Hakim O’zbekistoniy
KARIMOV
YOSHLARI
Deyarli har kuni “Yoshlar” degan so’zga duch kelish mumkin. Deyarli har kuni “Yoshlar” u bilan qiziqib qolibdi, bu bilan qiziqib qolibdi degan gaplar eshitamiz. Deyarli har kuni “Yoshlar”ga bunday imkoniyat paydo bo’libdi, bunday ishlar ochilibdi, degan gaplar ko’pligidan “ana endi yahshi bo’lib ketar” deb umid bog’lash oddiy ochiq ko’ngil odamga hos hislat. Nega aynan “Yoshlar” degan so’z biz uchun yot emas yoki aynan “Yoshlar” degan mavzuga e’tibor ajratishimiz ko’proq? Bu barchamiz bir paytlar yosh bo’lganligimiz yoki aynan hozir yosh bo’lganimiz uchunmi? Yoki yanada optimistik ruhda aytilganda “Ertangi kunga befarq bo’lmaganimiz” uchunmi? Savolga javob har hil chiqishi aniq, lekin barchani niyati, fikri, orzusi bir savolni echimiga borib taqaladi: “Bizni yoshlar ham hayotda o’z mustahkam yerini topishi”…
Masalani yani qo’yilgan savolni ochiqlashga o’tsam: Man ohirgi 15 yilgi yoshlarni nisbatan “Karimov yoshlari” deb oldim. Tushuntiraman, “Karimov yoshlari” deb: barcha yoshlar Karimovga tashakkur bildirayotganini aytmoqhi emasman yohud uni haqiqiy davlat boshlig’i sifatida ko’rishlariyu, havas qilishlari haqida o’g’iz ochganim yo’q! Masala shundaki bu yoshlar aynan uning davrida ulg’aygani uchun nisbatan shunday deb oldim.
Demak 15 yil oldin o’zmni eslasam: “Hali hech narsadan habarim yo’q, pokiza honadonda, jo’shqin urib yurgan paytim u payt maktabda eng to’palonchi bola bo’lganimni yahshi bilaman!”. Oradan 5 yil o’tdi 1995 yil shaharga keldim, gimnaziyaga kirdim, lekin hali hamon oq nima qora nima bilmas edim. Shu paytdan boshlab ko’zim ochila va kim, nima ekanligini farqlay boshladim.
U paytdagi yoshlar, sinfdoshlarim juda yahshi esimda. Barchada Universitetga kirish, Diplomat, Huquqshunos, Professor, Siyosatshunos, Doktor… bo’lish hohishi huddi man bir narsadan kech qolayotgan va yanada yahshiroq o’qishimga majburlardi. Sezmagan ekanman lekin aynan shu yillardan boshlab Karimov o’zi uchun yashay boshlagan ekan ( Bu shahsiy fikrim).
1998 yil O’zbek-Turk litseyi (O’z zamonini eng yahshi o’quv yurti, har yili kamida 10 ta talabasi jahon olimpiadalari g’oliblari qatoridan joy olgan yoki eng yahshi halqaro universitet talabasiga aylanar edi. Turk litseylar yopilgandan keyin jahon olimpisdasiga chiqish ko’rsatkichi 1-2 taga tushdi hatto chiqa ham olmagan yillari bor). Aynan shu yerda qanday bilim olishni o’rgandim, Ingliz, Turk, Rus tillarini mukammal o’rgandim. Kompyuterni qayta qura olish darajasigacha bilim oldim. Litsey huquqqa moslashtirilgani uchun kelajagimni Halqaro Huquq sohasi deb belgiladim.
Ana endi man bilan birga o’qigan yoshlarni eslasam: Ular bilan har daqiqa suhbat bo’lganda faqat qanaqadur yangi narsa o’rganish mumkin edi, nimani qayerdan o’rganishni o’rganar edim. Siyosatga qiziqishim juda ham hafa qiladigan “Hatto shuni ham eplay olmadi” degan achchiq hislar kechardi. Bu hislar, bu nafrat o’sha paytlardan boshlab, hatto oldindandir, kurila boshlangan “Karimov bosqi mashinasiga” qarshi edi. Va bu fikr o’zimniki, yosh bo’lishimga qaramay hech qanday boshqa odam aralashmaganiga ramazon kunida ishonishingizga to’g’ri keladi.
1999 yil O’zbek-Turk litseylarini 80% rasman yopildi. Nima bo’lganligi faqat Karimovga ayon. Aynan shu yildan boshlab bevosita yoshlar bilan ishlay boshladim.
“Karimov yoshlari”… yoshlarni qanday kuch ekanligini yahshi bilgan Karimov 2001 yil Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatini tuzish taklifini berdi. Uni kuchuklari esa qirol hohishini tezda amalgam ochirdilar va 2 oydan so’ng yangi tashkilot ishga tushgandi. “Kamolot” bu nima? Yoshlarni birlashtirish, ularni turmush tarzini yahshilashga va nihoyat erkin va to’la ma’nodagi yoshlikda yashashlarini ta’minlashga qaratilgan tashkilotdir. Albatta bu Nizom va Dasturidagi ma’lumot.
Aslida
esa: “Karimov yahshi” u “Halqni otasi” hatto “yoshlar haqida qayg’urib, ularni
o’ylab, ularga katta imkoniyatlar ochib berdi” degan qog’ozdagi, qaysidur
maslahatchini hayolidagi gaplarni tarqatishga moslashtirilgan va katta katta mablag’ o’girlashni yangicha usli holos.
Katta mablag’ haqida: Har bir davlat tasarrufida bo’lmagan tashkilot har oylik
foydasini 10% to’g’ridan to’g’ri shu tashkilot
hisobiga tushadi. Bu degani faqat
Ho’p mayli yoshlari qandoq ekan? Yoshlari nima fikr, hayolda ekan? Kamolotning a’zolari statistikaga ko’ra 99.8% yani butun O’zbekistondagi 6,5 million 14-28 yoshgacha bo’lgan yoshlar hamda 4,5 million 7-14 yoshgacha bo’lgan bolalarning barchasi. O’ho’o’o’ demak 26 millon aholisi bor mamlakatdan 11 million vakiliga ega bo’lgan tashkilot! Gigant tashkilot hisoblanmay nima hisoblansin? Lekin aslida esa, haqiqiy ma’lumotlar shu 11 milliondan 10 mingta shu tashkilot Dastur va Nizomiga ishongan yoshlarni topa olish Usama Ben Ladenni topish kabi juda juda juda qiyin masala.
Har kim o’zi uchun qandaydir iqtisodiy foyda yohud ko’zga ko’rinish uchungina bu tashkilotda faoliyat yurgizishini Botir Ubaydullayev bilarmidi deysizmi? Karimovni navbatdagi qo’g’irchog’i bo’lganligi hamma eshiklar ochiqligi ucungina hali ham oyoqda turibdi. Aslida esa ichi bo’sh, juda ham osmondan kelgan Dastur, haqiqiy jonkuyarlari faqat mablag’ uchun faoliyat ko’rsatayotgani bor va haq gap! Ho’sh qaysi yoshlarga ishonib ertangi kunga qo’rqmasdan qaray olamiz? Kamolot bo’sh va bekorchi narsa! Agarda aksi bo’lsa qani 2 ta foydalik ishini aytib bering, hech bo’lmsa o’zizga!
“Karimov yoshlari” (1999-2005) kim edi ular? Kim bo’ldi? Karimov ketgandan keyin 15 yillik bo’shliq yaralish imkoniyati kattalashmadimi? Chala savod, faqat pul haqida o’ylagan, ko’cha hayotiga qiziqqan, siyosat desa, ertangi kun desa ensasini qotirib ustingdan kuladigan aksariyat yoshlar ertaga vazir, hokin, sudya, prokuror, doktor, o’qituvchi PREZIDENT bo’ladimi? Kim nimaga ishonmoqda? Chetdagi yoshlargami?
Amerikada 10 ming mana man degan yoshlarimiz bor! Boshqa davlatlarda barchasi bo’lib 60 ming yoshlarimiz bor! Deb bong urishga uncha ham hojat yo’q! Nega deysizmi? Shu ishonadigan yoshlar ham kelib pulga qiziqib o’qishni tashlagan! Yoki faqat pul uchun kelgan, pitsa tashidi, benzin quyadi, mehmonhonada chemadan tashidi, idish-tovoq yuvadi… nima bular bir kun kelib qaytib borib O’zbekiston siyosatini davom ettirishiga kim ishonadi?
Aslida esa Karimovga shu kerakdir balki! Keyin aytadi mana man ketdim barchasi dabdala bo’ldi deb! Chunki bunga yetarli vaziyat hozirlagani aniq.
Vitaliy Ivanov fikriga ko’ra “Ukraina to’ntarishida asosiy rol o’yagan bu o’sha vatan jo’shqin yoshlari edi”. Bizdagi “Andijon to’ntarishida” nechta yosh ishtrok etdi? Yohud 11 million deb hisoblangan yoshlarni nechtasi davlatga nafrat ko’zi bilan qaray boshladi,.? Agar har biri bir marta puflasa Karimov butun qabilasi bilan quyoshda shashlik bo’lishi turgan gap emasmi?
Bir narsani yodga solsam: “Ayrimlar qo’li bilan ko’rasatib san ertangi kunsan! deyilayotgan yoshlar aslida esa qaysidur ma’noda bugungi kun hamdir!”
27/10/2005