JALOLIDDIN
AYB KARIMOV
YOSHLARIDAMI?
Hakim O'zbekistoniyning "Karimov Yoshlari"
sarlavhali maqolasini o'qib
Gapni "Yoshlar millat kelajagi" ekanini yana bir bor takrorlab faylasufona, balandparvoz "kirish" bilan boshlamayman. Shuni aytishim mumkinki, bugungacha sizniki kabi va umuman har hil mavzularda cheklanmagan miqdorda tanqidlar qilingan va qilinmoqda. Bunaqa tanqidiy maqolalarni qaysi sahifalarda o'qish mumkinligini "Jannatmakon O'zbekiston" dan tashqariga chiqqan har bir yosh-u qari biladi. Bu tanqidlar ikkita asosiy omil tufayli o'z samarasini bermayotir.
Birinchidan bu tanqidlar "tegishli joy"gacha yetib borib jamoatchilik fikrini shakllantirishga umuman hissa qo'shayotgani yo'q.
Ikkinchidan tanqidlar taklifsiz qolib ketmoqda. Bu bug'doy
ekib hosilini o'ra olmaslikday befoyda ish. Ekishni eplagan o'rib yanchib ham
bersin, kimdir bu undan bahramand bo'lsin.
Maqolaga kelsak, "Kamolot" degan
tashkilotning borligini men 2 kursda bilganman. 1 kursligimizda vedemost
grafalarida sonlar turardi, nimalargadir kichik foizlarda
"ushlanardi", 2 kursda shu vedemostlar yangi lotin variantga o'tib
eng ohirgi grafada "Kamolot-2%" yozuvi paydo bo'ldi. Starostamizdan
so'rasak bilmadi, vassalom. Anchadan keyin yurtboshimiz bu tashkilotning
ishlari blan tanshib uning korrupsiyalashib ketganini shahsan "kashf
qilganidan" keyin oliy o'quv yurtlarida Kamolot raislari tijoriy maqsadli
firmalar ochib faoliyat yuritgan bo'lishsa shularni almashtirishdi.
Shundan keyin bu tashkilot yiliga bir-ikki
konsert o'tkazadigan bo'lib qoldi. Bu "Islom ekstrimizmi" tahdidi
kuchayib ketgan paytga to'g'ri kelgani uchun Kamolot "Ma'naviyat
soatlari" va shunga o'hshash turli uchrashuvlar uyishtirardi. Lekin
birorta talabaning "Kamolot" hisobidan moddiy yordam olganni, ijtmoiy
qo'llab quvvatlangan tarihda ko'rilmagan hodisa. Ammo kimlardir, balki men ham
"moddiy yordam olganlar" qatorida rasmiylashtirib yuborilgan bo'lsam
sira ajablanmas edim.
Qisqasi haq talab qilib olinadi, berilmaydi. Buguning
talabalari bu tashkilot imkoniyatlaridan bizdan farqli o'laroq talab qilib o'z
manfaatlari yo'lida foydalana olishlari uchun ularga bir maqola yetarli. Huquqshunos ekanlar Hakim
O'zbekistoniy bu borada inqilob qilishga qodir maqola tayyorlashlari mumkin. Ammo
shu maqola O'zbekistondagi talabalarga qanday yetkaziladi? Bu yerda veb
sahfalarga qo'yib tashqaridagi talabalarga o'z talabalar ittifoqidan qanday
foydalanishlarini o'rgatishimiz mantiqqa to'g'ri kelmaydiku?
Turk litseylariga kelsak, nafaqat
O'zbekistondagi balki butun dunyodagi Turk litseylari o'zining muvaffaqiyatliligi
bilan dong taratgan. O'zining ma'lum prinsplariga ega bu litseylar sirini
tahlil qilish ham imkonsiz ham befoyda. Ammo bu litseylarning nima sababdan
yopilganini odamlar "siyosiy aloqalar yomonlashganidan" deb
izohlashadi. Turk litseylarining yopilishiga asos bo'lgan asosiy omil
"ichkarida" bo'lsa, tashqaridagilar ham bunga oz hissa qo'shishmadi.
Turk litseylarning yopilishiga to'g'ri kelgan
shu yillarda O'zbek muholifatning bir qutubi Turkiyada edi. Karimov hali o'z
cho'pchaklariga dunyoni ishontirayotgan vaqtda Turkiya hukumati muxolifatni
qo'llab quvvatlay boshladi. Turk hukumati hatto Karimovni muxolifat bilan
birlashishga chorlagan chaqiriqlar bilan chiqishdi. Bugungi Turkiya Bosh
vazirining o'sha paytlarda muxolifat bilan aloqasi yaxshi edi. Bu albatta
Karimovga yoqmadi va hammasiga birato'la nuqta qoydi.
Endi muxolifatning roliga kelsak, nega butun
dunyo ishonib turgan Karimovni qo'yib Turklar muxolifatni qo'llay boshlashdi? Masala
negizida muxolifatning Turkiyaga qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan hokimyatdan
va'dalari katta edi. Tabiiyki, manfaatdorlik Turkiyani befarq qoldirmadi va
Karimov o'rnida o'zlari uchun maqul muxolifatni ko'rishni istadilar.
Men Turkiyada shu yillarda o'qigan bir
tanishimdan Turklarning bu g'oyasi naqadar kulgli va asossiz ekanligini
eshitish bilan bir qatorda, munosabatlar muzlayotgan so'ngi yillarda
talabalarga Turk mahalliy matbuotidagi O'zbek muxolifatining chiqishlarini
to'plab kelish vazifasi yuklangani va talabalar bu vazifani ma'lum darajada
amalga oshirganlaridan habardor bo'ldim. "Men ham shu maqolalardan bir
nusxadan saqlab qo'yibman va vaqti kelganda bularni oshkor qilaman"
degandi tanishim. Hullas Turklarning muxolifatimizni haddan tashqari qo'llab
yuborgani ham "millat kelajagi" uchun qimmatga tushgan.
Menimcha Hakim O'zbekistoniy aytganlaridek
yoshlarimizning tashqariga "chiqib ketayotgani" ham ruslarning
"utechka mozgov" davlat dasturi singari bir siyosiy o'yin. Bugungi
O'zbek hukumati oldida aqlli yoshlarning ichkarida yig'ilib qolishidek havfli
tahdid bo'lmasa kerak. "Boshi ishlagani boshini chetda ishlatsin, qo'lida
hunari bori Rus bilan Qozoqni xizmatini qilsin, bizga paxta terishga ayollar
ham yetadi" davlat dasturining mahsuli bu. Kimdadir e'tiroz bo'lsa
marhamat bildirsin!
Ammo chetdagi yoshlarning har biri bugungi
hukumatning ularga yaratgan sharoitidan noroziligi uchun tashqarida qolishni ixtiyor
etmoqda va har birinng "Ozod vatanni obod qilishga" hissa qo'shish
ishtiyoqi baland. Shuni hisobga olib qo'rqmasdan aytsh mumkinki yoshlar bir kun
o'z o'rnini topa olsa albatta o'ziga yuklangan vazifalarni yetarlicha bajaradi.
Tashqariga chiqib ketish masalasida ham men ijobiy qarashdaman. Bugungi kunda
ichkaridagi yoshlardan tashqaridagi yoshlar real hayotni, kim kimligini, nima nimaligini yaxshi bilishadi. Shuning
uchun bugungi kunda muammodek tuyulayotgan bu masalaga ertangi kun uchun yaxshi
imkon sifatida qaraylik.
Fanda "Buyuk
portlash" degan tushuncha mavjud. Emishki shunday portlash ro'y berib
koinot bugungi holga kelganmish, yani hamma narsa o'z o'rnini topgan emish. Yer
yuzidagi hayot ham shu kundan evalyutsion ravishda rivojlana boshlagan
emish. Diniy qarashlar bilan bu
qarashning qarama-qarshiligini tahlil qilib o'tirmasdan, birgina qisqa portlash
masalani yechishiga ishonaylikda, vaqti kelib shu "portlash" yuz
bersa va hamma narsa o'z joyiga tushsa biz o'z funksiyamizni to'la ado eta
olamizmi degan savolga javob berishga hozir turaylik. Zotan bu portlashni biz
uyushtira olmasligimizga yahshigina amin bo'ldik.
Bugungi yoshlarning
nima sababdan turli muxolif partiyalarga a'zo bo'lishini ihtiyor
etmayotganlarini yoki Hakim O'zbekistoniy istaganidek biror maqola bilan
"jar solmayotganliklarining" sababi ham yuqorida aytilgan
"hosili yo'q bug'doy" bo'lsa ajab emas. Muxolifat ko'targan
millionlab masalalarning atiga bir donasi xal qilingan kun bu sabab bartaraf
etilgan bo'ladi va hamma harakatga keladi. Ming afsuski, "Karimovga
muxolifman-deb tashqarida tirikchilik qilayotgan siyosatchilarning qo'lidan
kelmagan ishni men qanday eplayman?" degan "vasvasa" ostidagi
bugunning yoshlaridan yana nima ham kutish mumkin?
Hakim O'zbekistoniy
to'g'ri takidlaganlaridek yozaman desa gap ko'p, ammo yozgandan nima foyda?
Yozilyotgani kammi? Yozish bilan ish bitsa ham bugun "grant olib
yozayotganlar" O'zbekistonni gullatib yuborishardi. Yozilganni amaliy
foydasi hech bo'lmasa bir foizga teng bo'lganida edi, men ham, aminmanki hamma
ham "Yozinglar!" shiorini bosh bayroq qilib olardik!
Shuncha tanqiddan
keyin taklifga keladigan bo'lsak, har safargidek ojizman! Ammo aziz o'quvchidan
quyidagi savollarga javob ola olsak va ularnng takliflarini, reaksiyalarini
bilsak, bu men uchun ham, hammamiz uchun ham juda foydali bo'lar edi.
Shu
yozilyotganlarning eng muhimlarini xalqqa yetkazish borasida nima qila olamiz?
Qanday texnika, texnologyaga tayanib keng qamrovli tashviqot o'tkazish mumkin?
Xalqni qaysi yo'l bilan ogoh qila olamiz? (javobda O'zbekistoning ko'pi bilan 5
foizi internetdan doimiy foydalana olishi va sahifalarnng ochilmasligi hisobga
olinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi). Dolzarb masala muhokama qilinar ekan,
amaliy takliflar ham o'rtaga tashlansa. Masala muhokamasida faol ishtirok
etilsa. Salbiy fikrlar, taklif qilingan yechimlarga e'tirozlar bildirib borilsa.