SHUHRAT
AHMADJONOV
JAZOLOVCHI
PSIXIATRIYA
O’ZBEKISTON: JAZOLOVCHI
PSIXIATRIYA AMALDA – INSON HUQUQLARI
HIMOYACHISI YELENA URLAYEVANING 2001, 2002 VA 2005
YILLARDA
KLINIK RUHIY KASALLIKLAR
KASALXONASIGA QAMALISHI VA
MAJBURAN
DAVOLANISHI TAFSILOTLARI
Bu siyosiy sababni ro’kach qilib tutishga
oid g’azablantiradigan voqeadir. Siyosiy dissidentlarni (lotincha dissidens –
qo’shilishmagan, norozi, ziddiyatli, A.Sh.) jinnilar deb e’lon qilish davlat
amaliyotiga qaytishni kuzatish dahshatlidir.
Dissidentlarni ruhiy kasalliklar
muassasalarida yakkalatib qo’yish kabi eski usullarga qaytish Toshkent va
Ashxabod ruxsat etilgan chegaradan oshganligi haqida xalqaro uyushmalarga
xavotirli xabar (signal) bo’lib xizmat qilmog’i kerak. [1]
XOLLI
KARTNER, Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha Human Rights Watch (Inson
huquqlarini kuzatish) direktori, 2005 yil 3 sentyabr.
M U N
D A R
I J A
Muqaddima
1. Yelena Urlayeva haqida ba’zi bir ma’lumotlar.
2. Ye. Urlayevani 2001 yilda uch oyga jinnixonaga qamaganlari
tafsilotlari.
3. Ye. Urlayevani 2002 yilda to’rt oyga jinnixonaga qamaganlari
tafsilotlari.
4. “Rossiya Mustaqil Ruhshunoslar (Psixiatrlar) Associaciyasi” Umumrossiya
jamoat tashkilotining Ye.Urlayeva ruhiy sog’ligiga oid 2003 yil 18 martdagi
Xulosasi.
5. Miliciya xodimlari Ye.Urlayevani 2005 yil 27 avgustda galdagi
tutishlari va ikkita karikaturaning mazmuni.
6. Ye.Urlayevani jinnixonaga qamaganliklari xususida xalqaro
jamoatchilikning munosabati va inson huquqlarini himoya qiluvchilar uning
huquqlarini himoya qilish bo’yicha urinishlari.
7. O’zbekistonda siyosiy maqsadlar uchun psixiatriyani suiist’yemol
qilishning sabablari nimada?
8. Yelena Urlayeva 2005 yil 27 oktyabr kechasi jinnixonadan ozod
qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
M U
Q A D
D I M
A
Tarixda
xalq ichida taniqli bo’lgan, o’zi yashab turgan tuzum rahbarlarini tanqid qilgan
va jamiyatni ijobiy tomonga o’zgartirishni taklif etgan ba’zi bir shaxslar
o’sha avtoritar siyosiy tuzum boshliqlari (podshohlari, girollari, amirlari,
beklari) tomonidan “jinni” deb e’lon qilingan. Ming yilliklar qa’ridan bu haqda
bizgacha juda kam ma’lumotlar yetib kelgan va hatto shunday ma’lumotlar ham
hozirgacha tizimli tarzda chuqurroq o’rganilmagan. 1917 yilgacha bo’lgan
Vatanimiz tarixidan faqat bittagina fakt muallifga ma’lum.
O’zbek taraqqiyparvar shoiri AVAZ O’TAR [Avaz Polvonniyoz (O’tar) o’g’li]
(1884.15.8 – 1919) 18 yoshligida shoir sifatida xalq orasida tanilgandi. Xiva
xoni Muhammad Rahim Soniy (Feruz) Avaz O’tarni saroyga taklif qilib, Tabibiyni
unga ustoz tayin etgan. U lirik she’rlar, qit’alar, ruboiylar bilan bir qatorda
hajviy she’rlar ham yozgan. Uning “Millat”, “Hurriyat”, “Topar erkan, qachon”,
“Xalq”, “Zamon” va boshqa she’rlari millat taqdiri va kelajagi haqida qayg’urib
yozilgandi. Avaz O’tar ijodini o’z manfaatlariga xizmat qildira olmagan Xiva
xonining kuchishlatar bo’lim rahbarlari uning hayotini zaharlash yo’lini
tutdilar. Xon Muhammad Rahim Soniy (Feruz) buyrug’i bilan 1909 yilda Avaz O’tar
200 (!) darra urdirildi. Xonning
kuchishlatar bo’limlari rahbarlari hamda ba’zi bir din peshvolarining fitnasi
bilan Avaz O’tar “jinni” deb e’lon qilindi va Xiva yaqinidagi Oqmachit
qishlog’iga “Bobo eshon” go’ristonidagi shayxlar ixtiyoriga “davolash” uchun
topshirildi. Avaz O’tar ta’na-bo’htonlar, quvg’in-azoblar, jazo-qiynoqlarga
qaramay, o’z yo’lida dadil turdi, demokratik g’oyalarni izchil davom ettirib,
yangi ijodiy cho’qqilarga ko’tarildi [2, 1-j., 81-82-b.]. (Shoirimiz Avaz O’tar
haqida hozirgina keltirilgan oxirgi ma’lumotlar 2000 yilda nashr etilgan “O’zbekiston
Milliy Enciklopediyasi”ga ataylab kiritilmagan. O’zbekistondagi policiya
rejimining ko’rsatmasi bilan tariximizga oid shunday juda muhim faktlarni
1971-1980 yillarda chop etilgan 14 jildli enciklopediyadan olmaganliklari va
boshqa manbalardan ham muhim tarixiy faktlar qo’shilmaganligi sababli 2000
yildan beri chop etilayotgan yangi “O’zbekiston Milliy Enciklopediyasi”
bor-yo’g’i 12 jildni tashkil etadi …)
Shu
yerda shoirimiz Avaz O’tarning uchta g’azalini keltirib o’taylik. Toki o’sha
xon zamonlarida qahramolarcha yozgan g’azallarini o’qib, nomini yana bir karra
eslaylik va uning ruhini shod etaylik.
Muallif foydalangan manbada, ya’ni [3, 431-435-b.]da A.O’tar g’azallarining
nomi yozilmagan ekan. Yuqorida aytib o’tgan g’azallar nomidan va g’azal
mazmunidan foydalanib, kamina uchala g’azalning nomini yozgan holda keltirmoqda.
E’tibor bering: demokrat shoir Avaz O’tarning ajoyib, yaxshi g’azallari xuddi
O’zbekistondagi bugungi kunimiz uchun yozilgandek jaranglaydi.
H U
R R I
Y A T
Eyki, muncha zulm ila
millatni aylarsan xarob,
“Loyuxibbuz zolimin-” deb
tangri qilg’onda xitob.
Dam-badam bedodu jabru,
zo’rliklar aylabon,
Solma mazlum elni ko’ngliga
muningdek iztirob.
Munchakim zulm aylagung
bordur mukofoti zamon,
Oqibat bir kun anga mas’ul
bo’lub bergung javob.
Bor umidim, tezdin bo’lg’usi
hurriyat kuni,
Ey Avaz, qomas bulut ostida
doim oftob.
X A L Q A R O
S H A R M A N D AL A R
Yo’q bo’ling ko’zumdin, xalq
aro sharmandalar!
Xalq g’amidin o’zni narroq
tutguvchi begonalar.
Hayqirib ertayu kech sizlar
muazzin o’rnida,
Bo’ldingiz yolg’onchilikda
el aro ovozalar.
“Hurriyatu erk” debonki
yolg’on alfozlar bila,
Oqibat mazlumlara
yutdirdingiz xunobalar.
Qaysingizni ko’rdi el kapcha
bilan yop qog’ozin,
Boringiz savdo-sotiq
bozorida javlonalar.
Ey Avaz, qil jiddu jahd sen
el bilan shomu saboh,
Qolmagay olamda bori xonu
horomizodalar.
X A
L Q
Siyosat mahv bo’ldi,
yashasun olamda hurriyat,
Bori el ittifoq ila jahonni
aylasun jannat.
Ketib zulmu sitamning
zulmati bo’lmish jahon ravshan,
Adolat oftobi mamlakatga
ko’rguzub tal’at.
Taraqqiy aylamak lozim jahon
ahli bo’lub bir tan,
Bilurga borcha ilm ila
hunarni yashasun millat!
Jahon ahli, manga sizsiz
sevukli jon azizimdin,
Erurmiz bir-birimizga yoqin
go’yoki bir ixvat.
Yashang, ey qahramoni
hurriyatparvar birodarlar,
Olib hur millati mazlum
uchun siz qildingiz xizmat.
Ochib har nav’i maktab emdi
himmatni qilib oliy,
Vatanni qilg’oli obod lozim
aylasak g’ayrat.
Avaz bir ming dog’i uch
yuzda o’ttuz besh edi tarix,
Yetushdi hurriyatdin
millatimni joniga quvvat.
Yo’q jahon mulkida bizdek
ojizu bechora xalq,
Zulm tig’i birla bo’lg’on
bag’ri yuz ming pora xalq.
Bir necha avboshlar mundog’
hukmron aylasa,
Qolmag’ay, ori, na yonglig
mehnatu ozora xalq?
Na alarda bordurur ilmu
adolatdin asar,
Ne ajabkim topmasa dodi
diliga chora xalq?!
Yotgav ofatni boshig’a doimo
taqdir deb,
Hasratu armon bila ketgusi
bora-bora xalq.
Bo’lmayin onlarda hech
millat, vatanni saqlamoq,
Bo’ldi qurbon bu sababdin
millati ag’yora xalq.
Xalqi olamni bori aylar
taraqqiy kun ba kun
Biz tanazzul aylabon qolduq
eduk ne kora xalq?
Ko’zlarin ohista-ohista agar
ochsa zamon,
Ey Avaz, bo’lmas muningdek
barho ovvora xalq.
Xonlik
siyosiy tuzumining kuchishlatar organlari (bo’limlari) tazyiqi oqibatida “jinni”
deb e’lon qilingan shunday o’ta qobiliyatli, xalqparvar shoir Avaz O’tar atigi
35 yil umr ko’rdi. Hatto uning vafot etgan yoki o’ldirilgan kuni ham xalqimizga
noma’lum qolmoqda …
Ma’lumki, xalqimiz 1991 yil 1 sentyabriga
qadar 130 yildan ortiqroq vaqt davomida avval Chor Rossiyasi, so’ngra Sovet
Imperiyasi hukmronligi ostida yashashga majbur qilingandi. Shu sababli
jazolovchi psixiatriya ko’rinishidagi balo O’zbekistonga Rossiya orqali yangi,
keng miqyosda, qonun tusi berilgan holda kirib keldi. Shu yerda chor Rossiyasi
davrida atoqli rus mutafakkiri, siyosiy arbobi, Aleksandr Sergeevich
Pushkinning do’sti Pyetr Yakovlevich
Chaadayev (1794.27.5 – Moskva – 1856.14.4) voqyeasini ham keltirib o’taylik. U
yirik dvoryan oilasida tug’ilgan, Moskva universitetida 1808-1811 yillarda
o’qigan. U 1812 yil Napolionga qarshi Vatan urushidan liberal va inqilobiy
kayfiyat bilan qaytgan. U Yevropada bir necha yil yashagan. U Rossiyaga
qaytgach, 1829-1830 yillarda 8 ta “Falsafiy maktublar”ni yozadi. 1836 yilda bu
maktublardan bittasini “Teleskop” jurnalida chop ettiradi [2, 12-j., 462-b.].
Ushbu “Falsafiy maktublari”da u Rossiya
podshohi Nikolay 1 ning ryeakcion (lot. re… qarshi + actio harakat, eski, o’lib borayotgan tartiblarni saqlab
qolishga yoki tiklashga urinuvchi, teskarichi) rejimi tanqid qilingan edi.
Rossiya yashirin policiya boshlig’i zudlik bilan bu haqda podshoh Nikolay 1ga
ma’lumot yetkazdi. Nikolay 1 P.Chaadayevni jinni deb e’lon qildi, “Teleskop”
jurnalining muharririni esa Sibirga surgun qildi [4, 31-b.]. Nikolay 1 qarorida
(rezolyuciyasida) quyidagicha yozilgandi.
“Teleskop”da
paydo bo’lgan P.Ya.Chaadayevning maqolasi unda bildirilgan fikrlar istisnosiz
barcha ruslarda g’azab, nafrat, qo’rquv tuyg’ularini uyg’otdi, lekin, yaqin
fursatda (ko’p vaqt o’tmay) maqola muallifi, vatandoshimiz aql-hushi ishdan
chiqqanligi va jinnilikka yo’liqqanligini bilgach, bu achinish hissiga aylandi.
Sho’rlikning kasal ahvolini e’tiborga olib, g’amxo’rlik va otalarcha vasiylik
qilg’uvchi hukumat unga uydan chiqmaslik va uni bepul tibbiyot nafaqasi bilan
ta’minlashga, bunga mahalliy rahbariyat uning qaramog’idagi alohida vrachni
tayinlashga buyruq beraman.” [4, 31-b.]
Natijada
P.Chaadayev bir yilga yaqin vaqt mobaynida “jinni” deb e’lon qilindi va uy
qamog’ida o’tirdi!
1917
yil noyabrida davlat to’ntarishi yo’li bilan Rossiya Imperiyasi hokimiyati
tepasiga kelgan bolshovoylar pasrtiyasi millionlab fuqarolarni jangu-jadallarda
va repressiya qilib o’ldirib yuborish bilan birga jazolovchi psixiatriyani ham
qo’llay boshladilar. Inqilobiy kurashlarda yonma-yon, ittifoqchi bo’lgan Rossiya
Eserlar partiyasining rahbari bo’lmish Mariya Spiridonovani 1918 yil noyabrida
avvaliga sud qarori bilan bir yilga qamoq jazosini belgiladilar. Lekin u ko’p
vaqt o’tmay boshqa mahbuslar qatorida amnistiya qilindi va qamoqdan chiqdi. U bolshovoylar partiyasini
tanqid qilib, o’z siyosiy kurashini davom ettirdi. Moskva Revolyucion tribunali
M.Spiridonovani siyosiy va jamoat ishidan bir yil muddatga chetlashtirish va
sanatoriyga majburiy yuborish haqida qaror chiqardi. Aslida M.Spiridonova
sanatoriyga yetib bormadi. U Kremlda soqchilar qurshovida 1919 yil apreligacha
qolib ketdi, ya’ni 1919 aprelida u Kremldan qochib ketibgina qutuldi [4,
32-b.].
1930-1950 yillarda ham SSSRda jazolovchi
psixiatriya qo’llanilganligi to’g’risida faktlar ko’p. 1960-yillardan boshlab
Sovet Ittifoqida bu nomaqulchiliklar keng tus oldi. Muallif bunday ko’p faktlarni ushbu maqolada bayon
etish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli biz maqolamizning asosiy qahramoni
bo’lgan O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bilan olti yildan beri
shug’ullanib kelayotgan Yelena Urlayevaning 2001-2005 yillarda Toshkentda
jinnixonaga uch marta qamalganligi
tafsilotlariga o’tsak.
1. YELENA
URLAYEVA HAQIDAGI BA’ZI
BIR MA’LUMOTLAR
Ma’lumki, Toshkent shahar Sergeli tuman
miliciya xodimlari 2005 yil 27 avgustda taniqli inson huquqlari himoyachisi
Yelena Urlayevani “Ozod dehqonlar” partiyasi varaqalarini tarqatganlik va
siyosiy karikaturalarni yopishtirganlik uchun” tutishgan edi. Bu haqda Andrey
Kudryashov Ferghana.ru saytiga 2005 yil 20 sentyabrida xabar berdi [5].
(Karikatura (italiyancha carikatura – kishi yoki biror narsaning salbiy
tomonlarini, xarakterli xususiyatlarini ataylab bo’rttirib, kulgili yoki mazax
qilib ishlangan hajviy rasm [6, 1-j., 369-b.])
Muallifga “Ozod dehqonlar” partiyasining
Ijrochi direktori Nigora Hidoyatovaning 2005 yil 6 oktyabrda telefonda
aytganlariga ko’ra, Ye.Urlayeva 27 avgust kuni Sergeli tumanida odamlarga “Uyg’on
xalqim!” deb atalgan ODPning dasturiy
maqsadlari yozilgan bir betlik (uch joyida buklangan) reklama bukletini va ikki
xil karikaturani tarqatgan (bu haqda batafsilroq 5-bandda yozilgan).
Ye.Urlayeva haqida qisqacha ma’lumotlar.
Yelena Mixaylovna Urlayeva (1957 yilda tug’ilgan) 1980 yilda Xarkov
gidrometereologiya texnikumini bitirgan. U 1980 yildan 1999 yil aprel oyigacha
Toshkent telemarkazida yorug’lik texnikasi bo’yicha texnik injener bo’lib
ishlagan. Uni u yerdan 1999 yil 12 aprelda ishdan bo’shatishgan. Ye.Urlayeva
1999 yil aprel oxirida O’zbekiston inson huquqlari jamiyati (O’IHJ) idorasiga,
yani Tolib Yoqubov xonadoniga kelgandi. Odatda ko’pincha shunday bo’ladi: kishi
inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotga himoya izlab keladi. Bu yerda
qadr va hamfikrlarni topadi. So’ngra o’zi ham inson huquqlarini himoya qilish
bilan shug’ullana boshlaydi va taniqli inson huquqlari himoyachisi bo’la
boradi. Yelena Urlayeva bilan ham shu hol ro’y berdi: u 1999 yil may oyidan
boshlab inson huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shug’ullana
boshladi.
YE. URLAYEVANI 2001 YILDA
UCH OYGA JINNIXONAGA
QAMAGANLARI TAFSILOTLARI
Ye.Urlayeva 2001 yil 6 aprelda piketga
borayotganida uni miliciya xodimlari ko’chada tutishdi va Toshkent shahar ruhiy
kasalliklar kasalxonasiga (jinnixonaga) olib borishdi. U yerda unga “paroniyal
shizofriniya” tashxisini qo’yishdi va uch oy (!) davomida maxsus tabletkalar va
ukollar qilish orqali unga nisbatan majburiy davolash usulini qo’lladilar. (Paranoyya
(yunoncha paranoia aqlan ozganlik, jinnilik) – surunkali va ruhiy kasallik:
miyaga o’rnashib qolgan bema’ni g’oyalar, ba’zan yo’q narsalarning ko’rinishi,
eshitilishi, sezilishi bilan xarakterlanadi [7, 474-475-b.]; shizofreniya
(yunoncha schizo yormoqdaman + phren aql) – mohiyati aniqlanmagan ruhiy
kasallik, o’z vaqtida davolanmasa aqli pastlikka olib keladi [7, 724-b.])
2002 yil 27 avgustda O’zR Vazirlar
Mahkamasi oldida o’tkazilgan piket paytida Ye.Urlayevani kuchishlatar organ
xodimlari yana tutdilar, yana Toshkent shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasiga
qamadilar va to’rt oydan ko’proq (!) vaqt mobaynida o’zgacha fikrlashdan
majburan davoladilar. Shu sababli tergov organlari Ye.Urlayevani tibbiyot
ekspertizasidan o’tkazishga qaror qildilar va uni 2005 yil 28 avgust kuni yana
Toshkent shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasiga jo’natishdi.
Muallif Ye.Urlayeva uzra qora bulutlar
quyuqlashayotganligini ko’rib, undan 2001 va 2002 yillarda hibsga olinish va
ruhiy kasalliklar kasalxonasiga qamalish tafsilotlarini yozib berishni 2005 yil
fevraldan avgust oyiga qadar bir necha marta iltimos qildi. U 2005 yil 25
avgust kuni muallifga 8 varaq materiallar berdi. Muallif bu qog’ozlar bilan
2005 yil sentyabr oyi boshida tanishdi. Shu qog’ozlar orasida 2001 yil
aprel-iyul voqyealari yozilgan sarg’aygan bitta varaq ham bor bo’lib, voqyealar
davomi yozilgan kyeyingi varaqlar yo’q edi. Hatto mana shu ikki betda u
Toshkent shahar jinnixonasida bo’lib o’tgan tahqirlashlar va xo’rlashlarga doir
mo’him tafsilotlarni bayon qilgan. Quyida ushbu varaqdagi matnni o’zgarishsiz
keltirayapmiz.
“Men
va mening ayam – Yevstignyeyeva V.A. O’zbekiston hokimiyati (rahbariyati)ning
o’zboshimchaliklariga o’z noroziliklarimizni bildirish maqsadida Toshkent
shahar hokimiyati binosi tomon jo’nab ketdik. Ochlik akciyasiga (tadbiriga)
40ga yaqin kishi qo’shilishi kerak edi. Uyimizdan uncha uzoq bo’lmagan joyda,
Qodirov ko’chasida bizni fuqaro kiyimidagi kishilar o’rab olishdi. Ular 12
kishiga yaqin edi, xususiy mashina yaqinlashib keldi. Bizdan narsalarimizni
tortib olishdi, meni va ayamni ura boshlashdi, so’ngra mening qo’llarimni
qayirishdi va mashinaga itarib kirgizishdi. Sumkani tortib olish chog’ida
ayamga zarbalar berishdi. Meni miliciya bo’limiga olib kelishdi. Men u yerda
TTZ uchastka inspektori Jafarov M. va Patrul xizmati inspektori Shukurov N.ni
tanidim. Menga qo’pollik bilan muomala qilishdi, tutish sabablarini aytishmadi.
So’roq qaydnomasi va olib qo’yilgan narsalar ro’yxati tuzildi. Shukurov N.
savollarga men turgan holda javob berishim kerakligini aytdi, Bahodir ismli
kishi esa mening boshimga zarba berdi. Soat 10.00 ga yaqin ruhiy kasalliklar
kasalxonasidan brigada keldi va meni Toshkent shahar 1-sonli klinik ruhiy
kasalliklar kasalxonasiga olib borishdi. Vrachlar komissiyasi chaqirildi va
meni 4-sonli sud bo’limiga joylashtirishdi.
2001 yil 7 aprelda menga tashxis qo’yish
uchun vrach-psixiatrlar (ruhshunoslar) komissiyasi chaqirildi. Professor Tursun
Ismoilovich Ismoilov menga qonunlarni buzganligim va u xohlagancha davolash
uning izmida ekanligini baqirib aytdi. Men unga tinchlanishni maslahat berdim
va mansabni suiiste’mol qilganligi uchun javob berajagini aytdim. Menga
“shizofriniya” va “paronoyal sindrom” tashxisi qo’yishdi va majburiy davolashni
belgilashdi. Men e’tiroz belgisi sifatida 6 va 7 aprelda ochlikni quruq holda
davom ettirdim. Lekin bo’lim mudiri Kapitolina Petrovna Budyakova, ular mening
o’lishimga yo’l qo’ymasliklarini, shlang va tomizg’ich orqali menga majburiy
sanchishlarini va yedirishlarini aytdi. Mendan axborotni tortib (bilib) olish
va ukol qilish uchun meni krovatga bog’ladilar, qo’pol muomala qilardilar.
Venaga quyiladigan dorining nomi …vali (bu
1-betning oxirgi satri bo’lib, ruscha matnda “vena” so’zidan so’ng parcha
qog’oz yirtilgan, A.Sh.). Bunday ukollar uchta edi.
Ikki oylik majburiy davolash davomida
menga 46 ta triftazin ukolini qilishdi, cikladol va amitropsilin ishlatishdi.
Psixotrop va narkotik preparatlar (lot. praeparatus tayyorlangan) ishlatish
natijasida mening boshim, yuragim, buyragim og’riy boshladi. Men har kuni sog’ligim
ahvoli haqida K.P.Budyakovaga shikoyat qilib, ukollar qilishni to’xtatishlarini
surardim. Lekin bo’lim boshlig’i faqat: “Bir oz chidang, buni professor yozib
bergan (tayinlagan)” derdi. 2001 yil 5 may kuni meni davolashni uzaytirish
bo’yicha navbatdagi komissiyada professor X.Alimov, sizlarning O’IHJ
(O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati) tashkilotingiz noqonuniydir, siz
Konstitucion tuzumni ag’darishga da’vat qilayapsiz, deb baqirdi. Sudning
“jinnixona”dagi ko’chma yig’ilishida professor X.Alimov, meni uzoq yillar,
balki 8 yil, balki 6 yil davolash kerakligini talab qilib turib oldi!
2001 yil 12 iyunda meni Respublika Klinik
ruhiy kasalliklar kasalxonasida tekshirish va ekspertizadan o’tkazish uchun
olib kelishdi. Men 6-bo’limda ikki kun bo’ldim. Bo’lim mudiri Tavsiya
Vasiliyevna Shayxova meni kuzatib turdi va men bilan turli mavzularda suhbatlar
o’tkazdi. Xalq hayotining yomonlashganligi va uni yaxshilash usullari haqida
suhbat boshlanganida Tavsiya Vasilyevna savollar berardi: “O’zbekistondan jo’nab ketsangiz osonroq
bo’lmaydimi?”, “Sizga shu kurashning nima keragi bor?”, “Ular sizni o’ldirib
qo’ya qolishlari oson emasmi?” 2001 yil 17 iyunda T.V.Shayxova mening ayam
bilan suhbatlashdi, unga ham shunday savollarni bergandi: “Uning jo’nab ketishi
yaxshiroq bo’larmidi?”, “U nega shikoyatlar yozadi va shu shikoyatlar tufayli
taqab qurilgan noqonuniy imoratlarni buzishayapti?” Men 6-bo’limda hamshira
ayolga kasallarni majburan ishlatayotganligi haqida tanbeh berganimda, Tavsiya
Vasiliyevna: “Siz nimaga faqat yomon haqida yozasiz, yaxshilar haqida ham
yozing”, deb g’azablangandi. Men unga, inson huquqlarini himoya qiluvchilar
faqat huquqqa xilof harakatlarni aniqlaydilar va bu haqda ma’ruzalar yozadilar,
deb javob berdim. 14 iyun kuni meni ochiq 8-bo’limga o’tkazishdi. Shu kuni
Xalqaro Xelsinki Federaciyasi vakillari kelishdi va men ularga adolat axtargan
ayollar huquqlari cheklab qo’yilganligi, natijada 6-bo’limga kelib qolganlari
haqida gapirib berdim” (Shu yerda 2-bet tugagan, A.Sh.)
Ye.Urlayeva 2005 yilda yozgan va muallifga
bergan boshqa varaqda, jumladan quyidagicha yozgan.
“…
So’ngra ShKRKK (Shahar Klinik ruhiy kasalliklar kasalxonasi) rahbariyati
Ye.Urlayevani ruhiy kasalliklar kasalxonasida majburiy davolashni uzaytirish
haqida ariza bilan sudga murojaat qilishdi. Toshkent shahar Mirobod tumanlararo
fuqarolik ishlari sudinig 2001 yil 5 iyun qarori bilan ShKRKKning arizasi
qanoatlantirildi. Jinnixonada uch oy davomida Ye.Urlayevani neyroleptiklar
bilan davolashni olib bordilar. ShRKKning vrach-psixiatrlari (ruhshunoslari)
T.Kim, V.Jafarova, I.Ovtiyeva aniqlashlaricha, Urlayeva atrofdagi odamlar uchun
xavf tug’diradi va shuningdek ular ShKRKKda davolashni uzaytirishni tavsiya
etdilar”
Ye.Urlayeva
2001 yil 23 avgustda Toshkent shahar prokurori nomiga “Boshqaruv tartibiga
qarshi tajovuz qilish bilan og’irlashtirilgan odil sudlovga qarshi jinoyat
alomatlari haqida xabar” berdi. Shahar prokuraturasi bu da’voni Mirobod
tumanlararo fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga yubordi. Ye.Urlayeva va uning advokati
Flyura Zufarovna Sharipova bu sudga bir necha marta borishganligiga muallif
shaxsan guvohdir. Ye.Urlayeva 2002 yil 5 iyunda Toshkent shahar Mirobod
tumanlararo sudiga Iltimosnoma ham bergandi va unda quyidagicha yozilgandi.
“Toshkent shahar Mirobod fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudining
sudyasi
Mirzaalimova G.M.ga
Toshkent shahar, Severo-Vostok-2 mavzesi, 56-uy, 53-xonadonda yashovchi
Urlayeva Yelena Mixaylovnadan
I L T I M
O S N
O M A
Men, Urlayeva Yelena, 2001 yil 6 apreldan
30 iyungacha 1-raqamli Ruhiy kasalliklar kasalxonasida majburiy davolanishda
edim. Shu vaqt davomida vrachlar va hamshiralar menga qo’pol muomala qildilar.
Menga ukollar qilishdi va neyroleptik, psixotrop preparatlar, narkotik ta’sir
etuvchi preparatlar bo’lmish tabletkalarni majburlab berishdi. Bu davolanish
oqibatida mening sog’ligim ahvoli yomonlashdi. Boshim og’riy boshladi, boshim
aylanadi (gangiyman), yurakda, buyrakda, jigarda og’riqlar paydo bo’ldi. Qon
bosimim beqaror bo’lib qoldi. Ko’rish qobiliyatim yomonlashdi. Tez-tez
qo’llarim va oyoqlarimni tomir tortishib, changak bo’lib qolmoqda. Butun tanim
uzra qattiq qichima. Og’zim doimo quruqshaydi. Mening sog’ligimga jismonan va ruhan
zarar yetkazilgan. Menga advokat F.Z.Sharipova ruhiy zarar miqdorini
ko’rsatishimni iltimos qildi! Buni hisoblash men uchun juda qiyin bo’ldi, o’z
hayotim narxini, o’z sog’ligim narxini men qanday qilib baholashim mumkin.
Kishi hayoti hamda sog’ligi va pullar – bu taqqoslab bo’lmaydigan narsalardir!
Lekin kurortlarda ham, turli shifoxonalarda, sanatoriylarda ham o’z sog’ligimni
tiklashga albatta urinib ko’rishim mumkin. Hozir dori-darmonlar juda
qimmatligini bilgan holda, men har holda o’z sog’ligimni yaxshilayman.
Uylashimcha 1 milliard so’m miqdordagi pul yetarli bo’lmasada, ammo men shu
qarorga (to’xtamga) keldim.
Iltimos qilaman: mening sog’ligimga
yetkazilgan ruhiy zarar uchun 1-raqamli ShKRKKsidan mening foydamga 1 milliard
so’m undirib bersalaringiz.
Urlayeva Yelena. 2002 yil
3 iyun. Imzo”
Muallif 2005 yil 5 oktyabr kuni advokat
F.Z.Sharipovaga telefon qildi va o’sha sud ishi qanday natija bilan
tugaganligini suradi. Uning aytishicha, prokuratura vakilining sudga
kelmaganligi sababli da’vo ko’rilmay qoldirilgan. 2002 yil avgustda esa
Ye.Urlayevani yana bir marta majburan jinnixonaga jo’natishdi va, tabiiyki,
suddagi ish ko’rilmasdan qoldirildi.
3. YE. URLAYEVANI 2002
YILDA TO’RT OYGA
JINNIXONAGA QAMAGANLARI TAFSILOTLARI
Ye.Urlayeva 2002 yilda jinnixonada bo’lgan to’rt oylik tahqirlashlar va
xo’rlashlar haqida qisqacha quyidagicha yozgan.
“2002 yil 27 avgust kuni Toshkentda, Adliya vazirligi binosi oldida
piket bo’ldi. Ye.Urlayeva va L.Vdovina hibsga olindilar va jinnixonaga
joylashtirishdi. Ye.Urlayeva 2002 yil 30 dekabrda, L.Vdovina esa 2003 yil 30
yanvarda ozod qilindi. To’rt oy davomida Ye.Urlayevani “Modedin Depo”,
“Amenazin”, “Treftazin”dek preparatlar bo’lmish neyroleptiklar bilan sanchishdi
va ichirishdi. Shuningdek ShKRKK vrachlari Mirobod tumanlararo sudiga murojaat
qilib, Ye.Urlayevani huquqiy muomalaga layoqatsiz fuqaro deb e’tirof qilish
haqida ariza berishdi.”
U
jinnixonada bo’lgan payti – 2002 yil 13 oktyabrda O’zR Sog’likni saqlash vazirligi
va 1-raqamli ShKRKK bosh vrachi nomiga ariza yozdi. Quyida shu arizani
keltiramiz.
“O’zbekiston
Respublikasi Sog’likni saqlash vazirligiga
1-raqamli ShKRKK bosh vrachi
Xusanxo’jayev X.N.ga
Urlayeva Yelena Mixaylovadan
A R
I Z A
Menga nisbatan qo’llanilayotgan dorilar mening sog’ligimga zarar
yetkazilayotir, chunonchi yuzda solqish, yurakda og’riqlar, soch to’kilishi,
terida allergiya, sog’ligim holati yomonlashayotir, shu sababli majburiy davolashni qat’iy to’xtatishni
Sizdan so’rayman. “Psixiatriya yordami to’g’risida”gi qonunning
13-14-moddalariga va O’zRKsining 17, 19, 20, 24, 25, 27, 29, 43-moddalariga
asosan mening sog’ligimga qasddan zarar yetkazishni to’xtatishlaringizni
so’rayman. Aks holda psixotrop dori-darmonlar bilan davolash oqibatlari uchun
javobgarlik aynan Sizning zimmangizda bo’ladi.
Urlayeva Ye. imzo
2002 yil 13 oktyabr”
Ushbu betning pastida quyidagi yozuv ham bor: “Olindi 15.10.02 y. imzo”
Shu yerda Jahon Sog’likni Saqlash tashkiloti iltimosi bilan Tibbiyot
fanlari xalqaro tashkilotlar kengashi tomonidan tayyorlangan va Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Bosh Assamblyeyasi tomonidan 1982 yil dekabrida qabul
qilingan Tibbiyot etikasi principlari (odob-axloq qoidalari)dan 2-principini
keltirib o’tish o’rinlidir (o’zi olti principdan iborat). [8, 21-b.]
“Princip
2. Ishtirok etish, sheriklik qilish, ig’vogarlik yoki qiynash yo shavqatsiz,
g’ayriinsoniy yoinki inson qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo’lish yoki
jazolash degan ma’no anglatadigan harakatlarda tibbiyot xodimlarining, ayniqsa
vrachlarning faol yoki sust qatnashishlari xalqaro hujjatlarga muvofiq tibbiyot
etikasini qo’pol buzish, shuningdek jinoyat bo’ladi” [8, 260-b.]
4. “ROSSIYA
MUSTAQIL RUHSHUNOSLAR (PSIXIATRLAR)
ASSOCIACIYASI” UMUMROSSIYA JAMOAT
TASHKILOTINING
YE. URLAYEVA RUHIY
SOG’LIGIGA OID 2003
YIL 18 MARTDAGI
XULOSASI
Ye.Urlayeva to’rt oy davomida jinnixonada hibsda bo’lganida “Ijtimoiy
monitoring qo’mitasi” inson huquqlari tashkilotining raisi Olga Krasnova katta
yordam bergandi. Ye.Urlayevani ruhshunoslar komissiyasi ko’rigidan o’tkazish va
tegishli xulosani olish uchun O.Krasnova Internet saytlarida mustaqil
ruhshunoslar tashkilotini izladi. Aynan u “Rossiya Mustaqil Ruhshunoslar
Associaciyasi” Umumrossiya jamoat tashkiloti bilan aloqa o’rnatdi va ular qabul
qilishiga roziligini oldi. O.Krasnova va Ye.Urlayeva Moskvaga borish-kelishiga yo’lkira
pullarini to’lovchi saxiy kishilar topildi. Ular Moskvada uch kun bo’lishdi va
O.Krasnova tanishlarining uyida joylashishdi. Va 2003 yil 18 martda Ye.Urlayeva
ruhshunoslar komissiyasidan o’tdi.
Ye.Urlayeva 2003 yil 18 martda oliy kategoriyali ruhshunos Yu.S.Savenko
rahbarligidagi ruhshunoslar komissiyasidan o’tganligi va ular Ye.Urlayevaning
ruhiy sog’ligi haqida ijobiy xulosa berganligi haqida muallif [9]-maqola
oxirida yozgandi. [9]-maqola o’quvchilaridan biri “Doktor” taxallusi ostida
ushbu xulosa xususida ba’zi bir gumonlarini yozgandi. Shu sababli quyida ushbu
Xulosani to’liqsincha keltiramiz.
“Umumrossiya
jamoat tashkiloti
“ROSSIYA MUSTAQIL RUHSHUNOSLAR
ASSOCIACIYASI”
Inson
huquqlari bo’yicha Tel: (095)
291 9081
Rossiya ilmiy tekshirish markazi
E-mail: ipar@aha.ru
Moskva-103982, Luchnikov tor ko’chasi, 4
Faks: (095) 291 8469
2003 yil 18 mart
Urlayeva Yelena Mixaylovna, 1957 yilda tug’ilgan, yashash manzili:
O’zbekiston, Toshkent, Severo-Vostok-2, 56-uy, 53-xonadon, uni huquqiy
muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi sud ishi munosabati bilan Rossiya MRA
mutaxassislari komission tekshiruvidan o’tkazildi.
Ye.Urlayeva so’zlaridan, uning ishonchli vakilii Olga Krasnova
so’zlaridan va taqdim etilgan hujjatlardan ma’lumki, Ye.Urlayeva 1999 yildan
beri inson huquqlarini himoya qilish bilan faol shug’ullanmoqda, O’zbekiston
inson huquqlari jamiyati Toshkent bo’limining raisidir. U 2001 va 2002 yillarda
Toshkent shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasiga majburan yotqizilgan va u
yerda, mos ravishda, uch va to’rt oy davomida davolangandi. Hozirgi vaqtda
prokuror Ye.Urlayevani huquqiy muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etishni so’rab
sudga ariza bilan murojaat qilgan, lekin arizada huquqiy muomalaga
layoqatsizlikning birorta alomatlari tavsiflanmagan. Prokuror bahona (dalil)
qilayotgan ruhiy kasallanish borligining o’zi kishini huquqiy muomalaga
layoqatsiz deb topish uchun asos bo’laolmaydi.
Tekshirish chog’ida tutish to’g’ri, o’tkazilayotgan tekshirib ko’rish
maqsadlarini tushunadi, vaziyatga qarab o’zini adekvat (muvofiq) tutmoqda.
Suhbatda xayrixoh, yetarlicha samimiydir (ko’ngli ochiqdir), savollarga asosiy
gap bilan javob beradi, tafakkur (fikrlash)da buzilishlar aniqlanmadi. Ruhiy
holati bir oz pasaytirilgan, yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishlanmoqda. Intellekti
(aql-idroki) olgan ma’lumotiga va turmush tarziga mos. Sernatija ruhiy
(psixotik) simptomatika (inglizcha simptomatik darak beradigan kasallanish alomatlari, A.Sh.)
aniqlanmadi.
XULOSA. Urlayeva Ye.M. o’z harakatlari ma’nosi va ahamiyatini tushunadi
va ularni boshqara oladi. Uni huquqiy muomaladan mahrum etish uchun asos mavjud
emas. Hozirgi vaqtda ruhshunoslar (psixiatrlar)da davolanishiga ehtiyoj yo’q.
Komissiya raisi, oliy darajali ruhshunos imzo tib.f.n.
Yu.S.Savenko
Komissiya a’zolari:
Vrach-ruhshunos
imzo
N.V.Spiridonova
Vrach-ruhshunos
imzo
G.M.Kotikov
Tibbiyot ruhshunosi imzo
L.N.Vinogradova
Huquqshunos ishtirokida imzo h.f.n.
Yu.N.Argunova”
(“Rossiya
Mustaqil Ruhshunoslar Associaciyasi” UJTning dumaloq muhri bosilgan.)
5. MILICIYA
XODIMLARI YE.URLAYEVANI 2005 YIL
27 AVGUSTDA GALDAGI
TUTISHLARI VA IKKITA
KARIKATURANING MAZMUNI
Muallif Ye.Urlayeva bilan 1999 yil yozida O’IHJning raisi Tolib
Yoqubovning xonadonida tanishgan edi (bu xonadon O’IHJning idorasi hamdir). U
2003 yilda O’IHJ Toshkent shahar bo’limi raisi bo’lib ishlardi. U 2003 yil
yanvaridan 2005 yil yanvarigacha Surat Ikromov rahbarligidagi O’zbekiston inson
huquqlarini himoya qilish mustaqil tashabbus guruhi (O’IHHQMG)da inson
huquqlari himoyachisi bo’lib ishladi. U 2005 yil yanvarida O’IHHQMG tarkibidan
chiqdi va Yuriy Konoplyev rahbarligidagi “O’zbekiston fuqarolarining huquq va
erkinliklarini himoya qilish jamiyati”ga a’zo bo’ldi.
2004 yil 18-19 aprelda Londonda Yevropa tiklash va taraqqiyot banki
Direktorlar kengashining navbatdagi yillik yig’ilishi bo’ldi. Shu bilan bog’liq
ravishda O’zbekistondan bir guruh inson huquqlari himoyachilari, jumladan
Ye.Urlayevaning ham Londonga borishi rejalashtirilgan edi. 2004 yil aprel
o’rtalariga yaqin muallif Ye.Urlayeva uyiga telefon qildi va Londonda Britaniya
Tibbiyot Associaciyasi idorasiga borib yoki telefon qilib, ruhshunoslar
komissiyasidan o’tishni va o’z sog’ligi haqida Xulosa olish to’g’risida
kelishishni maslahat berdi. Bu Buyuk Britaniya ruhshunoslarining, yani jahon
darajasidagi obro’li Xulosasi bo’lgan bo’lardi. Biroq Ye.Urlayeva o’zida “Rossiya
Mustaqil Ruhshunoslar Associaciyasi” UJTning Xulosasi borligi va shunisi
yetarli ekanligini aytdi.
Ye.Urlayeva 2005 yil boshida “Ozod dehqonlar” partiyasining a’zosi
boldi. U shu bilan bir paytda inson huquqlari himoyachisi faoliyatini ham davom
ettirdi. Muallif Ye.Urlayevani bevosita ogohlantirish uchun 2005 yil fevralida
uning uyiga bordi. Bir soatdan koproq davom etgan suhbat chog’ida kamina uni
shunday deb ogohlantirdi: “Agar siz bundan buyon ham “Ozod dehqonlar” partiyasi
bilan aloqani va ishlarni davom ettirsangiz, u holda siz botqoqqa shu darajada
botib qolasizki, sizga yordam berish juda qiyin bo’ladi!” Lekin u “Ozod
dehqonlar” partiyasi idorasiga borishni va qandaydir ishlarni bajarishni davom
ettirdi. (Muallifning shaxsiy fikriga ko’ra, Ye.Urlayeva moddiy yordamga muhtoj
edi va uning OD rartiyasidagi faoliyatiga ishning moddiy tomoni ma’lum bir
ahamiyatga ega bo’ldi.)
2005 yil 27 avgust kuni ham keldi: 1-bandda aytib o’tganimizdek,
Ye.Urlayeva 27 avgust kuni Sergeli tumanida “Uyg’on xalqim!” deb atalmish “Ozod
dehqonlar” partiyasining dasturiy maqsadlari yozilgan bir betdan iborat bo’lgan
va uch marta buklab kitobcha kurinishiga keltirilgan reklama bukletini va
karikaturani odamlarga tarqatganlikda ayblanib Sergeli tuman miliciya xodimlari
tomonidan tutilgandi. N.Hidoyatova muallifga 2005 yil 6 oktyabrda telefonda
aytganlariga ko’ra, Ye.Urlayeva ushbu ikki karikaturani Farg’ona vodiysidan
kelgan demokratlardan olgan emish.
Ye.Urlayevaga qarshi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Davlat
ramzlariga hurmatsizlik qilish” deb ataluvchi 215-moddasi bo’yicha jinoiy ish
qo’zg’otildi. Ushbu 215-moddada quyidagicha yozilgan.
“O’zbekiston
Respublikasi yoki Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog’i, Davlat
gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish – eng kam oylik ish haqining
yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud uch oygacha qamoq jazosi bilan jazolanadi” [10, 111-b.]
Muallif
2005 yil 3 noyabr – Ramazon hayiti kuni Ye.Urlayeva uyiga bordi va
suhbatlashdi. Uning ta’kidlashicha, 2005 yil 27 avgust kuni faqat ikkinchi
karikaturani tarqatgan, ya’ni 1-karikaturani o’sha kuni Sergeli tumaniga umuman
olib bormagan ekan. Sergeli tuman miliciya xodimlari Ye.Urlayevani 27 avgustda
tutishganlarida uning sumkasidan faqat 2-karikaturadan to’rt dona bo’lgan.
Kamina ikki karikatura bilan 2005 yil 4 oktyabrda tanishdi. Ularni
qisqacha tavsiflab beraylik. Birinchi karikaturada varaq markazida bo’yniga
qo’ng’iroqcha ilingan sigir tasvirlangan. Sigirning o’zi kartada tasvirlangan
O’zbekiston hududini eslatadi. Cho’kkalagan etti nafar odam sigir yelinidan
emib turishibdi. Tasvirdagi odamlardan besh nafarining orqasida “vazirlik”,
“hokimiyat”, “bojxona”, “soliq”, “departament” deb yozilgan va chetdagi ikki
nafari orqasiga esa hech narsa yozilmagan. Birinchi karikaturaning bor-yo’g’i
mana shu.
Ikkinchi karikaturada O’zbekiston Davlat gerbini eslatuvchi gerb
tasvirlangan. Gerb orqaga 45 gradus qiya qilib tasvirlangan. Gerb pastida qush
surati bo’lib, uning boshi bir oz ko’tarilgan, shuningdek qushning ikki panjasi
chizilgan. Bu qushning oldida tovoqcha turibdi, uning ichiga oltita kichik doirachalar
chizilgan – bu bilan tovoqchada suyuqlik borligini ifoda qilgan bo’lsa kerak.
To’g’risini aytganda muallif avvaliga ikkinchi karikatura ma’nosini tushunmadi.
Shu sababli boshqa inson huquqlarini himoya qiluvchi safdoshlari bilan
maslahatlashishga to’g’ri keldi. Keksaygan ayol karikaturani va O’zR Davlat
gerbi tasvirini taqqoslab, ikkala tasvirdagi qush holatiga bizning
e’tiborimizni jalb qildi. O’zR rasmiy gerbida qush boshini mag’rur kutargan
holda tasvirlangan. Ye.Urlayeva karikaturasida esa qush sillasi qurigan, holdan
toygan, darmonsiz holda tasvirlangan. U tovoqchaga g’amgin qaramoqda. Karikatura muallifi qushni bunday
ayanchli, nochor, ojiz ahvolda tasvirlash orqali O’zbekiston iqtisodining ogir
ahvolga tushganligini, tanazzulga yuz tutganligini, inqirozini nazarda tutgan
bo’lsa kerak. Ikkinchi karikaturaning bor-yo’g’i mana shu.
Shu yerda O’zR Jinoyat kodeksining 215-moddasiga berilgan sharhni ham
keltirib o’taylik.
“Sharhlanayotgan
moddaning ob’yektiv tomonini bayroq va gerbni yirtish, yo’q qilish, shikast
yetkazish, belgi va suratlarga chizish, madhiyani ijro etishda uning so’z va
yoki musiqasini qasddan buzish va hokazolar tashkil qiladi”. [11,279-b]
Ye.Urlayeva
bunday noqonuniy hatti-harakatlardan birortasini qilmagan va, demak, O’zR
Jkning 215-moddasini buzmagan.
Ushbu maqola muallifi O’zbekiston Davlat gerbini karikaturada
ishlatilishiga shaxsan qo’shilmaydi. Aniqrog’i, agar Ye.Urlayeva maslahat
so’raganida, muallif ikkinchi karikatura o’rniga oddiy fuqarolarga tushunarliroq
bo’lgan boshqa karikaturadan foydalanishni maslahat bergan bo’lur edi. Misol
uchun ikkita karikaturani keltirib o’taylik. Avvaliga ushbu ikki karikaturaning
qisqacha tarixi. 1996 yil fevralida Moskva shahrining Qozon vokzalida muallif
tasodifan Mixail Dmitriyevich Ardzinov bilan uchrashib qoldi, u u paytlar
O’IHJning rais o’rinbosari bo’lib ishlardi. U o’sha kuni AQShda inson huquqlari
bo’yicha qandaydir trening (maxsus o’quv)dan qaytib kelayotgan ekan. U
muallifga O’IHJning 2-byulletenidan bir dona berdi ([12]ga qarang). Ushbu
to’plam oxirida, 144-157-betlarda 26 ta karikatura keltirilgandi. Ular orasida
o’ziga xos, e’tibor bersa arziydigan karikaturalar bor. Shu yerda 146- va
153-betlarda tasvirlangan ikkita karikaturani keltirib o’tish o’rinlidir. Karikaturada
yozilgan so’zlar tarjimasi berilgan va ularga izoh berish ortiqchadir.

1-karikatura. “FARMON. Boshliqni faqat
o’lganidan 2-karikatura. “Bular esa siyosiy mahbuslardir.
Xo’jayinga tegajaklik
so’ng tanqid qilish mumkin”
qilishgan”
Afsuski, Ye.Urlayevaning “Ozod dehqonlar” partiyasidagi ba’zi bir
safdoshlari gerbli karikaturani boshqasi bilan almashtirish kerakligi haqida
maslahat berishmagan. Va O’zbekistondagi policiya rejimi uni 2005 yil 28
avgustdan 27 oktyabrga qadar jinnixonada hibsda saqlashdi. Boshqa demokratik
davlatlarda hech bo’lmaganda karikaturada davlat ramzlarini ishlatish maqsadga
muvofiq emasligi haqida uni yozma ogohlantirishardi. Nari borganida, yo’q
deganda jinoiy ish qo’zg’otib, ishni sudga oshirgan va sudlanuvchining, ya’ni
Ye.Urlayevaning advokati himoyasida odil sud bo’lib o’tgan bo’lardi. Ammo,
lekin, biroq O’zbekistonda policiya rejimi hukmrondir. Ular inson huquqlari
himoyachisi yoki muxolifatchining kuchishlatar organ xodimlari fikridagi
qonunning taqiqlangan moddalariga tushadigan, qandaydir xato qilishlarini faqat
kutib turishadi. Ba’zi bir “safdoshlar” esa o’zlarining to’g’ri maslahatlarini
atayin bermaydi, hattoki xato qilishingga rag’batlantirishadi. Xullas kalom,
XATOLARING KERAK ULARGA …
Shu yerda shoirimiz Ablulla Oripovning 1987 yilda yozgan “Xatolaring kerak ularga” she’rini
keltirib o’tish o’rinlidir [13, 2-j., 108-b.]
Shundaylar bor, senga lutf
aylab,
Do’stman deya qo’lin
tutarlar.
Lekin har zum qadaming
poylab,
Xato qilishingni kutarlar.
Xato qilsang, ularga bayram,
Yo’qsa, zahru zaqqum
yutarlar.
Mayli jindek, zarra bo’lsa
ham,
Xato qilishingni kutarlar.
Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol
butarlar.
Tag’in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.
Axtarurlar hamisha illat,
Yetti po’shting go’rin
titarlar.
Faqat unma, ulg’ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.
Ular senga bir umr yo’ldosh,
Sodiq hamroh kabi o’tarlar.
Qabring uzra egsalar ham
bosh,
Xato qilishingni kutarlar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, A.Oripov bu yaxshi she’rni 1987 yilda,
ya’ni Sovet Ittifoqi davrida yozgan edi. O’zbekiston Mustaqillikka erishgach
Abdulla aka ko’pgina ordenlar oldi, Xalq Qahramoni unvoni sohibi bo’ldi, 1996 yil 18 yanvardan beri
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, 2005 yil yanvaridan O’zR Oliy
Majlisi Senatining a’zosi, ya’ni senatoridir. Va u oxirgi yillarda ko’proq
boshqacha she’rlar yozmoqda. Mana bitta misol, bu to’rtlikni Abdulla aka 1998
yilda yozgan [13, 2-j., 316-b.].
- Afsus, jahonaro dengizimiz
yo’q …
Goho o’kinch bilan yangrar
so’zingiz.
Lekin, Islom aka, mening
ko’nglim to’q:
O’zbekiston uchun dengiz
o’zingiz!
Avlodlar Abdulla aka ijodining ikki davri haqida tahlil etishar. Biz esa
asosiy mavzumizga – bugungi O’zbekistonimizda policiya rejimi tomonidan
qo’llanilayotgan jazolovchi psixiatriya mavzusiga qaytsak.
6. YE.URLAYEVANI
JINNIXONAGA QAMAGANLIKLARI XUSUSIDA
XALQARO JAMOATCHILIKNING MUNOSABATI
VA INSON HUQUQLARINI
HIMOYA QILUVCHILAR UNING
HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
BO’YICHA URINISHLARI
Ye.Urlayevani hibsga olinganligi to’g’risidagi dastlabki xabar
Internetda www.freeuzbekistan.com saytida chop etildi. Bu haqda o’sha kunlari “Ozodlik”
radiosi ham xabar berdi. 2005 yil 3 sentyabrda Human Rigts Watch xalqaro inson
huquqlarini himoya qilish tashkilotining
www.hrv.org saytida Ye.Urlayeva tutilganligi va
psixiatrik stacionarga (lot. stationaries bir joyda turgan, ko’chmas)
jo’natilganligi qattiq tanqid qilingan press-reliz bosildi ([1] ga qarang).
2005 yil 31 avgust kuni inson huquqlari himoyachilari Viktoriya Bajenova
va Abdujalil Boymatov Ye.Urlayevani 1-raqamli Toshkent shahar Klinik ruhiy
kasalliklar kasalxonasida borib ko’rishga harakat qilishdi. Lekin kasalxona
rahbariyati buni taqiqladi. “Urlayevani kasalxonaga qaysi tashkilot
joylashtirdi?”, “Urlayeva qanday hujjat (qaror) asosida kasalxonaga
joylashtirildi?” deb berilgan savollarga bosh vrach o’rinbosari Svetlana
Samoylova izohlashni rad etdi. Inson huquqlari himoyachisi V.Bajenova yozma
so’rovni 31 avgust kuni pochta orqali jo’natib yubordi (pochta raqami 1138).
Ushbu buyurtmali xat ruhiy kasalliklar kasalxonasi rahbariyatiga 2005 yil 8
sentyabr kuni topshirilgan. Ammo shu kunga qadar V.Bajenova ulardan javob
olgani yo’q.
A.Kudryashov [5]-maqolada “20 avgustda (bu 20 sentyabrda, A.Sh.)
Toshkent shahar 1-klinik ruhiy kasalliklar kasalxonasining ekspert vrachlar
komissiyasi tergov organlari sud-tibbiyot guvohlantirishi uchun joylashtirilgan
Yelena Urlayevaning to’liq aqli rasoligi, es-hushi joyida ekanligi haqida
xulosa chiqardi”, deb yozgandi. Lekin Ye.Urlayevani 23 sentyabr kuni Respublika
Klinik ruhiy kasalliklar kasalxonasiga olib borishdi.
2005 yil 23 sentyabr kuni Freedom House (“Ozodlik uyi”) xalqaro
tashkilotining Toshkentdagi vakolotxonasi direktori Branko Shesto imzosi
qo’yilgan Yelena Urlayeva haqidagi besh betlik xat Jeneva shahriga, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining O’zboshimcha tutishlar bo’yicha ishchi guruhiga
(‘Rabochaya gruppa po proizvolnomu arestu”) va BMT Bosh kotibining inson
huquqlari himoyachilari bo’yicha maxsus vakiliga jo’natib yuborildi.
Ye.Urlayevani himoya qilish bilan advokat Vitaliy Lyeonidovich
Krasilovskiy shug’ullandi ([5] ga qarang).
Ba’zilarda savol to’g’ilishi mumkin: muallif nega Ye.Urlayeva
tutilishidan va jinnixonaga qamalganidan 35 kun o’tgach maqola yoza boshladi?
Dastlabki kunlarda kaminada va Freedom House (“Ozodlik uyi”)ga keluvchi inson
huquqlari himoyachilarida o’sha mash’um ikkita karikatura nusxasi yo’q edi.
Hatto “Ozod dehqonlar” partiyasining faoli va Internetda tez-tez maqolalar chop
ettiruvchi Axtam Shaymardonovda ham yo’q edi. U Freedom Housega sentyabr oyi
oxirlarida kelganida kamina undan karikaturalar nusxasini so’ragandi. U esa
papkasida karikaturalar nusxasi yo’qligini aytgandi. Shunda muallif unga tanbeh
berib: “Axir partiyangiz faoli Yelena Urlayeva bir oydan beri jinnixonada
qamalib yotsa-yu, siz va safdoshlaringiz bu haqda aqalli bitta maqola
yozmasalaringiz. Buni qanday tushunish kerak?” U esa: “Gapingiz to’g’ri, maqola yozishimiz
kerak edi” degan gapdan nariga o’tmadi.
Toshkent shahar kasalxonasi ekspert vrachlari komissiyasi Ye.Urlayevaning
es-hushi joyida ekanligi haqida Xulosa chiqarganligi to’g’risidagi xabar 2005
yil 20 sentyabr kuni www.ferghana.ru saytida chop etilgandi [5].
Bu haqda yuqorida [5]dan iqtibos ham keltirgandik. Shu xabardan so’ng muallifda
Ye.Urlayevaga yaqin-orada uyiga javob berib yuborishar, degan umid paydo
bo’lgandi. Lekin uni 23 sentyabr kuni Respublika Klinik ruhiy kasalliklar
kasalxonasiga olib ketishdi.
2005 yil 3 oktyabr kuni Ye.Urlayevadan Nigora Hidoyatova nomiga kichkina
xatni inson huquqlari himoyachilaridan biri olishga muvaffaq bo’lganligi
haqidagi ma’lumot Freedom Houseda aytildi. U ushbu xatchasida unga nisbatan
qiynoqlar qo’llanilayotganligi haqida yozgan, deyishdi. Muallif shu xabarni
eshitgach o’z ishlarini chetga surib, o’sha ikkita karikatura nusxalarini
topishga, o’sha xatcha mazmunini aniqlashtirishga harakat qildi va ushbu
maqolaning rus tilidagi nusxasini yoza boshladi.
Usha mash’um ikkita karikatura nusxalarini ko’rish va olish uchun kamina
4 oktyabr kuni “Ozod dehqonlar” partiyasining idorasiga bordi (uning manzili: Toshkent shahri,
Lashkarbegi (sobiq Ordjonikidze) ko’chasi, 17-uy). ODP idorasida Bahodir
Nomozov bor ekan. Salom-alikdan so’ng kamina Ye.Urlayeva masalasida maqola
yozayotganligini va o’sha ikkita karikaturani ko’rmoqchi ekanligini aytdi.
B.Nomozov ishi ko’pligini aytib, yonida turgan qo’tidan ikkita karikaturani
olib ko’rsatdi va faqat bir nusxadan qolganligini aytdi. Muallif nusxa (kseroks) olish maqsadida shu
binoda joylashgan kserokopiyachilarga bir donadan nusxa olib berishni iltimos
qildi. Lekin ular karikaturani ko’rgach, kseroks qilib bera olmasliklarini
aytishdi. Kamina B.Nomozovdan iltimos qilib: “Shu ikkita karikaturani bir
soatga berib turing, boshqa joydagi kseroks xonasida nusxa oldirib kelay,
ishonmasangiz tilxat ham yozib beray” desa ham bir soatga berib turmadi.
Muallif noiloj karikaturalarsiz Freedom Housega qaytdi va ODPda bo’lgan
voqyeani inson huquqlari himoyachilariga gapirib berdi. Shunda ulardan biri
karikaturalar uyida borligini aytdi. Kamina unga: “Iltimos, bugun ulgurmaymiz,
ertaga ertalab o’sha ikki karikaturani Freedom Housega olib kelsangiz” dedi. 5
oktyabr ertalab u ikkita karikaturani bir kishi orqali berib yuboribdi.
Muallif, nihoyat, ulardan nusxa olishga muvaffaq bo’ldi, aslini egasiga
qaytardi va maqolani yozishni davom ettirdi.
Muallif Ye.Urlayeva 3 oktyabrda
yozgan kichkina xati mazmunini bilish uchun 4 oktyabrda OD partiyasining
Ijrochi direktori Nigora Hidoyatova bilan uch marta telefonda gaplashdi va
Ye.Urlayevani himoya etib maqola yozayotganligi sababli o’sha xatchani o’qib
berishni iltimos qildi. U xatchani keyin o’qib beraman, deb uch marta keyinga
surdi va natijada 4 oktyabrda shu bitta gapni yozib olib bo’lmadi. 5 oktyabr
kuni muallif yana N.Hidoyatovaga telefon qildi va u xatchani o’qib berdi. Muallif
2005 yil 3 noyabrda Ye.Urlayevaning uyida suhbatlashganida, u xatcha mazmuni
sal boshqacharoq bo’lganligini aytdi. Shoshilinch ravishda yozilgan o’sha
xatcha uning aniq esida qolmagan ekan, qolaversa o’shandan beri bir oy vaqt
o’tdi va Ye.Urlayeva shuncha tazyiqlarni boshidan o’tkazdi. Kamina xatchani
shaxsan qo’liga olib o’qimaganligi va Ye.Urlayevaning 3 noyabrdagi so’zlaridan
so’ng o’sha xatchaning matnini bu yerda keltirmaslikka qaror qildi.
Ye.Urlayevani kuchishlatar organlar 2005 yil 27 avgustda tutishib, 19
oktyabrga qadar jinnixonada yakkalab qo’yishdi va birorta qarindoshlari,
yaqinlari, hatto ayasi, o’gli va advokati bilan uchrashishga ruxsat berishmadi.
Muallif maqolani rus tilida 7 oktyabr kuni tugatdi va u 8 oktyabr kuni www.uzbekcongress.org saytida chop
etildi ([14]ga qarang). Shu maqola 11 oktyabrda www.centrasia.ru, www.freeuzbekistan.com saytlarida ham bosildi. 9 oktyabrda www.centrasia.ru portalida Ye.Urlayevaning
O’zR Bosh prokurori nomiga yozgan Murojaatnomasi chop etildi ([15]ga qarang).
Freedom
House rahbarlaridan biri Jarko Petrovich (FH Dasturining katta menedjeri)
muallifni 11 oktyabr kuni suhbatga taklif etidi va “Yelena Urlayeva haqidagi
maqolangiz asosida BMTga xat yozsak, siz nima deysiz?” deb so’radi. Kamina: “Bajonidil, bu ayni muddao
bo’lardi!” deb javob berdi. Freedom House xodimlari muallif maqolasining
Ye.Urlayeva va uning jinnixonaga qamalishiga oid asosiy faktlar yozilgan qismini
ingliz tiliga tarjima qilishdi va kamina unga 14 oktyabr kuni imzo qo’ydi.
O’shbu yetti betlik xat Freedom Housening Toshkentdagi vakolotxonasi direktori
Branko Shestoning va kaminaning imzosi bilan Jenevaga, BMTning O’zboshimcha
tutishlar bo’yicha ishchi guruhiga va BMT Bosh kotibining inson huquqlari
himoyachilari bo’yicha maxsus vakiliga 17 oktyabr kuni jo’natib yuborildi.
Advokat V.Krasilovskiyga Ye.Urlayevaning sud ishi bilan tanishishga 2005
yil 14 oktyabrda ruxsat etilgachgina quyidagi faktlar ma’lum bo’ldi: 30
sentyabr kuni Respublika Klinik ruhiy kasalliklar kasalxonasida Munozarali va murakkab
holatlar bo’yicha komissiyasining Xulosasiga ko’ra Ye.Urlayeva aqli noraso va u
psixiatrik stacionar (kasalxona) sharoitida davolashga muhtoj, deb topilibdi.
18 oktyabr kuni Sergeli tuman sudi Ye.Urlayevada “ta’qib vasvasasi va
shizofriniya” kasalligi bor, deb topdi va uni majburiy davolashga yuborish
haqida qaror qabul qildi. Ushbu sud haqida na Urlayevaning o’ziga, na uning
advokati V.Krasilovskiyga, na uning qarindoshlariga xabar qilinmagandi va,
tabiiyki, shu yo’l bilan sudning noqonuniy qaroriga qarshi e’tiroz bildirish
imkoniyati umuman berilmagandi.
2005 yil 19 oktyabr kuni Ye.Urlayevani Respublika Klinik ruhiy
kasalliklar kasalxonasidan yana 1-Toshkent Shahar klinik ruhiy kasalliklar
kasalxonasiga olib kelishdi. 19 va 20 oktyabr kunlari Human Rigts Watchning
Toshkentdagi vakolotxonasi rahbari Allison Gill, AQShning O’zbekistondagi
elchixonasi vakili, advokat V.Krasilovskiy kasalxonada Ye.Urlayeva bilan
qamalganidan buyon birinchi marta uchrashishdi.
21 oktyabr kuni esa sud qarori asosida kasalxona vrachlari va
hamshiralari Ye.Urlayevani majburiy davolashni boshladilar: 21 oktyabr ertalab
unga rispolept (resperidon) dozasi bilan ukol qilishdi [16], ya’ni davolashni
boshlab yuborishdi. Lekin O’zbekiston qonunlariga asosan sud qarori ustidan
shikoyat berish uchun o’n kun muddat berilgan va shu muddat o’tgachgina, ya’ni
28 oktyabrdan sud qarori kuchga kirardi. Ammo kasalxona ma’muriyati ushbu qonun
talablarini buzgan holda, Ye.Urlayevani davolash chora-tadbirlarini 21 oktyabr
kuniyoq boshlab yuborishdi. Bu haqda Human Rigth Watch xalqaro tashkiloti
O’zbekiston hukumatini qattiq tanqid qiluvchi press-relizni 21 oktyabr kuni
yoyinladi ([17]ga qarang).
2005 yil 21 oktyabr kuni Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat
Departamentining rasmiy vakili Adam Ereli Ye.Urlayevaga doir Bayonoti haqida
gapirdi. Bayonotda quyidagicha yozilgan.
“Inson
huquqlari sohasidagi o’zbek faoli Yelena Urlayevani majburiy psixiatrik
davolash
O’zbekiston hukumati tomonidan inson huquqlari sohasidagi o’zbek faoli
Yelena Urlayevani majburiy psixiatrik davolash munosabati bilan Qo’shma
Shtatlari afsuslanish bildiradi. Biz Urlayeva-xonim ilgari ham majburiy
psixiatrik davolanishga duchor qilinganligini xavotirlik bilan ta’kidlaymiz.
Siyosiy dissidentlarni ruhiy kasallanish qurboni (oqibati) sifatida davolash
repressiv rejimlar ishlatadigan taktikadir (usuldir).
Urlayeva-xonimga bunday davolanishdan o’tishga 18 oktyabrda buyruq
berildi va bu haqda Toshkentning Sirg’ali tuman jinoiy ishlar bo’yicha sud
pog’onasi tomonidan qaror chiqarilgan edi. Urlayeva sud muhokamasida
qatnashmagan, va uning manffatlarini advokat himoya qilmagan, bu esa Fuqarolik
va soyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt bo’yicha O’zbekiston
shartnomaviy majburiyatlarining buzilishidir.
Majburiy
psixiatrik davolash allaqachon boshlandi. Urlayeva-xonim sog’ligi ahvoli
mustaqil baholash o’tkazish imkoniyati paydo bo’lguniga qadar sud buyrug’i
bilan har qanday davolashni to’xtatib turishga chaqiramiz.” [18]
2005 yil 25 oktyabr kuni Demokratik O’zbekiston Kongressi (DO’K)ning
Bayonoti yoyinlandi (muallif DO’Kning Toshkent bo’limi rahbaridir.) [19]. Unda
keyingi paytlarda qamoqqa olingan inson huquqlar himoyachilari va
muxolifatchilar qatorida Yelena Urlayeva nomi ham tilga olingan. DO’K Bayonoti
oxirida quyidagi so’zlar yozilgan.
“…
Diktaturaga qarshi va demokratiyaga tarafdor bo’lgan har qanday shaxs va guruh
bilan muloqotga hozirligini qayd etib kelayotgan DO’K O’zbekiston hukumatining
demokratik mixolifatga, inson huquqlari faollariga va hatto o’zi bilan
muloqotni istayotganlarga ham tazyiq o’tkazishini qoralaydi va siyosiy
qarashlari uchun qamalgan barcha mahbuslar ozod qilinishini talab etadi.” [19]
7. O’ZBEKISTONDA
SIYOSIY MAQSADLAR UCHUN
PSIXIATRIYANI SUIIST’EMOL QILISHNING
SABABLARI NIMADA?
Bu savolga mashhur sovet dissidentlari Vladimir Bukovskiy va Semen
Gluzmanning qo’yidagi so’zlari bilan javob berish ma’qulroqdir.
“Bu
bilan ular kishini cheklanmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga, uni qat’iy
yakkalab tutish va uni “qayta tarbiyalash” uchun psixofarmakologik vositalardan
foydalanishga imkon beradi; bu ochiq sud uchun va bunday kishilarni ozod etish
uchun kampaniyaga (chora-tadbirlarga) zarar yetkazadi, modomiki shunday bemor
(pacient) bilan shaxsan tanish bo’lmagan, taxminlarga umuman asoslanmaydigan
kishida ham, uning ruhiy holatiga nisbatan ba’zi bir shubhalari doimo bo’ladi;
bu jabrlanuvchining mahbus sifatida u ega bo’lishi mumkin bo’lgan o’sha ozgina
huquqlardan ham mahrum etadi, o’zgacha fikrlovchilarning g’oyalari va
harakatlarini badnom qilish imkoniyatini beradi. Bunga boshqa, muhimligi
jihatidan kam bo’lmagan boshqa muhim tomoni bor. O’zgacha fikrlovchilarning
tergov va sud vaqtida xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun odatda huquqiy tayorgarligi
yetarlichadir. Lekin ularni aqli noraso deb hisoblash haqida yuqoridan buyruq
olgan psixiatr (ruhshunos) oldida ular umuman ojiz ahvolga tushushadi” [8,
84-b.]
Bizning O’zbekistonimizda Sovet Imperiyasi davridan beri ko’p narsalar
o’zgarishsiz qolmoqda. O’zbekistonda, Sovetlar davridagi kabi erkin saylovlar,
so’z erkinligi, yig’ilishlar, mitinglar, namoyishlar va shunga o’xshash
erkinliklar yo’q. O’z noroziliklarini tinch yo’llar bilan bildirgan kishilarga
qarshi qurol qo’llanilishi mumkin. Novocherkassk shahrida 1962 yil 1 may kuni
shunday bo’lgandi: asosan Novocherkassk shahri korxonalarining ishchilari va
ularning bola-chaqalari o’zlarining yangi kiyimlarini kiyib, namoyish qilib
kelishayotganida ko’prik yaqinida ayovsiz o’qqa tutildilar. Natijada 24 kishi
halok bo’ldi, ko’plari yarador bo’lishdi, bir necha kishi esa sud hukmi bilan
o’lim jazosiga mahkum qilindi va ko’pgina ishtirokchilar har xil muddatlarga
qamaldilar. Bizda – O’zbekistonda ham shunday bo’lgandi: 1992 yil 16-17
yanvarda Toshkentda Talabalar shaharchasida qurolsiz talabalar kuchishlatar
organ xodimlari tomonidan o’qqa tutildilar. Oqibatda ikki talaba halok bo’ldi
va 30 dan ortiq talabalar yarador bo’ldilar. 2005 yil 13 mayda Andijonda ham
qurolsiz odamlarga qarshi qurol ishlatildi, oqibatda 500 dan ortiq kishi halok
bo’ldi va ko’pchilik yarador qilindi, shuningdek minglab kishilar O’zbekistonni
tark etishga majbur bo’ldilar va qochqinlarga aylandilar. Qisqasi, bugungi
O’zbekiston miqyosi kichraytirilgan o’sha Sovet Ittifoqidir, ayniqsa kuchishlatar
organlarning policiyaviy boshqaruv metodlari va muxolifat hamda o’zgacha
fikrlovchilarga qarshi jazolash usullarining qo’llanilishi jihatidan
o’xshashdir.
O’sha yillarda Sovet Ittifoqida va bugungi kunda O’zbekistonda o’zgacha
fikrlovchilarga qarshi ishlatilayotgan jazolovchi psixiatriya sohasida ham
xuddi shunday o’xshashlikni ko’rish mumkin. Bu Yelena Urlayeva misolida
tasdiqlanmoqda. Ozodlikni sevuvchilarga, erksevarlarga va qonun doirasida o’z
muammolarini adolatli hal etishga harakat qilayotgan O’zbekiston fuqarolariga
qarshi jazolovchi psixiatriya qo’llanilayotganligiga doir yana ko’pgina
misollar bor.
Muallifning 2005 yil 8 oktyabrdagi rus tilidagi maqolasi quyidagi gaplar
bilan tugallangandi.
Taniqli inson huquqlari himoyachisi Yelena Urlayevaning kyeyingi taqdiri
masalasiga kelsak, Sovet Ittifoqi davrida qo’llanilgan usullar bilan uni
hokimiyatning va psixiatrlarning o’zboshimchaligidan qutqarmoq kerak: bunga
xalqaro jamoatchilik va mutaxassislar e’tiborini jalb etmoq kerak. Yelena
Urlayevani qutqarmoq va unga Yevropadagi birorta davlatda siyosiy boshpana
bermoq zarur. Aks holda, policiya rejimining kuchishlatar organlar xodimlari
uning boshiga uradilar va uni mayib, nogiron qiladilar (bu hol piketlar paytida
ham, hatto uy qamog’ida bo’lganida ham ko’plab marta ro’y bergandi), jazolovchi
psixiatriya esa uni tamomila davosi yo’q, bedavo kasal qilib tashlaydi.
8. YELENA
URLAYEVA 2005 YIL 27 OKTYABR
KECHASI JINNIXONADAN OZOD
QILINDI
Ye.Urlayevaning sud ishi yuzasidan advokat V.Krasilovskiy 2005 yil 24
oktyabrda Toshkent shahar Jinoiy ishlar bo’jicha sudiga apellyaciya tartibida
Xususiy shikoyat berdi. Ushbu apellyaciya shikoyati nusxasini muallif 2005 yil
2 noyabr kuni oldi. Unda Ye.Urlayeva atrofida bo’lib o’tgan voqyealar aniq va
yaxshi yozilgan. Shunga asoslanib Yelena Urlayeva atrofida 2005 yil 28
avgustdan 27 oktyabrgacha ruy bergan voqyealar haqida qo’shimcha ma’lumot
beraylik.
Sud
ishining 3-betida yozilishicha, 2005 yil 27 avgust kech soat 20.00 ga yaqin
Toshkent shahar, Sergeli tuman, Sputnik-11 mavzesi, Dashtobod ko’chasidagi “Azikye”
kafesi yaqinidagi non dukoni oldida TShIIBB UUR BOPning 5-bo’lim xodimlari
tomonidan karikaturalarni yopishtirmoqchi bo’layotganida Ye.Urlayeva tutilgan. Ye.Urlayevani
shaxsiy tekshiruv o’tkazish mobaynida uning ikkita sumkasida 75 dona “Ozod
dehqonlar partiyasi” reklama bukleti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va
hukumati siyosatini tanqid etuvchi matn chop etilgan 65 varaq, O’zR milliy
gerbini karikaturali tasvirlangan 4 dona kseroks qilingan varaqlari va bitta
plastmassali tyubikda (idishda) devonxona (kancelyariya) elimi olib qo’yilgan.
2005
yil 28 avgust kuni Toshkent shahar Sergeli tuman IIB tergovchisi T.S.Jamolov
tomonidan O’zR Jkning 215-moddasini
buzganlikda ayblab Ye.Urlayevaga qarshi 33/05-914 raqamli jinoiy ish ochilgan
va bunga Sergeli tuman prokurori rozilik bergan. Sergeli tuman prokurori 28
avgust kuni Ye.Urlayevani sud psixiatrik ekspertizasidan o’tkazish haqidagi qarorga imzo chekkan. 2005 yil 20
sentyabrda Toshkent shahar stacionar sud psixiatrik ekspertizasining 160-raqamli Akti tuzildi. Unda Ye.Urlayeva
aqli raso deb topildi, shu sababli majburiy davolashga muhtoj emas va o’zining
ruhiy ahvoli jihatidan sud oldida hozir bo’lishi hamda qilib qo’ygan ishi
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin,
deb yozilgandi. Ammo Sergeli tuman prokuraturasi qonuniy asosga ega bo’lmagan
holda 22 sentyabrda qandaydir “komission” stacionar sud psixiatriya
ekspertizasini belgilagan. Shu sababli 23 sentyabr kuni Ye.Urlayevani shahar
Klinik ruhiy kasalliklar kasalxonasidan Respublika Klinik ruhiy kasalliklar
kasalxonasiga olib ketishgan. Bu bilan tergovchi T.S.Jamolov va bu hujjatga
imzo chekkan Sergeli tuman prokurori 33/05-914 raqamli jinoiy ish doirasidan
chiqishgan (bu haqda advokat V.Krasilovskiy 24 oktyabrda bergan Xususiy
shikoyatida yozgan). Natijada 2005 yil 30 sentyabrda stacionar sud psixiatrik
ekspertizasining 456-raqamli akti tuzildi va Ye.Urlayeva aqli noraso deb
topildi hamda umumiy asoslarda psixiatrik muassasalarda tibbiy davolashga va
kuzatuvga muhtoj, deb topildi.
Dastlabki
tergov va Ye.Urlayevani psixiatrik klinikalarda tutib turish davomida, tergov
va prokuratura organlari tomonidan Ye.Urlayevaning himoya huquqi qupol ravishda
buzildi. Shu bilan birga O’zR “Advokatlik faoliyati kafolotlari va advokatlarni
ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi qonunning 4-moddasi qo’pol ravishda
buzildi. Ya’ni advokat V.Krasilovskiy 33/05-914 jinoiy ish bo’yicha tergov
guruhi rahbari, Sergeli tuman prokurori o’rinbosari R.M.Oganesyanga qilgan
og’zaki va yozma murojaatlari e’tiborsiz qoldirilgan va uning himoyasida
bo’lgan Ye.Urlayeva bilan uchrashishga 19 oktyabrgacha biror marta ruxsat
berishmagan.
Advokat
V.Krasilovskiy 33/05-914 jinoiy ish bilan 14 oktyabrda tanishgach, tergovchi T.S.Jamolovga
yozma iltimosnoma bergan. Lekin 17 oktyabrda Sergeli tuman prokurori
Ye.Urlayevaga nisbatan tibbiy muolajalarni majburiy ravishda qollash haqidagi
qaroridan so’ng tergovchi T.S.Jamolov ishni Sergeli tuman sudiga o’tkazdi. Sud
ishida advokat V.Krasilovskiyga himoyachi sifatida ishtirok etishi haqidagi
order (ruxsat varaqchasi) bo’lishiga va uning uy, ish, uyali telefon raqamlari
yozib berilganligiga qaramay Sergeli tuman jinoiy ishlar sudining sudyasi M.Mirzajonov
18 oktyabr kungi sudga qandaydir R.Turayevni davlat himoyachisi sifatida taklif
etadi. R.Turayev Sergeli tuman sudi hovlisida joylashgan advokatlik firmasida
ishlar ekan. Natijada Ye.Urlayevani majburiy psixiatrik davolash haqida sud
qarori chiqarilibdi. V.Krasilovskiy 2005 yil 20 oktyabrda sudya M.Mirzajonovga
va uning kotibi X.Axmedovga uchrashib, 18 oktyabrdagi sud protokollarini
so’raganida, ular hech narsa ko’rsata olishmagan.
V.Krasilovskiy
2005 yil 24 oktyabrda Toshkent shahar Jinoiy ishlar bo’yicha sudiga apellyaciya
tartibida bergan Xususiy shikoyatida ta’kidlaganidek, 18 oktyabrdagi sudda
guvohlar, ekspertlar suroq qilinmagan, ya’ni ushbu jinoiy ishni sudda ko’rish
amaliyoti bo’lmagan. Bundan tashqari, O’zR Jinoyat-processual kodeksining
576-moddasida yozilgan “Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar”ga asosan
sud alohida sud xonasida ko’rilayotgan ish yuzasidan muhim masalalarni
aniqlashtirishi kerak edi, jumladan:
“
1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli noraso shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etganmi?
2) ana shu jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish ishi ko’rilayotgan shaxs
tomonidan sodir etilganmi?” [20]
Advokat
V.Krasilovskiy 24 oktyabrdagi o’z Xususiy shikoyati oxirida quyidagicha yozgan.
“Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, Ye.Urlayeva xatti-harakatlarida birorta jinoyat tarkibigina
emas, hatto ma’muriy huquqbuzarlik yo’q.
Yuqorida bayon etilganlardan quyidagi xulosalar qilish mumkin.
1. O’zR JKning 215-moddasida nazarda titilgan jinoyatlarni sodir etishda
gumonlanib Ye.Urlayevani tutishga hech qanday qonuniy asoslar yo’q.
2. Ye.M.Urlayevaga nisbatan O’zR JKning 215-moddasi bo’yicha jinoiy ish
ochish uchun asos yo’q.
3. Dastlabki tergov va sud majlisida Ye.M.Urlayevaning himoya huquqi
e’tiborga olinmagan.
4. Ye.M.Urlayevaga nisbatan ikki marta stacionar psixiatrik ekspertiza
o’tkazilishiga xolisona zaruriyat taqozo etmagan.
5. Ye.M.Urlayevaga nisbatan jinoiy ish noqonuniy qo’zg’otilganligi
sababli uni psixiatrik klinikalarda majburiy davolash bilan bog’liq barcha
keyingi harakatlar asossizdir, chunki u yon-atrofidagi kishilarga xavf-xatar
tug’dirmaydi va zarur bo’lganda o’z sog’ligiga qarab ixtiyoriy ravishda
ambulator yoki stacionar davolanishi mumkin.
Bayon
qilinganlarga asosan, O’zR Jinoyat-processual kodeksining 53-, 497-moddasining
15-bandi va 581-moddalariga asosan