Shuhrat
AHMADJONOV,
DO’Kning
Zolimda vafo
yo’qdur!
O’ZBEKISTONDAGI SIYOSIY REJIM HOFIZ VA SHOIR DADAXON HASANNI QANDAY QILIB MEHNAT NAFAQASIDAN MAHRUM QILGANLIGI VA TIRIKCHILIK VOSITASI BO’LMISH SHAXSIY AVTOMASHINASINI GARROVGA OLIB QO’YISH SABABI
Fosiqdan hayo tilama, Of the miscreants expect no shame
Zolimdan vafo tilama.* Of the evildoers expect no devotion.*
Alisher NAVOIY (1441-1501)
O’zR Milliy xavfsizlik xizmati (MXX)ning sakkiz xodimi 2006 yil 12 aprel kuni hofiz va shoir Dadaxon Hasanning uyida besh (!) soat davomida tintuv o’tkazganlari, 12-14 aprel kunlari MXX Respublika idorasida Dadaxon aka so’roq qilinganligi, uning uy-joy hujjatlari va “Espero” markali shaxsiy avtomashinasi garrovga olib qo’yilganligi haqida www.uzbekcongress.org saytida 14 va 16 aprel (www.freeuzbekistan.com saytida 15 va 17 aprel) kunlari chop etilgan maqolalarda muallif yozgan edi. Bu qonunsizliklar haqida Internet-saytlarda va “Ozodlik”, “Bi-bi-si” radiolarida e’lon qilinishi va qizg’in muhokama etilishi sababli bevosita O’zR prezidentiga bo’ysunuvchi va shu sababli ortiqcha shov-shuvni yoqtirmaydigan Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari vaqtinchalik Dadaxon akani bezovta qilishni to’xtatdilar. Ya’ni 15-19 aprel kunlari Dadaxon Hasanni MXX tergovchilari va xodimlari o’z idoralariga chaqirishmadi. Lekin unga qarshi iqtisodiy tazyiq davom etmoqda!
Dadaxon Hasan va uning oila a’zolarini iqtisodiy jihatdan bo’g’ish, tang ahvolga tushirish uchun O’zbekiston kuchishlatar organlari tomonidan turli tazyiqlar ko’p yillardan beri olib borilmoqda. Bu tazyiqlar oxirgi kunlarda avjiga chiqdi. Buni tushunarli qilib yozishimiz uchun Dadaxon aka boshidan o’tgan voqealarni sal batafsilroq bayon etishimizga to’g’ri keladi.
Dadaxon Hasan 1940 yil 11 noyabr kuni Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ilgan. Uning otasi Shokirjon Hasanov 1905 yilda tug’ilgan. U 1942 yil yozida fashistlarga qarshi Ulug’ Vatan urushiga safarbar qilindi. Oddiy askar Sh.Hasanov 1943 yil 15 mart kuni Rossiyaning Velikiy Novgorod viloyati, Zaluchiy tumani, Shotova qishlog’i uchun bo’lgan og’ir janglarda halok bo’ldi. Dadaxon akaning onasi – Qumrixon aya Hasanova 1906 yilda tug’ilib, 1996 yilda vafot etgan. Dadaxon akaning opasi – Mu’tabarxon (1928-2002), Tamaraxon (1938) va akasi Alijon (1938) bor. Alijon Hasanov musiqa pedagogikasi bo’yicha fan doktori, 1990 yilda Moskvada doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. U bugungi kunda Toshkentda Madaniyat kollejida “An’anaviy musiqa” kafedrasining professori bo’lib ishlamoqda.
D. Hasan 1959 yilda Oltiariq
tuman markazidagi A.Pushkin nomli 1-o’rta maktabning 10-sinfini bitirdi. U
1961 yil yozida uchinchi marta
ToshDUning jurnalistika fakultetiga hujjatlarini topshirdi. Nihoyat barcha
imtihonlardan “
Dadaxon Hasan 1966 yilda ToshDU
jurnalistika fakultetini “
1963 yildan boshlab “Sovet O’zbekistoni” gazetasining muharriri bo’lib ishlagan Maqsud Qoriyev ([1926.01.08], O’zekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968)) o’sha vaqtdagi ToshDU rektori, akademik Obid Sodiqovga [1913.15.11 - …] xat yozib, Dadaxon Hasanni “Sovet O’zbekistoni” gazetasi muharririyatiga ishga jo’natishni iltimos qilgan. Shu sababli Dadaxon aka 1966 yil 17 sentyabrdan “Sovet O’zbekistoni” gazetasida ishlay boshladi. U 1968 yil yozida gazeta muharririyatidagi ishdan o’z xohishi bilan ketdi.
Televideniyeda ko’rsatuvga mo’ljallangan badiiy va hujjatli filmlar kinostudiyasi – “O’zbektelefilm” 1970 yilda Toshkentda tashkil etilgach, shu tashkilotga Dadaxon aka badiiy muharrir bo’lib ishga kirdi. U yerda 1972 yil bahorigacha ishladi. 1972 yil bahoridan 1979 yil may oyigacha M.Qoriyoqubov nomidagi O’zbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda bo’lib mehnat qildi.
1979 yil may oyida O’zbekiston
xalq shoiri Turob To’la (taxallusi; familiyasi To’laxo’jayev, 1918.24.12 – 1990
..., shoir, dramaturg, kinossenariychi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at
arbobi (1967), O’zbekiston xalq yozuvchisi (1978)) tavsiyasi bilan Dadaxon
Hasan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Badiiy adabiyotni targ’ib qilish (BATQ)” shu’basi (byurosi)ning
Ma’lumki, 1985 yilda M.S.Gorbachev Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasining Bosh kotibi, ya’ni SSSRning rahbari etib saylandi. U Sovet Ittifoqida “Oshkoralik” va “Qayta qurish” tadbirlarini e’lon qilgach, mamlakatda 1986 yildan boshlab turli demokratik tashkilotlar tashkil etila boshlandi. Dadaxon Hasanning ta’kidlashicha, u 1987-1988 yillar davomida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi ko’pchilik yozuvchilarga, jumladan Muhammad Solihga, rahmatli Rauf Parfiga va boshqalarga ko’p marta murojaat etib, O’zbekistonda ham demokratik tashkilot tuzishga da’vat etgan. Deyarli ikki yillik mana shunday da’vat va tayyorgarliklardan so’ng, nihoyat 1988 yil 11 noyabr kuni (Dadaxon akaning tavallud topgan kuni) uning uyida (Toshkent shahri, Sadaf ko’chasi, 31-uyda) 18 ziyoli to’plandi. Ular keyinroq O’zbekiston “Birlik” xalq harakati deb atalgan harakatni tashkil etish uchun 10 kishidan iborat Tashabbus guruhini tuzishdi.
Bunga javoban Sovet Ittifoqi, jumladan O’zbekiston maxsus xizmat organlari Dadaxon akaga ham qarshi choralar ko’ra boshladi. Deyarli o’n yildan beri mehnat qilib kelgan uning ish joyi 1988 yil noyabridayoq qisqartirildi va uni ishdan bo’shatishdi. Har bir fuqaroning mehnat daftarchasi shu tashkilotning kadrlar bo’limida saqlanishi ko’pchilikka ma’lum. O’sha kunlari “Badiiy adabiyotni targ’ib qilish” shu’basining kadrlar bo’limidan Dadaxon akaning mehnat daftarchasi “sirli ravishda” g’oyib bo’ldi. Bu bilan maxsus xizmat organlari D.Hasanga biror tashkilotga ishga joylashish masalasida katta qiyinchiliklar yaratish va kelgusida uni nafaqa (pensiya) ta’minotidan mahrum etish uchun ataylab uyushtirishgan edi.
Dadaxon Hasan 2000 yil 11 noyabrda 60 yoshga kirdi. U 27 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan fuqaro sifatida davlat tomonidan to’liq nafaqa bilan ta’minlanishi kerak edi. Ammo, lekin, biroq uning mehnat daftarchasi 1988 yildayoq yo’qotib yuborilganligi sababli Dadaxon aka buni rasmiylashtira olmadi.
1994 yil 11 oktyabr kuni D.Hasanning avtomashinasiga o’q-dori tashlab, tuhmat uyushtirilgandi. Uni qamoqqa olishib, 45 kun davomida O’zR Ichki ishlar vazirligi yerto’lasida qattiq urib, qiynoqlar qo’llanilganligini ko’pchilik bilsa kerak.
Dadaxon Hasan 2003 yil 14 oktyabr kuni hovlidagi yong’oq daraxtining shoxini kesaman deb, boshi aylanib daraxtdan yiqilib tushdi va uni og’ir ahvolda kasalxonaga olib kelishdi. Shifokorlar uning boshida jarrohlik operasiyasini o’tkazishdi. Natijada unga 2-guruh nogironligi guvohnomasi berildi. Shu guvohnoma tufayligina u 2003 yildan boshlab 16 ming so’mdan, 2005 yil may oyidan esa 23 ming so’mdan ( bu 19 AQSh dollaridan kamroq) nogironlik nafaqasini ola boshladi.
Dadaxon Hasan yuqorida nafaqa masalasidagi gaplarni muallifga 2006 yil 17 aprel kuni gapirib berdi. Shu sababli uning nafaqasini adolatli ravishda tiklash, uning 2001-2006 yillarda davlatdan ololmagan nafaqa pulini ham undirib berish bo’yicha choralarni biz - inson huquqlarini himoya qiluvchi Toshkentdagi faollar amalga oshirishga harakat qilamiz, Xudo xohlasa.
Maqolaning boshlanishida Dadaxon akaning “Espero” markali shaxsiy avtomashinasini O’zR MXX xodimlari shu yil 12 aprel kuni garrovga olib qo’yganliklari haqida kamina yozgan edi. Shu sababli endi MXX xodimlari uni o’z idoralariga chaqirganlarida, u ko’chadan xususiy mashina tutib, borish uchun 2000 so’m, kelish uchun 2000 so’m to’layotganligini aytdi. Muallif avtobus masalasida savol berganida u: “Avtobusga chiqsam boshim aylanadi” deb javob berdi. Chunki u 2-guruh nogironidir. Shunday qilib, Dadaxon akaning shaxsiy avtomashinasini olib qo’yib, MXX xodimlari idoraga chaqirish yo’li bilan ham unga va uning oila byudjetiga katta moliyaviy zarar yetkazmoqdalar!
Endi Dadaxon Hasanni polisiya rejimi moddiy jihatdan qanday tazyiq qilganligi haqida yozsak. Dadaxon aka O’zbekistonda mashhur hofiz bo’lganligi sababli uni vatandoshlarimiz to’yga ko’p marta taklif etishgan. Lekin maxsus xizmat organlarining tazyiqi bilan uni 1989 yildan boshlab to’yga taklif etish norasmiy ravishda taqiqlab qo’yildi. Uni to’yga taklif etgan fuqarolar kuchishlatar organ xodimlari tomonidan tazyiq ostiga olindilar. Bunday voqealar Dadaxon aka hayotida juda ko’p marta bo’lgan, u “Bunday voqealarni aytib adog’iga yetib bo’lmaydi” deydi. Ushbu voqealardan to’rttasi haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’taylik (o’quvchimizga ma’lum sabablar tufayli bu kishilarning ismi shariflarini bunda yozmayotirmiz).
1994 yil yozida oltiariqlik bir
hoji aka o’z nevarasining aqiqa (oilada “yangi
mehmon”, ya’ni chaqaloq dunyoga kelganligi munosabati bilan beriladigan
ziyofat, shu marosimda bolaga ot qo’yiladi) marosimiga Dadaxon akani taklif
etdi. U taklif etilgan vaqtga borib, ertalab
1998 yil yozida Angren shahrida yashovchi bir fuqaro to’yini Dadaxon aka bilan o’tkazgani uchun to’y egasini bir necha marta kuchishlatar organ xodimlari o’z idoralariga chaqirtirib, “suhbatlar” o’tkazishgan.
1999 yil yozida angrenlik hoji “Sabzito’g’rarda ikkita ashula aytib bersangiz” deb taklif qilgan. Dadaxon aka yana uch nafar sozanda va haydovchi (shofer) bilan besh kishi bo’lib mashinada Angrenga borishgan. Ular hovliga kirib, so’riga o’tirishgach, to’y egasi negadir mikrofonni so’riga qo’yishga ruxsat bermagan. Dadaxon aka to’y egasiga sababi haqida savol berganida, u: “Hozirgina Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari kelib “Dadaxon Hasan shu yerdami?” deb so’rashdi” deb javob beribdi. Ya’ni MXX xodimlarining to’yxonaga kelishidan va ularning bunday savolidan cho’chib ketgan to’y egasi mikrofonni so’ri ustiga qo’yishga ruxsat bermabdi. To’y egasini zarba ostiga qo’ymaslik uchun Dadaxon aka birorta ashula aytmay, sozandalar bilan birga Toshkentga qaytibdi.
Qisqasi, Dadaxon aka biror to’yga borib qolsa, to’yxona atrofida milisiya xodimlari ham, fuqaro kiyimidagi kuchishlatar organlar xodimlari ham ko’payib ketishar ekan.
2003 yil yozida Farg’ona vodiysida bir fuqaro Dadaxon akani to’yga taklif qilgan. Bundan xabar topgan amaldorlar to’y egasini Farg’ona viloyat ichki ishlar boshqarmasiga olib borishgan va undan Dadaxon akani to’yga olib kelmasligi haqida tilxat yozirib olishgan. To’ydan oldin o’sha kishi Dadaxon akaning uyiga telefon qilib, bo’lgan voqeani so’zlab bergan, o’z uzrini aytib, to’yga kelmaslikni iltimos qilgan.
Bir so’z bilan aytganda O’zbekistondagi polisiya rejimi amaldorlari yurtim deb, elim deb, Vatanim deb yonib yashayotgan ziyolilarning, jumladan hofiz va shoir Dadaxon Hasanning shaxsiy hayotiga turli yo’llar bilan aralashib, chak-chak etib, tomchilab zahar qo’shib turibdilar…
Yuqorida yozgan sabablar va tazyiqlar tufayli Dadaxon aka oilasi keyingi yillarda moddiy jihatdan qiyin kunlarni boshidan kechirdi va kechirmoqda. U 2003 yil bahoridan o’zining “Espero” markali avtomashinasida kirakashlik qilib, o’z oilasini boqar edi. Lekin uning turmush o’rtog’i Karomat opa 2005 yil 26 fevralda, to’ng’ich o’g’li Shokirjon 2005 yil 4 sentyabrda (bu kunni Dadaxon aka aniq aytdilar) yurak hurujidan vafot etishi va bu ikki yaqin kishisining ma’rakalaridagi xarajatlardan so’ng Dadaxon aka oila a’zolari moddiy jihatdan yanada qiyin ahvolda qolishdi.
Dadaxon akaning kenja o’g’li Nodirjon haqida qo’shimcha ma’lumot. U 1971 yilda tig’ilgan bo’lib, ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan.U hozir O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishlamoqda. U “Ahmad Yassaviy hikmatlari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini tayyorladi va yoqlash arafasida turibdi. Ilmiy ish, ya’ni nomzodlik dissertasiyasini yozish igna bilan quduq qazigandek juda mashaqqatli mehnat ekanligi, dissertant kechayu kunduz yozuv-chizuv bilan band bo’lib, qo’shimcha ish orqali pul topish imkoniyati yo’qligi, qog’oz-qalam degandek anchagina qo’shimcha xarajatlar borligi, qolaversa bugungi O’zbekistonimizdagi polisiya rejimi sharoitida ziyolilarga, jumladan olimlarga juda kam ish haqi berilayotganligi ko’pchilikka ma’lum.
Ta’kidlash lozimki, Dadaxon akaning katta kelinining ham, kichik kelinining ham ikki nafardan farzandi bo’lib, ikkala kelin ham davlat ishida ishlamaydi, ya’ni uy bekalaridir.
Bugungi kunda Dadaxon aka bevaqt vafot etgan to’ng’ich o’g’li Shokirjonning ikki nafar yetim farzandiga ham ota, ham bobo bo’lib, moliyaviy jihatdan ta’minlash, ularni ham boqish tashvishlari uning zimmasidadir. Haqiqiy o’zbek erkagining oriyati, vijdoni, g’ururi bor va u o’z oilasini boqish, ta’minlash uchun halol mehnatdan qaytmaydi. Shu qora ko’zlarni deb, ular yetimligini bildirmaslik uchun, “Dadam tirik bo’lganlarida bunday og’ir kunlarga qolib ketmasdik” deb o’ksimasliklari uchun Dadaxon aka o’zining avtomashinasida deyarli har kuni chiqib kirakashlik qilardi va uyga 0,5-1 kilo go’sht va boshqa yeguliklar olib kelar edi.
Dadaxon Hasanni qonuniy mehnat nafaqasidan, to’ylarga borib, xalq xizmatini qilib, halol mehnat bilan pul topishdan mahrum etishgan edi. Endi polisiya rejimi amaldorlari uning oxirgi imkoniyatlaridan biri bo’lmish shaxsiy avtomashinasini 2006 yil 12 aprel kuni garrovga olib, 13 aprel kuni MXX garajiga olib borib mahkamlab qo’yishdi. Axir Dadaxon aka dang’illama imorat qurilgan, taxminan 100 million (!) so’m baholanadigan o’zining katta uy-joyini garrovga qo’ydi. Shu yetarli emasmi-di? Nega endi uning birdan-bir tirikchilik vositasi bo’lib turgan shaxsiy avtomashinasini garrovga olishdi?!
Maqsad: Dadaxon aka oilasini yanada nochor ahvolga solish, moddiy jihatdan yanada qiynash va shu yo’l bilan Dadaxon aka umrini qisqartirishdir!
Axir o’sha yetimlarni boqishga imkoniyat yaratib turgan Dadaxon aka shaxsiy mashinasini olib qo’ygan amaldorlarda ozgina, zarracha bo’lsa-da odamgarchilik, vijdon, or-nomus, insoniylik bormi o’zi? Agar bor bo’lsa, avvalambor Dadaxon akaning mashinasini garrovga olmasliklari, qolaversa zudlik bilan qaytarib bermoqlari kerak edi …
-----------------------------------------------------
* NAVOIY A. Ummondan durlar. G’azallar, hikmatlar va ruboiylardan namunalar. (O’zbek, nemis va ingliz tillarida). Tuzuvchi va tarjimon: Yo’ldosh Parda. – T.: 2000. – 144 b. (32- va 129-b.)
E-mail: shuhrat1954@yahoo.com
2006 yil
19 aprel.