Rizo Obid
Dadahon Hasanga
Bulbul xonishidan qo’rqqan yovuz shoh,
O’zidan qo’rqadi,sharpasidan ham.
Qushlarning tiliga tushunmagan shoh,
Qanotlarni qayirib,kutadi motam.
Qushlar tilidachi faqat bir oyat ,
U yovuz shohgada ibratdir g’’oyat.
Ular der qafaski oltin bo’lsa ham,
Unga hech tushmasin na qush,na odam.
Sen kimsan, poshshomi yohud hukmdor,
Qasd qilma qafasga qamash mashqini,
Ertaga o’zingni ko’rib tutqunda,
Behuda oqizma ko’zing yoshini.
Dadahon Hasanni qo’yvor ushlama,
Bulbulni qamab sen kongil xushlama.
U sayrab turgandi chin noming aytib,
Insof tilagandi,faryodin otib.
“Ey,yovuz qayt”,deydi yer yuzi ahli,
Boqiymas o’tkinchi o’tirgan tahting.
Dadahon Hasanning o’lgan tirnog’i,
Sening jasadingdan ortiq bir yog’i.
Ehtimol xastasan,ruhing kasaldir,
Senga yovuz poshsho ushbu masaldir.
Qachon,kimni nima qilgandi hofiz,
Hafadan o’tkazib yuborganmi his?
Balki aytadirsan muddaong ohir,
Yo lola saylida qolganmi ohing?
Dadahon Hasanni qo’yvor ushlama,
Bulbulni qamab sen ko’ngil hushlama!
14.04.06.