O’zbekiston-maktublarda
ZULM QO’RQUV
SOCHMOQDA
“Jahongir aka, assalomu alaykum… Bu yerdagi vaziyat keskin. Odamlar bir-birlariga ishonmaydigan bo’lib qolganlar. Hamma birovning og’ziga tikiladi. Qo’rquv odamlarni sarosimaga solib qo’ygan. Andijon voqealarida jiyanimni o’ldirishgandi. Men nima qila olradim. Hatto 2 o’g’li maydonda va bir qizi kasalxonda o’lgan bir ayol hukumat tazyig’i ostida “Farzandlarim o’zlari kasal edi, ular o’z ajali bilan o’lishdi” deb aytishga majbur bo’lganligini ko’rib dod deb yuborgim keldi.
Menimcha Jahongir aka, biz 38 yillarning vahimali qatag’on kunlari, odamlarning yurak va miyalariga ekilgan qo’rquv daraxti o’z mevasini berayotganini guvohi bo’lib turibmiz.
Bu daraxt qachon qutiydi?
***
“Salom Jahongir aka,
Qandaysiz? Ishlar bilan charchamasdan yuribsizmi?
Men, kup ming sonli Uzbekistonlik muxlislaringizdan biriman. Uzr boshqa
nom va address bilan sizga murojaat qilayotganim uchun. Uzbekistondagi
hozirgi ahvol (e-maillarni kontrol qilinayotgani) bizni shunaqa yul
tutishga majbur qiladi.
Biz siz bilan anchadan beri web sahifangiz orqali
goyibona tanishmiz. Avvolo Uzbek xalqi ozodligi uchun olib borayotgan
harakatlaringizga rivoj tilaymiz, Uzbek xalqining sizdek otashqalb
uglonlari bor ekan OZODLIK YAQIN, GALABA MUQARRAR!......
Biz Uzbekistonlik yoshlar iloji boricha internet va xorijiy
radiolar orqali yurtimizdagi haqiqiy ahvol va chet eldagi muxolifat
harakatlaridan xabardor bulib borishga harakat qilib turibmiz. Ammo bu ham
turli xildagi blokirovkalar natijasida borgan sari qiyinlashib bormoqda.
Ozodlikning bir eshittirishida aytilganidek "Uzbekiston ulkan bir
qamoqxonaga aylanib bormoqda". Bu yerdagilarning nafaslari ozodlik kutib
borgan sari bugilib bormoqda, bunaqa ketaversa portlash muqarrar.....
Mayli gapni kup qilib vaqtingizni olmasdan menda yaqinda tugilib qolgan bir
fikni sizga aytmoqchiman:
Uzingizga ma'lum, shu kunlarda 1000 lab Uzbekistonliklar BMTning
qochqinlar bilan ishlash bulimlariga va qushni davlatlarning emigratsiya
xizmatlariga siyosiy boshpana surab murojaat qilyaptilar va bu haqda
ommaviy axborot vositalari xabar qilib turibdi. Ammo bu dengizdan bir tomchi
xolos. Hozirda (Hozirgi hukumatning noqobil siyosati natijasida
albatta) Uzbekistondek ulkan qamoqxonadan chiqish baxtiga muyassar bulgan har
bir uzbek (xoh u mardikor, olim, siyosatchi yoki biznesmen bulsin)
qaytib shu qamoqxonaga kirishni istamaydi. Ammo qarindosh urug oilasi deb
qaytib borishga majbur. Andijon voqeasidan keyin Uzbekiston xalqaro
jamoatchilik nazariga tushgan va mustaqqil tekshiruv utkazish kun tartibiga
quyilgan bulsa u Andijonlik qochqinlarning Ruminiyaga olib kelingandan
keyin yanada jonlandi. Ammo vaqt utgan sari "Xalqaro tekshiruv
utkazish" talabi yana kuchsizlanib bormoqda. Bu talabni yanada dolzarb va
orqaga surib bulmaydigan bir ish sifatida yuzaga chiqish uchun yana bosh
qotirish kerak....
Hozirda Evropa davlatlari Amerika, Rossiya va
Uzbekistonga qushni bulgan boshqa davlatlarga borib mardikorlik yoki
tadbirkorlik bilan shugullanayotgan 100000lab Uzbekistonlik migrantlar orasida
tushuntirish ishlari olib borib, ularning bir varakayiga uzlari hozirda
yashab turgan davlatlaridan va ular rad qilgan taqdirad BMTdan siyosiy
boshpana surashlariga erishilsa bu juda katta shov-shuvga sabab bulardi.
Tasavvur qiling kelasi bir-ikki oy ichida 100000 minglab uzbeklar uz
vatanlarining hozirgi hukumatidan qochib siyosiy boshpna surab BMTdan
ruyxatdan utsalar, va bu oylar sari oshib boraversa (Uzbekistonda 25,5 mln
aholi bor)bu mintaqaning notinchligiga olib keladi. Xalqaro
Jamoatchilik nazari yana Uzbekistonga qaratiladi. Uzbekistondan qochayotgan
qochqinlar soni haqida Radio TVlar har kuni axborot bera
boshlaydi......
Xullas "Xalqaro tekshiruv utkazishga" yana bir inkor qilib bulmas dalil
yuzaga chiqadi. Hatto ham shu vaqtgacha bu Uzbekistonning ichki ishi deb
kelayotgan Rossiyaning BMTdagi vakili ham hech narsa deya olmay qoladi
(Rossiyadagi 100minglab uzbek migrantlari ulardan siyosiy boshpana surab
tursa albatta). Bu holat BMT ansambleyasida kurib chiqilishi va juda
katta resonans tugdirishi mumkin va "Zudlik bilan Andijon voqealari
buyicha xalqaro tekshiriuv utkazish" yana kun tartibiga chiqadi va oxir
oqibat diktatorlik rejimini xalqaro tribunal qarshisiga olib keladi.
Yurtimizda Ozodlik shabadasi esa boshlaydi.
Manimcha bu ishni amalga oshirsa bulsa kerak. Axir Chet ellarda
"nelegal" yashab ishlayotgan Uzbeklarning hammasi ham BMTdan siyosiy boshpana surash yuli bilan uzlari vaqtincha yashab turgan davlatda Uzbekistondagi siyosiy tuzum uzgarganiga qadar turishlarini garantiyalashi mumkinligini bilishmaydi, yoki bilishsa ham hujjat tayorlashdagi tushunmovchiliklar va boshqa har xil sabablar yuzasidan bunga jur'at qilisholmaydi.
Chet
yashab turgan davlatdan boshpana surash uchun hujjatlarni qanday tayorlash
va qaysi taskilotlarga murojaat qilishlari kerakligi haqida
tushuntirish va eng asosiysi ularga bu ishlari bilan ular "Andijon voqealari
buyicha xalqaro tekshiruv" utkazishni tezlashuviga sabab bulishlarini
tushuntirish kompaniyasi olib borilsa yaxshi bular edi.
Sizning ming-minglab muxlislaringiz va boshqa yaqin hamkorlaringiz
bor. Bundan tashqari DUKda tez tez yigilishib turibsizlar, shu fikrni
tahlil qilib amalga oshirsangizlar qanday bular ekan?
Xatimni olganingiz haqida menga ikki enlik javob yozib yuborsangiz
xursand bular edim.
Hurmat bilan doimiy muxlisingiz
M”.
***
“ASSALOMU ALAYKUM JAHONGIR AKA!
SAYTINGIZDAGI UZRNOMANI O'QIDIM VA BIROZ HIJOLAT BO'LDIM.
BIZGA JAVOB YOZISHDAN HAM KO'RA MUHIMROQ ISHLAR BILAN
SHUG'ULLANAYOTGANINGIZNI BILAMAN.
AGAR JAVOB YOZISHGA VAQT AJRATA OLMASANGIZ HAM HAFA BO'LMAYMAN.
BALKI, BIZNING BOSHIMIZGA HAM YORUG' KUNLAR KELIB, SIZ BILAN INTERNET
ORQALI EMAS, YUZMA-YUZ UCHRASHISH BIZ KABI SHOGIRDLARINGIZGA NASIB QILIB QOLAR.
MEN SHUNDAY KUN KELISHIGA ALBATTA ISHONAMAN VA O'ZIM HAM HARAKAT QILAMAN!
SAFIMIZNING KENGAYAYOTGANIDAN KO'NGLIM TOG'DAY KO'TARILIB KETAYAPTI. VAQTI KELIB BARCHA IFLOSLARNING TAZIRINI BERAMIZ. QOLAVERSA, OZARBAYJONLIKLAR HAM BIZNI
QO'LLASHMOQDA. HOZIRCHA XAYR, USTOZ!
O'ZBEKISTONLIK TARAFDORINGIZ, TALABA! (N)
(HOZIRCHA ISMIMNI YOZA
OLMAGANLIGIM SABABLI
SO'RAYMAN. BALKI,
KEYINCHALIK TANISHIB HAM OLARMIZ)”
****
Assalomu alaykum,Jahongir aka!
Yulini topib sizga xat yozayapman.Internet klublarda o'qishning yoki biro narsani print qilishning iloji yo'.q "Sekret" odamlar juda ko'paygan. Ayniqsa Andijon
voqealaridan so'ng bularning uyasi buzildi.Bir nechta o'qimishli,iqtidorli
yoshlarni o'z-o'zidan yo'qolishi yoki bir nechta sabablar bilan qamoqqa
olinishi yoshlarni biroz cho'chitib qo'ydi.
Jahongiraka sizdan bir narsa haqida so'ramoqchiydim. Sahifangizga kirib qarasam...bosh sahifada meni hatim....Buning uchun hursand bo'ldim, rahmat kotta. Jahongir aka lekin ozgina hafvsiradim, negaki mening email adreessim ham elon qilinibdi. Bir marta savol...javob bo'imini o'qiganimda bir qiz sizdan sizga hat yozadiganlarning addresslarini so'raganida, siz javoban: ularni havfga qo'ymasligizzi, uning bu hiylalari o'tmasligi(oldin ham shunday voqea bulgani) tarzida javob qilgansiz. Men o'zim naq Toshkentni o'zida turaman, hozircha internettan ko'chada foydalanaman. Adressimni bilishsa hech narsa qilmasmikin ?
Bundan tashqari aytmoqchimanki, men o'zimmi ancha sodda dib bilaman va odamlarga juda ishonivchanman. Sizdan Bu yerda yurib o'z havfsizligimni(chunki havf borligini bilasiz) ta'minlashim uchun nafaqat men va boshqa a'zo bo'lgan Toshkentliklar uchun qanday maslahatlar berasiz? Men inson huquqlari faollari va boshqa tashkilotlar hodimlarini bu yerda bemollol ish yuritishlarini bilaman. Lekin bizga o'xshaganlarni "bir kichkina odam" dib 3000 dan oshiq odammi yostig'ini quritgan, osongina yo'q qiladi-ku.
Internettan foydalanganda ham, nimalarga ahamiyat ko'proq berish kerak, chunki server orqali chiqib topish yo boshqa yo'llari bor dib eshitganman. Yuqoridan aytgan odamlar , faollar nega oson(to'gri oson bo'lib osonmas, do'pposlashlar, militsya nazoratida bulish va h.k.) jon saqlab ish yuritishadi? Ular biror tashkilot yoki halqaro muassasalar tomonidan ro'yihatga olingan va ular qaramog'ida(krishasida), nazorati ostida bulishadimi?
Kechirasiz, mana sizga hatni jo'natishimdan oldin sahifangizni ochib ko'rsam ochilmadi. O'yin qilib yotishibdi”
***
“Assalomu alaykum Jahongir aka! Meni kongressga qabul qilganilarchun kotta rahmat., Hudo holasa o'z hissammi qo'shaman manam. Jahongir aka, telefonim kerak bo'lishini hayolimgaym kemabdi. Gap shundaki uydagilar meni a'zo bulganimmi bilishmaydi. Otam umuman uyda varroqlar(hatto kongress ashkil topganligi va a'zolar ro'yhatini ko'rsatganimda) dan extiyot bulishimni, umuman aralashmasligimni aytib keladilar. (sovet paytida ular boshlaridan utgan) Onam siz sahifangizdan olingan materiallarni o'qishga ruhsat beradilar(bi-bir nomiga koyib qo'yadilar holos), lekin, a'zoligimmi bilmaydilar. Buvimlar ancha muncha bollanrni mahllaligidan kechasi MXX olib ketayotganini etib yuradilar. Qorqinchli bulib qoldi.”
***
“Assalomu alaykum Jahongir aka! Yaxshi yuribsizmi? Men sizdan yana bir ma'lumot uchun xat yozyapman. Men nafaqat sahifangizda balki oldinroq bbc radio yangiliklarida O’zbekiston Demokratik Kongressi tashkil topgani haqida, va unda deyarli hamma yirik muholifat vakillari a’zo ekanligidan xabarim bor. Buni eshitishib bilan hursand bo’lib u haqda ko’proq ma’lumot ilishga harakat qildim. Sahifangizdagi faqat 1-va 2-missiya, va a’zolar ruyihati bilan tanishman holos. Bilasiz bu kabi saytlarga to’siqlar bor.
Meni iltimosim: Men shu kongressga a’zo bo’lgan uzbek yoshlari kabi shaxsan o’zim ham a’zo bo’lmoqchiman. Avval bu kabi siyosiy tashkilotlarga a’zo bo’lmaganman, bu mening bu sohadagi dastlabki katta qadamim bo’ladi deb o’ylayman. Bunga sabab ohirgi 2 yil davomida davlatimiz taqdiriga bo’lgan munosabatim(=davlat taqdiri – oddiy odamlar, men, bizning huquqlar, muhimi bular hammasi demokratiya ) ancha jonlangani sabab.
A’zolikdan so’ng bizga tushadigan mas’uliyat, biz qiladigan ishlar. Umuman men nima harakat qilishim kerak, mendan nima talab qilinadi. O’tkaziladigan qurultoy haqida bilaman. Bu E-mail orqali o’tkazilganidan so’ng yig’ilish bo’lishi haqida gapirilgan. Menimcha bu tashkilot bosh a’zolariga (rais..)tegishli bulsa kerak, chunki O’zbekistonda bo’lgan a’zolar bu yig’ilishda bo’lishlari deyarli ilojsiz. Kongress ishlarida omad tilayman.”
***
Assalomu alaykum avvalo.
Mening bir kichik bir bir ammo men uchun juda muhim desam mubolag`a bo`lmas, lekin men buni butun Turkiston yoshlari nomidan so`ramoqchiman.
Mana yaqinda aniqrog`i butun muxolif kuchlar birlashgani xabar etildi. Lekin, men bu kongressning yani DO`k ning aniq bir programmasini ko`rmayapman.(zero men DO`K ning ilk o`z oldiga qoygan dasturi bilan tanishib chiqqan bo`lsamda). Bu harakatga taniqli muxolif arboblar qo`shilishdi, ammo bu arboblarimizni hozirgi O`zbekistonimizda yoshlarning aksariyati tanimaydi va bilmaydi, shunday ekan, kelajak tayanchi yoshlarsiz siz bu DO`K ning o`z oldiga qo`ymoqchi bo`layotgan maqsadlariga erishishiga ishonasizmi?
***
“…Bir dostim kelib meni tekshirishayotganini guyoki men chetga malumot sotayotganimni orqamdan 3 4 odam "quloq" bolib yurganini aytdi va uni ham menga quloq qilib tayorlashganini aytdi . u meni yaqin dustlarimdan biri edi. hullas bola juda qiynaldi . chunki unga meni har bir qadamimni kuzatish va uyimda nima disklarim borligini qayerga borib kim bilan uchrashsishimni tekshirish va telfon da aytish buyurilgan edi. Ohiri chidamadim unga aytdim agar mard bolishsa ozlari kelib gaplashishsin dedim . Dostim bosh tortdi ularga men haqimda malumot yetkazib turishdan bekorga vaqtini sarflayotganini aytdi ular hop biz ozimiz gaplashamiz deyishibdi.. Xullas iyunni ohirida oqishga kelsam domlamiz chaqirishdi kirsam ikki begona kishi "oliy tamildan" deb tanishtirishdi ozlarini. bir honaga kirib olib gapni adresimni uyimda nimalar borligini ota onamni qayerda yashab kim bolib ishlashiyu hotinimni ota onasi qayerda va kim bolib ishlashini aytib berishdan boshlashdi. hullas ancha men haqimda malumot toplashga harakat qilganlari aniqsezilib turardi. hullas nima uchun man kongressga a'zo bolganligimni surishtirishdi amerikada kimlarni taniyman elchihonadachi ? Nimaga a'zo boldim safsatalar . 3 soatdan ziyod gaplashdik qorqitishdi .
Ozbekistonida yashayapman ekan demak "ularning vataniga hizmat qilishim kerak ekan ularni aytishi boyicha " hmm osha gap menga qanchalik tegib ketganini hali ham tasavvur qilishmagan bolsa kerak vatan ularniki emish. Man niyatlarimni aytib shu paytgacha nima ishlar qilganman va uyimdan onamga yahsi inson bolaman tashqi ishlar vaziri bolaman deb chiqqanmana harakatim ozim va boshqalarga foyda keltirgan horom ishlarga aralashmaganman dedim . ular oldin ogohlantirayapmiz deyishdi.. Rahmat hali boshimda ota onam bor dedim achiglari chiqdi oyog'imdan osib olib ketishlarini aytishdi. Men oyog'imdan osib olib ketadigan ish qilganim yoq dedim. hullas savol javob 3 soatdan ziyod davom etti. ohiri meni hamkorlik qilishga taklif qilishdi biz bilan ishla deyishdi kuldim hech qachon dedim. Vatanga hizmat qil deyishdi vatanga hizmat qilishni boshqa yollari bor dedim. ular (kongress) nima ish qilmoqchi ekanligidan bizni habardor qilib turasan deb aytishdi . Men umuman bunaqa ishlarga aralashmiman deb javob qildim. hattoki portlatishmoqchi bolishsa ham a ? deb soradi agar biror kim zarar yetkazmoqchi bolsa albatta kerakli joylarni ogohlantirishga harakat qilaman lekin men biror kimga quloq bolib hizmat qilmiman deb aytdim .
Suhbat ohirida hohlagan joyga jar solishim mumkin bu haqda lekin ohiri voy boladi menga ohshagan ozicha aqilli bolib qolganlarni kop korishganini aytishdi.
Ancha ozimga kelolmadim . Uzimni huddi jinoyatchiga ohshab sezdim ... dilim og'ridi... ahir hech kimga yomonligim yoq edi..
Vodiyda odamlar sokin bolib qolgan hamma nomoz oqiydi.
Islomga etiqod qilganlar kopaygan jumalarda masjidlar To'lib toshadi.
Hamma hadiksirab qorqib gapiradi siyosat haqida huddi sovet ittifoqidagidek...
Odamlar battar qiynalgan.”
***
“Yaqinda Andijon voqealarga bag'ishlangan "Andijonni titratgan tun" nomli ko'rsatuv bo'lib o'tti(shuncha vaqttan so'ng qarang...). Ko'rinib turibdi ancha-muncha "guvoh"larni topib gapirtirishdi.. Oldinam hat yozganman, bularni qoralab. Bu qirg''inligiga ishonaman. Ammo bitta narsa ga tushunmayman, havotirga soladi mani. Ko'p manbaalarda teatr va yana qanaqadir madaniyat maskanlari ham egallanib yondirilganligi aytilmaydi(ba'zilaridan tashqari). Buni yuqorida aytgan ko'rsatuvda tasmaga yozilgan suratlarda yana bir bor ko'rdim. Ancha vayron qilingan. Nima uchun oddiy halq uchun bu narsa kerak bo'ldi ekan, dib o'yliman. Siz nima diysiz tahririyat?
Bu narsaga boshqa talqinim ham bor: qo'zg'alonchilar orasida hukumat odamlari ham bo'lgan, va shular keyinchalik bo'hton yopishtirishchun buni amalga oshirishgan.
Umuman o'zi shu teatr binosida nimalar sodir etilgan, odamlarni otishganmi, militsyani otishganmi, yo askarlar vayron qilishdimi? “
***
“Assalomu alaykum Jahongir aka, sizga anchadan beri xat yozmoqchi
bo'laman. Chunki sahifangizga har kuni kirib maqolalaringizni uqib turaman.
Shu urinda shuni aytmoqchimanki, siz men uchun uzbek qahramonlaridan
birisiz va sizga xat yozish men uchun katta faxr!
Keyingi vaqtlardagi qilayotgan ishlaringizdan xabarim bor, biz, chet
siz epladingiz! Tez-tez aktual temalarni oldinga tashlab turibsiz. Biz
ham sizning fikrlaringizni talabalar orasida muhokama qilib boryapmiz.
Ammo keyingi bahslarning saviyasi ancha pasayib ketyapti: kim qanday
chetga ketgan, kim quqoq, kim qaytmoqchi emas va h. Xush, bularning kimga
keragi bor?! Hali DO'K yaxshi oyoqqa turmasdan, mayda-chuydalar bilan
band bulib qolyapti. Voholanki, bizning maqsadimiz boshqa, qachondir
haqiqiy mutaqil,demokratik Uzebkistonni kurish! Demoqchi bulganim, siteni
yanada jiddiyroq qilsangiz, " Harakat"ga uxshab bachkana bulib
qolmasin.
"Uzbekiston iqtisodini qanday qilib tez orada oyoqqa turghizish mumkin
va bunga qancha vaqt kerak?" mavzusini quysangiz. Shunda bilardik,
bizda qanchalik, kuchli iqtisodchilar va siyosatchilar bor.
Jahongir aka, xatolarim, pala- partish jumlalarim uchun uzr, ancha
yildan beri chetdaman.
e-mailim iltimos anonym qolsin, sabablarini uzingiz bilasiz....
Ishlaringizga rivoj, uzingizga soghlik, oilangizga tinchlik tilab
Murodbek”
***
Salom Jahongir aka,man N… ,hozirgi kunda Evropada talim olayotgan talabaman.Men har doim sizni elektron saytingizga kirib yangiliklarni ukiyman.
Sizlar asos solgan Uzbekiston Demokratik Kongressiga a"zo bulish u-n uzok vaqt uylandim,va kolgan 307 azo sifatida sirli azo bulishga ahd kildim,chunki oddiy ukituvchilar oilasining kenja farzandiman,va hehc kachon oilamga ziyon etkazishni hohlamayman. Bu yerda iktisodiy informatikani ukiyabman,va niyatim kelajakda har kanday sharoitda yurtga kaytish va yangilik kiritish,hohlaymanki bizni yoshlar ham huddi demokratik davlatlardagidek erkin fikrlay olish imkoniyatiga ega bulishini,va bu yulda hehc kanday mehnatdan kochmayman.
Jahongir aka iltimos mani ham ODK ga azo sifatida
cheksiz hurmat bn N…”