Erkin minbar…. Erkin fikr…
ISMAT
Sen do’sting kimligini ayt, men senga sening kimligingni aytaman degan ajoyib gap bor. Bugun “Ozodlik’ radiosining va Muhammad Solihning eng yaqin dos’tiga aylangan Ismat Xushev haqida juda qisqagina mulohazamni aytmoqchiman.
Ismat Hushev, deganlari kim ozi? Uni O’zbekistonni tark etishidan avval Toshkentda Fredoom Haus <Ozodlik Uyi> tashkilotida o’ziga nisbatan nohaqlik qilishayotgani xususida matbuot yig’ini o’tkazganda savol-javob qilgan edik. Undan <Bu kuyga tushishungizda kimni aybdor hisoblaysiz>,deb berilgan jurnalistlar savoliga u yuqoridagi mansabdorlardan bir nechasini tilga oldi. Uning so’zlari hali ham diktofon va videotasvirlarda yozigliq turibdi. O’shanda men va boshqa jurnalistlar Prezident Islom Karimovga munosabatingiz qanday ,deb soraganimizda I.Hushev shunday javob bergan edi: ISLOM KARIMOVDAY DONO, DOHIY ODAM O’ZBEKISTONDA BITTA. BOSHQA ODAM U KISHICHALIK O’ZBEKISTONNI BOSHQARA OLMAGAN VA HECH QACHON BOSHQARA OLMAYDI!
Ko’pchik uni bu fikridan qaytishga undadi.Lekin u I.Karimovga sodiq bo’lganman va yashirmayman u kishining g’oyalarini ohirigacha qo’llab-quvvatlayman,dedi. Bu 2003 yilda bo’lgan edi.
Endi Ismat Hushev, kecha yaqinda “Ozodlik”da Muhammad Solihning oldiga tushadigan lider yoq, deganday gapni aytib,yana o’z fikriga xalqni ham qo’shib gapiryapti.
Hurmatli Ismat Hushev birinchidan, kechagi va bugungi yuzingizni timdalab aytayotgan so’zlaringizni gapirishdan avval, bu gaplarni gapirishga mening ma’naviy haqqim bormi yoki yo’qmi, deb o’zingizga-o’zingiz savol berib ko’ring. Ayniqsa halq nomidan gapirishga.
Bugungi O’zbekistondagi ahvol,vaziyatni siz ham yahshi bilasiz,siz har doim ochko toplashga o’rganib qolgan o’yinchiday o’zingizni Muhammad Solihga yaqin qili,b go’yo uni qo’llab-quvvatlaganday bo’lyapsiz, lekin Siz bilasizki M. Solih Halqaro Qonunlar bo’yicha ham, O’zbekiston Qonunlari bo’yicha ham saylovda nafaqat kurashish, balki nomzodini qo’yish imkoniyatlari ham yo’q hisobi. Buni ustiga sizning maqtovlaringiz unga loyqa bulib yopishmoqda. O’n besh yil diktatorni maqtab yurgan odam birdaniga muxolifatchini xuddi Karimovni matagandek maqtasa shunday bo’ladida.
Ismat Siz ozi kimsiz? Shu bugundan boshlab hech bolmasa samimiy bo’ling. Lekin Sizni men kursdosh, fikrdosh, birga ishlagan hamkasblaringiz,va o’zim bilganlarga asoslanib aytamanki siz qaltis paytda qaltis harakatlar qilishga ustasi farangsiz. Buni hamma biladi.
Aytmoqchimanki. nayranglarni bas qilib,haqiqatan ham halqqa yahshilik tilasangiz,hech bolmasa bo’lar-bo’lmas fikrlarni aytishdan tiyilishni bir sizga rahmi kelgan Vatandosh sifatida maslahat beraman.Qilmishlar uchun javob berish kerak bo’lganda yer chizib qolmang, deymanda.
2007 yili saylov bo’ladi deyilyapti.Muhammad Solih zo’r shiyosatci, Abdurahim Polatov ajoyib shiyosatchi. Lekin ular yol qo’ygan hatolar evaziga O’zbekiston halqi Islom Karimov zulmi ostida qolyapti.
Mening fikrimcha Abdurahim Polatov ham Muhamad Solih ham bugun o’z nomzodlarini Prezidentlikka qo’yishni miyalaridan chiqarib tashlashsa nur ustiga alo nur bulur edi.
Ahir yana bir bo’lmaydigan o’yinni takrorlashdan nima naf bor? Undan ko’ra mamlakat ichkarisida munosiblar ko’p, lekin ular A.Polatov va M.Solihdan farqli olaroq men nomzodimni qo’yaman, deb aytgani, muholifatchiman deb cildirma chalib yuborishdan istihola qiliadi holos.
Aytmoqchimanki, Muhammad Solih ham, Abdurahim Polatov ham men aytmoqci bo’lgan va kopchilikning ko’nlida <falon kishi Prezident bo’lsachi>,degan bir oy borligiga qo’shilishadi. Va O’zbekistonda mabodo saylov bo’ladigan bo’lsa chin ma’noda unda agar u kishi o’tish davri azoblarini zimmasiga olishga ko’nsa men Shukrullo Mirsaidov yoki boshqa Vatanimiz ichidan chiqadigan boshqa bir nomzodni qo’llagan bo’lar edim .
Bularni yozmoqci emas edim. Ilgari Ismat haqida yozgan bir maqolamni e’lon qilishmagandi va sabr qildim. Lekin endi Ismat Hushev birovlarni chaynab berish uchun o’zini qo’llanayotganlarini bilib olsin, gapirayotganda hushida bor so’zladimi yoki yo’qmi anglab olsin degan yahshi niyatda chizdim.
RIZO OBID.
TAHRIRIYATDAN: Ushbu mavzudagi bir qancha ochiq xatlar, keskin tanqidlar orasidan do’stona samimiyat bilan yozilgan mazkur mulohazani e’lon qildik. Bugungi kunda Hollandiyada yashayotgan siyosiy muhojir, shoir va jurnalist Rizo Obidning mazkur mulohazasiga Ismat Xushev javob berishni istasa, demokratiya tamoyillariga sodiqmiz va unga ham minbar ochiq. Agar o’quvchilarning mulohazalari bo’lsa, ular ham yozishlari mumkin. Faqat anonim tarzida emas, ochiq minbarda ochiq ism bilan!