NOSIR ZOKIRGA

OZODLIK!

 

Vashington, 27-08-05

 

Demokratik O’zbekiston Kongressi “Ozodlik” radiosining Namangan viloyati bo’yicha muxbiri, uzoq yillardir mazkur radioda ozodlik ovozi bo’lib kelayotgan taniqli jurnalist, mustaqillik kuychisi Nosir Zokirni 2005 yilning 26 Avgust kuni olti oyga qamoqqa hukm qilinishini va darhol temir panjaralar ortiga yuborilishini keskin qoralaydi va uning ishini tezlikda qayta ko’rib chiqib ozod etilishi zarur deb hisoblaydi.

Nosir Zokir ilgari “Birlik” xalq harakatining Namangan viloyat kengashini boshqargan va mustaqillik kuychisi sifatida tanilgan edi. Uning O’zbekiston Mustaqilligining 14 yilligi arafasida shoshilnch qamoqqa olinishi O’zbekiston hukumatining qatag’on siyosatini yana bir bor namoyish etdi.

1993 yilda ham u “Ozodlik’ muxbiri ekan, mirshabalar uning cho’ntagiga nasha tashlab qo’yib, bo’hton bilan qamoqqa olishgan, ammo xalqaro jamoatchilikning talabi bilan ozod qilishga majbur bo’lishgandi.

Bugun uni yana qamashdi. Biz tezda uning ishi qayta ko’rib chiqilishini va ozodlik kuychisining ozodlikka chiqarishni talab qilamiz.

Ayni paytda Demokratik O’zbekiston Kongressi barcha demokratik kuchlarni, xalqaro tashkilotlar va taraqqiyparvar davlatlarni O’zbekistonda ozodlik ovozi hisoblangan taniqili jurnalistni ozod qilish uchun “NOSIR ZOKIRGA OZODLIK!” shiori bilan shoshilinch harakat boshlashga chaqiradi.

Nosir Zokirga Ozodlik!

DEMOKRATIK O’ZBEKISTON KONGRESSI

 

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

Jahongir Mamatov, - jahongir@jahongir.org , 571-203-9225 , 571-277-0140

AbduMannob Polat, - AbduMannob@yahoo.com, 703-426-9637 , 571-344-3013