Olimjon Karimov haqida

bilgan ajoyib, qiziq voqealar bilan…

 

 

Assalomu alaykum!!!

 

Qadrli DO'K vakillari, sizlarga xat yozishimizga sabab, barcha ijodiy jamoingizga, faoliyat ko'rsatayotgan odamlarga oilamiz nomidan minnatdorchilik bildirmoqchimiz.

 

Do'damiz Olimjon Karimovning vafotlari barchamizni karaxt ahvolga solib qo'ydi. Aynan sizning saytingizda o'qigan ta'ziyanoma, biz yaqinlariga dalda sifatida xizmat ko'rsatdi.

 

Ular haqida bildirilgan iliq fikrlar bizni rossali xursand qildi, biz doim ular bilan fahrlanib yurardik, lekin shu kunlada turli odamlardan, radiolardan, internet orqali o'qigan, eshitgan turli iliq fikrlar bizlarni shu buyuk o'zbekning nevaralari, bolalari ekanligimizdan yanada fahrlanib ketdik.

 

Shu imkoniyatdan foydalanib, sizlarga, saytingiz orqali bizga ta'ziya bildirgan insonlarga, barcha shu og'ir kunlarda bizaga hamdardlik bildirgan kishilarga butun oilamiz nomidan RAHMAT etmoqchiman.

 

Shuningdek, ularni tanigan barcha odamlardan do'damiz Olimjon Karimov haqida bilgan ajoyib, qiziq voqealar bilan biz oila-a'zolarini tanishtirishlarini iltimos qigan bo'lardik!!! Bu biz uchun juda muhim, agar ilojisi bo'lsa barchadan quyidagi elektron pochtaga xat yozishlarini so'raymiz...

 

Sizlarga qilayotgan ishlaringizda omad tilaymiz, barchangizni Olloh o'z panohida asrasin!!!          

 

Rahmatli professor Olimjon Karimovning farzandlari: birlik_uz@yahoo.com