QO’RQOQLIK

BIZGA XOS EMAS!

 

 

Assalomu Alaykum!

Men Komiljon Qurbonov, Oliy o’quv yurtining talabasiman, meni Demokratik O’zbekiston Kongressi safiga qabul qilishlaringizni so’rayman, tashkilot Nizomini o’qib chiqdim, unga qo’shilaman va sizlar orqali o’zimning tengdoshlarimga murojaat qilmoqchiman! Shuni e’lon qilsangizlar!

 

Hurmat bilan Komiljon  Qurbonov komiljon555@yahoo.com

4 Fevral, 2006 yil

 

 

Men ushbu maktubim orqali butun Uzbekiston yoshlariga murojaat qilmoqchiman. Hurmatli tengdoshlar, aziz  vatandoshlar sizlardan iltimos jonajon Uzbekistonimizni kelajagi uchun befarq bulmaylik. Zolim rejim tasiriga tushib qolib uzligimizni unutmaylik. Mustaqillikka erishdik deb uylab, aslida mafia boshqaradigan davlatga aylanib borayotirmiz, bu utgan 15 yil davomida uz isbotini topdi .Bu uchun bizni kelajak avlod aslo kechirmaydi.

 

Dustlarim, birodarlarim demokratiya yulida birlashaylik va shu yul orqali Uzbekistonimizni boshqa davlatlarning qugirchogi bulib qolishidan asraylik!

 

Qushni respublikalarga bir nazar tashlang, mustaqillikni boshlanishida Uzbekiston ularning ba’zilaridan iqtisodiy, hatto siyosiy jihatdan ham ancha ustivorlikka ega edi, hozirdachi?

 

Sizlardan iltimos uzlariz hammasini puxta uylab kurib, bir hulosa  qilsangiz, Uzbekistonni hozirda shakillanib ulgurgun jirkanch rejimdan nima qutqara oladi?

 

Meni javobim, nafaqat men, balki rivojlanish yuliga chiqib olgan boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda baralla ayta olamanki bu DEMOKRATIYA!

 

Hurmatli dustlarim, aziz Vatandoshlarim, Demokratiya yulida birlashaylik, qurqoqlik bizga hos emas! Meni yozganlarim kimlargadir erish tuyulishi mumkin, lekin hammasi umid qilishdan boshlanadi, qachonki inson umid qilishdan tuhtar ekan u manan hayotdan kuz yumgan hisoblanadi!

 

Bu urinda tabiiy ravishda bir savol tugilishi mumkin: Qayerda va qanday qilib birlashamiz? Bizni uz safiga qushib oladigan, bizni fikrlarni ham inobatga oladigan biror bir qonuniy tashkilot bormikin?

 

Men bu borada kup izlandim va ahiri Demokratik Uzbekikiston Kongressi aynan men istagan tashkilot ekanligiga amin buldim va bu tashkilotga azo bulishni uz oldimga maqsad qilib quydim.

 

Albatta har bir inson tanlash huquqiga ega. Sizlardan iltimos yaxshilab uylab kurib hulosa qilsalaringiz.

 

Men Jonajon Uzbekistonimiz kelajaki uchun kurashini uz oldimga maqsad qildim va har Uzbekistonining haqiqiy farzandlarini ushbu yulda birlashishga chaqiraman!                                                                                     Komiljon  Qurbonov komiljon555@yahoo.com