Bahodir Choriev:

Ozodlik uchun ochlik!

 

 

 

Vashington

DC ga yo’l

 

Mana Amerikada yashayotganimga ham bir yildan oshdi. Shu davr ichida men Vashingtonga to’rt marotoba bordim. Oldingi uchchala borishimda DO’Kni to’liq shakllanishida oz bo’lsa ham o’z hissamni qo’shganimdan hursandman.

 

Men yashab turgan shahar  Sait Louisdan Vashington DC gacha 900 mail bu degani bir tomonga 1500 km-dir.  Oldingi uch sayohatimda avtobus va uchoqlardan foydalangan edim. Bu safargi maqsad “Ozodlik” radiosi tomonidan Birdamlik Harakatiga nisbatan bo’layotgan senzuraga qarshi Vashington DCda oilaviy ochlik namoyishini o’tqazish edi va shu maqsadda men hotinim  va to’rt farzandim bilan 12 mart kuni erta sahar soat 5-00da VAN mashinamizda yulga chiqdek.

             

Amerikada kompyuterlashtirish har bir sohaga kirib borgan. Internetdan uyimdan Vashington DCgacha, yani ohirgi boradigan manzilimgacha yo’l haritamni printdan chiqarib oldim. Bu haritada qancha mail yul bosib utish kerak ekanligini, yul raqamlari, qaysi yul yunalishida qancha yul bosib o’tish keragligini va tahminan qancha vaqt bu yullarni bosib utishdagi  yul vaqti berilgan.

 

Amerikada mashinada xaritasiz yurish juda qiyin. Yullarda tahminan har 50 mailda “Rest area” ya’ni dam olish joylari bor. Dam olish joylarida har qanday yuk  va engil mashinalarni haydovchi hamda  yulovchilari mashinalari bilan istagan vaqtda kirib istaganlaricha dam olishlari mumkin. Bu erda hojathona va bir qancha bepul hizmatlar bor, qoyil qolmasdan ilojingiz yuq. Biz ham Vashingtonga borib kelishda mana shu dam olish maskanlarini bir nechtasidan foydalandek, hatto shularni bittasida kechasi o’z mashinamizda tunab ham qoldek.

 

 

“Ozodlik” radiosidagi

senzura

 

   

Mana Karimov rejimiga ham 15 to’ldi. Muholifat borgan sari tarqoqlashmoqda, rejim aksincha kuchaymoqda. Bir tuda hukumatni boshiga kelgan rahbarlar korrupsiyani orqasidan boyimoqdalar. Oddiy halq kambag’allikdan qashshoqlikka yuz tutdi. Juda kuplab  erkak kishilar hatto ayollar ham O’zbekistonda mardikorlik orqali kun kurmoqdalar. Qishloqlarda daromadi yuq oilalar qishlik g’amini eyish uchun  bug’doy dalalarida, o’rimdan keyin  moshoq termoqdalar.

 

Yigitlarimiz boshqa ulkalarda mardikor bo’lib bir burda nonni topish ilinjida hor-zor bo’lmoqdalar, ayollarimiz oila boqish uchun majburan fohishalikka bormoqdalar.  

         

O’zbekistonni qaysi bir sohasini olmaylik, hamma soha og’ir iqtisodiy qiyinchilikka, tanazzulga yuz tutgan. Kelajagimiz mana shu bir tuda president Karimov boshchiligidagi qaroqchi, jallod, qonhur, porahur rahbarlarning qulida.

  

Bas shunday ekan, biz qaerda bo’lishimizdan qattiy nazar rejimga qarshi kurashmog’imiz kerak. Bu bizning hammamizning  burchimizdir.

   

Kurashni bir necha usullari mavjud. Birdamlik Harakati tuzilishini ilk kunlaridan kurash usuli etib Zo’rovonliksiz Harakatlari usullarini tanladi va shu usul bilan kurashmoqda.

     

Bizning maqsad Zo’vonliksiz Harakatlarini buysunmaslik usulini kehg halqimiz orasida yoyish va halqimizni manashu usul orqali  rejimga qarshi halqimiz bilan birgalikda kurashish.

    

Bu usulni O’zbekistonliklar  ichida yoyishda  va kurashga chorlashda  asosiy vosita etib   “Ozodlik” radiosi tanladek.

   

Men yanvar oyini ohirlarida Birdamlik Harakati maqsadi, kurash usullari, qilgan ishlari, yaratgan sayti haqida radio jurnalistlari va rahbari Sojida Jaffarovaga bir necha bor aytdim. Ular mendan interviyu olishni paysalga solib keldilar, olingan interviyular ham efir yuzini ko’rmadi.  Men Sojida Jaffarovadan bu paysalga solishni asil maqsadini ochib berishni qattiq talab qildim. U kishi “Siz halqni ko’tarmoqchisiz,  bu  “Ozodlik” radiosi  siyosatiga to’gri kelmaydi, shuning uchun sizni saytingiz va Birdamlik Harakati to’g’risida O”zbekistonliklarga hattoki ma’lumot ham berolmaymiz” deb uzil- kesil javob berdi.

 

Men u kishidan “Ozodlik” radiosini siyosatini kim belgilaydi deganimda “Amerika prezidenti Jorj Bush va Kongressnenlari deb javob berdi”.

   

Tarixidan ma’lumki, Qizil Imperiyani parchalanishida  Ozodlik”(Liberty) radiosini ahamiyati juda katta bo’lgan. Hozirgi kunlarda dunyoda demokratiyani yoyish, dictator, yakkahokim, zolim rejimlarni asl basharasini ochib tashlashda va halqlar ozodligi uchun kurashda “Ozodlik” radiosini boshqa tillardagi eshittirishlari qattiq ish olib bormoqdalar.

  

 “Ozodlik” Radiosini o’zbek hizmati bizga quygan senzuradan qattiq g’azablanib, ularga bizga nisbatan senzurani olib tashlashliglari uchun bir oy   muddat berdim, aks holda Amerika Kongresi oldida oilaviy ochlik e’lon qilishimni bildirdim.

 

Mana bir oy muddat utdi, radio bizni ogohlantirishni nazariga ilmadi.

   

13 mart kuni men oila a’zolarim bilan Vashingtonga etib keldik va ochlik boshladek. Bizni Vashingtonga kelishimizdan “Ozodlik” radiosini rabarlaridan biri Don Jensen habardor edi va kelganimiz zahotiyoq u kishi bizni “Ozodlik”(Liberty) radiosini AQSHdagi bosh qarorgohiga taklif etdi va bizni eshitib talablarimiz bilan tanishib chiqdi.

    

Biz u erdan AQSH Kongresini oldiga qaytib keldek va u erda ochlikni davom ettirdek. 15 yanvar kuni men yashab turgan Missuri shtatini Kongresmeni Rus Carnahan bilan uchrashdim. Unga oldingi yozgan hatimni nushasini topshirdim va Missuriga qaytib  bu ishlar to’g’risida batafsil gaplashishga rozi bo’ldim.

  

 Biz Kongress oldiga borib, talab yozilgan qog’ozlarimizni mashinamizni har tomoniga yopishtirib tashladik. Oldiniga bir polisiyachi motosiklida kelib, bu erdan junab ketishimizni talab qildi, aks holda “Tiket” ya’ni $20 jarimaga tortishni aytib ogohlantirdi. Men rozi bo’ldim, ammo u jarima soldi  va yordamga boshqalarni chaqirdi. Ular meni nima maqsadda kelganimni bildilar. Hujjatlarim bilan chuqur tanishdilar. Tezda bolalar nazorati bo’limidan ham mutahasislar kelishdilar va bolalarim ahvoli bilan tanishdilar. Biz bolalarimizga ochlik boshlashga quymagan edik. Bolalar buyicha inspector ham buni ochlik to’g’risida bizdan va bolalarimizdan  nima ovqatlar eyishlarini ham batafsil surab oldilar. Inspektor biz ochlikni tugatguncha bolalarimizni bepul mehmonhonaga joylashtirmoqchi bo’ldi. Biz unamadek va bir do’stimiz bolalarimizni kechasi uyiga olib borib yotqizayotganligi va har kuni ertalab olib kelayotganligi uchun u kishidan biz ketguncha bolalarimizga g’amhurlek qilishni suradek va u kishi bajonidil rozi bo’ldilar.

     

14 mart kuni “Amerika Ovozi” radiosini o’zbek bo’limi boshlig’i   Javdat  Sayxon (Cevdet Sayhan) kelib biz bilan tanishdi, mashinada yozilgan talablarni o’qib qayoqqadir birdan g’oyib bo’ldi. 16 mart kuni Kongressda ishimizni tugatib, “Amerika Ovozi” radiosi va radiolar rahbariyati-BBG tashkilotini oldida ochlikni davom ettirdek. Janob Javdat Sayxon bizni oldimizga chiqib soat 10-00 larda kelib interviyu olishini aytdilar. Soat tahminan 11-00 larda Janob Sayxon bugun erta  bizdan 5 minutlik interviyu olishga umuman vaqt topolmasligini, kelasi hafta ham iloji bulmasligini aytdilar.  Man sizga o’zbekning qo’liga tushib qolgan demokratiya! Shundan keyin ularning biz xolismiz, biz yaxshimi yomonmi xabarni beramiz degan gaplariga qanday ishonasiz.

 

16 mart soat 13-00 da “Ozodlik”(Liberty) radiosining rasmiy vakillari oldimizga keldi. Uzoq suhbatlashdim va interviyu berdim. Kelgan vakil  Ozodlik”(Liberty) radiosi rahbariyati yaqin kunlar ichida bizni talablarimizni urganib chiqishini va rasman javob berishini bizlarga va’da qildi. Biz 16 mart kuni ochlikni tuxtatdek.

 

Men oila a’zolarim nomidan bizni kelib ko’rib, ahvolimizdan xabar olib turgan, ko’ngil so’ragan o’zbek vatandoshlarimizga, xususan Jahongir Mamatov, Zokir Ali, Jamshid Ochilov, Alisher Hamidov va boshqa yutrdoshlarimizga  minnatdorchiligimizni bildiramiz.