ni yengish uchun
XIZMATGA BORMISIZ!
Diktatura
rejimiga qarshimiz, demokratiyadan yonamiz, degan guruhlar va shaxslar 15 yil
davomida kurash uchun umumiy bir zamin topa olmadilar va gina-kudratlar, shaxsiy
manfaatlar hamda ambitsiyalarini yengib, bir to’xtamga kela olmadilar. Shu bois ham bugun dunyo jamoatchiligi O’zbekistonda muxolifat
deyarli yo’q, oz’larini muxolifat deganlar ichki nizolarini yenga olmayaptilar
degan gapni ochiq aytmoqda.
2005 yil, May oyining ilk
kunlaridayoq Andijonda namoyishlar boshlanganda O’zbek demokratik kuchlari
xalqning yonida, xalqning ichida bo’la olmadilar, shu sabab siyosiy namoyishlar
bilan bir qatorda qurolli harakat ham yuz berdi. Karimovning
beshavqat zulmi esa tinch maqsadli namoyishlarni qonga beladi. Shundan
keyin odamlar demokratik kuchlardan tarqoqlikka barham berish va birlashishni talab qildilar.
Men garchi biznikilar
birlashmasligini bilsamda ko’pchilikning istaklarini inobatg olib, balki
Andijonda millatning qoni to’kilishi ko’zlarni ochgandir, degan o’yda yagona
chiqish yo’li sifatida O’zbekiston demokratlarining birlashishi zarurligi
taklifi bilan chiqdim.
Bu:
-birinchidan,
demokrat kuchlar birligini namoyish etish va
Karimovning tarqoqlikni yaratish yuzasidan 15 yillik ishini puchga chiqarish
uchun kerak bo’lsa:
-ikkinchidan, rejimni yiqitish uchun zamin hozirlagan bo’lardi;
-uchinchidan, bu demokratik kuchlar millat va
tarix oldida gunohkor bo’lib qolmasliklari uchun asos yaralgan bo’lurdi.
Xorijiy radiolarda chiqish qilgan oddiy o’zbeklar
ro’y bergan voqealarda muxolifatning bevosita aybi bo’lmasada bilvosita aybi
borligi, ya’ni
ma’suliyati bor deb aytganda haq edilar.
Karimov rejimi bugungi darajaga yetishida
demokratik kuchlar birlashishiga rahna solib kelganlar ham bab-baravar
aybdordirlar va tarix buning bahosini beradi, albatta.
Men birlashishga ishonmaganimning boisi shundaki,
bu masalani 1991-92 yillarda ham ko’targandim. O’shanda O’zbekiston Demokratik
kuclari Forumini tuzish taklifi bilan chiqqan edim. Bugungi kabi
ko’pchilik qo’shilgan va bugungi kabi kimlardir turli
bahonalar bilan qo’shilmagan edilar. Keyin birlashish masalasi yana bir necha marta kun
tartibiga keldi va yana amalga oshmadi. Balki kimlargadir xuddi mana shu narsa
kerakdir!
Men bu safargi taklifimda ilgarilari bahona bo’lgan
sabablarga o’rin qoldirmaslik uchun Kongres faqat muvofiqlashtiruvchi rol
o’ynaydi va diktaturaga qarshi, demoktaiyadan yona
bo’lgan odamlarning birgalikdagi harakatlarini tarqoqlikdan bir kuchga aylantirish
maqsadida faqat maslahat kengashi bo’lajagiga e’tibor qaratgandim. Ammo bu zanglagan zehniyatning ko’zini ocha olmadi. Ilk kun ulug hofiz Dadaxon Hasan: O’zbekning ko’ksidagi gina
gudratni qon ham yuva omaydi, degan edi va haq bo’lib chiqdi.
So’nggi imkoniyat deyarli boy berilgan bo’lsada,
lekin umid o’lgan emas. Kongres
taklifini qo’llaganlar har qachongidan ham ko’p va
ular birlashgan holda faoliyatni davom ettirisalar balki kelgusida bu harakat
zanglagan zehniyatning so’qir ko’zlarini ochishga xizmat qilar hamda
boshqalarni ham maydonga yig’ar. Bunga esa sharoit lozim.
Kongres Nizomining loyihasi Kongresga qo’shilish
uchun murojaat qilganlarda deyarli e’tiroz uyg’otmadi. Zotan kongres asosan maslahat kengashi maqomida
bo’lgani bois uning hay’ati va kordinatorini ham
elektron yozishmalar yo’li bilan aniqlash mumkin.
Istagan odam kordinatorlikka va
hay’at a’zoligiga kirishi mumkin. Buning uchun istak bo’lsa
bas. Chunki bu vazifa emas, balki imkoniyati doirasida
millatga, vatanga xizmatdir.
Masalan, Kongresning veb sahifasini yaratish va
a’zolar faoliyatini muvofiqlashtirib turish katta ishdir. Men bu
ishni bajarishni Farhod Inog’omboyevdan so’radim, u rozi bo’ldi. Buning uchun unga rahmat aytmoq kerak. Agar yana kimdir bu ishni qilishga rozilik bildirsa u holda
hay’atda tanlov imkoniyati ham bo’ladi.
Demak, ikki masala:
1.Kordinator nomzodiga fikringiz.
2.Hay’atga a’zo bo’lasizmi? Xizmatga
bormisiz?
Ana shu ikki savolga javob berish bilan Kongresning
kelajagini ham yaratagan, zanglagan zehniyatning ko’r ko’zlarini ochish tomon
odim otgan bo’lasiz.
Bugun shu narsa aniq-ki, chetdan turib har qancha
siyosiy, iqtisodiy bosim qilgan bilan diktatura rejimini oz’gartirish mumkin
emas. Aksincha u
yanada yopiq rejimga aylanadi va bugungi kabi
qatag’onni yanada kuchaytiradi.
Uni o’zgartiradigan kuch mamlakatning ichida. “Biz bu rejimga qarshimiz!” deganlar orasida
zanglagan zehniyatni tozalay olsak, msalaning mohiyatini anglaymiz va xalq bilan birlashamiz. Aks taqdirda bugungi vaziyatning
davom etishi Karimovga o’zidan keyin o’zi kabi yana
bir zulmdorni tayinlash imkonini yaratadi.
Mag’lubiyatni zafar deb jar solish, gina-kudratni
qadriyat deb bilish, tor manfaatga qul bo’lish.. tokaygacha! Unutmaylik, o’zini yengmagan, o’zgani
yengolmaydi!
2005 yil, 2 Iyun.