Jaloliddin
Bizning Miloshevich
Bugun Gaagadagi xalqaro tribunal qamoqhonasida sobiq Yugoslaviyaning sobiq Prezidenti Slobadan Miloshevichning vafot etgani xaqidagi xabar dunyoni larzaga soldi. Butun dunyo ahlini o’yga toldirgan bu xabarning O’zbekiston ahli uchun alohida ahamiyati bor edi. 1989 yilda xukumat boshiga kelgan sobiq diktatorning Kreml ta’siri ostidagi qariib barcha davlatlar qatori milliy mojarolarni boshdan kechirganini bilamiz. Tarixda Farg’ona, Leninobod, Bo’ka, Parkent voqealaridan ham daxshatli, qonli Serebrennitsa fojeasiga boshchilik qilgan, xalqaro xamjamiyat xarakatlari bilan xukmronligiga barham berilgan, Gaaga tribunaliga topshishga erishilgan, advokat olishdan bosh tortib o’zini-o’zi ximoya qilayotgan bu diktatorning qamoqhonada jon taslim qilishi ba’zi birovlarga saboq bo’ladigan xodisa bo’lsa, boshqa birovlarni chuqur o’yga toldiradi.
Kremlga to’be boshqa bir dictator Karimovdan to’rt yosh kichik bo’lishiga qaramay u bilan bir vaqtda tahtga chiqqan Miloshevichning bugun, 64 yoshida bu dunyoni tark etishini kim ham o’ylabdi deysiz? Bizga qachon tugashini oldindan bila olish imkoni bo’lmagani uchun ham o’ziga hos qiziqlik bahsh etuvchi bu xayotni ertaga kimlar tark etadi? Hech kimga abadiy qolish imkoni berilmagan bu dunyodan kimning o’tishi qanday o’zgarishlarga sabab bo’ladi? Bu kabi savollar jahon ahlidandanda ko’proq O’zbekistonliklarni qiziqtirayotgan bo’lsa ajabmas.
Tasavvur qiling, ertaga uyg’nosasizda televizorni yoqasiz, unda “Islom Karimov o’ldi” degan xabarni eshitasiz. Mana yigirma yilga yaqin xukmida bo’lganimiz qonxo’rdanda qutildik, endi hammasi yahshi bo’ladi degan umid paydo bo’ladimi? O’n besh yildan buyon sargardonlikka xukm qilingan, chetda turib bugungi muammolarning yagona sababchisi Karimov deydigan “muxolifat” atalmish jamoat shu oning o’zida vatanga qaytib mavjud muammolarni bartaraf qilishga kirishadimi? Karimov bizni bunga majbir qilgan edi, biz aslida taraqqiyot, demokratiya tarafdori edik deguvchi bugungi amaldorlarning chiqishlarini kuzatasizmi? Bugun muammolarning boshi deb qaralayotgan shahsdan foqig’ bo’lish qanday ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarga olib keladi?
Sobiq Yugoslaviya tarkibidagi xalqlar diktatorlari xayotligidayoq uni javobgalikka tortish imkoniga ega bo’lishdi. Ammo O’zbekistonda xaqiqatning yuzaga chiqishi uchun diktatorning sahnadan ketishi yetarlimi? Uning sahnadan ketishi davlat va xalq orasidagi bo’shliqqa barham beradimi? U bugun taribyalayotgan “Karimovchalar”ning o’rni qayerda bo’ladi? Qisqa qilib aytganda asosiy sababning “bartaraf” bo’lishi muammolarni qay darajada yechilishiga olib keladi? Biz bunga tayyormizmi?…
O’ziga hos, o’ziga mos siyosat yurituvchi Karimovning “tasoddifan” sahnadan ketish sennariysi bo’yicha tayyorlagan rejasi yo’q ekaniga hech kim ishonmasa kerak. U hamma narsani xal qilib qo’ygan, o’zining sahnadan chiqishi deyarli hech qanday o’zgarishga boshlamasligi ham ehtimoldan xoli emas. Aksincha, bugun xalq “orasiga” kirishga muvaffaq bo’la olmayotgan “Karimovalar” uning nomini qoralash, kirdikorlarini fosh qilish bilan xalq ishonchini qozonishga intilishini kuzatamizmi? Nima bo’lishidan qat’iy nazar xalq faravonligi oshib, zahmati kamayadimi?
Bu savollarga ikkita javob varianti mavjud nazarimda. Birinchisi “Endi nima QILISHAR ekan?” deb qarab turaveramiz vayoki ikkinchisi nima qilishni birgalikda xal qilamiz. Qachonki xalq sifatida umummanfaat atrofida birlashib, o’z yo’limizni o’zimiz belgilash uchun kurashmas ekanmiz, bugungi rejimdan batamom qutilamiz deb ayta olmaymiz.