O’quvchilarimiz ijodidan

 

Azizbek

 

Hasrato!

 

Andijonda qon tokildi, ko'z yoshimdir shash qator

O'z  xalqini o'qga tutdi, Islom Karim nobakor.

Bu g'ayridin, gayrimillat zulm koxin kashf etib,

Bu kabi bag'ri toshni ona tug'mas shomi-tor.

                 

Shoirlari, hofizlari vujdonini sotdilar,

Olimlari, mullalari ayishu-nushga botdilar.

Abdulla-u Erkinlari maddoh bo'lib netdilar,,

Chamanda  zog'lar qolib, bulbullari ketdilar..

 

Rashid Qori, Fozil Qori nafratdaman nomingizdan,

It ham yemas sherik bo'lgan saroydagi noningizdan.

Hasrato! fatvolaring dinimizga zid aslo,

Jirkinadi O'zbeklarim soxta obro, shoningizdan.

                

O'z xalqini xor aylagan, ozga xalqga zor bo'lur,

Holi zabun, baxti qaro, yorig' dunyosi tor bo'lur.

Mustabid shox dastidan netay bugun mensiz Vatan,

Gar qilmasang madad tangrim, Vatanim xoksor bo'lur.