Demokratik O’zbekiston Kongressining BMT boshqarmalariga
Murojaati
United
Nations High Commissioner for Refugees
Case Postale 2500
CH-1211 Genčve 2 Dépôt
Suisse.
High
Commissioner for Human Rights (OHCHR)
1211
Geneva 10, Switzerland
Muhtaram
Janoblar!
O’z saflarida Oz’bekistonning 500 ga yaqin faol
demokratlarini birlashtirgan va mamlakatda minglab qo’llab quvvatlovchilariga
ega bo’lgan, shuningdek a’zolarining anchaginasi AQSH va Avropada ham
yashayotgan Demokrtik O’zbekiston kongressi sizni O’zbekistonda Andijon voqealaridan
keyin mamlakatdan chiqib ketganlar taqdiriga alohida ahamiyat berishga
chaqiradi.
O’zbekistondan chiqib, ayniqsa, MDH o’lkalarida
qolishga majbur bo’lgan O’zbek qochqinlarining hayoti tahlika ostida qolmoqda
va bu holat ularning ishlarini imkon qadar tezroq ko’rib chiqishni tezlashtirish
kerakligini o’rtaga qo’ymoqda. Chunki MDH doirasidagi mamlakatlarda O’zbek
qochqinlarini turli bahonalar bilan ushlab Toshkent hokimiyatiga topshirib
yuborish hollari tobora ko’paymoqda. Qo’shni mamlakatlardan esa ularni bevosita
ushlab ketish hollari yuz bermoqda.
Biz ayniqsa, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ukraian,
Rossiya, Eronda qolayotgan O’zbek qochqinlari taqdiridan bezovtamiz.
Qochqinlar komissarligi o’z ishini ko’rishni
paysalga solgani oqibatida BBC radiosining muxbiri Matluba Azamatova O’zbekistonga qaytishga majbur bo’lgan va
hozir tergovga tortilgan. Ayni payta xorijiy matbuotga ishlagan jurnalistlar
Yusuf Rasulov, To’lqin Qarayev, Qudrat Bobojonov va boshqalar bir necha oydan
beri Qirg’izistonda tahlika ostida yashamoqdalar. Ayni vaziyat Qozog’iston,
Rossiyada ham mavjud. Shu bois biz sizdan O’zbekistonlik qochqinlar ishini ko’rib
chiqib, hal etishni tezlashtirishni so’raymiz.
Ayni paytda sizdan dunyodagi rivojlangan mamlakatlar
mutasaddilariga murojaat etib, diktaturadan qochib yoki ishsizlik, qashshoqlik
bois ish izlab bu joylarga borib qolgan va hujjatlarini rasmiylashtira
olmayotgan O’zbek qochqinlarini darhol qiynoqlar o’lkasi bo’lgan O’zbekistonga
jo’natmasdan ularga yordan berishga chaqirishingizni so’raymiz. Ana shunday bir
murojaat demokratik o’lkalarda O’zbek qochqinlari ishini ko’rayotgan sudlarga
qarata ham qabul etilsa ayni muddao bo’lar edi.
O’zbekiston Demokratik Kongressi sizga xayrli ishlaringizda
muvaffaqiyat tilash bilan birga yuqoridagi masalalarda siz bilan hamkorlik
qilishga hozirdir.
Contacts:
- Jahangir Mamatov, Chairman of The Congress of Democratic Uzbekistan www.jahongir.org, 571-277-0140 (m), 571-203-9225 (h)
jahongirm2@yahoo.com
- AbduMannob Polat, Principal
Deputy Chair of the DCU and
Executive Director AbduMannob@yahoo.com, 703-426-9637 (h/o),
571-344-3013 (m)
- Shuhrat Ahmadjonov, Head
of the Tashkent office shuhrat5454@yahoo.com
uzbek_demcongress.yahoo.com