| Demokratiyani bo'g'ish xalqni bo'g'ishdir. Jahongir Muhammad |
| “O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DO’STLARI” va ”O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DUSHMANLARI” kitoblarini tashkil etish haqida O’tmishimiz davomida xalqqa qarshi jinoyatlar qilgan odamlar qahramon sifatida olqishlab kelingani, zulm va zug’umning izlari yopib yuborilgani, har qanday tuzumda faqat saroyga xizmat qilganlar ulug’lanib, xalq tomonida turganlar qoralanishi tariximiz yuzida qora dog’ bo’lib qolmoqda. Shuni nazarda tutib, DO’K O’zbekistonda Konstitutsiya va qonunlarni nazarga olmagan, demokratiyani, so’z erkinligini bo’g’ish, siyosiy faoliyatni cheklab tashlash, inson huquqlarini toptash, qiynoqlarni avj oldirish, insonlarni fikrlari uchun ta’qib etish, xalqaro qoidalardan bo’yin tovlash, namoyishlarni qonli yo’l bilan bostirish va bu paytda odamlarni otishga buyruq berish yoki otishda ishtirok etish, xalq va mamlakat manfaatlariga qarshi ochiq ish tutish, ana shularning hammasini ko’ra bila turib bu harakatlarni oqlash tufayli xalqni aldash, insoniyatga qarshi jinoyatlar, xalq boshqaruvini qoralab yakka shaxs boshqaruvini oqlash kabi faoliyatlari uchun bunday shaxslarning nomlarini “abadiyatga muhrlash” maqsadida “O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DUSHMANLARI” kitobini tashkil etdi. Demokratini yoyishga, xalq hokimiyatini o’rnatishga xizmat qilib, ta’qib, quvg’inlarga uchraganlarning nomlarini tarixga bitish uchun esa, ”O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DO’STLARI” kitobi tashkil etildi. Bu kitoblarga kimlarning nomlari kirishini Kongress a’ zolarining ovozlari, Kongressning viloyatlarda o’tkazgan so’rovi natijalari, mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining xulosalari, barcha qatnashchilarning maktublari asosida o’tkaziladigan yakuniy muhokama hal qiladi. Bu muhokama har yili Dekabr oyida o’tkazilib, kimlarning nomi bu kitoblarga kirishi Yanvar oyida dunyo jamoatchiligiga e’lon qilinadi. Kitobga kirgan har bir shaxsning xizmatlari yoki qilmishlari haqida guvohlarning ma’lumotlari, ko’rsatmalari, hujjatlar va tahlillar ham ilova etiladi. Shuningdek, bu shaxslarning tarjimai hollari, ijtimoiy kelib chiqish tarixlari ham kitobga kiritiladi. Agar ular savollarga javob berishga rozi bo’lsalar o’zlarining ham qarashlariga joy ajratiladi. O’zbekiston mustaqilligining 15 yili bo’yicha bu kitoblarga kimlarning nomini kiritish esa 2006 yil davomida o’tkaziladigan muhokamalardan so’ng aniqlanadi. Dastlab nomzodlar ro’yxati e’lon qilinadi va muhokama jarayonida kimning nomi kitobga kirishi belgilanadi. 1 Fevral, 2006 yil ======================================== КДУ: О СОЗДАНИИ КНИГ «ВРАГИ ДЕМОКРАТИИ В УЗБЕКИСТАНЕ » И «ДРУЗЬЯ ДЕМОКРАТИИ В УЗБЕКИСТАНЕ» На протяжении столетий людей, совершавших преступления против народа, возносили как героев, скрывали следы жестокости и тирании. При всех политических режимах возвеличивали граждан, служивших дворцу, а стоящих на стороне народа – хулили. Все это остается черными пятнами нашей истории. Поэтому КДУ создает книгу «ВРАГИ ДЕМОКРАТИИ В УЗБЕКИСТАНЕ», куда будут внесены имена таких личностей, которые: - относятся с пренебрежением к Конституции и законам Узбекистана; - душат демократию и свободу слова; - существенно ограничивают политическую деятельность; - попирают права человека; - применяют возрастающее количество способов пытки людей; - преследуют граждан за инакомыслие; - уклоняются от исполнения международных законов; - подавляют демонстрации приказами к кровопролитию или сами принимают участие в расстреле; - открыто действуют против интересов народа и страны; - совершают преступления против человечества; - порочат демократию – власть народа; - защищают авторитарное правление, характеризующиеся неограниченной властью одного лица; - зная обо всем этом, обманывают народ оправдывая такие действия. КДУ решил создать и книгу «ДРУЗЬЯ ДЕМОКРАТИИ В УЗБЕКИСТАНЕ», с целью внести в историю имена людей, которые подвергались преследованиям и изгнанию за распространение идей демократии, за борьбу по установлению власти народа. Чьи имена окажутся в этих книгах, будут решать: - голоса членов Конгресса; - результаты опросов, проведенных Конгрессом в областях; - заключения местных и международных организаций по правам человека; - итоговое обсуждение, проведенное на основе писем всех участников. Данное обсуждение ежегодно будет проводится в Декабре, а в Январе будет объявлено мировой общественности, чьи имена внесены в эти книги. Для подтверждения заслуг или проступков каждой личности, имена которых внесены в книгу, будут приложены сведения и показания свидетелей, документы и анализирующие источники. В книгу также будут внесены автобиографические данные и сведения о социальном происхождение этих людей. Если они будут согласны ответить на вопросы, то в книге им будет выделено место для изложения своих взглядов, позиций и принципов. Сначала опубликуем список кандидатов для внесения в книги «ВРАГИ ДЕМОКРАТИИ В УЗБЕКИСТАНЕ» или «ДРУЗЬЯ ДЕМОКРАТИИ В УЗБЕКИСТАНЕ» за 15 лет независимости Узбекистана. Кто именно будет внесен в каждой из книг, будет определено после обсуждения в течение января-ноября 2006 года. |

| The enemies of Democracy |
-Islom Karimov, O'zbekiston prezidenti -Rustam Inoyatov- MXX raisi Zokir Almatov, sobiq IIV vaziri -Qodir G’ulomov, sobiq Mudofaa vaziri -Tohir Mullajonov, Ichki Ishlar vazirininng sobiq birinchi o’rinbosari; -Ruslan Mirzaev, Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi; -Saydullo Begaliyev,Andijon viloyat hokimmi; -Qosimali Axmedov, General mayyor; -Ismoil Ergashev, Iste’fodagi General mayyor; -Pavel Ergashev, polkovnik; -Vladimir Mamo, Ichki ishlar General mayyyori; -Grigori Pak, polkovnik; -Valeri Tojiev, polkovnik, -Rustam Shog'ulomov, Tcenzuraning sobiq rahbari -Temur Alimov, Prezidentning sobiq maslahatchisi |
| Nomzodlar |
| Taklif |


