O’zbek

nega bek emas?

 

 

 

O’zbek nega bek emas,

Qorni to’yib non yemas,

Dor ostiga kelsa ham,

Bosh ko’tarib so’z demas?

 

Har bittasi bir xondir,

Dunyosi dasturxondir,

Dushmani it ersa ham,

Tutgani ustuxondir!

 

Choy deb bosar shammani,

Aldadim der hammani,

Tobut yelkasin ezar,

Bitmas lekin “san-mani”!

 

Rost aytgani yolg’ondir,

Osh degani yovg’ondir,

Bozorda qo’ydek yuvvosh,

Uyda dul-dul chovg’ondir.

 

Olam bilmas, u bilar,

Axmoqqa aql tilar,

Ahli suqrot bir taraf,

U o’z bilganin qilar.

 

Orzu umidi puldur,

Sarson, mardikor -shuldur,

Xudoyim deb tursa ham,

Zolim shohiga quldur!

 

O’zbek nega bek emas,

Baxti yarim, nek emas,

Chunki zindon ichra-yu,

Dilda istak erk emas!

 

Jahongir Muhammad,

7 Fevral, 2006 yil.