Afg’onistondan kelgan maktub:
Andijon ovozasi
SAID FARYOB
Hurlik deb
ko’targil paymonalarni!
Assalomu
alaykum hurmatli Jahongir aka! Mening ismim Said Faryob.
Afghonistondanman.
Ota bobolarimiz asli O’zbekistonlik. Oktobar inqilobidan keyin yurtni tark qilishga majbur bulganlar.
Men
sizning manoli va ta’sirli nutqlaringizni Ozodlik va
yoki Amerika ovozi orqali doimo eshitardim.
Andijondanda keyin Karimofga atab aytgan she'ringiz
esimda afsuski yozib olishga ulgurmagan edim.
Umidim bor maktubumni uqigach men bilan aloqani
mustahkam qilsangiz. Shuningdek,
Andijon voqiyasi hech bir insonni birfarq qoldirmagan.
Menham Iyun oyining oxirlarida quydagi muxammasni
yozganman.
Marhamat
mulohizangizga havola qilmoqchiman:
Tunu kun tinmayin yighlar
Andijon
Musibatga qolgan ulus baghri
qon
Buldilar qurbon minglab shirin jon
Kelgaymu bir kuni ulugh sa'd zamon
Shahidlar diyori yashnagay omon
Birlashib kursatgil
shahomatingni
Ajdodlaring kabi shujo'atingni
Tiklagil xam bulgan
qad-qomatingni
Namoyon aylagil matonatingni
Vatan deb ber bulgan
sadoqatingni
Botil haqga qarshi kurash
boshlagan
Ayyor sodda bilan yarash
boshlagan
Tarikh sayriga boq, burulish boshlagan
She'ru-adabda ham yangrash
boshlagan
Zabun hol! barchasi
qarash boshlagan
Shum yuzi jahonga buldi oshkor
Bu kabi kimsalar qilmishi ozor
Mustabid rejimni aylab toru-mor
Adolat bu yurtda bulsin ustuvor
Talab qil dunyodan yotmagil
zinhor
Sindir kishanlarni zavlona
larani
Yuq qil tuproghindan devona
larni
Hurlik deb kutargil
paymonalarni
Ta'mirlab, qil marham
ghamkhonalarni
Quyninga
qayta ol sarsonalarni.