“Bugungi yoshlar” mavzuga qaytib
Bizam dili vayronalardan
O'zbekiston yoshlari! Dadil
qadamlar. Ko'zlarda uchqun porlab turibdi. Ozoda va xushbichim
liboslarda. Ularning yuzidan O'zbekistonni
ertaga jannatmakon o'lkaga aylantirish ishonchi shundoqqina ko'rinib
turibdi. Qanchalar go'zal! Qarab to'ymaysiz ularning ana shunday siymolari
tushirilgan suratlarni shaharning markaziy ko'chalarida
ko'rib. Fotografning qobilyatiga tan bermasangiz nomard
ekansiz. Axir yo'qdan bor qilish bu faqatgina san'at emas,
mo'jizaku!
Dilingizdagina men ham angladim.
Aytmoqchisizki, bor narsani borligicha ko'rsatish kerak.
To'gri, ammo tasavvur qiling. Sovuq o'rmonlarda dirdirab turgan,
ust boshiga qarab bo'lmaydigan, mardikorlikning zahmidan qo'llari qabarib
ketgan o'zbek yigitining surati qayerda-yu, eng
so'ngi modeldagi LCD monitori yonida jilmayib turgan yigitning
surati qayerda. Ooo birodar ozgina etika, estetika
degan narsalardan xabardor bo'lish kerak bu san'atni anglash uchun.
Qolaversa biznesda talab degan narsa bor. Bundan tashqari fotograf
akamizning aqllari hozircha joyida.
Jahlingiz chiqmasin. "Bu ezma
ozi nima demoqchi " deb yuzingizni burishtirishga
ham biroz erta. Negaki bizam sizga o'xshagan dili vayoronalardan.
Dardimiz bir. Keling undan ko'ra bugungi Ozbekiston yoshlarining
haqiqiy portretini birgalikda chizamiz.
Kelishdikmi?
Barakalla.
Mo'yqalamni navbatma navbat qo'lga
olamiz. Xavotiringiz o'rinli. Ikkovlashib bir baloni boshlab
qo'ymaylik. Mo'yqalamni rassomga chiqargan. Siz bilan bizga oddiy qalam ham
bo'laveradi. Yozsa bo'ldi. Ko'p gap ... Yaxshisi boshladik.
Nima deb oylaysiz bugungu o'zbek yoshlarini
necha guruhga bo'lib o'rganish mumkin?
Men uchga guruhga bo'lgan
bo'lardim.
birinchisi haqiqiy vatanparvarlar
ikkinchisi soxta vatanparvarlar
uchinchisi na haqiqiy na soxta
vatanparvarlar.
Birinchi guruh vakillari ancha sergak,
fikrlari teran lekin qo'llari kalta.
Ikkinchi guruh vakillari eski zamon
shiorini yangilab olgan yoshlar.
Eski zamon shiori
- bo'y egib turish bu saodat.
Bo'y egib turish bu saodat.
Vaqti vaqti bilan atrofga qarab qo'yish donolik.
Balki nimadir o'zgarib qolar.
Uchinchi guruh vakillari -
Bechoralar vatan kim, kim vatan ekanligini bilmaydilar. Kunduzi
qarsak chalib, tunda och qorinlarini silab yotadilar.
Ular eng achinarli guruh
vakillari. Naqadar ko'pchilik ular.
Bugungi o'zbek yoshlarining asosiy
maqasadi nima?
Ularni ham guruhlarga bo'lsak ancha oson
bo'lardi chamamda.
a) Bir amallab yuridik yoki
iqtisodiyot yo'nalishidagi oliygohni bitirib olish va MXX,
Soliq yoki shunga o'xshash davlat organlarida ishlash.
(Izoh: bu guruh vakillari intellektual va iqtisodiy jihatdan bir muncha
qulayliklarga ega).
b) Bir kunlik rizqlarini amallab topish
ilinjida har qanday ishni qilib korishga tayyor turish
c) boshqa maqsad yo'q. Bo'lishi ham
mumkin emas.
Birodar, nega jim bo'lib
qoldingiz. Yoki siz ham nenga o'xshab yig'lash arafaisda turibsizmi?
Fotograf akamiz ko'rib qolmasidan ko'z yoshni arting. Bunaqa
kadr ham zarar qilmaydi. Bir kun asqotib qolar
balki. Qachondir "Kechagi
o'zbek yoshlari" fototanlovida g'oliblikni olib berar.
Olygohni
bitirib mardikorlik qilayotgan tengdoshingiz Rasul Ne’matov.