Jaloliddin

 

Bugun ikki

O’zbekiston bor

 

 

 

 

 

Bugun ikki O’zbekiston bor:

biri demokratik, biri diktarura,

biri iqtidorda, biri boshi dorda.

Jahongir Muhammad

 

 

Zamona zayli bilan bugun mashhur kishilar hayotiga qiziqish, ularning intervyularini ishtiyoq bilan tamosha qilish, tinglash yoki o’qish odat tusiga kirgan. Ularning qay birini o’qimang, hoh san’atkor, hofiz, ashulachi, hoh badiiy san’at ustasi, asosanOrtga bir nazar tashlab, o’tgan hayotimni sarhisob qilsam…” degan so’zlar bilan boshlanadi. Albatta, balandparvozday tuyulgan bu gapning, agar chin dildan aytilgan bo’lsa, juda teran ma’nosi bo’lishi aniq. Kimdir ilgari nimalarga erishganini eslab, endi qanday marralar, zabt qilinmagan cho’qqilar qolganini sarhisob qiladi, kimdir kimgadir yahshilik qila olmaganini eslab, qarzidan qutiladi, yana kimdir esa aksinchaXullas natijalar sarhisob qilib, imkoniyatlar baholanadi.

 

Aslida bu sarhisobni hammamiz qilamiz, afsus ommaviy ahborot nashrlarining imkoniyati tufayli buni yoritib, xamma bilan baham ko’rishning imkoniyati bo’lmaydi. Qolaversa bizningsarhisoblarimizmashhur kishilarnikidan keskin farq qiladi. Balki aynan shuning uchun ham ularni xurmat qilarmiz, ardoqlarmiz? Muhimi bu emas. Muhimi bugungi oddiy O’zbekninng sarhisobi qanday ekaniga bir nazar tashlab, uning kelajagiga chizgilar chizishdir.

 

Sarhisob xaqida gap ketar ekan, qorin g’ami bilan umuman unut bo’lgan statistik ma’lumotlar xaqida eslamay iloj yo’q. Dunyoda asosiy strategik xom-ashyosi paxta yetishtirish xajmi bo’yicha to’rtinchi o’rinda, oltin ishlab chiqarish bo’yicha yettinchi o’rinda, tabiy gaz ishlab chiqarish bo’yicha yettinchi o’rinda, uran ishlab chiqarish xajmi bo’yicha yettinchi o’rinda, aviatsion zavodga ega, yengil avtomobil, avtobus ishlab chiqarish sanoatlari yo’lga qo’yilgan, qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismi, xususan g’alla mustaqilligiga erishgan va yana yuzlabilg’or ko’rsatkichlar”ga ega bu mamlakatning Afrikaning taraqqiyot yetib bormagan ba’zi qoloq mamlakatlari qatoriga kirib qolganini izohlab berishning uddasidan chiqa oladigan yagona olim topilmasa kerak.

 

Nima sababdan bu ko’rsatkichlar aql bovor qilmas darajada keskin ko’rinish kasb etadi? Xukumat nima uchun bugun 27 millionlik xalqning asosiy qismi qashshoqlikda kun kechirayotganini dunyodan bu qadar yashirayapti? Nima sababdan tinimsiz mehnat qilgan fuqaroning davlat belgilagan oyligi xatto xuddi shu davlat o’rnatgan komunal to’lovlarni to’lashga yetmaydi? Nima uchun tinchliksevar, andishali, cheksiz sabr-bardoshli bu xalqning xar o’ninchi fuqarosi kuchishlatar tizimlarda ishlaydi?…

 

Vaqti kelib bu savollarga javob topganimizda oddiy kamchiliklarimiz bizga qanchalik qimmatga tushganini ko’rib hayratdan yoqa ushlarmiz, ammo bu paytda ancha kech bo’ladi. Huddi tibbiyot millionlab insonlarning yostig’ini quritgan vaboning davosi mog’orlagan nondagi pensilin ekanini bilganicha berilgan qurbonlarni qaytarib bo’lmagani kabi.

 

Xukumat bilan xalq o’rtasida yuzga kelgan bo’shliqning asosiy sababi turli shahsiy manfaatlarni, xususan davlat boshida qolishni xalq manfaatlaridan ustun qo’yishdir. Notiqlik, vadabozlikda tengi yo’q yurtboshisiga yigirma yilga yaqin chuv tushayotgan bu xalq bugun o’zligini unutgan. Yashashdan yagona maqsadi jamiyatga singib ketgano’zgalardan ustun bo’lishgaxarakat qilishdir. Bu o’zgalarning manfaatlariga qarama-qarshi tursada, oqibatda boshqalar ziyon ko’rsada, o’z maqsadiga erishsa shuning o’zi kifoya. Bugun iqtidorda bo’lgan O’zbekistoning o’ziga xos jihati manashunda. Unda ertadan so’nggi kun o’ylanmaydi. Unda umumiy manfaatni shahsiy manfaatdan ustun qo’yilmaydi. Buning qachongacha davom qilishini balki hech kim bilmas. Ammo hamma shuni aniq biladiki, bu boshboshdoqlik ertaga aniq tugamaydi. Demak erta yahshab qolish uchun bugun qilayotgan ishini davom qildirishi, shahsiy manfaati yo’lida xalq manfaatlarini oyoqosti qilishdan chekinmasligi lozim.

 

Bu jamiyatda xalq uchun qayg’urayotganlarga boshqacha nazar bilan qaraladi. Unga nima ekan, o’z tashvishini qilsa bo’lmaydimi?” “Uning aytgani bilan nima ham o’zgarardi?”Balki bu gaplarni aytish uchun birovdan grant olgandir?” Jonidan to’yganmi deyman?” Balki quvg’inga uchrab yahshi joylarda rohat farog’atda yashashni ko’zlayotgandir?”… Ammo afsuslanarlisi hech kim “Bu mening ham muammomku!”, “Biz ham unga qo’shilishimiz zarur!” Bizni qayg’urayotgan ekan otasiga rahmat!” demaydi. Jamiyatda o’rnatilgan yozilmagan qonunlar bu kabi vatanparvarlik tuygulariga jo’r bo’lish tugul aqalli uni qadrlashga ham yo’l qo’ymaydi. Bu qonunlar bugun umumiy dard, muammo borligini inkor qiladi. Hammaga individual ravishda “Bu sening muammoying, buni o’zing o’z bilganingcha xal qilishga majbursan!” aqidasini singdirib yuborgan. Iqtidordagi O’zbekistoning o’ziga xosligi manashunda. Uning iqtidordaligi siri ham manashunda.