YODGOR OBID:
OTASH QALB
UCHQUNLARI
Jahongir
Muhammadning
"Samarqandni
so’ginib" kitobiga o’ng so’z
Xaq so’z-istibdoddan kuchli.
Ayniqsa, shoirning, ijodkorning haq so’zi.
Bu yerda "ijodkorning haq so’zi" ifodasining ta’kidlanishi
tasodifiy emas. Zero boshqa yurtlarda, boshqa zamonlarda bo’lgani kabi,
O’zbekistonda bugungi kunlarda ham shoirlar, to’g’rirog’i, shoirlik da’vosini
qilguvchilar, ijodkor yoki ijodkorlik da’vosini qilguvchilar ko’p. Ular
bolshevizm davri ifodasi bilan aytadigan bo’lsak, " so’z ustalari"
dirlar.Shu xolos.
"So’s ustasi"- ijodkor yoki to’gri ma’nodagi shoir ma’nosini
bermaydi.Ular so’zlarni chiroyli, o’rni-o’rniga qo’yib, tizabiladilar,
ohangdorlik berabiladilar. Ammo barcha tizmalarida na haqiqat, na dard, na qalb
o’rtanishlari, na iymon, na insoniyatga xos boshqa tuyg’ular o’z ifodasini
topgan bo’ladi. Faqat so’zga ustaliklarini ishlatib haqiqatga, adolatga, xalq
va Vatan manfaatlariga, g’ayriinsoniy kuchlarga, diktatura va dikatorga xizmat
qiladilar. Shu yo’l bilan o’tkinchi dunyoda moddiy manfaat izlaydilar. Bu
–bugungi kunda ko’rinib turgan haqiqat. Isbot talab qilmaydi yoki isbot
istovchilar uchun bugungi o’zbek adabiyoti jarayoniga bir nazar tashlashning
o’zi kifoya qiladi.
Ijodkorning, shoirning haq so’zi istibdoddan kuchli deganda, bunda
"so’z ustalari"ni emas, haqiqiy ijodkor va haqiqiy shoirlarni nazarda
tutib aytildi. Haqiqiy ijodkor va shoirlar hamma zamonlar va hamma yurtlarda
ham ko’p bo’lmagan, ayniqsa O’zbekiston uchun eng og’ir sanalgan bugungi kunlarda-barmoq
bilan sanagulik.
Istibdod kuchaygan barcha yurtlarda va barcha davrlarda iymonidan
ayrilishni istamagan ijodkorlar, shoirlar tazyiqqa, ta’qibga uchraganlar.
Nasimiy kabi terilari shilingan, Mashrab kabi dorga osilgan yoki quvg’in
qilinganlar. So’nggi nafaslariga qadar haq so’zni aytishdan, istibdodga,
adolatsizlikka qarshi qalb otashlarini o’q qilib otishdan, kurashishdan
qaytmaganlar.
Ma’lumki, ruslar bolshevizim istibdodi sababli, avropaliklar fashizm-
hitlerizm istibdodi sababli paydo bo’lgan o’z muhojirat adabiyotlari bilan
g’ururlanadilar. Bu g’urur- o’rinli ekanini Ivan Bunin, Vladimir Nabokov,
Marina Tsvetayeva, Merejkovskiy, Gippiuslar-20 asr rus adabiyotining o’zagi
bo’lib qolganlari, Tomas Man, Bartold Brext, Nelli Saks, Paul Selan, Silviya Platt
ijodlari faqat nemis adabiyotidagina emas, balki butun Avro’po adabiyotida
asosiy yo’naltiruvchi kuch bolib kelayotganida ko’rish mumkin. Ular- bolshevizm
va hitlerism istibdodiga qarshi turdilar, ijod erkinligini himoya qildilar,
tazyiqqa, ta’qibga uchradilar, lekin istibdod ularning ovozlarini o’chirolmadi.
Ko’rinib turibdiki, istibdod ijodkor va shoirlarni inson sifatida azoblashi,
taszyiq va ta’qib ostiga olishi, quvg’inga solihsi, begona yurtlardan boshpana
izlashga majbur qilishi mumkin, lekin ovozini so’ndirishga kuchi yetmaydi. Zero
ijodkor va shoirning haq so’zi-har qanday istibdoddan, istibdod manbalari
bo’lmish johil, davlat tepasiga tasodifan kelib qolgan o’tkinchi t
"bosh"chilaridan kuchliroqdir.
Afsuski, o’zbek muhojirat adabiyoti haqida hozirga qadar ma’lumotimiz
kam. Turkiyada, Amerikda yashagan vayashayotgan bir necha ijodkorlarni,
shoirlarni, xususan, Turk dunyosining muhtaram donishi Boymirza Hayit ijodlari,
hayotiy faoliyatlari bilan qisman tanishmiz, xolos. Albatta, bu o’zbek muhojirat
adabiyoti ko’zga ko’rinarli bo’lmadi, degani emas. Ayb-o’zimizda. Ko’zlarimiz
ojizlik qildi, bilolmadik, qalbimiz ojizlik qildi, his qilolmadik. Buning
ustiga ustak-O’zbekistonda istibdod yanada avjiga chiqdi. Borni yo’q dek
qildi... Ko’zlarimiz ojizligini oshirdi. Ijodkorlar, shoirlar ovozini yanada
kuchliroq johillik bilan bo’g’ishga, o’chirishga urinish boshlandi. Lekin bu
borada istibdod yana adashdi, mag’lubiyatga uchradi, adolattalab, haqtalab
shoirlar ovozini so’ndirolmadi, bo’g’olmadi. Bu ovoz - bo’g’ishga uringanlari
sari kuchliroq yangray boshladi. Muhojirat adabiyotining ya’ni, kuchli,
ohangdor oqimlari paydo bo’ldi.
Yuqirorida rus va avro’pa muhojirat adabiyoti namoyondalarining bir
qismini eslab o’tdik. Hoizrgi kunda ular o’z yurtlari g’ururiga aylanib
qolganlari esalatildi, ularning har bir bir o’z o’rinlariga, o’z yo’llariga
ega.O’zbek shoiri, yozuvchisi Jahongir Muhammadning ham anshunday o’z o’rni
bor.
Shu yergacha ijodkor va shoir atamasini alohida-alohida ishlatdik. Gap
Jahongir Muhammadga kelganda har ikki atama bir butunlik kasb etadi,
mujassamlanadi.
Zero u shoir, u–ijodkor, yozuvchi, munaqqid, jurnalist, siyosatchi...
Sermahsulligi, mehnatkashligi bir bora, har bir so’zni teran his
qilishi, yonib aytishi, hazin-hazin, dardli ovozi bir bora... ayniqsa
samimiyati bilan kuchli.
"Shahidlar mozori" asari o’zbek adabiyotida janr sifatida ham,
mazmun va badiiyati bilan ham yangi bir sado sifatida paydo bo’ldgan edi.
Ketma-ket yuzaga kelgan romanlari esa navbatdagi ko’tarilish pog’onalari
bo’ldi.
Xalq saylagan deputat, haqparvar siyosatchi, xalqparvar ijodkor, samimiy
adolattalab, kurashchan ovoz...
Jahongir Muhammadning ko’p she’rlari radio to’lqinlari hamda qisman
"Harakat" jurnali sahifalari orqali ko’pchilik she’r muxlislariga
yetib bordi, sevib o’qildi, yod olindi. O’zbeklar she’rxon xalq emasmi, qo’lba
–qo’l bo’ldi.
Uning so’nggi paytlarda yozgan eng nafis, dardli sh’erlarini bir jildga
yig’ib, kitob qilishi-yangi bir quvonchli voqea.
Kitobga "Samarqandni sog’inib..." nomini beribdi.
Samarqand-Vatan. O’zbeklar uchun qadimiy Vatan ramzi.
Shoir qalbi esa Vatan, Vatan ramzi, ona yurt dardi, jafokash ona xalq
dardi bilan bog’liq. Shu dard bilan yonadi, o’rtanadi, unga adolat istaydi va
adolat uchun kurashga chorlaydi.
O'zbegim,
deb yig'ladim,
Senga
topinar ekan.
O'zbegim,
deb yig'ladim,
Boshim
chopilar ekan.
O'zligim
deb hayqirdim,
Dovul,
bo'ron essa ham.
O'zligim
deb hayqirdim,
Qilich
boshni kessa ham.
Yig’i va hayqiriq. Sirtdan qaraganda bir-biriga ziddek ko’rinadigan
tushunchalar. Lekin shoir ifodasida ko’zida iztirob yoshlari bilan kurashga
otlangan inson timsolining kuchli hayqirig’i mujasamlanadi. Jonli ramz.
" Boshim chopilar ekan" satrini ham shoir hayot yo’li bilan
tanish bo’lmaganlar "shoirona mubolag’a" deya qabil qilishlari
mumkin. Lekin taniganlar bu satrlar mubolag’a emas, bir necha bor ro’y bergan
haqiqat ekanini, yurtimizdagi istibdod kuchlari ko’p bora uning boshida qilich
o’ynatganlarini, shunda ham uning mag’rur boshini egishga, o’tli ovozini
bo’g’ishga erisha olmaganlarini biladilar.
Shorning umri shunday:
Sog’inch
sarg’ayib xazon to’kadi,
Sog’inch-umrginam,
Xazon-kunlarim.
Og’och
bukchayib soya to’shaydi,
Og’och-vujudginam,
Soya-tunlarim.
Badiiy o’xshatmalar orqali chizilgan hayot manzarasi. Bukchaygan og’och
vujud- o’zbek vujudi, istibdod zulmi sabab Vatandan yiroq, sog’inch to’la
umr....
U:
Osmon-onaginam,
Osmon-Vatanim!
der ekan, har so’z ohangida anashu umid kurtaklarining shiviri qalbimizga
quyilib kelaveradi.
Shoirning qator she’rlarida ona yurtining o’tmishi va bugungi fojiali
ahvolining manzarasi uyg’unlashtirilgan va shu orqali falsafiy yechim topgan.
Qayda bugun Turkistonni allalagan nasmlar,
Amu daryo mavjlarida qotib qolgan rasmlar...
yoki:
Bu ne millat Turoni bir,
Turkistoni to’rttadir...
misralarida yurt boshiga tushayotgan halokatli voqelar zamiriga razm
solingan bo’lsa:
Aybi aniq do’stini ham dushmanini tanimas,
O’ziga bek, o’ziga xon, yeru-yakson – bittadir...
deya bu baxtsizlikning ildizlarini bilishga va bildirishga jazm qiladi.
Kitobda ko’plab lirik kechinmali she’rlar ham o’rin olganki, bu umuiy
sh’eriy manzara ta’sirchanligini yanada oshiradi, o’quvchini, kitobxonni shoir
bilan barobar yondiradi.
Zero Jahongir Muhammad-otashqalb shoir.
Yonib yondiradi, kuyib kuydiradi.
"Samarqandni sog’inib"dagi she’rlar esa uning otash qalbidan
sachragan uchqunlardir.