FOTOLAVHA

2006 yilning 9 May kuni Vashingtonda Andijon qatliomining bir yilligiga
bag’ishlab  katta konferensiya bo’ldi.

Anjumanni AQSh Milliy  Demokratiya fondi vakili Nadia Diuk kirish so'zi
bilan ochdi.

Andijon voqealarining guvohi, jurnalist Galima Buxorboyeva (
chapda,
yuqoridan ikkinchi suratda
) Andijon voqealari haqida gapirib o'zi
tayyorlagan maxsus reportajni eshittirdi va jurnalist Shohida Yoqub
(chapda yuqoridan to'rtinchi) hozirlagan hujjatli filmni sharhladi.
Tadqiqotchi va tahlilchilar Nozima Kamolova, Olga Oliker, Daniel
Kimmage(
yuqoridagi to'rtinchi suratda) va boshqalar chiqish qildilar.

Konfrensiyada senator Jon Makkeyn (John McCain-
yuqoridagi ikkinchi
suratda
) va inson huquqlari bo’yicha mashhur kongresmen Kristofer
Smit (Christopher H. Smith -
yuqoridagi uchinchi suratda J. Mamatov
va B. Choriev bilan
) chiqish qildilar va savollarga javob berdilar.

Savol-javoblarda Galima Buxorboyeva, Farhod Inog'omboyev, Bahodir
Choriev, Jahongir Mamatov va AQSH tashkilotlarining vakillari
qatnashdilar.

Konferensiyada, shuningdek, Demokratik O’zbekiston Kongressidan
Zokir Aliev, Bahodir Choriev, Jamshid Ochilov , Boburjon Isoev va
boshqalar ishtirok etdilar.

Sharqiy Turkiston uyg'urlarining afsonaviy lideri Robiya Qodir
(
yuqoridagi uchinchi suratda J. Muhammad bilan) konferenesiyaga
kelganlar orasida edi.

                                                                                DO’K Matbuot xizmati.
Hamma huquqlar AQSH va Jahon qonunlari hımoyasidadir. Sahifadan ko'chirma olish erkin va manba ko'rsatilishi lozim.
©-2005-2006 uzbekcongress.org
Andijon:bir yildan so'ng
This page
requires
JavaScript to
display properly.