Shuhrat AHMADJONOV
DO’Kning
O’ZBEKISTON
OZOD DEHQONLAR PARTIYASI
ASOSCHILARIDAN BIRI, FERMER
RISQALI ZIYAVIDDINOV VAFOT
ETDI
Risqali Ziyaviddinov 1938 yil 1 dekabr kuni
R.Ziyaviddinov 1990 yilda rahmatli professor
Olimjon Karimov bilan birgalikda dehqon-fermer xo’jaligini tuzish, avvalambor
dehqonlar manfaatini himoya qiladigan Ozod Dehqonlar partiyasini asos solish
yo’lida faoliyat olib bordi. Natijada 1990 yil 29 sentyabr kuni Toshkentda
(Mirza Ulug’bek tumani, Pishpek ko’chasi, 21-uyda) O’zbekiston Ozod Dehqonlar
partiyasi (
Avvalambor R.Ziyaviddinovning sa’y-harakati,
qolaversa
Risqali aka 1995 yilda 3 gektar yerni kolxozga
topshirib, kolxozning chekkasidan 20 gektar yer oldi va dehqon-fermer xo’jaligi
faoliyatini kengaytirgan holda davom ettira boshladi.
Risqali aka yerga, turli o’simliklar
yetishtirishga qiziqqan inson edi. U 1997 yilda asli vatani Shimoliy Amerika bo’lgan yer
noki (topinambur) o’simligini o’z yerida o’stira boshladi. Bu o’simlik
ekilgan har gektar yerdan 200 sentnerdan 1000 sentnergacha ozuqabop yashil
massa, 200 sentnerdan 1300 sentnergacha tuganak (kartoshkaga o’xshagan, faqat
ko’rinishi nokni eslatadi) hosilini olish mumkin. Yer nokini texnik maqsadlarda
ham (uning tuganaklarida 30-40 foizgacha inulin moddasi bor), yem-hashak va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ham ishlatish mumkin.
R.Ziyaviddinov 2004 yilda Xorazmga borib, bir
fermerdan jo’xorining boshqacha sorti urug’idan 20 kilosini 300 ming so’mga
sotib olgan va o’z yerida ekkan edi. Muallif 2005 yil 29 noyabr kuni Ozod
Dehqonlar partiyasi tarixi masalasida suhbatlashish uchun Risqali akaning uyiga
borganida, u suhbat oxirida kaminani omborxonaga taklif qildi. U 20 ga yaqin qoplarga solib qo’yilgan oq rangdagi, uzun jo’xori
hosilini ko’rsatib, zavq bilan gapirgan edi. U shuningdek odatdagi
qulupnaydan bir necha marta katta bo’lgan qulupnay sortini topgani va
yetishtirgani, O’zR Fanlar akademiyasi ilmiy-tekshirish instituti olimlari
bilan hamkorlik qilayotgani, 2005 yilda 5 gektar yerga issiqxona qura boshlagani haqida ham gapirdi. Shunda muallif:
“Shuncha qiziqarli ishlaringiz haqida
maqola yoki esdaliklar ko’rinishida yozsangiz yaxshi bo’lardi, bu besh kunlik,
g’animat dunyo, farzanslaringizga, avlodlarga ba’zi narsalarni yozib
qoldirsangiz ma’qul ish bo’lardi” dedi. U hozir hisobotlar va ishlar ko’pligini aytib, keyinroq yozarman, deb qo’ydi.
Shu yerda Risqali akaning 2004 yil kuzida o’z
dalasi oldida tushgan fotosuratni keltirib o’tsak.

Foto 1. Risqali Ziyaviddinov
o’z dalasida. 2004 yil.
1998 yilda taniqli kinorejisser, SSSR kinochilar
uyushmasi a’zosi, O’zbekiston “Birlik” xalq harakatining sobiq faollaridan biri
Abdulaziz Maxmudovga davlat byudjetidan mablag’ berishib, birorta fermer haqida
hujjatli film qilib berishini so’ragan edilar. U 1998-1999 yillar davomida
Risqali aka ishlari, hayoti haqida 60 minutlik hujjatli film yaratdi. Bu
filmni Risqali aka ham, prof. O.Karimov ham ko’rishgani haqida o’sha yillari
kaminaga aytishgan edi. Abdulaziz akaning muallifga 2006 yil 6 avgust kuni
aytganiga ko’ra, O’zbekiston kinochilarining o’sha paytdagi rahbari Temurmalik
Yunusov 215 (!) banddan iborat e’tirozlar ro’yxatini bergan va filmga
tuzatishlar kiritishni talab qilgan. Abdulaziz aka buncha
ko’p tuzatish qilishga rozi bo’lmagan. Shu sababli unga bu mehnati uchun
oylik to’lashmagan va film teleekranlarda namoyish
etilmagan.
2003 yilda Ozod Dehqonlar partiyasini qayta
tiklash vaqtida ham Risqali aka prof. O.Karimovga yordam berdi,
Baytqo’rg’ondagi choyxonada dastlabki uchta uchrashuvni tashkil etishda katta
xizmat qildi.
Muallif Ozod Dehqonlar partiyasi rais
o’rinbosari Nurjon Shinbayev (1952 yilda tug’ilgan) bilan suhbatlashish uchun
2006 yil 4 yanvar kuni Baytqo’rg’onga – Risqali akaning uyiga borgan edi. Yangi yil kunlari emasmi,
stolga turli noz-ne’matlar qo’yildi. Jumladan aroq va
konyak shishalari ham stolda bor edi. Risqali aka piyolalarga araq quyib,
Nurjon akaga berdi va keyin kaminaga ham uzatdi.
Muallif ikki yildan beri ichmayotganini aytib rad qildi va
Qur’onning 90-91-oyatlarida kishini mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilish
taqiqlangani haqida aytdi. Shunda Risqali aka O’zbekiston mustaqillikka
erishgach nomoz o’qiy boshlagani, lekin 1990-yillar oxirida, ayniqsa 1999 yil
fevral portlashlaridan so’ng nomozxonlarga qarshi quvg’inlar boshlangach, bir
kuni uni ham kuchishlatar organ xodimlari o’z idorasiga chaqirib, nomoz
masalasida so’roqqa tutishgani, shu so’roqdan keyin nomoz o’qishni to’xtatgani
va araq ichishni davom ettira boshlagani haqida qisqacha gapirgan edi …
Risqali akaning turmush o’rtog’i - Karima
opaning muallifga 2006 yil 5 avgust kuni aytib berganiga ko’ra, u umr bo’yi
kasal bo’lmagan. Lekin 2006 yil yanvarida oziy boshlagan.
2006 yil fevralida uni Chirchiqdagi harbiy gospitalda,
so’ngra Toshkent Meditsina akademiyasi kasalxonasida professorlar ko’rigidan
o’tkazib, analizlar oldirishgan. Professorlar qizilo’ngachdan oshqozonga
o’tish joyida kasallik borligini aniqlashgan va
operatsiya qilish kerakligini aytishgan. Lekin umr bo’yi jiddiy kasal bo’lmagan
Risqali aka operatsiyaga rozi bo’lmagan va
vrachlardan, tabiblardan dori-darmon olib sog’ayib ketishga umid qilgan. Qizilo’ngachdagi yallig’lanish, o’simta (polip) kattalashib, oxiri
umuman ovqat o’tkazdirmay qo’ygan. Oxir-oqibat 2006
yil 4 avgust soat 22.00 da Risqali aka vafot qildi.
Risqali aka 5 avgust kuni Baytqo’rgondagi qabristonga dafn etildi.
Uni Olloh rahmat qilsin, oxirati obod bo’lsin!
Risqali akaning bola-chaqasi haqida (axir
insondan bu dunyoda yaxshi ishlar, bola-chaqa va
yozgan kitoblariyu maqolalari qoladi). Uning qizi Gavhar (1965) uy bekasi,
o’g’illari Alisher (1966) –

Foto 2. Birinchi qatorda (chapdan o’ngga): Maftuna (1991),
Risqali aka, Umid (1999), Karima opa, Farrux (1994), Jamoat (1991). Ikkinchi
qatorda: Ulug’bek (1967), Shamshiddin (1965, Risqali aka amakisining o’g’li),
Qurbonali (1973), Dilafruz (kelin, Farhodning turmush o’rtog’i), Farhod (1971).
2003 yil.
E-mail: shuhrat1954@yahoo.com
2006 yil 6 avgust.