BAHS:Jaloliddinning “Ayb “Karimov yoshlari”dami?” maqolasiga
javob
Hakim O’zbekistoniy
QAYSI
YOSHLARGA
ISHONAMIZ?
Janob Jaloliddin, man yozgan ko’ngildagi bor, lekin haq tekstni maqola deb atay olmayman. Chunki man matbuot hodimi emasman,. Barcha informatsion oqim boshqa mavzularda ketayotgani va haqiqatdan ham bugungi va ertangi kun yoshlar taqdiri havf ostida qolayotgani uchun shu mavzuni ko’tardim holos.
Sizga bir narsani aytib o’tsam, Turk litseylari haqidagi ma’lumotingiz juda ham noto’g’ri. Man 4 yil shu narsa ichida bo’lganman va haqiqatda nima bo’lganligini yaxshiroq bilsam kerak. Muammo siz aytgandek muholifatga qiziqdi, u tomonga o’tdi ketdi degandek oson bo’lmagan. Nima O’zbekistonni eng aqlli deb tan olingan bir necha ming yoshlarini barchasini aqli sizni aqlingiz yetgan narsaga yetmasdan, siz ustidan kulgan g’oyalarga ishonib turk muholifatiga qo’shilganiga o’zingiz qanchalik ishonasiz?Yoki haqiqatdan ham minglarcha yoslar bir hil hato qilishi mumkin masalami?
U paytdagi masala juda ham oddiy: DIN masalasi edi. O’zbekistondagi 24 ta O’zbek-Turk litseyidan 2 ta Davlat turk litseyi va 22 ta shahsiy O’zbek-Turk litseylar mavjud edi. Shahsiz litseylaning aksariyati Nur jamoati (Said Nursi g’oyalariga asoslangan jamiyat) niki edi. Va bu yo’lga deyarli 3, 4 kurs yoshlarini barchasi haqaqatdan ham ishongan edi. Shu kutoblarni o’qib ko’rishni maslahat beraman, man ishonchizga shubha qilayotganim yo’q, chin ko’ngildan faqat ma’lumot uchun aytib o’tdim.
Aynan DIN masalasida kelisha olinmaganidan keyin asta sekin 1999 yili barcha shahsiy litseylar hamda 2000 yili Davlat litseylari yopildi… Karimovni o’sha siz aytgan muholifatni Turkiya qanoti qilayotgan ishdan 9 yil pinji qimirlamasdan nega endi 10 yili hammasini yopishi kerak edi? Mantiq qani? Demak o’rtada boshqa narsa bor.
Kamolot haqidagi ma’lumotingiz ham juda past, nega desangiz 2001 yil shu tashkilotni tuzish komissiyasi tuzilganda, hamda 2 oy mobaynida butun viloyatlardan imzo to’planganda shu komissiya ichida 40 boshqa yoshlar qatorida bor edim. Aslida nima bo’lgani esa oldin yozilgan tekstda bor. Juda ko’p maqolalar yozildi yozilmoqda ular shuncha ko’pki hech bir yerga sig’may ketdi debsiz, faqat mani bundan habarim bo’lmay qolibdi uzr.
Lekin bir narsadan juda hursandman, mana man yozgan tekstni siz o’qibsizku va bunda qandaydir g’oyalar yaralibdi, shuni o’zi ma’lum bir yutuq emasmi?
Siz bergan savolga javob bermoqchi edim: Hohlagan odam o’zi topadi! Agar hohlamasa hech narsaga aralashishni uni qanday qilib majbur qila olasiz? Siz Toshkent shahridagi 18 akademik litseyni biriga yohud 29 oddiy yoki mahsuslashtirilgan litseylarni biriga hatto 28 kasb-hunar kollejlaridan biriga borib bir o’sha yerdagi talabalar bilan muloqot qurib ko’ring. Bir ularga bu muholifat saytida bundan narsa bor ekan buyoqda esa bundoq deb gap ochib ko’ring. Yohud Karimov bundoq ekan undoq ekan deb ko’ring. Man sizga 100% ishonch bilan aytamanki birorta ham siz bilan ham fikr bola oladadiganini topa olmasiz! Nega deysizmi? Ular hohlamadi bu narsani. Ma’lumot, informatsiya bloki ko’p narsalarni ezib tashlagan, ularni qutqarish 10 yilni ishi emas!
Siz ekinni o’rish, bug’doy haqida gapiribsiz. Shu narsani o’ylab mushohida qila olgan ekansiz lekin nega “ekin dehqon hohlasa o’riladi” “ishlagan odam fira’vn hohlasa ulush oladi” degan oddiy haqiqatgacha yetib bormadiz? Agar bosh dehqon ekinni o’rishni hohlamasa u o’rilmasdan qolib ketadi. Agar fira’vn boshqalarga ulush bermaslikka qaror qilgan bo’lsa, hech kim ulush ola olmaydi!
“Buyuk portlash” masalasi: afsuski bunday ishlar faqat yaratganga hos, bandalar esa yozilganini ko’radi. Agar odamzotni tabiat bilan adashtirib qo’ygan bo’lsangiz ko’zni oching! Tabiat oldida biz bir oddiy changchalik ahamyatimiz yo’q.
Va nihoyat gap yozishdami? Gap aytishdami? Manimcha gap tushunishda! Man yozgan biror ma’lumotga aniq antiargument ola olmadim, hatto kriteriyalar ham boshqa tomonga oqqan. Balki huquq nuqtai nazaridan qaraganim uchun yoki man hali o’rganishim lozim bo’lgan narsalar yozilgani uchun. Lekin bir narsaga aminman, o’zini ko’rsatish uchun yozish, yoki o’rtaga chiqish uchun yozish har hil boshqa tarafga og’ishga olib keladi.
Man oldingi tekstimda o’zim haqimda yozdim! Bilgan, tanigan do’stlarim haqida yozdim. Bizda ahvol va bizni qiynagan muammo o’sha o’sha. Qaysi yoshlarga ishonib Karimovdan so’nggi davrga qo’rqmay boqa olamiz?
30-10-205