DO'K
Siyosiy Tashkilot sifatida to’liq shakllandi
Vashington-25-9-05
O’zbek muxolifati liderlarini
bir oraga keltrish borasidagi missiyasini amalga oshirib, o’z oldiga
yangi maqsadlar qo’ygan Demokratik O’zbekiston Kongressi 2005 yilning 25 Sentyabr, Yakshaba kuni Vashington
yaqinidagi Aleksandriya shahrida navbatdagi yig’ilishini o’tkazdi.
Demokratik tamoyillar asosida o’tgan yig’ilishda AQSHning turli shtatlarida yashayotgan faollarining vakillari sifatida Vashignton shahri, Virgina,
Maryland, Missouri, Ohio, New York shtatlaridan tashrif buyurganlar bevosita ishtirok etgan bo’lsalar, uzoqdagi hamda O’zbekistondagi bir qancha faollar bilvosia, ya’ni elektron xabarlashma asosida qatnashdilar. Unda DO'Kning Nizomi
va Dasturi muhokama etildi. DO'K bir oy
oldin e’lon qilgan va muhokamaga
qo’ygan loyiha qo’shimchalar hamda tuzatishlar bilan asos sifatida qabul
qilindi.
DO'Kning O’zbekistonni demokratik
yo’lga olib chiqish uchun muxolifatning
yagona dasturini hozirlash va barchaning
diqqatiga havola etish uchun boshlagan
harakati ma’lumot uchun qabul etildi.
Yig’ilishda DO'K demokratiyaga tarafdor va diktaturaga qarshi turadigan siyosiy tashkilot deb e’lon qilindi
va AQShda rasmiy ro’yxatdan o’tib, o’z nashrlarini e’lon qilishiga qaror berildi. DO'K ning iqtisodiy-moliyaviy
faoliyati ham muhokama qilinib, DO'K Fondi
tashkil etildi.
Yig’ilishda DO'K ning rahbar organlari
saylandi. Jahongir Mamatov DO’K raisi, Abdu Mannob
Po’lat DO'K raisining birinchi o’rinbosari (Ijrochi direktor), Bahodir Choriyev rais o’rinbosari
va Shuhrat Ahmadjonov DO'Kning Toshkentdagi muvofiqlashtiruvchi kengashi rahbari (koordinatori) etib saylandilar. DO'K ning 11 kishilik Boshqaruv Hay’atiga Muhammad Bobir Malikov, Alisher Hamidov, Zokir Ali, Bobur Isaev va boshqa
faollar saylandilar.
DO'K yig’ilishida
Umummuxolifat qurultoyiga tayyorgarlikning borishi ham muhokama mavzui bo'ldi.
DO’K rahbariyatiga xorijga
chiqib ketgan O’zbek jurnalistlari hamda boshqa qochqinlarga
tezroq yordan berish yuzasidan BMT va boshqa
xalqaro tashkilotlarga Murojaat etish, O’zbekiston qamoqlaridagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish, xorijiy radiolar faoliyati yuzasidan murojaatlar tayyorlash, O’zbekistonda qishloq xo’jaligini isloh etishga doir
referendumga hozirlanish tadbirlari ustida ishlash vazifasi ham topshirildi.
DO'K Matbuot Xizmati