ekanini aytdi.
Zayniddin ikki yil oldin Istanbulga kelgan va
ora sira telefon qilib turardi. U doim MS ning yonida bo'lganini aytar va uning mendan juda ham ranjiganini takrorlardi.
Tohir bilan ertasi kuni kechqurun bizning uyimizning yonida, benzin
kolonkasi oldida gapashdik. Tohir uyga kirishga vaqtim yo'q, desa ham ikki soat
chamasi tortishdik. U menga katta pul evaziga o'zi bilan Eronga borishimni va Tojik muxolifatining radiosida O'zbekcha eshitirishlarga
bosh bo'lishimni so'radi. Men unga o'zbek o'laroq bir vatan
farzandlari, lekin, biz g'oyaviy jihatdan boshqa- boshqa odamlar ekanligimizni,
qurolli yo'l emas, maqsadimiz, balki demokratiya ekanligini tushuntirishga
harakat qildim.
U ketayotib " Xato qildingizlar, Muhammad
Solih sizlarga qaraganda ancha yaxshi tushunar ekan" dedi. Men undan gazetaga interviyu berishini suradim. O'shanda "Turkiya" gazetasida ishlardim. U rozi
bo'ldi va ertasiga uchrashadigan bo'ldik. U Abdurahim Po'latovga ham va’da bergan ekan.
Zayniddin Asqarov oldin gazetaga ham
kelib turardi. Birdan oyog'ini uzdi. Ammo ora-sira telefon qilib MS bilan Eronga, Afg'onistonga,
Chechenistonga borib keldik, deb aytardi. Yoki Tohirning Istanbulga
kelgani haqida ham sha'ma qilardi.Men uning bunday uslubini tushunmas va MS ning navbatdagi o'yini deb qo'yardim. Ammo o'shanda MS ning "Ozodlik" radiosidagi bir chiqishi
diqqatimni tortdi.
MS vahobiylar haqida gapirib, bu oqimning fazilatlariga to'xtaldi va so'ng toliblar bizga dushman emas, do'st ekanligini
aytdi. Abdurashid Do'stimni do'stim, deb kelgan MS birdaniga unga ham qarshi
fikrlar bildirdi. Men ko'proq turkchi, turonchi goyasiga
yaqin bo'lganim uchun buni hazm qila olmadim.
Abdurashid Do'stim Anqaraga kelganida Abduraim
Po'latov bilan huzuriga bordik. U bilan "Turkiya"
gazetasida katta suhbatim, rasm bilan birga bosilgan. Kelgusida balki u ham
"terrorci" deb topilib qolsa dalil qidirganlarga buni oldindan aytib
quymoqchiman.
Keyinchalik "Radikal" gazetasida Anvar Oltoyli va MS haqida turkum maqolalar chiqqanda MS va Do'stim orasi
nega buzuq ekanligini tushundim.
Maqola "Yo'qolgan pullar MHP kuryerida" deb nomlangan va
Turkiyaning eng mashhur gazetalaridan biri bolgan Radiklada 1996 yil 17 dekabr
seshanba kuni bosilib chiqqandi.Gazetaning yozishicha Turkiya hukumati
Abdurashid Do'stimga Anvar Oltoyli orqali 12 million dollar yordam yuborgan. Ammo pulning hammasi Do'stimga bormagan. Oltoyli
qolgan pulni MS ga berganini aytgan. Bu ishda Turkiya hukumatida
ishlagan Kamol Yujaorol(turmush o'rtog'i o'zbeklardan
va o’zi MS ning do'sti. Bulent Ejevitning MSning kitobiga
yozilgan so'zboshisini ham shu odam uyushtirgandi) arachilik qilgan ekan.
Darhaqiqat shundan keyin men bazi savollarimga
javob topganday bo'ldim. Turkiyada yashash oson emas edi. Men
kelganimdan ko'p o'tmay gazetada ishlay
boshladim. Ammo bir oilani boqish uchun bu maosh yetmas edi.
KOCH universitetida o'zbek tilidan dars bera boshladim.
BBC radosiga muxbirlik qildim. "Ozodlik"
bilan hamkorlik qildim. Shunda ham ba’zan qo'l
kaltalik qilgan paytlar bo'lgan. Ammo MS Istanbulning eng qimmatbaho joyidan uy
olgan va shohona hayot kechirar, lekin hech qayerda
ishlamas edi. Kitob chiqarish uchun ham pul kerak edi.
Gazeta uchun ham, sagfarlar uchun ham...
Xullas, gazetadagi maqola ko'p narsani
oydinlashtirdi. Bu paytda hukumat almashib, pul berganlar o'rniga
islomiy REFAQchilar kelgandi. Kechagina demokrat bolib, yurgan MS endi
dindor bo'lib qoldi. U namoz o'qishni boshlash bilan birga
Umraga ham borib kelsada ba’zan "qittay-qittay" qilishni ham qo'ymas
edi. Ammo tekshir-tekshirlar boshlangani uchun Turkiya
unga tor bo'lib qoldi.
Mayli bu ayri mavzu. Tohir masalasiga
qaytadigan bo'lsak O'zbekiston hukumati MSni faqat bitta rasm uchun
ayblayotgani yo'q. Uning 1994 yilda qurol yo'li bilan
davlat to'ntarishiga harakat qilgani sir emas. Bu
haqda kitoblarimdan batafsizl ma’lumot topishingiz mumkin.
MS Afg'onistonga bormaganini ham isbotlay
olmaydi. Chechenistonga borgani ham o'rtada. General
Lebed bilan uchrashgani esa ERK gazetasida shov-shuv qilindi. Anvar Oltoyli bilan Saudiya Arabistoniga qayta-qayta borib
kelishgani ham oydan ravshan. Mening shaxsiy fikrim shunday:
O'zbekiston hukumatio’zini qo'llanayotganini MS
bilib turganiga ham ishonaman. Chunki Turkiya elchisi bo'lgan Abdulla
Abdurazzoqov bilan doim xufyona uchrashib turgani va
Abdurazzoqov Toshkenga chaqirilgach ham undan maktub olib turganini bilaman.
Hukumat MSni Abdurazzoqov va Oltoyli orqali
boshqargan. Hukumatning maqsadi MS bo'lmagan. Balki
islom tahlikasini kuchlantirib o'z umrini uzaytirmoqchu, demokratiya istaganlarni
ham yo'qotmoqchi va zulmni xavfsizlk tahlikasi bilan
oqlamoqchi bo'lgan. Ammo tahlika rostdan ham kuchaydi va
bunga hukumatning o'zi aybdor.
"ERK" e'lon qilgan savollarda shunday satr bor:"
"1984 yil may oyida meni KGB ga chaqirishdi. Bir
rus mayori suhbat qildi. O'sha paytlari Toshkentda bir
amerikalik olim yigit bilan tanishib qolgan edim. KGBni shu
Amerikalikning dunyoqarashi va albatta mening unga
qarashim qiziqtirgan ekan. Mening aytganlarim unga ma’qul
bo'lmadi. Shunga qaramay, suhbat so'ngida tez-tez uchrashib tursak
yaxshi bo'lardi, dedi mayyor".
Sundan keyin MS mayyor hec kimga aytmang degani
bilan bu uchrashuvni hammaga aytganini yozadi. Song "84 yil
oxirida mening hayotimda yana bir muhim voqea ro'y berdi. Yozuvchilar
soyuzi menga bir emas, ikki emas. Roppa-rosa uch xonali
kvartira berdi" deb yozadi MS. O'sha yillarni bilganlar aytishsinchi, KGB
ga qarshi chiqqan odam kvartira ololarmidi?
Men MS KGB chi demochi emasman. Balki uni qo'llanishgan, degan
fikrdaman. U har narsaga darrov ishonadigan va do'st
dushmanni ajrata olmaydigan, ig'volarga berilib ketib, nimalar bo'layotganini
unutadigan bo'lgani uchun ham hozirga qadar qo'llanishmoqda. Bo'lmasa
qanday qilib, bu rasmni MXX "ERK" sahifasiga chiqishini taminlaydi?
Savollarning men haqimdagi qismida esa mening
"Amerika Ovozi"da muxolifatga qarshi propaganda ishlari olib
borayotganim masalasidir. Juda qiziq, radioning yopilishi haqida gap
ketsa meni Islom Karimovga qarshi tinimsiz tanqidiy chiqishlar qilganim uchun
ayblashadi. Yoki Tohir Yo'ldosh bilan suhbat qilganim bunga sabab bo'ldi,
deyishadi. "Amerika ovozi" men ishlagan davrda
haqiqatdan ham Karimovni deyarli maqtamadi. Chunki Karimovni maqtaydigan
matbuoti bor. Muxolifat a’zolaridan ham aksariyatiga doim so'z berildi va senzura qilinmadi. Radioda bugunga qadar kamdan-kam
tortishilgan mazularga ham qaytiladigan bo'ldi.
U ham bo'lsa muxolifat o'rtaisdagi parchlanishni yo'qotib, umumiy demokratiya va inson huquqlari masalasida birlashish. Bu
mening o'ylab topgan narsam emas. O'zbekistonda yetilgan masala bu.
"ERK"chi va "Birlikchi"lar
o'rtadagi g'avg'olarga yetar, bas demoqda edilar. Men ham birlashish
masalasidagi fikrlarni olib ortaga qo'ydim. Gapirgan men emas, balki muxolifat
a’zolari. edi. Agar o'z
safdohslaringizning tanqidini hazm qila olmasangiz liderman deganingiz necha
pul deb so'raydigan yo'q. ,
Biz esa ezgulik xizmatida. Radio eshitmaydigan va ukasi yoki boshqa birovning gapi bilan darhol jahli
chiadigan MS buni o'ziga qarshi deb bilmoqda. 1994 yilda Istanbulda ekanmizda
ukasi Muhammad Bekjon "Ozodlik" radiosidan bizga tosh otmoqdalar
deganida, darhol radioga raddiya xati yozib menga "Qo'l qo'yib jo'nating'
dedi. Men unga: bu ahvolda Karimovdan farqimiz qolmaydiku? U
tanqid uchun odamlarni qatag'on qilmoqda. Biz ham
radioga darhol xat yozsak, qanday bo'ladi. Ular
shaxsimizni haqorat qilishgan emas. Hatto otimizni tutib tanqid ham
qilishgan emas, faqat Abdurahim Po'latovga so'z berishganda u nimalargadir
ishora qilib gapiribdi,- dedimu baloga qoldim.
Xatni o'zi imzolab yubordi va so'ng radio
bo'lim boshligi Yoqub Turonga telefon qilib u bilan ham ancha tortishdi.
Darvoqe, "Amerika ovozi" masalasiga
qaytasak, bu egasiz dargoh emaski, JM hamma ishni qilsin. Bo'limda eng
kichik lavozimda bo'lgan odam kamina edi. Olinadigan va
beriladigan suhbatlar mudir bilan maslahatli qilinardi. Mudir
eshitib ko'rgandan keyin efirga berilardi. Masalan,
men rahbariyatning izni bo'lmasdan biror interviyu olganim yo'q. Tohir
Yo’ldosh va yoki uning safdoshlari telefon qilganda
mudir menga buyurgan va bu ishni men bajarganman.
O'zbekiston Islomiy harakati terroristlar ro'yxatiga kirganda va Tohir
Yo’ldosh radioga telefon qilganda men mudira "Borib
rahbariyatdan so'rab kelingchi, olishimiz mumkin-mi" deganman. Rahbariyat
esa bu yer Amerika, so'z erkinligi, deb javob qilgan. Agar
"ERK" da savol berganlarning mantig'iga quloq solinsa, jurnalist
Ahmad Rashidni qamab qo'yish kerak ekan-da. U nafaqat interviyu olgan,b alki Afg'onistonda o'zbekistonliklar bilan yuzma-yuz
uchrashgan ham.
Agar "Amerika ovozi"ning Karimov
rejimiga qarshi bo'lganlarga keng o'rin berganini muxolifat qarshi
propaganda desa, buni o'ylab ko'rish kerak.Menimcha gap bunda emas. Bu bir
kasallikning alomati. Nega men emas, ular tanqid qilishadi, degan ichki bir hasad kasali bu. Balki Karimov rejimi
yana MSni qo'llangan bo'lmasin?!
Savollarda diqqatni tortgan yana bir necha
jihat bor.
Birinchisi: Bugunga qadar O'zbekiston hukumati faqat MSni gapirayotgan va boshqlarga, jumladan menga indamayotgan, ekan. Shu qadar ham so'qir bo'lish kerami? 1994 yilda 300 raqamli
Jinoyat ishida MSning qozon qorasidan bizga
tegmaganmi? Yaqinda, yani 2000 yil 19 Noyabrda O'zbekiston Oliy sudi chiqargan
hukmda garchi muxolifatdan chiqib ketganinga besh-olti yil bo’lganiga qaramay
mening nomimni bir nech joyga tirkab qo'yishganini nahotki MS ko'rmadi? U
holda Hukmni yana bir o'qib chiqsin. Hamma qilg'likni
u qilib, balosiga boshqalar qolmoqdaku? Yana nega menga indaydiyu boshqalarga
indamaydi, deyishi uning xarakterida men ochmoqqa uringan detallarni oshkor
qilib turibdi.
Esimda hukumat mening o'yimni olib qo'yganda(Darvoqe
savollarda nega MSning uyini olishdiyu boshqalarnikini olishmaydi deb
so'rashgan.)MS "Bu haqda gapirishimni ham istamasdi.
Qarindoshlarimni qamashganida ham O'zbekistondek katta masala oldida bular
mayda chuyda, degan shaklda gap qilardi. Ammo navbat o'zining uyini olishga kelganda bu xabarni telefonda
eshitayotib lablari gezarib, qo'llari qaltirab qolgandi. Mol-mulk jigar, deydilar. Men chekkan
aziyatlarni MS bu qadar tez unutgani uning xotirasida ham zaiflik
boshlanganining dalolatimi? Yaqinda Amerikaliklar bir
kashfiyot qilishdi. Odamlar eslab qolmaslikka ataylab
urinsalar xotira hodisalarni xazinasidan uloqtirar ekan. Bu ikki
taxmindan qaysi biri to'g'ri bu menga qorong'u. Umuman
men va qarindoshlarim va yoki Po'latov va
qarindoshlari Karimovdan aziyat chekmagan taqdirda ham "Nega bularga
indamayapsan" deb baqirishning o'zi dahshatli hol. Bunday
odamdan hamma narsani kutsa bo'ladi.
Men sakkiz yildan buyon ERK partiyasiga va yoki
MS yozganidek, ERK ga qarshi kurashibman. Men ERK partiyasidan chiqqanimdan
keyin biror marta ham ERKga qarshi yozmadim. ERK bu xalq . Xalqqa qarshi yozish mening uslubim
emas. Ammo o'zini "ERK" deb hisoblagan MS
o'ziga qarshi gaplarni ERK ga qarshi deb bilsa bu ham uning tarjimai holiga
oid.
Men MSga toki u Safar Bekjonning nomidan
yozilgan kitobida menga tuhmat, buhton yozmaguncha bilganlarimni ichinga
yutdim.
Endi bilsam, eng katta xatoim shu bo'lgan ekan. Andishaning otini qo'rqoq
deydilar, deganlari bugun o'rtaga chiqmoqda. Karimov rejimi
barobarida MS rejimi ham kamina haqida tinmay ig'vo tarqatib kelmoqda.
Birlik elektron sahifasini men tayyorlayman, deb o'ylaydi. Chunki men MS
ni yonida bo'lganimda hamma yozish chizishlarni
qilganim, gazetani o'zim chiqraganimni xotirasiga "unutma" degan. Bugun hatto Abdurahim Po'lotov o'z oti bilan yozganlarini ham
mendan ko'radi. Men keyingi bir yil ichida Abduraim Po'latov bilan faqat
bir marta uchrashdim, u ham bo'lsa u radioga tashrif
buyurganda. "Birlik" sahifasiga esa aloqam
yo'qligini yozishimga ham hojat bo'lamasa kerak.
MS o'zini ovutib JM yana menga tuhmat qilmoqda va rasmni Cengiz Turon
degan turk e’lon qilgan, men emas, deydi. Bu cho’pchak. U odam agar bor bo'lsa
"Amerika ovozi"nining o'zbekcha eshittirishlarini eshitib
tushunmaganga o'xshaydi. O'zbek turkchasini
o'rganishni maslahat bergan bo'lardim unga. Agar u yozgan bo'lsa, MS ga
shu qadar yoqib ketibdiki "ERK" sahifasining "qoshi" bilan
"ko'zi"ga aylandi bu rasm va savollar? Agar rostdan
ham faqat rasm tufayli ayblanayotgan bo'lganda "Qo'yinglar bu tuhmatni men
yashayapman, dushmanimga ham ravo ko'rmayman" degan bo'lardi.
Afsuski, bu ham uning terrorga boshi kirib, orqasi chiqmay qolganini
ko'rsatadi. Qisqa qilib aytganda qo'li qon odam har qanday
qabihlikdan qaytmas ekan. MS qisman rohat
qiladigan bo'ldi. Bugun mening opam va singlimni
qamoqqa olishdi. ( Vashington, 2001 yil, 17 May)