DO’K
MAJLISI
30-1-2006, Vashington
Kecha 29 Yanvar
kuni poytaxt Vashington doirasidagi Vienna shaharchasida Demokratik O’zbekiston Kongressi rahbariyatining majlisi bo’ldi.
Dastlab tashkilot raisi Jahongir Mamatov DO’Kning Dasturi borasida bir oy davom
etgan muhokamalarni
yakunlab, bu borada ochiq bahslar
bo’lgani, yaxshi takliflar aytilgani, ayniqsa O’zbekistonning turli viloyatlari va poytaxtida ham ziyolilar bu masalaga
o’z qarashlarini bildirganlariga to’xtaldi. Uning taklifi bilan
ishchi guruhi tuzilib, Dastur chizgilari va
tushgan takliflar asosida DO’Kning dastur loyihasini tayyorlashga va shundan keyin uni
qabul qilishga kelishib olindi.
Birinchi Fevraldan
e’tiboran tashkilotning muhim odimlaridan bo’lgan “Demokratiya do’stlari” va “Demokratiya dushmanlari” kitoblarini hozirlashga kirishish qarorga bog’landi. DO’Kning yaqin kelajakda
amalga oshiradigan amaliy ishlari haqida uning vebsaytida
ma’lumotnoma e’lon qilinishi borasida ham bir to’xtamga kelindi.
Tashkilotning iqtisodiy
odimlari haqida esa rais o’rinbosari
Zokir Alining axboroti eshitildi. Shaffoflik nuqtai nazaridan DO’Kning kirim va chiqimlari
haqida ilgari bo’lgani kabi bu
oy natijalari bo’yicha ham hisobot tashkilot faollariga tarqatilishi ma’lum qilindi.
Yig’ilishda DO’K
faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar ham muhokama etildi.
Jamshid Ochilov, Razzoq Karim, Xurshid
Bek, Sobit Shoh va boshqalarning mulohazalari tinglandi.
Yig’ilish qatnashchilari
hozirgi vaziyatni ham muhokama etib, O’zbekistonning Rossiya bilan munosabatlari bir tomonloma, Kreml manfaatlari og’ir bosgan holda
amalga oshirilayotganidan tashvish bildirdilar.
DO’K MATBUOT
XIZMATI