JAHONGIR
MAMATOV
2005: NEGA?
Yangi
yil istagi
Muhtram do’stlar!
Barchangizni va oila a'zolaringiz,
yaqinlaringizni kirib kelayotgan Yangi
yil bilan qutlayman va Yangi yil har birimizning, mamlakatimiz va
millatimizning hayotida chin ma’noda Yangi yil bo’lishi, Saodatli yil bo’lishi,
Hurriyatli yil, Demokratiyaga ochilgan yil bo’lishini tilayman.
2005 yil savollar girdobiga botgan yil bo’ldi…
Nega yana taxtda zulmdor?
Nega demokratiya chekinib, diktatura yana bir qadam
ilgariladi?
Nega Andijonda insonlar qoni oqdi?
Nega demokratiya va diktatura kurashidan Rossiya yutib
chiqdi?
Nega muxolifat Andijonda xalq bilan birga bo’la
olmadi?
Nega quvg’indagi O’zbek muxolifati yana birlashmadi?
Nega O’zbekning peshonasiga birlashmaslik,
parchalanish?
Nega millatning gullari mamlakatni sahro kabi tashlab
ketdilar?
Nega Konstitutsiyaviy haqini qo’llanib namoyishga
chiqqanlar sud qilinmoqda?
Nega Mamadali Mahmudov, Murod Jo’rayev, Samandar Qo’qonov
va yuzlab shunday insonlar Karimov taxtda turgan muddatda zindonda o’tirishlari
kerak?
Nega ozodlik bulbuli Nosir Zokirning ovozi o’chirildi?
Nega Xurshid Do’stmuhammad andijonliklarni “sho’rvaning
kir ko’pigi” dedi?
Nega mansabdan tushirilgan Abdusaid Ko’chimov “Karimov
mening otam!’ deya she’r yozdi?
Nega o’zbek ayoli mardikorga aylandi?
Nega o’zbekning oltin bolasi o’zga yurtlarda xoru zor?
Nega
bolalarining taqdiridan qo’rqqan zaif bir ayol - Mahbuba Zokirova sudda
ochiq gapirdiyu o’limdan qo’rqmas erkaklar Karimovga qulluq qildilar?
Nega Karimov bilan dialog qilaman degan Sanjar Umarov
qamaldi?
Nega o’zini muxolifatchiman deganlardan ham Karimovni
qo’llaganlar chiqdi?
Nega Olmoniya
Termezda qolish uchun Almatovni Karimovga hadya qildi?
Nega sho’rolar davridagi kabi hamon O’zbekning gazi
shimolga oqib, o’zi tezak yoqmoqda?
Nega qishga qadar paxta dalasidan chiqmagan elning
yarimta noni bitta bo’lmadi?
Nega?
Nega?
Nega?...
Ana shunday “Nega?”lar millionta. Javobi esa bitta: MAKKOR
ZULM- DIKTATURA!
2006 yilni ana shu savollarsiz, makkor zulmsiz,
diktaturasiz bitirishingizni tilayman! Bu juda og’ir masala, ammo yaxshi niyat
yorti mol!
Barchaga o’z vatanida vatangado bo’lmaslik, vatanidan
olislarda esa bevatan bo’lmaslik nasib etsin!
2005 yil, 30 Dekabr.