Shuhrat Ahmadjonov
O’ZBEKISTON MILLIY XAVFSIZLIK
XIZMATI
VA
O’LMAS KOSHCHEYNING
YURAGI
O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati mavzusi kam
muhokama etilgan, bir nechta katta tahliliy maqolalar yoziladigan murakkab
mavzudir. Kamina ushbu maqola orqali, dono xalqimiz aytganidek, “Gapning uchini chiqarmoqda”.
1. Ma’lumki, 1991 yil 26 sentyabr
kuni, ya’ni Vatanimiz Mustaqillikka erishganidan 25 kun o’tgach, O’zR
prezidenti I.Karimov O’zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizlik
qo’mitasi (DXQ – KGB)ni tugatish va Respublika prezidentiga bevosita bo’ysungan
O’zR Milliy xavfsizlik xizmati (MXX)ni tashkil etish haqida Farmonni imzolagan
edi [1, 1-j., 5-b.]. MXX O’zbekistondagi polisiya rejimining asosiy
tayanchlaridan biri ekanligi, prezident I.Karimov bevosita MXXga tayanib
O’zbekistonni boshqarayotganligi haqida kamina “Turonzamin” jurnalining 10-sonida chop etilgan “Yasha Turon!” maqolasida sxema
ko’rinishida tasvirlagan va tegishli tushuntirish
berib o’tgan edi.
O’sha
sxemadan Milliy xavfsizlik xizmati bilan bog’liq qismini keltirib o’tsak.

2. O’zbekistondagi MXX (
3. MXX (
4. Qisqaroq qilib aytganda, MXX – hozirgi
O’zbekistondagi polisiya rejimining yuragidir, jonidir. Lekin bu yurak oddiy
fuqarolar ko’zi tushmaydigan, birdaniga ko’rinmaydigan qilib yashirilgan
yurakdir. Shu yerda rus xalqining “O’lmas Koshchey” ertagi esga tushadi. Unda
qari, oriq, johil, vahshiy chol bo’lmish Koshcheyning yuragi tanasida emas,
boshqa joyda - tuxumning ichida saqlanadi. Rus xalqining ko’pgina mard
yigitlari Koshcheyni o’ldirmoqchi bo’lib, uning o’ziga hujum qiladi va tengsiz jangda halok bo’ladilar. Shu
sababli u rus xalqi orasida O’lmas Koshchey degan yovuz nom bilan taniladi.
5. Asosiy fikrimizni tushunarli tarzda bayon
etish uchun “O’lmas Koshchey” ertagidagi voqealarni qisqacha eslab o’taylik. Rus podshosining o’g’li Ivan shahzoda uzoq bir mamlakatga boradi.
U yerdagi juda go’zal qizning roziligini olish uchun ko’pgina
da’vogar bahodir yigitlarni kurashda yengadi. Shu yo’l bilan o’sha
Go’zalning mehrini qozonadi va u bilan birgalikda o’z
yurtiga qaytish uchun safarga chiqadi. Ko’p yo’l yurib,
charchab, bir yalanglikda uyquga ketgan paytda, uning Go’zalini O’lmas Koshchey
o’g’irlab ketadi. Ivan shahzoda endi Koshchey
yashaydigan davlatni izlab yetib boradi. Koshchey
urushga ketgan paytda Ivan borib darvozani taqillatadi. Go’zal darvozani
ochadi va ular suhbat qurishadi. Ivan Go’zalga qarab: “Koshcheyning ajali nimada ekanligini undan
so’ragin” deydi. Go’zal Koshchey qaytgach, ehtiyotkorlik bilan so’raydi.
Koshchey Go’zalni ikki marta aldaydi. Uchinchi marta esa: “Ey, tentak
juvon. Men hazillashdim: mening ajalim tuxumda, tuxum o’rdak
ichida, o’rdak esa kokora (bochka) ichida, kokora esa dengizda suzib yuradi” deb javob beribdi Koshchey.
Ivan shahzoda Go’zaldan bu sirni
bilib olgach, dengiz sari yo’lga otlanibdi. Yo’lda osmonda
uchib yurgan qirg’iyni ko’ribdi. Uni o’ldirmoqchi bo’lib, kamonini u
tomonga to’g’rilaganida , qirg’iy inson tilida: “Meni otma, Ivan, bir kun senga kerak bo’lib
qolaman” debdi. Ivan uni o’ldirmabdi. Xuddi
shunday yo’lda bahaybat ayiq, so’ngra cho’rtanbaliq iltimosi bilan ularni
o’ldirmabdi. Ivan dengiz sohiliga yetib borgach birdaniga dengiz suvi
ko’tarilib, hamma joyni suv bosa boshlabdi. U baland joyga qochib borib, daraxt
ustiga chiqib omon qolibdi. Suv sathi pasayib, dengiz o’z holiga qaytgach,
dengiz sohilida katta kokora (bochka) qolibdi. “Endi buni qanday sindirsam ekan?” deb turganida,
o’sha omon qolgan bahaybat ayiq kelib, kokorani dast ko’tarib yerga uribdi.
Kokora ikkiga bo’lingan ekan, shu zahotiyoq uning ichidan o’rdak uchib chiqib,
baland-balandlarga parvoz qilibdi. Shunda havoda qirg’iy paydo bo’lib, o’rdakni
tutib olibdi va uni chuqilab ikkiga bo’lib tashlabdi. O’rdak ichidagi tuxum dengizga tushib ketibdi. Qayerdandir
paydo bo’lgan cho’rtanbaliq tuxumni tutib oladi, sohil bo’yiga suzib keladi va tuxumni Ivan shahzodaga beradi. U tuxumni qo’yniga soladi
va O’lmas Koshchey mamlakatiga ravona bo’ladi.
Koshchey uni ko’rib: “Sen Go’zalni mendan
o’g’irlab ketishga keldingmi? Endi o’lasan!” deb dag’dag’a qiladi. Ivan
qo’ynidan tuxumni chiqarib, u qo’lidan bu qo’liga oladi. Koshchey
xonaning bir burchagidan boshqa burchagiga borib uriladi. Ivan tuxumni u
qo’lidan bu qo’liga, bu qo’lidan u qo’liga bir necha marta
o’tkazib, so’ngra ezib tashlaydi. Shunda O’lmas Koshchey yiqilib jon beradi. [2, 324-328-b.]
6. Bizning ba’zi bir soddadil
siyosatchilarimiz haligacha O’zbekistondagi polisiya rejimining yuragi
prezident deb, bevosita unga qarshi bor kuchini va
imkoniyatlarini sarflab kurashmoqdalar. Ba’zilari bu kurashdan holi tang
bo’lib, kurash maydonini tark etmoqdalar, ba’zilari iloji qolmagach chet elga
ketmoqdalar, ba’zilari qamalmoqdalar, ba’zilari esa halok bo’lmoqdalar . .
.
“O’lim
haq!” va shu sababli hozirgi O’zbekiston
prezidenti Islom Karimov Ollohning bir bandasi kabi vaqti-soati yetib qazo
qilsa, uning o’rniga MXX yordamida davlat rahbarligiga keladigan Eshmat yo Toshmat,
Aliboy yoki Valiboy degan fuqaro sal-pal o’zgartirishlar bilan hozirgi
siyosatni davom ettiradi. Ya’ni O’zbekistondagi polisiya tizimi saqlanib
qolayveradi …
Qachonki biz – ziyolilar
O’zbekistondagi polisiya tizimining yuragi – Milliy xavfsizlik xizmati
ekanligini ko’pgina tahliliy maqolalar yordamida fosh etmas ekanmiz va xalqimizga tushuntirib bermas ekanmiz, bu rejim O’lmas
Koshcheyga o’xshab yashayveradi!
7. O’zR MXX amaldorlarining
haqiqiy basharalarini va ularning kirdikorlarini faqat
muxolifat kuchlar, ularning rahbarlari va faollari fosh etishlari mumkin.
Buning oldini olish va demokratik tashkilotlarni bir-biridan uzoqlashtirish,
oralariga doimo nifoq solish, kelishmovchiliklar keltirib chiqarish maqsadida
demokratik tashkilotlar rahbarlari va ko’zga ko’ringan faollari yoniga MXXning
bir-ikkita xodimi yoki bevosita MXX bilan aloqa qilayotgan tili burro, nafs
yoki mansab dardida yurgan, yoki avval muxolifat saflarida yurgan va turli
yo’llar bilan sindirilgan kishini aloqaga yuborishadi. O’tgan ko’pgina yillar
davomida kamina bilan MXXning ba’zi bir xodimlari aloqa o’rnatishga harakat
qilishgandi va kelishuvchilikni taklif etishgandi.
Muallif bunday aloqaga rozi bo’lmagandi va o’zini
bundaylardan yiroq olib yurishga harakat qilgandi.
8. Qizig’i shundaki, bugungi
kunda ham ko’pgina demokratik harakatlar, partiyalar, inson huquqlari
tashkilotlari rahbarlari mana shunday birorta MXX yoki Ichki ishlar vazirligi
xodimlari bilan aloqalari bor. Bu demokratlar MXXga va mavjud rejimga zarar
yetmaydigan ba’zi bir ma’lumotlarni usha aloqa
chi xodimdan olib turishadi.
Muallif shunday ziyolilarni ham uchratdiki, ular MXX zobiti (ofizeri) bilan
aloqasi borligini va u ba’zi bir ma’lumotlarni unga
aytib turganligini maqtanib gapirgandilar.
9. Ko’pincha siyosatni shaxmatga
o’xshatishadi. Agar muxolifat rahbarlari va faollarini
oq donali piyodalar va sipohlar desak, mavjud polisiya rejimi rahbarlari va
amaldorlari qora donali piyodalar va sipohlar desak, katta siyosiy shaxmat
o’yini ko’z ungimizda namoyon bo’ladi. Turli manbalardan olgan ma’lumotlar
asosida MXX rahbariyatidagilar, jumladan ularning bevosita rahbari bo’lmish
O’zR prezidenti bilan birgalikda katta siyosiy o’yin o’ynamoqdalar. Ya’ni
prezident boshchiligidagi MXX olib borayotgan katta siyosiy o’yinda ba’zi bir
soddadil demokrat rahbarlar o’zlari bilib-bilmay sipohlarga aylanib
qolmoqdalar, muxolifat rejalaridan xabardor bo’lgan rejimning oldindan
tayyorlagan demokratlar o’rtasidagi o’zaro tortishuvlariga jalb qilinmoqdalar,
ular ba’zi bir umumiy fikrli masalalarda birlashib faoliyat olib borish
tadbirlarini barbod qilmoqdalar va hokazo.
10.
Bunday yashirincha olib borilayotgan katta siyosiy o’yinga chek qo’yish va
xalqaro me’yorlar doirasida ochiq faoliyat olib borish uchun demokratik
tashkilotlarning, jumladan DO’Kning O’zbekistondagi polisiya
rejimining yuragi bo’lmish MXXga munosabati aniq belgilanmog’i lozim. Bu
masalada O’zR prezidentiga nisbatan qanday munosabat olib borilayotgan bo’lsa,
prezident ko’rgazmasini so’zsiz bajaradigan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX)ga nisbatan ham munosabat taxminan shu darajada bo’lishi
o’rinlidir, deb hisoblaydi kamina.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
ТЮРИКОВ В.,
ШАГУЛЯМОВ Р.
Независимая
Республика
Узбекистан:
Памятные
события и даты (1991-1998).
В 2-х томах. (Mustaqil
O’zbekiston Respublikasi:
Unutilmas voqealar va sanalar, 2 jildli). – Т.:
Узбекистон,
1997-1999.
2.
Русские
волшебные
сказки (Rus sehrli
ertaklari). – Ростов-Дон:
Издательство
«Проф-Пресс», 1999. – 608
с.
2006 yil 14 mart.
E-mail: shuhrat1954@yahoo.com shuhrat5454@yahoo.com