Terror hujumlarini

keskin qoralaymiz!

 

Birlashgan Qirollik xalqi va xalqaro hamjamiyatga,

 

Angliya Bosh Vaziri Tony Blair Janoblariga!

 

Hurmatli Bosh vazir!

 

Biz O'zbek demokratlari Buyuk Britaniya poytaxtida 2005 yilning 7 Iyul kuni amalga oshgan terror hujumlarini keskin qoralaymiz va  Siz orqali marhumlarning yaqinlariga hamda aziyat chekkanlarga chuqur hamdardlik bildiramiz.

 

Biz har qanday kelishmovchilk va nizolarni demokratik, tinch yo'llar bilan hal etish tarafdorimiz va qon to'kishga, begunoh odamlarning o'limiga olib keladigan har qanday harakatga mutloq qarshimiz. Shu jihatdan Angliya hukumatining O'zbekistonning Andijon shahrida yuz bergan qonli voqealar yuzasidan xalqaro tekshiruv o'tkazish talabida mahkam turishiga ishonamiz.

 

Siz va sizning hukumatingiz Andijon voqealaridan keyin oddiy O'zbek xalqi tomonida turgan ekan,  bugun siz uchun qayg'uli bo'lgan kunlarda O'zbek demokratlari ham sizning yoningizdadir!

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bu illatlarning ildiziga bolta urish, jumladan, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda tinchlik va demokratik islohotlarga qaratilgan harakatlarni kuchaytirishni taqozo qiladi. O'zbekistonlik demokratlarning katta qismini o'z saflariga birlashtirgan Demokratik O'zbekiston Kongressi mana shu yo'nalishda barcha kuchlar bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildiradi. 

 

 

DEMOKRATIK O'ZBEKISTON KONGRESSI