Gulchehra
NURULLAYEVA
TINGLOVCHI
DEYDIKI…
“Amerika ovozi” radiosining o’zbek xizmati necha yillar mobaynida o’zbekistonliklar xizmatida bo’lib
kelyapti. Ho’sh, u o’z
tinglovchilari uchun qanday ovoz?
Uning bo’lak
xorijiy to’lqinlardan farqi, o’ziga xosligi bormi? Ushbu
to’lqin haqida uning tinglovchilari qanday fikrdalar?
Mustaqil jurnalist BOBOMUROD
ABDULLAYEV: - Albatta,
boshqa xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Ozodlik” va “Bi-Bi-Si”dan
farqli o’laroq, “Amerika ovozi”ning
alohida o’rni bor edi. Nega desangiz, gapirish imkoniyati yo’q bo’lgan muxolif
pozitsiyadagi odamlarga ko’proq
imkoniyat bergani uchun, menga “Amerika ovozi” ko’proq yoqardi. Muxolifat uchun ochiq
minbarday joy edi-da. Keyin
“Amerika ovozi”ning boshqa radiolar qila olmagan ishi bor. “Saltanat sirlari
yoki Oq saroydagi qora ishlar” deb, ( 2003 yilning Avgustida havoga uzatilgan,
muallifi J. Mamatov) Karimovning qizini “Amerika ovozi” birinchi ochdi. Agar
“Amerika ovozi” yopilib, nomi unutilib ketsa ham, uning shu qilgan ishi hech qachon esdan chiqmaydi. Karimov oilasining sirlarini, ularning moliyaviy firibgarliklarini,
qizlarining qilgan ishlarini birinchi bo’lib ochgan – “Amerika ovozi”.
Inson huquqlari himoyachisi ABDUJALIL BOYMATOV: - “Amerika ovozi”ning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, masalan, o’tgan
yillar Islom Karimovning qizi to’g’risida, kuyovi to’g’risida juda ko’p materiallar yoritildi, (“Saltanat sirlari
yoki Oq saroydagi qora ishlar” turkumi, 2003 yilning Avgustida havoga
uzatilgan, muallifi J. Mamatov)ya’ni “BBC”, “Ozodlik” yoritmaydigan ko’p
temalarni ko’tarib chiqqandi. SHu narsalar menga juda ma’qul
kelardi. “Amerika ovozi” eshittirishini boshlagan
paytda nihoyatda shovqinlar boshlanadi. SHu hukumat
tomonidan bo’g’ishlar…Ataylab…Ayniqsa, 2004 yilning yanvar oyidan boshlab
bo’g’ishlar nihoyatda kuchayib ketdi.