AQSh Kongressi uyushtirgan Xalqaro Inson huquqlari
Konferensiyasi
                   Ovozsiz insonlarning
                     ovozi bo'laylik!

AQSH kongressi inson huquqlari, demokratiya masalalari bilan
shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar dunyodagi eng muhim
muammo bo'lgan inson huquqlarining toptalishi masalasiga
birgalikda kurashishlari uchun ularni bir konferensiyaga
to'pladi.  

29 Aprel (2006 yil) kuni AQSH poytaxtiada o'tgan mazkur
anjumanda "Amnesty International"dan tortib "Polaris
Project"gacha, "China Aid association" dan tortib Demokratik
O'zbekiston Kongressiga qadar juda ko'plab tashkilotlarning
vakillari to'plandilar. AQSh Davlat Departamenti va boshqa bir
qator idoralarning rasmiylari yig'ilganlar huzurida chiqish
qildilar.

AQSH Kongressining  Ilm-fan, Davlat va Huquq tartibot idoralari
qo'mitasining raisi Frank Uolf
(Frank Wolf)ning takilifi bilan
anjumanda Demokratik O'zbekiston Kongressi rahbariyatidan
Jahongir Mamatov, Zokir Aliyev va Jamshid Ochilovlar
qatnashdilar. Ular DO'K  hujjatlari asosida tayyorlangan
hisobotni taqdim etdilar.

Anjuman "Ovozsiz insonlarning ovozi bo'laylik" degan shior
ostida o'tdi.

Suratlarda: DO'K rahbarlarining kongressmen Frank Uolf  va  
AQSH Davlat departamenti rasmiysi bilan uchrashuv lahzalari
hamda anjumandan bir ko'rinish.
                                                                        
 DO'K Matbuot xizmati.
Hamma huquqlar AQSH va Jahon qonunlari hımoyasidadir. Sahifadan ko'chirma olish
erkin va manba ko'rsatilishi lozim.
©-2005-2006 uzbekcongress.org
CONGRESSIONAL HUMAN RIGHTS CONFERENCE
This page
requires
JavaScript to
display properly.