Umrimning bir qismini “ikkinchi
front”dagi kurash o’g’irlayotganidan afsusdaman.
Jahongir MAMATOV
Bir maktub va unga munosabatlar
Bu maktub 2002 yilning 19 Iyun kuni
"Birlik" hamda "ERK" veb-sahifalariga yuborildi. Ular e’lon
qilmadilar. Negaligini o’qib chiqsangiz bilib olasiz.
QABIHLIKNING
“TOPPONCHA”LARIGA
Yoki
"Birlik"dagi ig'volarga
javob
Bir necha kundan beri
"Birlik"ning "Mehmonlar sahifasi"da yozilganlarni o'qib
chiqishga vaqt topolmayotgan edim.
Mana, niyoyat o'qib chiqdim va ko'z oldimga bugun xorijda yashayotgan va
o'zini Karimov rejimiga muxolif, deb bilayotgan, o'zbek xalqining taqdiriga
mas'ulmiz, deb o'ylayotgan kishilar keldi va chin yurakdan achindim: Ham
xalqimizga va hamda ularga.
Kimlarning yozgani ko'zgudagidek bilinib turibdi. Ba'zilarining bir
nechtadan nevarasi bor, bazilarining esa bolalari bo'ylariga teng bo'lib qolgan
va yoshlari ham allaqayerga yaqinlashgan. Nahotki bu odamlar--haqoratning
botqog'iga botgan, begunoh odamlarni eng iflos gaplar bilan so'kishdan
chekinmayotgan, insonning shaxsini, nomini ifloslikka qorishtirishga
urinayotgan bu to'da O'zbek xalqini o'ylasa?! Madaniyatli tortishuv nimaligini
bilmagan, bir-birining uslubini o'rganib, uning nomidan qilib yozgan va so'ngra
o'zi javob bitib pastkashlik qiligan bu insonlar uchun o'zbek xalqi faqat
niqob, vatan masalasi faqat bahona, demokratiya faqat o'yin. Buqalamun ularning
oldida ip esholmaydi.
Lekin imzosiz yozganlar bu dunyodan ham imzosiz o'tib ketadilar.
Karimov va uning rejimi o'zbek xalqining boshiga ingan fojia, ammo
"Mehmonlar sahifasida" "ERK" va "Birlik" nomidan
"ish ko'rayotgan" bu so'kag'on to'dacha O'zbekistonda hukumat boshida
bo'lmagani esa o'zbek xalqining baxti. Bu mening xulosam!
Endi kimliklarini hamma ko'rib turgan imzosiz yozuvchilar, fitnakor va
ig'vogarlarga umumiy javobim shunday. Yaxshilab o'qib olishsin, chunki yana bir
marta yozmayman. Bu mening siz haqingizdagi uzil-kesil fikrimdir. Bundan keyin
qayerda yozsangiz ham o'z otingiz bilan va yoki elektron adresimga yozsangizgina
javob olasiz. Bo'lmasa karvon o'tib ketaveradi, siz esa...
-Meni "poraxo'r" , deb yozdingiz va yozmoqdasiz. Nima emish, Men "Lenin
yo'li" gazetasida ishlaganimda pora olgan emishman. Gap shundaki men
gazetada jurnalsit bo'lib ishlab tanilganman va meni oddiy xalq millat vakili
etib saylagan. Agar poraxo'r bo'lganimda menga qarashi zulm mashinasini
ishlatgan va o'z yo'lidan yurganlarni o'z ro'yxatidan millat vakili qilgan
kommunistik partiya meni bugun siz talayotgandan ham battaroq holda talab, qamoqlarda
chiritgan bo'lardi. Chunki men unga qarshi, uning zulm mashinasiga qarshi bosh
ko'targanman. Buni bugun O'zbekistonda Karimov zulmiga qarshi bosh ko'targanlar
yaxshi anglaydilar. Men Turkiyaga va yoki Amerikaga dollarlar bilan, (yoki
dollarlar uchun) kelgan emasman. Doim o'zimning qaro mehnatim bilan oyoqda
turdim.
Juda qiziq, o'zbek xalqini o'marib, dollarlar bilan chetga chiqqanlar
va bugunga qadar biror joyda ishlamasdan nimaning hisobiga kun ko'rayotganlari
sir bo'lib qolayotganlar seni ayblasa bu - o'grining o'girlikdan boshqa yana
bir ishi bor, u ham bo'lsa to'g’rining yoqasiga yopishmodir, degan maqolni
eslatadi. Lekin ularga Tangrining jazosi bor, u fisqu fasodchilarni,
o’g’riboshilarni, fitnachilarni - qo’tirlarni bizga bir shaklda ko’rsatadi,
albatta.
Ular gap o’zlariga yetib kelganda mavzuni o’zgartirish uchun menining
otimni yozmoqdalar va shu bilan ikki qushni urmoqdalar, go’yo. Birinchisi,
uquvchilarni chalg’itish bo’lsa, ikkinchisi yuraklaridagi hasad olovini shu
yo’l bilan o’chirmoqdalar.So’kishlardan o’zlari rohat qilganlaridek, yana bir
ikki rohat qilguvchilarga ozuqa bermoqdalar.
-Mening nomimni masxara qildingiz. Bilib qo’ying, men Jahongirman, o'z
so'zimning Jahongiriman, adolatga tashna insonlarning Jahongiriman, aqlimni
tanigan kundan beri bechora xalq tarafidaman va bundan keyin ham uning
Jahongiri bo'lib qolaveraman. Siz har qancha o'z kiringizni menga chaplashga
urinmang hech narsaga erisha olmaysiz. Poklikning nomi poklik bo'lib
qolaveradi. Buni Tangri nazorat qiladi va so'ngra har kimning vijdoni.
-Siz meni "donoschi", "Ig'vogar" debsiz. Men
bugunga qadar birovning ortidan, sirtdan donoschilik qilgan emasman.
Men Islom Karimovning yuziga tik qarab O'zbekiston onasining mahriga
tushmaganini ochiq aytganman.
Men Muhammad Solihning ko'ziga tik qarab, Karimovdan nafrat qilaman,
lekin u sizdan yaxshiroq, xudoga shukurki siz prezident bo'lmabsiz, deganman.
Men Abdurahim Po'latning yuziga qarab, mag'lubiyatni tan oling, endi
siz emas, yangi kuchlar o'rtaga chiqadi, xizmatingizni qilib bo'ldingiz, ularga
yo'l oching, sizdan prezident chiqmaydi, deganman.
Liderlarning o'rni chetda emas, vatanda, lider bo'lib qolishni
istasangiz vatanga qayting, deb ularga bundan 7-8 yil oldin aytganman.
Men bugunga qadar faqat Xudodan qo'rqdim va Tangriga bo'yin egdim.
Bandalariga esa bo'yin egganim yo'q . Men erkinlik odamiman. Kim haqida
yozmayin, ochiq ismimni qoy'ib yozganman va bundan keyin ham shunday bo'ladi.
Muhamad Solih va Abdurahim Po'lat haqida kitoblarimda butun
bilganlarimni yozganman. Agar ular liderlikka da'vogar bo'lmaganlarida, balki
yozmasdim. Da'vogarmi, demak xalq ular haqida hamma narsani bilishi kerak va
bilganlar yozmasa bu xalqqa xiyonatdir! Men ig'vogarlik qilganim emas, buning
otini ig’voralik demaydilar, buning oti mardlikdir. Nahotki, bilganlarini
ochiq, o'z ismi bilan yozish ig'vogarlik... Unda qo'rqoqlarcha ismini yashirib
yozish, haqorat qilishning nomi nima bo'lmasa?
Ularga gapim shu: Siz menimcha, hasadgo'ysiz, sizni hasadgo'ylik
yondirmoqda, Jahongir Muhammad kabi bo'la olmaslik yondirmoqda. Ha, sher kabi tug'ilganlar sher kabi
yashab, sher kabi o'ladilar. Ilon kabi tug'ilganlar... (Ilonning boshidan
boshlanar dumi, shu sabab sudralib o'tadi umri) ilon kabi sudralib o'ladilar,
degan o'zbekning bir aqlli shoiri.
-Siz meni ikki gap birda "Eroni" deb so'kasiz. Aslida bu
so'kish emas. O'zbekistonda yashagan va “eroniy” deyilgan xalq asl
turklardir.(Bu alohida mavzu) ERK sahifasida bir yil oldin Muhammad Solih
haqida tanqidiy gaplar paydo bo'lganda buni "Eroniy Jahongir qilmoqda, o'zbek
xalqining noni unga harom bo'lsin", deb bir hafta meni so'kdingiz. Keyin
o'zingiz e'lon qildingiz-ki yozgan odam Angliyada o'qiydigan talaba ekan, uning
adreslariga qadar yozdingiz. Siz shundan keyin ham uzr so'rashni o'zingizga
ravo ko'rmadingiz va bugunga qadar meni so'kishda davom etmoqdasiz. Siz
o'zingizni boshqa odam tanqid qilishini tasavvur qila olmaysiz. Yoki hamma
tanqidlarni faqat bir kishi yozmoqda, deb menga to'nkash bilan o'zingizni
oqlashga urinmoqdasiz. Shuni ochiq aytay, meni tojik ham deysizlar, eroniy ham
deysizlar. Lekin men hammangizdan, ya'ni bo’htonlarni yozganlarning hammasidan
ko'proq o'zbekman. Millat bu insonning qalbida va iymnonida. Millat bu
insonning muhabbatida. Bolalarimning qoniga ham boshqa qon aralashmagan.
Men bir kambag'al oiladan chiqqanman. Oliygohga o'qishga kirganimda
yetim edim va pora bermasdan o'qiganman. Rahmatli onam 42 yoshida kamqonlik
kasalidan vafot etganlar. Meni o'rtagan o'zbek onasining bu dardli yo'li va
o'zimni ana shu onalar va ana shu vatan yo'liga tikkanman. Shuning uchun ham
o'tgan o'n yil davomida bir kun ham xalqimga xizmat qilishdan, uning ovozi,
uning Jahongiri bo'lishdan chekinganim yo'q, o'zbekligimdan chekinganim yo'q!
Siz buni tushuna olmaysiz, sizni shu yondiradi!
-Siz meni "Yaxshiikni bilmaydigan nonko'r" debsiz. Men butun
umrimni odamlarga yaxshilik qilishga tikdim. Kim qiyin ahvolda bo'lsa,
qo’limdan kelgani qadar unga qayishdim. Minnat qilmayman. Barcha yaxshiliklarim
evaziga Tangridan ajrini oldim, olmoqdaman. Eng qiyin kunlarimda Uning
mo'jizasi yonimda edi. Yo'lim hamma vaqt ochiq bo'ldi. Shu bois bugun ham
odamlarga qo'limdan kelgan yaxshilikni qilmoqdaman va ba'zan yaxshilik
qilganlarimdan yomonlik ham ko'rmoqdaman. Bunga ham roziman. Chunki yaxshilikka
yaxshilik kutish bu minnatdir.
Ammo menga birov yaxshilik qilgan bo'lsa, hech qachon yodimdan
chiqarganim yo'q va chiqarmayman ham. Bu mening o'zim qadrlaydigan xislatimdir.
Yaxshilkni qil va dengizga ot, bilsa baliq bilar, bilmasa Xoliq, deydi ulig'
turk millatim.
-Siz meni muhtojlik qilib avval Karimov, keyin Mirsaidov, undan so'ng
Solih va Po’latlarning soyasida kun ko'rdi, endi ularga qarshi, deb
yozmoqdasiz. Men hech qachon bu insonlarga muhtoj bo'lgan emasman. Balki ular
mening Tangri bergan qobiliyatim, mening maslahatlarim va ko'rsatgan yo'limga
muhtoj bo'lishgan. Karimov bilan o'z ixtiyorim asosida ishlaganim yo'q,
demokrat deputatlarning talabi, tavsiyasi tufayli bu ishga tayinlanganman.
O'zbekiston televideniyesi rahbari bo'lgunga qadar bir daqiqa ham
xalqdan yuz o'girmadim. Televideniye rahbari bo'lganimda rejim mendan xalqqa
qarshi bo'lishni talab qildi va men darhol buni iste’fonomamda yozib vazifani
tark etdim. Mustaqil O'zbekiston tarixida haliga qadar hech kim men kabi
rejimning barcha kirdikorlarini ochiq bayon etib hukumat tarkibidan chiqqan
emas.
Mening o'sha bayonotimni 1992 yilda Muhammad Solih iltimos qilib olib,
"ERK" gazetasining birinchi sahifasiga qo'ygani va keyin nima
bo'lganini o'zi biladi. Men "Erk"ning hamma odamlari sudlanayotgan,
qamalayotgan bir kezda uning qanotiga kirdim. Eng og'ir kunlarda Istanbulda
boshqa joylarda ishlab, tarjima qilib oilamni boqdim va “ERK” gazetasi nashrini
boshqardim. Bu ish uchun maosh olganim yo'q, garchi "ERK" nashri
uchun katta tashkilotlardan katta pullar olishgan bo'lishsa ham. Endi mehnatni
qilgan nonko'r va pulini yeb ketganlar aziz bo'ldimi? Suv keltirgan xoru ko'za
sindirgan aziz, deb bekorga aytilmagan ekan.
"ERK" tepasidagilardan ayrilganimdan so'ng (sababalari
kitoblarimda yozilgan) mustaqil holda kurashimni davom ettirdim. Ammo oqil
erkchilardan ayrilgan emasman. Birlikka ham a'zo bo'lgan emasman. Lekin
beg'araz Birlikchilar bilan ham birga bo'lganman. Men xalqimdan ayrilishni hech
qachon istamaganman va istamayman ham.
Abdurahim Po'latdan ham bir tiyin olmasdan "Harakat" jurnali
ishlariga yordam qilganman. Lekin Birlik web sahifasida mening hissam yo'q.
Mening kitoblarimni qo'ygan bo'lishsa, demak bu ularning himmati. Yaqinda yana
uch kitobimni barcha o'quvchilar qatorida "ERK" va "BIRLIK"
veb-lariga ham yuboraman va o'z ismlari bilan ochiq fikr bildirishlarini
so'rayman. Istasalar sahifalariga qo'yishsin.
-Siz meni bir tomondan Allohsizlikda ayblagan bo'lsangiz, ikkinchi
tomondan Tohir Yo'ldosh, Zayniddin Asqarovlar bilan uchrashganlikda ayblab,
“ERK” sahifasidagi rasmni eslatib kurakda turmaydigan so’zlar bilan
so'kmoqdasiz. Kimning Tangrisi boru, kimniki yo'q buni Xudoning o'zi biladi.
Sizga hukm chiqarish vakolati berilgan emas.
"ERK" sahifasidagi rasmga kelsak, siz endi Jahongirni FBI, CIA
tekshirib ishdan quvadi, oz qoldi, deb yozdingiz. Esingizdami, bu gaplarni
o'tgan yil ham yozgan edingiz. Yaqinda haydaladi, deb yozib turdingiz.
Darhaqiqat, shundan keyin yuqorida nomi sanalgan idoralarga imzosiz xatlar
keldi va ular oz emas ko'p emas to'rt oy tekshirdilar. Siz maqsadingizga erisha
olmay qoldingiz. Endi yana qanday fitnaga bosh urdingiz, bu menga qorong'u.
Fitnachining fitna erur mevasi, chunki tengdir tagi bilan tevasi, deydi
turkmanlar.
-Meni "Amerika ovozi"dan turib muxolifatga qarshi kurashmoqda,
deb yozmoqdasiz. Bu aybnomangizni o'zini muxolifatchi, deb yurgan 3-5 ta
kimsaga emas, balki ERK va Birlikni ajratmasdan fidoyilik ko'rsatib yurgan
muxolifat vakillariga havola qilaman. Haqiqat Quyoshdir, etak bilan bekilmas,
ig'vo bilan egilmas...
Istanbulda yashaganimizda bir kishi menga hasad qilib, doim tuhmat
uyushtirdi. O’shanda jahlim chiqib unga, "Men Xudoga topshirdim, bu ishni
kim qilgan bo'lsa qo'tir bo'lsin" degandim. Hozir o'sha odam qamoqda
qo'tir bo'lib yotgan ekan. O'sha gapimga afsuslandim. Lekin "Birlik"
sahifasida goho ERKchi va goho Birlikchi qiyofasida yozayotgan anonimchilarga
o'sha gapni takrorlayman.'"Men Xudoga topshirdim, menga qarshi bu
qabihliklarni kim qilgan bo'lsa, qo'tir bo'lsin va Tangri ularning kimligini
shu yo'l bilan bizga ko'rsatsin". Balki bu xatimdan keyin ular ochiq
maydonga chiqarlar...
xxxxx
Ushbu xatimni diqqat bilan o'qigan yaxshilarga!
Bundan 10 yil oldin Karimovning topponchasi Ismat Xushevga shunday og'ir
uslubda javob yozish majburiyatida qolgandim. Bugun esa qabihlikning
topponchalariga, ezgulik kushandalariga javob berdim.
Hammangizning vaqtingizni olganim uchun uzr. O'zim haftada yetti kun
ishlayman va bekorchilikka vaqtim yo'q. Sizlarning aksariyatingizni ham shunday
deb o'ylayman. Ammo indamasang andishaning otini qo'rqoq qo'yar ekanlar. Men
tanqidga ochiqman. O'z ismini qo'yib, madaniyat bilan yozsinlar va har bir
iddaolariga javob beray. Mening kitoblarimdan parcha o'g’irlab, uni o'zlari
"Mehmonlar kitobi"ga qo'yib, keyin unga qarshi imzosiz javob yozishlaridan
esa bezdim. Umid qilamanki, bu ularga dars bo'lg'ay. Ammo qalbi so'qirdan umid
qilma, deydilar.
Shunda ham qalbi so'qirga, faqat o'zini o'ylaganga, tanqidni ig'vo deb
bilganga va ig'vo qilishni san'at deb yurganga Xudo insof bersin va ular
bizning vaqtimiz, kurashimiz va umrimizning kushandasi bo'lmasinlar!
Sizga saodatalar tilab Jahongir Mamatov. 19 Iyun, 2002 yil.
"ERK" dan javob bo’ldi:( xatlardan
Elektron yo’l bilan nusxa olingani uchun va aslini saqlab qolish maqsadida
xatolarini tuzatmadim-JM).
444. Name: Sulaymon Cho'kich
Comments: ERK informatsion markaziga Jahongir Muhammad imzoli bir xat
keldi.Xat bir suz bilan aytganda takabburona bir ohangda yozilgan monologdan
iborat.
Guyo bu odamga tuxmat qilarmishlar va u bunda ERKchilarning ham
borligiga imo qiladi. Bu iddaolarga
javob berishdan oldin, bir nechta savolimiz bor Jahongir Muahmmadga.
1- savolimiz: siz doimi qatnashadigan "Birlik" sahifasidagi
"ERKka qarshi tuxmat va igvolarda sizning ishtirokingiz yoqmi?
2. savol: Yoq bulsa, nega bu igvolarga 4 yil davomifda biror marta
"to'xtatin igvoni!" demadingiz? Siz o'zingizni xatingizda
adolatliman, insofliman, deb tariflagan odam bu nohaq tuxmatlarni ko'rib adolat
va insof tuygingiz tirilmadimi?
3-savol:Siz "men yozdim!" deb gururlanayotgan usha kitoblaringizning
hammasi ham siz uydirgan tuxmat va fisqu fasod lar to'plami ekani hech
xayolingizga kelmadimi? Bu
kitoblar eshikdan emas, kalit teshigidan qarab, gumon - shubha bilan , eng
dahshatlisi, yomon niyat bilan yozilgan narsalar ekani xayolingizga kelmadimi
hech?
4- savol: Kimning nima bulishi va o'zbek halqi nimaga va kimga loyiq
ekanini belgilash sizga qoldimi? Siz bu hakamlik haqqini qayerdan oldingiz?
5-savol: Siz o'zingizni "So'zning Jahogiriman!" deb maqtashdan
Alisher Navoi va boshqa buyuklarimiz ruhi oldida uyalmaysizmi? ERK partijasi va rahbarlarining siz bilan
birorta oldi-berdisi yoq. Siz ularni guybat qilishni to'xtaing. Agar siz
shunday kuchli duochi bo'lsangiz, qani bir qasam ichingchi : "Agar men
Jahongir MUhammad begunoh insonlarga igvo qilgan bulsam yuzim qutir
bulsin!", deb qasam iching, shunda sizning igvo qilmaganingizga ishonamiz.
Biz ERKchilar bu duoni qila olamiz. ERK chilar sizni "ishdan
olish" uchun imzosiz xat yozgani yoq.Bu ham bir tuxmat. Olloh sizni isloh aylasin, yaxshi y'olga
solsin.
ERK sahifasi hodimi
Sualaymon Cho'kich”
“ERK” gazetasini chiqarganimdan bilamanki, Muhammad Solih ba’zi kichik
maqolalarga shunday deb imzo chekardi.
Darvoqe men va’daga vafo qilib, bunga javob bermadim. Chunki
murojaatimda men "Birlik"ning "Mehmonlar" sahifasidagi
imzosiz xatlarga javob bermayman degandim.Ular mening adresimga yubormasdan
buni anonim xat sifatida o’sha joyga qo’ygandilar. Ya’ni savol berishda ham o’z
ismlarini qo’yishdan qo’rqdilar. Vaholanki o’z sahifalarida qo’ysalar va yoki
mening adresimga yuborsalar albatta javob qilgan bo’lardim. Ammo bu imzosiz
xatdan keyin ikkinchisi qo’yilgan va bu ularning maqsadini yanada
oydinlashtirar edi:
“442. Name: ERK sahifasi mutasadilariga iltimos. , E-Mail: qiziquvchi,
Comments: Jahongir Mamatovga jaboblarindagagi fikirlaringizga
kopchilik sof insonlar toliq qoshilishi aniq. Abdurahim Polatga nisbatan uning
shaetonligi,nopokligi,non korligi va qolabersa riekorligi ming daraja ortik
bolishiga qaramasdan batolni sharmanda qiluvchi ezuvlar kam ezilmoqda.
Fikrimcha bu haqida kuproq ezilsa kopchilik hursand boladi.Imkoni
bolsa ingliz tilida ezish kerak.Radiodagilar tushinsin. “
Adresimga esa ilk o’laroq Jizzaxdan bir maktub keldi.
"Assalomu-a'laykum Jahongir aka! Bugun 5-6 kishi biznikida
yig'ilib o'tirdik.
Ayrim ishlarni kelishib oldik. Siz haqingizda ham hurmat ila eslab
oldik. Bilasizmi, mana men 10 yildan ortiq muxolifatdaman. Lekin biror joyda
Siz haqingizda yamon so'z eshitganim yo'q. Hamisha hurmat bilan eslashadi.
Baxmal tog’idagi 66 yishli oddiy bir cho'pon ham Siz haqingizda qanchalik
yaxshi so'zlarni aytdi. O'z ko'zim bilan ko'rganman, rasmlaringizni olib
yurishganini.Kim-kimligini yaxshi insonlar allaqachon ajratib olishgan. Bu
Sizning eng katta boyligingiz emasmi axir. Albatta boyligingiz!!! Buni Sizdan
hech kim, hech qachon tortib ololmaydi!!!
ALLOH dan Sizga sog'liklar tilab Jizzaxdan O’zbekiston Inson huqulari
Jizzax viloyat kengashining raisi Baxtiyor Hamroyev!.
Email; hamroev@online.ru
Ko’p o’tmay "Amerika ovozi" radiosidagi adresimga yana bir
maktub keldi. Mana u:
"Samarqandliklar uchun hurmatli bo'lgan JahonGIR Mamatovich!
ILTIMOS: mening ismimni o'z ro'yxatingizdan o'chirib tashlasangiz. Bunday mish-mishlarni o'qishga
mening bo'sh vaqtim ham,
istagim ham yo'q.
VOA radiosiga yuborilgan maqola-xabarlarning birortasiga ham javob
qaytarmagan bir shaxs qanday qilib o'zining uzundan-uzoq "urib ketdi-surib
ketdi"larini birovga yuborishga botina oladi? Axir bu oddiy etikaga
to'g'ri kelmaydi-ku?!
Birovdan oddiy odobni talab qilgan kishi, oldin o'zi shu odobga rioya
qilishga mas'ul emasmi, JahonGIR Mamatovich?
Men Sizning RO'MONingiz chiqqan BIRLIK web. sahifasini o'qimayman,
chunki uning Siz esga olgan BAXS sahifasida kurakda turmaydigan, iflos so'zlar
ishlatiladi. Agar Siz muholifatga achinsangiz, birinchi navbatda, mana shu
haqda o'z ustozlaringiz Po'latovlarni tartibga, odobga chaqirishingiz shart
edi. Ammo Sizni bunday - ERKka taalluqli bo'lmagan "mayda" masalalar
qiziqtirmaydi. Siz nima qilib bo'lsa ham, ERK ka aloqasi bor insonlarga
nisbatan ichingizda yig'ilib qolgan zardoblarni chiqarib qolishingiz kerakka
o'xshaydi. Men bunday to'polonlardan chetda bo'lishni istayman. Shu bois
Sizning bitiklaringizni O'zingizga qaytarib yuboryapman. Yozganlaringiz
o'zingizga
buyursin!
Khayrulla Ismatulla(ev)
Indiana universiteti
Bloomington
Juma".
Unga o’z javobimni yozdim:
Assalomu alaykum Xayrulla aka. Avvalo maktubingiz uchun rahmat. Siz
bilan telefon orqali gaplashganmiz, ammo hayotda bir birimizni
ko'rganimiz yo'q.Iltimosingizga binoan bugundan etiboran nomingizni
ro'yxatimdan chiqaraman. Ammo afsus bilan. Faqat eslatmoqchiman, siz
menga pochta orqali ikki marta xat yozdingiz va Amerikadan siyosiy boshpana
so'ramoqchiman, yordam bering, tavsiyanoma kerak, dedingiz, qo'limdan kelgani
qadar iltimosingizni darhol bajo etdim. Keyin kitoblar istadingiz yubordim. Men sizning kitobingzini istadim,
siz ham darhol yubordingiz. Rahmat aytgandim. Yana bir bor rahmat aytaman. Lekin undan
keyin sizdan biror marta ham xat va yoki maqola olganim yo'q. Men (ayniqsa
VOA-Amerika ovozi-da) nomimga kelgan barcha maktublarga mutloq javob berib
kelganman. Agar o'zim bilmasdan ko'nglingzini og'ritgan bo'lsam va murojaatimni
sizga ham yuborganim ko'nlingizga tekkan bo'lsa buning uchun uzr. Ijodiy
ishlaringizga omadlar tilab, hurmatlar bilan Jahongir.
Elektron pochtamga qarasam bir maktub kelgan ekan:
“Assalomu alaykum Jahongir aka, Men ham mehmonlar sahifasidagi
safsatalarga birrov ko'z yugurtirdim, ammo hammasini o'qishga na vaqt bor na
imkon. Ularning safsatayu tuhmatu ig'voligi shundoq ko'rinib turibdi sal
mulohaza yuritgan kishi uchun. Jahongir aka tuhmat qanchalik yomon
bo'lishligini oz bo'lsa ham boshjimdan o'tkazib ko'rganman , juda og'ir chidash. Ammo u yo ki bu toifa kirib
boru yo'qligini shu toifa ismi qolish qolmasliguiga boglamagan, haqiqat zlagan
o, ozgalarga yaxshilik istagan juda ko'plar Siz haqingizda ijobiy fikrda
bo'lishiga aminman.
Inson zoti borki kamchilik va xatolari bor , ammo siz ko'rsatgan va ko'rsatayotgan ezgulik
yo'lidagi jasoratlarni ko'plar qilolmaydi, bu katta ijobiy fazilat va uning
egasi shubhasiz yaxshi inson.
Shuning uchun bardam bo'ling, ko'plar Siz bilan birga, chunki Siz
mazlumlar va qoqinganlarga yordam qo'lini cho'zib kelgansiz.
Sizga hurmatlar bilan Muxlis.
Remember:
There is nothing easier than to be a bad man, but it is too difficult to
be a
good person.”
Oxirgi jumlaning tarjimasi shunday: Yoddan chiqarmang, yomon odam
bo’lishdan osonroq ish yo’q, ammo yaxshi odam bo’lish juda ham qiyin.
Javobim esa: Rahmat!
Ko’p O’tmay Nomoz Normo’mindan bir maktub oldim.
"Bismillah !
Assalamu alaykum!
Maktubingizda tilga olingan masalaning yechimi menimcha quyidagichadir:
1. Alhamdulillah hammamiz musulmonmiz. Shunday bolgandan keyyn butun ishlarimizni
musulmonlik doirasida hal qilishimiz zarur. Jahl yoki nodonlik bilan "Yuq u musulmon
emas" deyish juda tahlikalidir. Chunki hadisi sharifda aytilgani kabi
"Bir kishi (musulmon) birodariga hitoban : Ey kofir, dedigi zamon ikisidan
biri bu sifatga ega boladi" (Buhoriy). Alhamdulillah biz hali
bir-birimizga bunday tahlikali sozlarni aytish darajasiga yetganimiz yuq,
yetmaymiz ham inshaalloh. Demak bu ishinin yagona chorasi musulmonlik yani masalani iymon yoli bilan hal
qilishdir.
2. Quroni Karimda "Muminlar shak shubhazis oga-inilardir
(aka-ukalardir.N.N). Bas sizlar ikki oga-iningizning urtasini unglab quyinglar.
Allohdan qurqinglar shoyad rahmatiga erishsangizlar" (Hujurot surasi 10)
deyiladi.
3. Hadisi sharifda "Musulmonning musulmondan hafa bolishi uch
kundir. Undan ortigi haromdir. Uch kundan keyin kim oldin salom bersa usha
koproq savob oladi
" deyiladi. Demak, orani tuzatish ayni paytda haromdan qutulish
ham demakdir.
4. Kechirimli bolish. Rasulalloh (sav) hazrati Hamzani (ra) urushda
oldirga Vahshiyyni ham o musulmon bolgandan keyin (Islom hurmatiga) kechirgan
edilar.
Biz hali bir-birimizni oldirish darajasiga yetganimiz yuq demak
ishimiz oson, kelishish va yarashish uchun imkoniyat katta.
5. Alloh Taoloning sevmaydigan bandalari qiomat kunida bir-biri bilan
Alloh huzurida davochi boladilar. Allohning sevdiga bandalar bolish uchun bu dunyoda bir-borimiz bilan rizolashib Allohning huzuriga
yorug yuz bilan borishni uylaylik. Bir-birimizga haqqining halol qil, halol bolsin
deb aytaylik. Hullasi kalom men orada vositachi bolishim mumkin.
Dostlarga ve bolalarga salom ayting.
Namoz"
Nomoz Normo’minga "Marhamat, lekin sizning gaplaringizni ular
e’tiborga ham olmaydilar" mazmunida javob yozdim. Shunday ham bo’ldi
shekilli qaytib javob kelmadi undan.
Keyin ham shu mavzu bilan
taalluqli yoki menga madad berguvchi ko’p maktublar oldim va ulardan quyida
parchlar, yuqoridagi kabi aslini saqlash uchun harfiy xatolarini tuzatmadim.
“Salom dustim.Kecha ummumi
tanishimiz Ismatni ziyorat qildim. U sizni saxifangizni kursatdi. Usha yerda
indamadim. Lekin boshqa joyda ochib uqidim. Bugun xam uqiyapman. Ana ularga
javoblaringizdan ma'lumki islosliklari hali xam davom etmoqda eka. Shu bilan tug'ilganlar shu bilan
uladilar, shekilli. Siz parvo qilmang. Saxifangiz meni xayratga soldi. Uzimni
mmrim bekor utib ketayotgandek xis qildim.Bizga ham nasib etarmikan... Faqat
umid bilan yashay berish ham jonga tegdi.Turonzamin faryodlarini qanday
eshitish mumkin. Ismat ochgandi eshitildi.Lekin men bilgan joydagi komputerda
eshitish jihozlari boru radino ochmayapti.Masalahat bersangiz... Karim.... “”
“Assalomu alaykum.Men sizdan Erkda
bosib chiqarilgan Bahodir Fayzini kitobi haqida suramoqci edim. Men uni
Turkiyedan bilaman.Ruscani bilmasdi. Uzbekchani ham turkca qilib gapirar edi.
Lekin turkca bir ikki maqola yozgan. Muxolfatni Turkiyega kelib tanigan. Yozgan
kitobini ko'p joyi faqat Muhammad Solih bilishi mumkin faktlar. Shu kitobni
Bahodir Fayzi yozganiga ishonasizmi? Keyin sizlarni ham rasm haqda yozgan. Men
saytingizda rasm tarixi haqida uqigandim.Bahodirning bu gaplardan xabari yuqmi.
Muhammad Solihni faqat rasm uchun sud qilgan degan gaplari ham kulgili….”
“Assalomu alaykum Jahongir aka!
Esingizdami bir paytlar hali shunday kunlar keladiki odamlar men aytgan gaplar
tugriligiga ishonadi degan edingiz. Aka usha kunlar keldi. Siz 10 yil avval
Kattaga aytgan gaplarni bugun butun xaql aytmoqda. Lekin bu xalqni
birlashtiradigan, tog'ri yo'lga boshlaydigan odam yo'q.Ikki uch kishilik
piketlardan u yoqqa uta olmayapmiz. Lider, liderlar kerak bulayapti aka, butun
xalq ishonadigan liderlar kerak.
xam bu kitobda juda kup xatolar borligini
yozdi. Uni xam sizga attach qildim. Ukangiz A.Z.”
“Assalomu alaykum...Birlikni
mehmonlar kitobida muxolifat uzini sharmanda qildi. Shundan keyin ham ularni
muxolifat deyish mumkin bo'lsa. Oldin sizga hujum qilganda ular obro'sini
yuqotgandi. Sizning nima ish qilayotganingizni ham ularnikini ham hamma kurib
turibdi. Ular uzlarining borliklarini faqat shu yo'l bilan ko'rsatmochilar. Men
Amerikaga borganimda ulardan bittasiga telefon qildim. Osmonda. Hali ham o'zini
shohanshoh deb bilib yuribdi. Bu yerda uning orqasidan yurganlarga u ham vatan
ham kerak emas. Uning
vositasida "ko'kidan" olib turish kerak. Fridum Xavus ularga pul
beradi. Yana boshqalar ham. Yna grant olishadi. Anashu pulni olish uchun ularni
gruppasiga qo'shilganlardan o'pkalamasa ham bo'ladi. Men bugun dushmanga
aylanib qolgan do'stlarimiz mamlakatida bu sahifalarga kirib turaman. Nonimni
o'sha yerdan topishimni bilasiz. Shanba yakshanba vatanga o'tib kelaman.Hozir
pul bilan hammani sotib olish mumkin. Karimov millatni bor narsasini ham
o'ldirdi. Endi u ketsa ham ko'p narsa o'zgarmaydi. Botqoqa botdik' hukumat ham,
muxolifat ham, odamlar ham...Radiongzidan bir ayolni gapi esimda qoldi. U
Karimov o'zbeklarni savdogarga aylantirdi. Biz mol sotadigan savdogar emas,
mansab sotadigan ,joy sotadigan, ish sotadigan, bir-birimizni sotadigan,
tariximizni sotadigan, bolalarimizni sotadigan, o'zimizni sotadigan savdogar
xalqqa aylantirildik dedi.Karimov va muxolfatni xizmati bu. Ishonmasangiz
Birlikni mehmonlar kitobini uqib chiqing. Men shuni uchun ham siyasatga
kirmayman. Savolingizga javob berdim deb uylayman. Salomat bo'ling.
Chambileldan Doniyor”.
“Kezi kelganda aytib
o'tay: Jahongir aka, sizdagi jasorat, to'g'risini aytay,
uncha-muncha odamda
topilmaydi. Sizga katta rahmat. Umrim bino bo'lib, Islom Karimovning yuziga
qarab aniq-dadil gapirgan odamni birinchi ko'rishim. Boshingga qilich kelsayam
to'g'risini gapir deganlari
haqiqatdanam rost
ekan.
Jahongir aka. men ishonaman, hali bir kun
kelib sizni Vatandan quvg'in qilgan prezidentning aslida kimligi fosh etiladi.
Xalq bundan
to'la xabar topadi.
Siz garchi vatandan uzoqda bo'lsangiz-da, odamlar bilan birgasiz. Xalq sizni
doim eslaydi, hech qachon unutmaydi. Chunki siz shu jabrdiyda xalq farovonligi
uchun shuncha jabr-sitam
ko'rdingiz. vaqti
kelib hamma narsa oydinlashadi, bunga qattiq ishonaman. Odamlar haqiqiy tarixni
hamisha vaqt o'tgandan keyin bilishgan. Lekin sizga katta rahmat. O'zbek xalqi
siz bilan har qancha
faxrlansa arziydi.
Jahongir aka, bir
yosh vatandoshingiz sifatida dilimda borini yozdim.”
“Salom Jahongir! Vatandan
salomlarim! “Savol-javob”larni o’qib, maza qildim. Vatan, xalq uchun Siz kabi
kuyunadigan mard, xalol insonlar borligidan Xudoga ming qatla shukurlar qildim.
Ishqilib, Olloh o’z panohida asrasin Siz va Siz kabilarni. Siz sanagan Vatan
qahramonlarining ro’yxatida birinchilardan bo’lib turishi kerak bo’lgan –
avvalo o’zingiz.
Havasim keladi Sizga. Dono.
So’zlari ravon. Mantig’i kuchli. Yana peshqadam siyosatchi… Bu ne ko’rgulikki,
o’zbekning Siz kabi farzandlari oz. Juda oz. Borlari ham sochiq… Yaqinda bir
odam bilan uchrashib qoldim. Bir yil kasal bo’libdi. Keyin unga odamlarni
davolash, g’aybni bilish karomati yuqibdi ekan. Uning aytishicha, vaqti kelib
dunyo odamlari O’zbekistonga kelarmish. Ko’p narsalarni o’rganishga. Ishqilib,
aytgani kelsin. SHu xalqning ham peshonasi yarqirasin. Balki bu yurtga
jahonning ohangrabosi bo’lishday bir baxtni Sizlar taqdim etarsizlar.
Inshoolloh. O’zbekning baxtiga omon bo’ling. Orzularingiz tezroq ijobat
bo’lishini istab:
Opangiz… “
“Sizni hurmat
qilaman(Ko'z tegmasin)
Assalomu Alaykum
Jahongir aka qandaysiz ishlaringiz ,sog'liklaringiz yaxshimi...
Meni kechirasiz sizga ancha paytdan
buyon xat yozmay qo'ydim aka ,siz xafa bo'lib qoldingizmikan deb ham
o'yladim...meni xatim uchun arzimas vaqtingizni ajratib javob beribsiz...hozir
qarasam sizxdan xat kelibdi xursand bo'ldim...
Jahongir aka maqtashni yamon
ko'raman...men nima ni va kimni maqtasam teskarisi bo'ladi...(ko'zim bormi
deyman...yana bilmadim...).Kimni maqtasangiz u kishi sizdan yana maqtov
so'zlarni kuta boshlaydi qarabsizki uni shundaqa maqtashni xush ko'radigan
kishiga aylantirib qo'ygan bo'lamiz...Kattani ham boshida shunday qilib qo'ydik
choqi o'zimizda ham ayb katta ...Lekin o'zini Ollohni ojiz bandasi deb bilgan
kishi maqtashni to'g'ri qabul qiladi...Shu uchun sizga bir ikki yaxshi so'zlar
aytsam aka arziydi...
Men shu paytgacha Ko'p muxolifat
vakillariga Birlik va ERK a'zolariga rahbariyatlariga ko'p maktublar yozdim
lekin ulardan biron marta ham javob olmadim shundan bir qarang bular xalqni
qanchalik huramat qilishadi...Men sizga yozgan xatlarini har biriga
javobolganmman( ko'z tegmasin...) hech bo'lmasa bir qator bo'lsa ham ...Shu
uchun aka sizni huramat qilaman Ilohim Insoniyligingizga ko'z tegmasin Bu
o'zlarini muxolifat ...xalqni yamon kunlardan qutqaraman deb yurganlar oldin
xalqni hurmat qilishni o'rgansin...Bunday muxolifatni xalq qanday qo'llab
quvvatlasin aka...
Men sizga ancha payt uzilishlardan
kegin ham xat yozsam meni esladingiz aka bu ham menga va Xalqimizga bo'lgan
munosabatingiz ,etiboringizdan darak beradi aka Ilohim ko'z tegmasin...
Raxamat aka .
Sizni Yangi yilni nomlanishi
haqidagi latifangizni o'qib maza qildim . "Joying Jannatda bo'lsin
yili" shu joyi menga juda yoqdi...Ijodingizga Ollohni o'zi barka
bersin...Niyatlaringizga erishing aka Bir ikki muxolifat vakillari ham sizdan
o'rnak olsin...
Xayr Jahongir aka.
…ZIDAN”.
“Assalomu alaykum, Jahongir aka,
bilaman siz mendan yoshroqsiz, lekin “aka” dedim. Chunki men hurmat qilgan odamlarimni
“aka” deyman. Sizni doim kambag’allar tomonida edi, yo’qotib yuborishdi, degan
gaplarni eshitganman. Kegin “Amerika ovozi” radiosini radio qildi, Karimoni
qaltiratib qo’ydi, o’lik radioni tiriltirdi degan gaplarni eshitdim. Kegin siz
haqingizda eshitmay qoldim. Yaqindan boshlab qo’shni bir davlatdagi oliygohda
ishlayapman. Internetda saytingizni topib oldim. Qoyil qoldim. O’sha jasur va
mard Jahongir.
Ayniqsa menda Savolu Javoblar
bo’limi juda katta ta’ssurot qoldirmqoda. Bir vaqtlar mashxur bir qorining juma
kungi suhbatiga borar edim.
Hamma unga savol yozib, javob
so’rar edilar. U “Tuzum masalasiga kirmaymiz”, “Hukumat masalasiga kirmaymiz”,
“Mazhablar masalasiga kirmaymiz”, ‘Aniq odamlar masalasiga kirmaymiz” deyaverib
savollarni bir chetga tashlab yuboraverardi va ohirida bitta yoki ikkita hadis
haqidagi savolga javob berib suhbatni bitirardi.
Bugungi va kelajakdagi liderlar
sizdan o’rganishlari kerak. Odamlarning har qanday savollariga hamma ham ochiq
javob bera olmaydi. Bunga jasorat kerak. Men juda ko’p taniqli odamlarga,
muholifatdagilarga hatlar yozdim. Hattoki oldik deb ham javob berishmadilar. Savollarim yoqmagan bo’lishi
mumkin.
Lekin lider bo’lsangizlar javob
berishingiz kerak. Bulmasa sizlar ham demokrat emas, yurtboshimizga uhshagan
hatlarga, savollarga javob bermaydigan odamsiz degim keldi.
Sizga rahmat, katta maktab
yaratdingiz, odamlarda savollariga javob olishlari mumkinligi haqida ishonch
paydo qildingiz.
Iltimos, shu hatimni hatolarini
tuzatib, lotinchada yozishni endi o’rganganim uchun, sahifangizga qo’ysangiz….
Cheksiz rahmat aytib Do’st”.