Munosabat

 

RIZO OBID

 

U yog’iga aqlim yetmaydi

 

 

“ASSASSIN”, “Quvg’in”, “IAK”, savol-javoblarni maza qilaylik, deb printerdan chiqarib, o’zbekistondan kelganlar hammalari o’qishyapti. Men esa hozirgacha ko’p asarlar o’qiganman. Lekin ko’ngildagi gaplar yurakka  yaqini bu asarlarni o’qiguncha kam bo’lgan.

 

Men hozir dashtu sahroda favqulodda suv topib olgan yo’lovchi kabi tashnalik bilan ulardan, bahramand bolyapman. Endigi mening orzuyim qani endi Karimov rejimi ostida zulmda yashayotgan o’zbek halqi ham zamonaviy tehnikadan bohabar bolsa-yu, bu asarlar kabi asarlardan bahramand bo’lishsa, zero bu bilan tezroq o’zliklarini topib olishlariga mayoq bolib hizmat qilgan bo’lar edi.

 

Lekin, noumid shayton: yuqorida o’tirgan mansabtalab, tahttalab, izzattalab birodar Vatandoshlar bir yoqadan bosh chiqarishsa edi, ko’zlangan maqsadga yetish oson kechardi. Hozirgi ba’zi muholifatchlar va ayrim inson huquqlari himoyachilari kabilar yo o’zlari bilib, yo bilmay Karimov tegirmoniga suv quyib, yanada uning avj bilan aylanishiga ko’maklashmoqdalar degan fikr uygonadi.

 

Hammalari aqlli, dono. Ular shu qadar ko’pki, bazan o’ylab qolaman. Aqllilar ko’p, lekin natija nega yoq. Ba’zan esa ular bilan muloqot qilish g’oyat og’ir. Qanday murojaat qilishni bilmay qolasiz.Men bazan osha aqllilar bilan birga emasligimdan hursand bo’laman.

 

Chunki ular nimani hohlashadi ayon. Umuman aytishardiki hamma ham aqlli bolavermaydi,deb. Bizning jamiyatda, bizning atrofimizda esa ular juda ko’p.Tushunmay

qolaman. U holda aqli kamlar ozchilikni tashkil etib qolyapti. Hullas aytdimku kop narsalarni tushunolmayman.... 

 

Savol-javoblardagi Yulduz Usmonova haqida fikr so’ragan yigit ham aqlli ekan. Bugungi kunda I.Karimovga Yulduz Usmonova aytgan qo’shiqlar uning tahtda ko’proq otirishiga imkon beradi.

 

Nega desangiz, bir qaraganda I.Kerimov rejimida demokratiya sari yol ochilgan shekilli, degan fikr uyg’onadi. Chunki ana Yulduz opa Olloh deyapti, jar solyapti lekin Kerimov toqat qilyapti.

 

Demak u nihoyat o’zini anglab Olloh tomon yuzini burganga o’hshaydi, deb o’ylab qolishingiz mumkin. Afsus unday emas. Uning qo’shigi huddi yonmoqchi bolib turgan olovga biroz pasaysin, deb sepilgan bir chelak ham kelmaydigan suv bilan o’ynaladigan suv sepish o’yini holos.

 

Aslida honanda Honim allaqachon zanjir bilan saroyga mahkam bog’lanib bo’lganlar. Eng asosiysi ana shuni anglab ololsakkina o’ta aqllilardan farqli o’laroq o’z aravasini tortayotgan oddiy kishilar qatoriga otamiz.

 

Bu qanday go’zal, menga o’hshagan ayrim o’ta aqlli bo’lmagan ozchilikning artistni-artist, dehqonni - dehqon va hakozolarni hakozo holida, aslida ko’rish nasib etganlarga yahshida harqalay.

 

Yo birodar siz donolikni davo qilayotganlardanmisiz? Endi u yog’iga aqlim yetmaydi. Uzr...

 25 Aprel,2006 yil.