DEPORTATSIYA TAHLIKASI
O’zbekiston Demokratik
Kongressi Olimjon Toshniyazov va Xudoyqul Hafizovni O’zbekistonga
qaytarmaslikni so’rab AQSH ma’muriy
idoralariga, ularning ishini ko’rib chiqayotgan
mahkamalarga murojaat etdi. Murojaatda jumladan shunday deyiladi:
Demokrtik O’zbekiston kongressi sizdan (Washington County Jail; Stillwater, MN 55082 da ushlab
turilgan) O’zbekistonlik immigrantlar Olimdjon
Toshniyazov va Xudoyqul Hafizovni vatanlariga deportatsiya
qilmaslikni so’raydi.
BMT tomonidan sistematik qiynoqlar o’lkasi deb tan olingan,
Avropa Ittifoqi tarafidan sanksiyalar qo’yilgan va AQSH demokratiya uchun
beradigan yordamlarini kesib qo’ygan - diktatura rejimi hukmron bo’lgan
O’zbeksitonda ularni juda og’ir kunlar qarshi oladi.
Gap shundaki, ular Intrnet sahifalarda e’lon qilgan ko’plab
demokratik ruhdagu maqolalarida diktatura rejimiga qarshi fikrlarini ochiq
aytgandilar va demokratiya manfaatlarini qattiq himoya etgandilar. Bu esa
dikaturaga rejimi uchun ularga nisbatan ayovsiz qiynoq qo’llashga asos bo’ladi.
Biz ualarning AQSHda qanday qonun qoidalarni buzganliklari
haqida bilmaymiz.Biz qonunlarni hurmat qilamiz. Ular qonunlarni buzgan
bo’lsalar , tabbiyki AQSHda jazolarini olishlari kerak. Ammo yaqinlaridan
olingan ma’lumotlarga ko’ra ularni O’zbekistonga deportatsiya qilish masalasi
kun tartibida ekan.
Biz Olimjon Toshniyozov va Xudoyqul Hafizovni ularning Milat Jumayev va Oydin Dinarov nomlari bilan yozgan ko’plab maqolalari orqali
bilamiz va demokratik fikrlari bilan dikaturaga qarshi chiqqan kishilar deb
qaraymiz.
Birgina Prezident Karimovning qizi haqidagi ”Gulnoraning
qora sharpasi” tanqidiy maqolasini ular o’zbek tilidan rus tiliga tarjima
qilib, e’lon etganlarining o’zi vatanlarida ularni juda og’ir qiynoqlar
kutayotganidan darak.
Shu boisdan ularni O’zbekistonga yubormaslikni
iltimos qilamiz
O’zbekiston
Demokratik Kongressi muxolifatdagi boshqa kuchlarni ham ana shunday murojaat bialn AQSH ma’muriy
idorlariga chiqishga chaqiradi.
DO’K Matbuot Xizmati