Jaloliddin

 

 

 

O’zbekistonda urush

chiqishi mumkinmi?

 

 

 

 

Yaqinda Xalqaro Inqirozlarni O’rganish Guruhining O’zbekiston borasidagi so’nggi xisoboti chop qilingdi. Unga ko’ra O’zbekistondagi axvol dunyoning eng havfli besh ajralib qolganorolidan biri ekanligi, fuqarolar urushialanga olish ehtimolining balandligi borasidagi havotirlar mavjud. Kam sonlielitaning taraqqiyot sari odimlayotgani oldida yirik sonli aholining inqirozga yuz tutganini solishtirilsa, vaziyat yanada yomonlashadi.

 

Ayni sababdan jahon hamjamiyatiga O’zbekistonda urush yuzaga chiqqan taqdirda buning Markaziy Osiyo mintaqasiga tasirini minimallashtirish, xususan xalqaro yo’llarni O’zbekistonni aylanib o’tadigan xolga keltirish, Tojikiston va Qirg’istonning O’zbekistondan energetik tobeligiga barham berish va shunga o’hshash shaylik omillarini taminlash taklif qilingan.

 

O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik ahamiyatini xisobga olib chuqur tahlillar olib borilgan ushbu xisobotdagi havotirlarning xaqiqatga naqadar yaqinligini ko’rib chiqsak.

 

Eng asosiy masala - nizolar alanga olishi va urush chiqishi ehtimolining naqadar xaqiqatga yaqin ekanini bilishdir. Bu borada muhokama olib borilsa va chuqur tahlil o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

 

Markaziy Osiyoning aholi soni jihatidan eng yirik davlati O’zbekiston aholisining 2005 yilgi xolati 27 million kishidan iborat. Urush chiqishi uchun asosiy omil tabaqalashishning o’ta avj olganidir. Ayni paytdaelitava oddiy xalq orasidagi tafovutning kattaligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Eng muhimi esaelitadeganda kimlarni nazarda tutish va miqyosni aniqlashdir. Agar “elitadavlat boshqaruvi va unga bilvosita bog’liq lavozimlarda faoliyat olib borib, korrupsion tizimning asosini tashkil qiluvchi va ushbu korrupsiyadan pirovard manfaatdor guruhi deb qaraladigan bo’lsa bu son tahminan yarim million kishini tashkil qiladi.

 

Bu “elitaaholining tahminan 2%ni tashkil qilib, turmush tarzining keskin farq qilishi, bilan jiddiy noroziliklarga sabab bo’lishi mumkin. Ayni payda mazkurelita”ga xizmat qiladigan “sub elitasinfining ham mavjudligi asosiy sinfni kamida ikki marotaba kattalashtiradi va raqamlar aholining 5 % gacha bo’lgan qismini tashkil qiladi. Ayni paytda yana bir e’tiborli guruh borki, oddiy xalqdan keskin qilmasada, uning daromadlari ham korrupsion tizimdan keladi.

 

Bular kuchishlatar tizimlarda faoliyat olib boruvchilar va ular qaramog’idagi axoli, yetakchi sanoatda faoliyat yuritadigan, asosan ma’muriy tizimda faoliyat yuritadiganlar, xizmat ko’rsatish sohasida (medetsina, ta’lim, umumovqatlanish muassasalari, tijorat) faoliyat olib boradiganlar, xukumat qonun va qarorlarining imtiyozlaridan ustalik bilan foydalanishga muvaffaq bo’lganlanlar, yirik yer egalar va shunga o’hshash doimiy daromadi normal hayot tarzini taminlashdan o’tadigan aholi va ularning qaramog’idagilar.

 

Bu aholining sonini tahmin qilish ham mushkul bo’lib, yirik prognozlash bilan uch yarim to’rt million kishi deyish mumkin. Agar manashu to’rt yarim-besh million kishilikelitataraqqiyoti o’zgalar tanazzuliga sabab bo’layotgani norozilikka sabab bo’lsa, u xolda ehtimol qilingan urush o’chog’ining alanga olishi imkoniyati pasayadi. Kuchishlatar tizimdagilar va xokozolarning, garchi daromadi oddiy xalqnikidan yetarlicha baland bo’lsada siyosiy-iqtisodiy tizimdan norozi ekani urush ehtimolini ko’paytirib, vaziyatni yanada chalkashtiradi.

 

Demak urushning asosiy omili oddiy xalq va yuqorida tilga olingankengroq elitao’rtasidagi tafovutning kamayishi va norozilar soning ortishi bo’lib qoladi. Ammo har beshinchi fuqarosi o’ziga to’q yashaydigan jamiyatda urushning alanga olishi ehtimoldan yiroq. Bugungi berilgan imkoniyat va imtiyozlar sababliyirik elitahayot tarzining pasayishi esa xaqiqatdan ancha yiroq.

 

Urush alanga olishi ehtimoli kamligini ko’rsatuvchi yana bir omil Islom Karimovning keyingi saylovda ham qatnashib, muaqqat g’alabaga erishishni xoxlayotgani borasidagi tahminlardir. Agar xaqiqatdan ham urush ehtimoli havotirga arzirli katta bo’lganida Islom Karimov bundaymonarhiyao’rnatishga intilmas, Gulnora esa O’zbek xalqidan o’margan pullari evaziga O’zbekistoning teng yarimidan ko’prog’ini sotib olmasdi.

 

Ayni paytda ba’zan-ba’zan yangrayotgan xukumatni ag’darish urunishining mavjudligi esa urush ehtimolini yanada oshiradi. Agar Islom Karimov Moskvada qo’nim topishga majbur bo’lsa albatta milliy mojarolar, nizolar chiqarish uchun yirik tadbirlarni amalga oshiradi. Bu esa har safargidek O’zbek xalqiga ancha qimmatga tushadi.

 

Bu kabi masalada mushohada yuritilar ekan, xisobga olinishi lozim bo’lgan yuzlab omillar mavjud va bugun bu omillar ustida to’htalib, aniqroq xulosaga kela olish juda muhim. Biz demokratik jamiyatni shakllantiramiz, oyoqqa qo’yamiz deb xarakat qilnayotir ekan, mamlakat ichkarisida ijtimoiy portlash yuz berish ehtimolini xisobga olmaslik to’g’ri bo’lmaydi. Shu sababdan siz ham o’z fikringizni bildirib, masalaga oydinlik kiritsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi.