OLIM
KARIMOV
O'zbekiston Demokratik muxolifati og'ir judolikka uchradi. 2006 yilning 8 fevral kuni
erta tong soat 3.00 da professor Olimjon Karimov vafot etdi.Texnika fanlari
doktori, professor, paxtachilik mashinalari sohasida yirik mutaxassis, muxolif "Ozod Dehqonlar" partiyasining
asoschisi Olimjon Karimov 80 yoshda edi.
Professor Olimjon Karimov O'zbekiston "Birlik" xalq
harakatining yirik namoyondalaridan biri edi. U O'zbekistonning
Mustaqillikka erishuvida samarali mehnat qildi. O'zbek
xalqi uning chinakam fidoyilik bilan qilgan xizmatlarini aslo unutmaydi.
O'zbek demokratik muxolifati Olimjon Karimov xotirasini
hamisha qalbida saqlaydi. Uning oila a'zolariga chuqur
hamdardlik bildiradi. Ollohdan joylari jannatdan
bo'lishini tilab qoladi.
O'zbekiston
demokratlari nomidan hofiz va shoir Dadaxon Hasan.
2006 yil 9 fevral.
Toshkent, soat 17.00.