Demokartik O’zbekiston Kongressining
Bayonoti
.
6-17-2005
2005 yilning May
oyida Andijonda yuz bergan qonli
voqealardan keyin O’zbekiston va AQSH munosabatlari
jiddiy o’zgarishlarga yuz tutmoqda. Bir
qator AQSH tashkilotlari O’zbekistondan chiqarib yuborildi yoki chiqib ketmoqdalar.
Mana endi AQSHning Xonobod aerodromidagi havo kuchlari faoliyatini
cheklash va bu kuchlarni boshqa
joyga chiqarish haqida ham gap so’zlar bo’lmoqda. Shuningdek, O’zbekistonga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo’yish chaqiriqlari yangramoqda.
Ana shulardan kelib chiqib, Demokratik
O’zbekiston Kongressi quyidagilarni bayon etishni lozim deb
hisoblaydi.
1.O’zbek xalqi uchun qiyin bo’lgan
shu kunlarda AQSh 26 millionlik xalq tomonida turishi
va bu mamlakatni
Rossiya hamda Xitoy kabi yirik
kuchlar va diktatura changaliga tashlab ketmasligi kerak.
2.AQSH O’zbekistonni o’z holiga tashlab
ketishi emas, balki bu mamlakatni
demokratiya yo’liga olib chiqish uchun
jonbozlik ko’rsatsa bu xalqning xoxish
irodasiga mos tishgan ish bo’ladi.
3.AQSh havo kuchlarini Xonoboddan olib chiqilishi ham bir qator nohukumat
AQSh tashkilotlarining faoliyati to’xtalganida bo’lgani kabi O’zbek
xalqining strategik manfaatlariga zid tushadi. Aksincha, AQSH faoliyati to’xtatilgan nohukumat tashkilotlar faoliyatini tiklash uchun Toshkentga
O’zbekiston hukumatining BMT va boshqa
xalqaro doirada olgan majburiyatlaridan kelib chiqib, bosim o’tkazishi
va qo’yiladigan sanksiyalar xalqqa ziyon yetkazmazligi, Karimov hamda uning rejimiga qarshi bo’lishi kerak.
4.Biz AQShning Andijon
voqealari bo’yicha mustaqil tekshiruv o’tkazish chaqiriqlarini qo’llashimizni yana bir bor takrorlagan
holda uni Xalqaro miqyosda
mustaqil tekshiruv uchun masalani Avropa Ittifoqi bilan birga BMT
ning kun tartibiga kiritishga undaymiz.
Andijon voqealarining xalqaro tekshiruvdan chetda qolishi bu demokratiyaning mag’lubiyati va diktaturaning zafari bo’ladi.
Demokartik O’zbekiston Kongressi