Riza Obid
Shohsulton
haqida ertak
Kuni kecha yaqinda ,
Bir Shohsulton
yashaydi.
Qanday zulm
etsam,deb,
Doim boshin
qashlaydi.
Ismi uning o’zbekca,
Ammo turqi o’hshamas.
Lahjasi sal g’alati,
Sof turkiyga o’hshamas.
Birodar gapni cho’zmay,
Aytayin indolloni,
Boshlayin ertagimni,
Yodga olib Allohni.
Mulla,imom ovini,
Boshladi shoh
shumqadam.
Azon unga
aytilmagan,
Go’yo tug’ilgan
mahal.
Tayni yo’qlar
saroyda,
Yalla aytib o’ynaydi.
Ularning qozonida ,
Muslim boshi
qaynaydi.
Avomning bir gapi
bor:
<Och qornim,tinch
qulog’im>.
Kunim o’tib turibdi,
Bo’lmasa ham yotog’im.
Vatanimda uyim yo’q,
Shumqadamga
tashakkur.
Yegani hech nonim yo’q,
Tayni yo’qqa
tashakkur.
Shoh ommadan ko’ngli
to’q,
Ursang,so’ksang g’ing
demas.
O’ldirsang bolasini,
Turaverar ko’zi lo’q.
Shohning ko’zi to’la
qon,
O’zi hon,soya
maydon.
Istasa bor millatni,
Sotar unda bor
imkon.
Bir devona mendayin,
Shohni,dedi zulmkor!
Avom shohga qo’shilib,
Uni,dedi badkirdor.
Yozganlarim aslida,
Afsona yo ertakmas.
Allaqaysi zamonda,
Tarih bo’lib qolganmas.
Shu kunlarda o’sha shoh,
O’z otasin topvoldi.
O’risiya,Chin tomon,
Orqasila yotvoldi.
Ertagimning davomin,
Hohlaysizmi
tinglashni.
Yohud uning shu
bobin,
Boshlaylikmi
anglashni.
O’ylab ko’ring birodar,
Olib boshdan do’ppini.
Qayda bordir shunday
shoh,
Ag’daringchi o’ngini.
= 2 =
Bor ekanda yoq ekan,
Bir zolim shoh bor
ekan.
Unga halqi bir
chaqa,
O’z shaytoni bor ekan.
Halqi aytarkan
shukur,
Yalon’gochmiz ho’p,shukur,
Och-nahormiz
mayliga,
Qulmiz tirik ho’b shukur.
Ertagimni o’qisa ,
Saroyning
maddohlari.
Meni g’alamis atab ,
Boshlanar
oh-vohlari.
Faqat mening o’tinchim,
Siz qo’shilmang ularga.
Orzum bo’ling Siz bahtli,
Aylanmasdan
qullarga.
Qorqsangiz so’z aytishga,
Mayli indamay
turing.
Faqat munofiqlardan,
Biroz narida yuring.
Shohsultonning bog’ida,
Biror giyoh ko’karmas.
Boltasini kundadan,
Uzoq tutib turolmas.
Har kun unga
kerakdir,
Bir emas yuzta
kalla.
Yilning to’rtta faslida.
Qonsirar har
mahalda.
Kimdir,dedi u
<mohov>,
Qoni aynab qolgandir.
Tilin kesdi
Shohsulton,
So’zlagan boldi soqov.
Kimdir saroy
tomonga,
Yurmoq bolib y’l
soldi.
Haq so’rab
qaytmoqchiydi,
Oyog’i sinib qoldi.
Kimdir oy surdi shu
on,
<Nega qonho’r Shohsulton?>
O’ychi o’yi buzildi,
Boshi tandan uzildi.
Shohsultonda nima ko’p,
Aygoq’chining urug’i.
Hohlaganda erkagu,
Hohlaganda urg’ochi.
U hohlasa kiradi,
Er-hotin ko’rpasiga.
To’shak sirin yetkazar,
Shohsulton jo’rasiga.
Qarabsizki er
dushman,
O’z jufti haloliga.
Hotin esa aylanar,
Erining jallodiga.
Sohsultonning yana
bor,
Son-sanoqsiz qulog’i.
So’zlasangiz eshikdan,
Tinglay boshlar
teshikdan.
Shohsultonning ko’zlari,
Alang-jalang o’ynaydi.
Chapak chalmasa
kimdir,
Avahtaga tashlaydi.
Kimdir aytgandi
Lenin-
Otaketgan munofiq.
Shohsulton o’tib
tushgan ,
Munofiqdan-munofiq.
Qatagonchi Stalin ,
Shohsultonga
etolmas.
Hattoki
iblis-shayton,
Undan ozib ketolmas.
Beriyani kim ayor,
Degan bolsa adashar.
Ayorlikda Shohsulton
,
Oz nomiga yarasha.
Brejnev loqayd edi,
Ammo hushsurat edi.
Bizning cho’tir shohsulton,
Loqayddan o’tib ketdi.
Kim bolsa o’gri, kazzob,
Shohsulton do’st boladi.
Bunga u va’da bergan,
Halqni qiynab o’ladi.
Kop nobakor
Shohsulton,
Ta’rifimni aytmayin.
Ertagimning cheki yo’q,
Hozircha men
qaytayin.
Nuqta qo’ymay ertakka,
Sizdan javob
kutamiz.
Ayting qachon
birodar,
Hur yalovni tutamiz?
Yozdim kichik
afsona,
Shohsultonga, Avomga.
O’qiganlar yetishsin,
Ezgu maqsad-murodga.