O’zbekistondan qochgan O’zbekning taassurotlari
1.“Pul bilan bitmagan
ish ko’p pul bilan
bitadi”
Mirzaning bitta qo’shig’ida ana
shunday degan gap bor edi. Bugun O’zbekistonda hamma narsa
pulga bog’lanib qolgan. Puli bo’lsa terroristi ham orden olishi mumkin,
puli bo’lmasa vatanparvarni ham terrorist deb qamab yuborishlari mumkin.
Chetda edim. Yaqinda mamlakatga bordim. Hammasi tamojniydan boshlandi. Nimani
ikkita olgan bo’lsam bittasini berasan deyishdi. To’rta
jonga bittadan olganman desam yo’q sen savdogarsan deyishdi. Qarasam ish chatoq. Bo’ynimga ancha
narsani iladigan ko’rinishdi. Aytganlarni berib jonni
qutqazdim.
Aeroportdan chiqishimiz bilan DANchi ushaldi.
“Mashinani bagajnigini och” dedi yelkasida zvaniyasi ham
bo’lmagan ment.
Ochsam, chamadon ustida qayerdan kelayotganim
yozilgan belgi ko’rinib qopti.
Kambag’alni tuyani ustida it qopadi deganlari shu bo’lsa
kerak.
“O’-O’- uzoqlardanku?” dedi u va
ochiqdan ochiq “”Bizzi haqqimiz qani?”- dedi.
Adi-badi aytishib qolgan edik, meni kutib
olishga chiqqan deputat opam mashinadan tushdi. Unga ment “Borib mashinada o’tir,
hukumatni ishlariga aralasham” deya buyurdi. U men deputatman nega
baqirasiz dedi. Lekin guvohnomasini olib chiqmagan ekan.
U san qishloqi deputat bo’lsang man Karimovman dedi. Keyin deputat opamni ham
so’kkanini ko’rib qo’rqib qoldim va 10 dollar
chiqarib:
“Aka mana shuni oling, duo qilaman, halol bo’lsin,
bolalaringizni huzurini ko’ring,-dedim.
“Manga duo-puoning keragi yo’q, ellik berasan” dedi.
“Aka odamlar ellik uchun qurilishda olti oy ishlaydi” dedim.
“Bo’lmasa bir yil qurilishda bepul ishlaysan,
hozir chamadoningni tekshiramiz, nasha pasha olib kelmayapsanmi, quroling
yo’qmi?”dedi.
“Aka nima deypasiz, hozir chegaradan o’tdim, tekshirishdi”
dedim. Shunga qaramay u chamadonni yirtib ochdi.
To’rtta jonning kichkinasiga olganim, o’yinchoq tapponchani qo’liga olib:
“Kimga suyqasd qilmoqchisan, Karimovni otmoqchimisan?”
dedi.
Tilim komimga yopishib qoldi. Chetga chiqib Internetda
o’qib yurganlarimga ishonmagan edim. Endi boshimga
tusha boshlaganidan qo’rqib, qo’limni cho’ntagimga tiqib bor pulimni unga
bermoqchi edim.
U menga o’yinchoq tapponchani o’qtalib ustimdan
kula boshaldi. Masxara qildi. Tahqirladi. Oxiri bor pulimni olib qo’yib yubordi.
Keyin orqamdan ashula aytib qoldi.
“Pul bilan bitmagan ish ko’p pul bilan bitadi!”…
G’ayrat Mirzo.