САМАРҚАНДДАН
САЛОМ
Демократик Ўзбекистон Конгрессининг нашри бўлмиш “ТУРОНЗАМИН” журнали ва “ТУРОНЗАМИН” рўзномасига илова тарзида чиқаётган “Жиззах садоси” қаватига “САМАРҚАНДДАН САЛОМ” саҳифаси ҳам қўшилди. Бу - хабарлар ва таҳлилдан иборат бўлган саҳифани Туронзаминнинг пойтахтида фаолият кўрстаётган мухбиримиз ҚУРБОНЖОН юритади. Саҳифадаги қарашлар
турлича
бўлиши
табиий ва ДЎК позитсияси
деб қаралмаслиги
керак.
O’zbekistonning keyingi prezidenti
yoki
Karimovning ko’nglida yotgan nomzod
Karimovdan
keyin O’zbekistonni boshqarishga qodir rahbarlar yo’q degan gaplarni eshitamiz.
Bor va anchagina. Ba’zi manbalarga ko’ra yaqinda Islom Karimov bundan bir necha
ayil oldin 2500 yilligi nishonlangan Samarqandning 2750 yilligini o’tkazish
tashabbusi bilan chiqqan viloyat hokimi Mamarizo Nurmurotov(pasportda: Mamarizo Berdimuratovich Nurmuratov)ning
taklifini qabul qilgan va uni chaqirib gaplashgan. Uning Bosh vazir etib
tayinlanishi va Karimovdan keyin mamlakatni
boshqarishi mumkinligi aytilmoqda. Bunga hatto Putin ham qarshi
emas ekan.
Chunki 1960
yilda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug’ilgan Nurmurotov
Leningraddagi moliya-iqtisod institutini bitirgan. Putining mahallasida.
Nurmurodov
mehnat faoliyatini 1982 yilda
1993-2000
yillarda O’bekiston Respublikasi Markaziy banki raisi maslahatchisi,
o’rinbosari, birinchi o’rinbosari vazifalarida ishlagan. Keyin 2000-2004 yillarda
O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri. 2004 yil Iyul
oyidan buyon Samarqand viloyati hokimi.
2005 yil
Yanvar oyidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi.
Karimovning ko’nglida yotgan nomzodlardan biri ana shu! Yo’q desangiz
vajingizni ayting!
Mamarizo
Nurmurotovni yaqindan tanigan kishilardan biri:
-U Samarqand
Universiteti oldidagi hech kim jur’at eta olmagan
“Bulvar”dagi qadimiy chinorlarni qo’porib tashladi. Falakning gardishi bilan
prezident bo’lib qolsa, Karimovning “chinor”larini ham qo’porib tashlashi
mumkin!-dedi.-Lekin yana samarqanlik podsho bo’lishi
qandaydir noroziliklarga sabab ham bo’lishi turgan gap. Ammo
bitta samarqandlikning xatosini ikkinchisi tuzatsa bu qadimiy shahrimiz obro’si
uchun yaxshi bo’ladi.
Aslida ham
u prezident bo’lib qolsa, u reformator deb iqtisodiy islohotlar qilishi va
demokratik muxolifatga ham yo’l ochishi mumkinligiga ishonganlar bor. Ammo bu
yil ham o’tgan yilgi kabi Samarqand viloyati paxta planini bajara olmasa, bu
uning yo’lini to’suvchilarga qo’l kelishi va Mirziyoyevlar uni Karimovning
ko’nglidan chiqarishlari hech gap emas.
SADRIDDIN KOMILOV,
Samarqand,
DEMOKRATIK
O’ZBEKISTON KONGRESSINING FAOLI
Мажлисдан кейинги сўкинишлар
депрессиядан сақламоқда
Юртбоши эркаклардан эмас, аёллардан чўчиётган экан. Унинг амри билан сунгги пайтда Хотин-кизлар кумитаси иштирокида туманларда тинимсиз равишда давра сухбатлари утказилаётгани кузатилмокда.
Бундай учрашувларда гўё асосан, жамият хаётида Хотин-кизларнинг урни, фарзанд таълим-тарбияси, оиладаги соглом турмуш тарзида бекалар зиммасида турган бурч ва вазифадар хакида гапирилади. Ҳатто қишлок аёлларининг турли муаммолари, орзулари тингланади. Лекин разм солсангиз гап олиб бориб юртбошининг улкан “химзатлари”га тақалади. Аммо аёллар ҳам анойи эмас. Юртбоши ҳақидаги гапларни “емай” қўйишди.
-Бу сингари
учрашувларнинг
утказилиш
собик
шуролар давридан
мерос булиб
колган.
Ўшанда ҳам
бутун ирмоқлар
олиб бориб
катта
дарёга-партияга
қуйиларди.
Лекин партия
Орол каби қуриб
битгани учун
ирмоқлар
билан сақлаб қолишнинг
имкони
бўлмади,,-дейди
аёллардан бири.-Юртбошининг
ҳам денгизи қуриб
битган. Орол қуриб
қолганда қанча
хасталиклар,
офатлар
ўртага чиқди.
Бугун ҳам
офатлар
замони бўлди.
Бу гапларни
эшитмасликка
олган вилоят
Хотин-кизлар
кумитаси
раиси Гавхар
Худойбердиевага
кура,
вилоятдаги
хотин-кизларнинг
хар сохада
фаоллиги
ошиб
бормокда. Ҳа, ҳатто
юртбошини
айлантириб-айлантириб
сўкишда ҳам.
-Ўзбек
хотин-кизларининг
хукуклари
хукук-тартибот
идоралари,
махалла
кумитаси вакиллари
баробарида
турмуш
уртоклари
хамда оила
аъзолари
томонидан
бузилган. Ҳаммаёқ
бузилиб кетди.
Лекин мана
шунақа
мажлисларга
тўплагани ҳам
яхши.
Гапларимизни
қулоқдан қулоққа
айтиб
депрессиядан
қутуламиз,-дейди
онахонлардан
бири ва навбат
сўкишга
келганда
озгина
ўзгартириб
юборади׃-
Юртбошимизнинг
бундай “ғамхўрлиги”
учун
падарига
минг лаъ….., э, раҳмат!
19-7-2006
ROSSIYA KIRMAGAN ESHIK QOLDIMI?
Samarqand Davlat tibbiyot universitetida iqtidorli talabalar va yosh olimlar uchun 60-ilmiy-amaliy konferentciya o’tkazildi.
O’zbekistonning barcha tibbiyot institutlari va kollejlari, shuningdek, Rossiyalik(?) talaba va yosh olimlar ishtirok etgan bu anjumanda ijtimoiy fanlar, tilshunoslik, tibbiy-biologik morfologiya, ichki kasalliklar, jarrohlik, pediatriya va akusherlik genekologia, anesteziologiya singari sohalar bo’yicha ma’ruzalar tinglandi. Uyqisirab tinglangan ma’ruzlar paytida o’zbek talabalarning xayoli ota-onasi oliygoh rahbariyatiga bergan pora haqida va qarzni uzish janjallari borasida bo’lganini taxmin qilish qiyin emas.
Anjumandan ko’zlangan maqsad esa yana Rossiyaning og’aligini tasdiqlash edi. Shu bois anjuman mobaynida Samarqand Davlat Tibbiyot uneversiteti talabalarining haayotida boshqa davlatlar emas, balki bevosita Rossiyaning bo’lajak ishtiroki haqida gap bordi.
Mutaxassislarning fikricha, Samarqand tibbiyoti bir paytlar Markaziy Osiyoda yetakchi o’rin tutib kelgan.
-Ammo so’nggi paytlarda zamonaviy apparaturalarning yetishmashligi yoki qimmatligi tibbiyot sohasida jiddiy oqsashlarga olib kelmoqda,-deb urg’u berishadi ular.
Ammo oddiy aholining bu boradagi fikrlari o’zgacha.
Yoshlar murabbiysi Munojot Oqilovaga ko’ra, so’nggi 2 yilda ko’zi jiddiy xastalangan. Bir qancha shifoxonalarga uchragan. Biroq dardiga davo topolmagan.
Suhbatdoshimiz malakali shifokorlarning ko’pchiligi xorijga ketganligi tufayli yosh shifokorlarga murojaat qilganini va salomatligi yomonlashganini bildirdi.
Matbuot xodimi G.Mo’minovaning e’tiroficha, keyingi yillarda shifokorlar o’zlari a’zo bo’lgan firmalarning dori-darmonlarini bemorlar retseptiga yozib berish hollari ko’p uchramoqda. Bu firmalar esa tabiiyki Rossiyga oid.
Tadbir ustiga tadbir
Viloyat hokimligida «O’zbekiston respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risidagi va sanksiya berish vakolatini sudlarga o’tkazish to’g’risidagi farmonlarning qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi lozim bo’lgan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi» farmonga bag’ishlangan semenar bo’lib o’tdi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari, o’quv yurtlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan bu semenarda Oliy Majlis Senati qo’mita raisi Mavjuda Rajabova o’lim jazosini jazo tizimidan chiqarish uchun avvalo xalqning oldidan o’tish lozimligi, o’lim jazosi bekor qilingandan keyin uning o’rniga kiritiladigan jazo turi, qamoqqa olishga sanksiya berish vakolatini sudlarga o’tkazish uchun bu mas’uliyatli vazifaga sudyalarni tayinlash haqida gapirdi.
O’zbekistonning ayni qonunlariga ko’ra, ijtimoiy xavfsizlik darajasi juda yuqori bo’lgan va javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish va terrorizm uchun o’lim jazosi qo’llaniladi. Bu jazo turi ayollarga, voyaga etmaganlarga, 60 yoshdan yuqori bo’lgan fuqarolarga qo’llanilmaydi.
Samarqand viloyat prokuraturasi prokurori Ismatilla Yo’ldoshevninh ta’kidlashisha, bu insonparvarlik siyosatining namunasidir.
- Bunday holat rivojlangan mamlakatlarda ham kam uchraydi-deb mulohaza bildiradi I.Yo’ldoshev.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2008 yilning 1 yanvaridan O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilinadi.
-Bu degani hali o’lim jazosi bekor qilindi degani emas, – deydi kuzatuvchilardan biri.
Unga ko’ra, yuqoridagi singari semenarlarning xalqqa hech qanday ahamiyati yo’q.
-Bugun o’lim jazosini bekor qilishni Prezidentining farmonidan so’ng yo’qlayotgan bu kimsalar kechagina butunlay teskari fikrni bildirishgandi-deydi suhbatdoshimiz.
PINHONA
KONSERT
Samarqand hokimligi tomonidan 15 iyul kuni soat 19.00 da «Mehrimiz senga bo’lsin, Vatan» deb nomlangan konsert-shousi tashkil etildi.
Nomini oshkor qilishni istamagan tizim vakiliga ko’ra ushbu konsertga taklif etilganlar turli sohalarning rahbar xodimlaridan iborat. Ularning ro’yxati oldindan hokimiyatga taqdim etilgan. Konsertga tashrif byurgan san’atkorlarning nomi negadir sir saqlandi. Konsert haqida u yoq, bu yoqdan eshitganlarning chipta topish haqidagi urinishlari ham bekor ketdi. Muxbiringiz ham shular jumlasidandir.
Konsertning bunday pinhona tartibda o’tkazishga sabab nima?
Tizim vakiliga ko’ra, mas’ul shaxslar shovqin-suronli emas, balki yuqori doira vakillariga xos ravishda hordiq chiqarishni istashar emish. Boshqa jihatdan esa ular konsert davomida turli xavflardan ham xoli bo’lishadi.
-O’z xalqidan yashirib hordiq chiqarish bahonasida bunday yo’lni topgan amaldorlarni har qanday usul bilan oqlab bo’lmaydi,-deydi mahalliy jurnalistlardan biri.
Uning fikricha, hatto mustamlakachilar ham mahalliy aholiga nisbatan bunday nunosabatda bo’lishmagan.
Hokimiyatda ishlagan sobiq hamkasbimizning aytishicha, keyingi paytda yurtboshining kayfiyatini ko’tarish uchun maxsus video filmlar qilinayotgan emish. Mazkur konsert ham patriotchasiga o’tkazilib, asosan yurtboshini maqtashga qaratilgan va asosiy rollarni mahalliy amaldorlar ijro etishgan.
AYOLLAR
NAMOYISHI BOSTIRILDI
Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumani markazi Juma shahrida tijoratchi xotin-qizlar savdo-sotiq rastalarining muntazam ko’chirilishiga norozilik bildirib, nomoyishga chiqishdi.
Yuzga yaqin namoyishchilar Samarqand-Buxoro katta magistral yo’lini 10-15 daqiqa to’sib qo’yishdi.
-Bizga o’z bozorimizni ochib berishini talab qilamiz,-deb tinimsiz qichqira boshlashdi namoyishchilar.
Ular o’z talablari bajarilmaguncha joylaridan jilmasliklarini bildirishdi.
Shu o’rinda bir ma’lumotni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Paxtachilikka ixtisoslashgan Past Darg’om tumanining markazi - Juma shahri aholi zich yashaydigan hududlardan sanaladi. Viloyatda Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut singari shaharlardan so’nggi o’rinda turadigan madaniy markazlardan hisoblanadi. Shu sababli bu hududda bozorga ehtiyoj katta.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, bu hududda bozor tashkil qilgan ikki tadbirkor o’zaro chiqisholmay qolgan va ularning biri raqibining bozorini yoptirishga va o’z bozoriga barcha tijoratchilarni o’tkazishga muvaffaq bo’lgan. Bundan g’azablangan raqibi tarafdorlarini yiqqan va ularni namoyish qilishga ruhlantirgan. Aslida esa ayollar eng so’nggi imkoniyatlaridan ham mahrum bo’lganlari uchun namoyishga chiqqandilar.
Tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari yetib kelib, namoyishcilarni tarqatishga harakat qilishdi. Hatto ular namoyish qatnashchilarini kaltaklay ketishdi. Bir ozdan so’ng viloyat IIBdan ham tezkor gurug etib keldi.
Norasmiy manbalarga ko’ra, namoyish davomida 2 kishi jarohatlangan.
Hammaning ko’z o’ngida 2 nafar namoyish ishtirokchisini sudrab IIBga olib ketildi. Ularning taqdiri hozircha noma’lumligicha qolmoqda..
-Tijoratchi ayollar emas, namoyishning kelib chiqishi boisi bo’lgan zolim rejim mansublari jazolanishlari kerak,-voqea guvohlaridan biri.
Namoyishchilar talabi qondirilmagani barobarida shaharcha huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qattiq nazorat ostiga olingan.
Plan
bajarildi! Fermer o’z joniga qasd qildi!
Samarqand viloyati davlatga g’alla topshirish rejasinibajardi! Sovet davridagi matbutdan ko’chirma olingan kabi yozilgan rasmiy ma’lumotlarda viloyatning Narpay, Kattag’urqon, Jomboy, Paxtachi, Past Darg’om, Payariq, Ishtixon, Oqdaryo tumanlarida hosil ko’rsatkichi yuqori bo’lganmish.
Yana bu ma’lumotlarga ko’ra, xirmonga 253,7 ming tonnadan ziyod don to’kilganu sug’oriladigan maydonlarda don hosili o’rtacha 50 sentnerdan oshgan va hatto bahorning qurg’oqchil kelishi, suv tanqisligiga qaramay o’nlab fermer xo’jaliklarida hosil olish 65-70 sentnerga yetgan.
Bunday yuqori hosildorlikka qanday erishilgan? Dastalm yaan rasmiy qarash:
Mahalliy nashrlarda ishga yangicha yondashuv hosildorlikning oshishiga sabab bo’ldi deb yozishmoqda, Jumladan, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligi nashri sanalgan «Zarafshon» gazetasi bu holatga quyidagicha izoh beradi: «G’allachilikka yangi texnologiyalarni keng joriy etish – hosildor navlarni tanlab ekish, ilg’or tajribalarni keng yoyish, parvarish bilan bog’liq agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish, eng muhimi, sohada mulkchilikning fermerlik shaklini rivojlantirish, dehqon moddiy manfaatdorligini oshirish kabi izchil iqtisodiy islohotlar tufayli erishildi, bunga» deb izoh beradi.
Endi asl hayotga qarylik. Nomini aytsak qamalib ketishi mumkin bo’lgan fermer xo’jalik rahbariga ko’ra, ijro organlari tomonidan paxta va don rejasini uddalash ushun fermer xo’jaliklari o’z hisoblaridan paxta yoki g’alla sotib olishga majbur qilinadi.
-Rejani uddalamagan
fermer xo’jalik rahbarlari tegishli idoralarga chaqirilib,
Unga ko’ra, mazkur yilning o’tgan oyida bunday jazolash usuliga chidolmagan, pilla va g’alla rejasini uddalolmagan ishtixonlik fermer xo’jalik rahbari o’z joniga qasd qilgan,
Rasmiy manbalarda ko’rsatilishicha, 160 ming tonnadan ziyod g’alla dehqon-fermer xo’jaliklari, oilaviy pudratchilar va dala mehnatkashlari ixtiyorida qoldirilganmish.
Ushbu mavsumda kombaynda o’rilgan donni xirmonga tashigan haydovchining so’zlariga qaraganda esa, hosil yig’im-terimi to’la huquq-tartibot idoralari xodimlari va milliy xavfsizlik xodimlari nazoratida bo’lgan.
Unga ko’ra, hatto rejasi to’lib, kelishuvga ko’ra, ortiqcha donni berishni talab qilgan fermer xo’jaliklari rahbarlari va a’zolariga qat’iy choralar qo’llangan.
Ayni paytda tuman dehqon bozorlarida 1 kg bug’doyning narxi o’rtacha 160-200 so’mni tashkil etadi. Kuzatuvchilarning e’tiroficha, bu donning o’tgan yilgidan 20-30 so’m qimmat bo’lganini ko’rsatadi.
Avgust oyida don bahosining birmincha pasayishi kuzatiladi. Lekin kuzatuvchilarga ko’ra, bu to’kin-sochinlikdan dalolat bermaydi. Balki farzandlarini o’qishdagi shartnoma pullarini va o’quvchilik kiyim-kechagini xarid qilish maqsadida eng ehtiyojmand mahsulot sanalgan – bisotlaridagi bug’doyni sotishadi.
Yurtboshi xorazmliklarni
yana sevintirmoqda
Kuzatuvchilarga ko’ra, keyingi yillarda yurtboshi qarigan
sari mumtoz ashulalar eshitayotgan emish. Ayniqsa, har kuni “O’rtar”ni
eshitmasa, yotmas ekan. Matbuotchilar bayrami kuni Bosh muharrirlarga bu haqda
gapirib bergan Davlat Maslahatchisi Xayriddin Sultonov biz shu imkoniyatdan
foydalanib, mumtoz san’atimizni rivojlantirib, estradani ham yo’lga solmoqdamiz
deb aytgandi. Shundan buyon milliy nashrlarda estradaning “po’stagini qoqadigan”
maqolalar ham ko’paydi.
Diktaturaning sevgani konsertdir. Imkonini topsa, hammaga ashula ayttiradi. Turli ko’riklar tashkil qilish ana shu siyosatdan bir shingil. Shundan kelib chiqib, yaqinda Xorazmda O’zbekiston xalq artisti Hojixon Boltaev xotirasiga bag’ishlanib, havaskor maqom jamoalari va katta ashula ijrochilarining an’anaviy respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Samarqand viloyat xalq ijodiyoti madaniy-ma’rifiy ilmiy-metodik markazi rahbari Zokir Tillaevga ko’ra, tanlovni o’tkazishdan maqsad o’zbek milliy qo’shiqchilik san’atini rivojlantirish va o’ziga xos ijro uslubini yaratish, uni targ’ib etish hamda akademik Yunus Rajabiy, Matniyoz Yusupov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov va boshqaning ijodini xalqimizga (yurtboshiga) etkazishdan iborat.
Samarqand tuman madanyiat uyining «Shashmaqom» xalq dastasi tanlovda ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Oliy o’rin urganchliklarga, birinchi o’rin surxondaryoliklarga, so’nggi o’rin esa farg’ona va toshkentliklarga nasib etdi.
O’n beshga yaqin milliy mumtoz san’atimiz havaskor ijrochilar jamoalari ishtirok etgan mazkur san’at bayrami uch kun davom etdi.
Kuzatuvchilarga ko’ra, keyingi yillarda yurtboshi qarigan sari mumtoz ashulalar eshitayotgan emish. Ayniqsa, har kuni “O’rtar”ni eshitmasa, yotmas ekan. Matbuotchilar bayrami kuni Bosh muharrirlarga bu haqda gapirib bergan Davlat Maslahatchisi Xayriddin Sultonov biz shu imkoniyatdan foydalanib, mumtoz san’atimizni rivojlantirib, estradani ham yo’lga solmoqdamiz deb aytgandi. Shundan buyon milliy nashrlarda estradaning “po’stagini qoqadigan” maqolalar ham ko’paydi.
Ba’zi siyosatchilarga ko’ra, allaqachon saylovga tayyorgarlik boshlanib, yurtboshi odatiga ko’ra ana shunday turli yo’llar bilan 1991 yilda o’ziga raqib bo’lib qarshi ovoz bergan xorazmliklarni har saylov oldidan arzonga sotib olayotgan ekan.
SAMARQANDDA KO’CHMAS MULK
QIMMATLASMOQDA
Samarqandda yildan yilga ko’chmas mulklarning narxlari keskin oshib borayotgani kuzatilmoqda.
Shaharning chekka qismlari hisoblangan So’g’diyona, Vokzal hududlarida 1 xonali xonadonlarning narxi 5-8 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Markaziy hududlar sanalgan Universitet xiyoboni, Markaziy Univermag yonidagi 2 xonali xonadonlarni esa 15-20 ming dollarga sotib olish mumkin.
Ko’pqavatli uylarga talab ortayotgani tufayli ularninh bahosi hovli-joylarga nisbatan qimmat. 2-3 xonadan iborat uylar $ 15 ming miqdorda.
Samarqandning Kimyogarlar shaharchasi, aholi tili bilan aytganda, «Super» shaharchasida bundan 10 yil muqaddam talab bo’lmaganligi sababli ko’pqavatli uylarning 4-5 xonalisini $ 200-300 baholashgan. Ayni vaqtda esa sobiq superfosfot zavodining ekologyaga ta’siri tufayli ehtiyoj bo’lmagan bu hududda ham ko’chmas mulklarning narxi $ 4-5 ming yuqori.
Shahardagi uylarni ijaraga olish ham ancha qimmatlashgani kuzatiladi. Hozirda shart-saroitlari haminqadar uylar ushun oyiga 30 dollar atrofida ijara haqi talab qilinadi. Barcha sharoitlarga ega xonadonlarni esa 50 dollardan 400-500 dollargacha 1 oy uchun ijaraga olish mimkin.
Dastlab Samarqandda 1 ta ko’chmas mulk oldi-sotdisi, ijaraga qo’yish bilan shug’ullanadigan agentlik faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, ayni chog’da ularning soni o’nga etgan.
Ko’chmas mulk agentligi xodimiga ko’ra endi Samarqandda uy-joylarning narxi o’sib boraveradi.
Shuhbatdoshimizning fikricha, buning o’ziga xos sabablari mavjud.
O’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston mustaqillikka erishgach, aholining deyarli barcha qatlamlarining kun kechirishi ancha qiyinlashdi. Shu sababli umkonini topgan fuqarolar xorijiy mamlakatlarga ishlab, pul topish maqsadida jo’nab keta boshladilar. Oradan ma’lum muddat o’tgach, Amerika, Koreya, Rossiya, Qozog’iston singari mamlakatlarda ko’proq qora ishchi sifatida faoliyat ko’rsatayotgan o’zbekistonliklar xorijiy valyutalarni mamlakat ichkarisiga kiritishdi.
Pul infliyasiyasining muttasil oshishi tufayli xorijda ishlagan fuqarolar topgan pullariga ko’chmas mulklar ola boshlashdi. Bu ular uchun pulni ushlab turishning eng yaxshi usuli sanala boshladi. Va aholining bu qatlamining ko’chmas mulkka ehtiyoji ortdi.
So’nggi yillarda Samarqand shahrida ko’pqavatli uylarning qurilmayotgani ham aholining turar-joylarga bo’lgan talabini ikki hissa oshirdi. Deyarli barcha ko’pqavatli uylar soziq sho’rolar davrida qurilib ishga tushirilgan.Eng oxirgi marta shaharning Universitet xiyoboni qismida qavatli uylar qurilgan.
Samarqand shahrining markaziy qismlaridagi turar-joylar buzilib, turli inshootlar qurilayotgani ham uy-joylarning bahosi oshishiga sabab bo’ldi.
Mutaxassislarga ko’ra, yuqoridagi omillar Samarqanddagi uylarning bahosi hatto mamlakat poytaxtidagidan ham o’sib borishiga xizmat qilgan.
-Bunday vaziyatga faqat xorijda ishlash evaziga va noqonuniy pul orttirgan qatlamlargina dosh beroladi,-deydi ular kuzatuzlarga asoslanib.
XO’RAK
O’RNIDAGI ZIYOFATCHALAR
Diktaturaning maddohlari Toshkentda mukofotlanganidan xabaringiz bor. Bu matbuot kuni amalga oshirilgandi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni viloyatlarda ham bayram qilindi. Jumladan Samarqandda rejim kuychilarini taqdirlash ayyomni nishonlashni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish bilan boshlashdi. So’ngra Jomboy hokimligi ularni dasturxon atrofiga taklif etdi.
Bu ziyofat mobaynida «Yilning eng faol va iqtidorli jurnalisti» (Rejimning faol maddohlari) tanlovi g’oliblari aniqlandi. Unga ko’ra, Galina Troiskaya, Abdurasul Sattorov, Nataliya Shokirova, Mamadiyor Ziyodinov, Tohir Norqulov, Hasan Xo’jaqulov, Husniddin Xoldorov, Asadullo Shukurov, Eduard Sokolovskiy, Turg’unboy Umirov, Olim Hamzaev singari o’ndan ortiq mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari g’olib deb topildi.
Ushbu rejimsevarlarning fikrlari matbuotda ham e’lon qilindi.
-Biz jurnalistlarning erkin mehnat qilishlari uchun mamlakatimizda barcha sharoitlar yaratilgan,-deydi faxr bilan «Xalq so’zi» gazetasining viloyat bo’limi muxbiri Abdurasul Sattorov.
Otanng balli
deyisjdan boshqa ilojingiz yo’q.
Viloat hokimligi xodimiga ko’ra, har yili bu bayramni nishonlash tuman hokimliklaridan biri zimmasiga yuklatiladi va unga davlat va turli tizimlar nashrlari hamda teleradiostudialarida faoliyat ko’rsatadigan matbuot vakillari ko’proq taklif etiladi. Mustaqil, xalqaro va xorijiy jurnalistlar bunday tadbirlarga mutlaqo yaqinlashtirilmaydi. Boshqacha aytganda rejimni tanqid qiluvchilarga yo’l yo’q!
-Bunday ziyofatlar faqat hukumat siyosatini tanqid qilmagan zamonasoz muxbirlar uchun tashkil qilinadi,-deydi mustaqil jurnalistlardan biri.
Suhbatdoshimizning bildirishicha, ularning sukut saqlashlari va zamonasoz maqolalar ozib, ommani chalg’itishi uchun mo’jaz sovg’a-salomlar berish hukumat uchun jonivorga har zamonda xo’rak berishdek bir gap.
24-6-2006
Ҳатто Азиз
Носиров
ҳам
президент
бўлмоқчи
Ҳар кун
саломимга
алик ҳам
олмайдиган
маршрут таксисининг
шофери
кутилмаганда
мухбирингизни
Азиз Носиров
кўрмоқчи
эканлигини
айтди.
Азиз
Носировни
оз-моз
танийман.
Самарқанд шаҳрининг
ўзида 100 га яқин
маршрут
таксиси ғизза-ғизза
қатнаб
туради.
Зап чиқдида
яхшилар
Маршрутни
таксилар
Ғизза-ғизза қатнаса
Баҳри
дилинг
очилар!
Азиз
Носиров шаҳарда
ҳоким
бўлганда
дунёнинг
бир четини ўмаргани
учун деб
устидан
тергов
бошлатилганди.
Лекин
укалари
орага тушди
шекилли амнистия
қилиб
юборилди.
Унинг 1990
йиллар
бошларида Оқсаройга
фидойиликлари
ҳақида Жаҳонгир
Муҳаммаднинг
“ИАК”
китобида ўқигандим.
Ошкоралик ва
демократияга
қарши қандай
курашганини
шу китобдан
билиб олгандим.
Отам унинг
Ўзбекистон
комсомолига
раҳбар
бўлган
йиллари ҳақида
кўп
эслайдилар.
Унинг ҳалигача
жуда кўп қариндошлари
ҳукуматнинг
муҳим нуқталарида
эканлигини
айтадилар.
Шуларни
ўйлар
эканман
маршруткачи
бошқа
одамларни
миндирмай
мени Азиз
Носировнинг
ёнига олиб
келди. Анча қариб,
чўкиб қолган
кўринади.
Аммо олдинги
каби овози тетик
ва доим кулиб
турарди.
Чойга
бошлади ва гапни
ҳам узоқдан
бошлади.
ХДПнинг
раиси
ўзининг
одами эканлиги
ва унга айтиб
Ёшлар қанотини
ташкил қилдиргани
ва
мухолифатдаги
ёшларни ҳам
бунга жалб қилаётганини
айтди.
Мирзиёевни
кўришга кўзи
йўқлигини ҳам
яширмади.
-Ислом ака
билан
орамизни шу
бузган,-деди.
Кейин гапни
хориждаги
мухолифатга
боғлади. Ҳаммани
танишини
айтди.
-Эшитишимча
улар
мамлакат
ичидан битта
номзод қидираётган
эканлар,
Ислом ака
кетади, биз Мирзиёевни
партияси
билан юзма юз
қоламиз. ХДП
ўзи ҳеч нарса
қила олмайди.
Агар бутун
мухолифат ҳам
қўшилса, улар
Американи ва
Европани
ишонтирсалар
биз ютиб чиқамиз,-деди.
Мен унга ҳеч
нарса
демадим.
Дейишга ҳаққим
ҳам йўқлини
биламан. Аммо
шуни ҳам
сездимки
Азиз
Носировнинг
иштаҳаси
катта. У
баланд дорга
осилмоқчи.
Ички Ишлар
вазири
Матлюбовни
Баҳодиржон,
Адлия вазири
Мустафоевни
Бўри,
Конститутсивий суд
раисини
Мирзоулуғ
деб номи
билан
аташидан,
Фирдавсжон
деб гапириб,
матбуот ҳам қўлимизда
дейишидан
сездимки
ўзини анча баландга
қўймоқда.
Қайтаётиб
яна ўша
маршрут
таксига чиқиб
келдим. Бу
сафар ҳайдовчи
пул олмади.
- Сиз
ўзимиздан,-деди
қўлини
кўксига қўйиб.
Шу хабарни
ёзиб мақсадим
унга мен
улардан
эмаслигимни
айтиб қўйиш
эмас, эртага
у мени
кўрганда
машинасида
жой бўлса ҳам
тўхтамаслигини
ҳам назарда
тутаётганим
йўқ. Фақат
айтмочи
бўлганим ҳатто
Азиз Носировлар
қимирлаб қолган
бўлса демак жуда
кўп гаплар бўлмоқда.
17-6-2006
СИЁСАТШУНОС
ОЛИМНИНГ
ОИЛАСИГА
ТАЗЙИҚ
Демократик
Ўзбекистон
Конгрессининг
аъзоси Ҳамза
Эргашевнинг Самарқандда
қолган оила
аъзоларига ҳукумат
томонида
тазйиқ
бошланган.
Унинг уйига
келиб
суриштираётганлар
Ҳамза
Эргашев
мухолифат
сайтларида ёзган
таҳлилий мақолалари
ва мухолифат
йиғилишларидаги
кескин чиқишларидан
норози
эканларини
яширмаганлар.
Ҳамза
Эргашев
СамДУнинг
тарих
факултетини
битирган, фан
номзоди ва
мазкур даргоҳда
сиёсатшуносликдан
дарс берган.
Шундан кейин
эса
талаблари
намойишларга
чиқиб шаҳар
бўйлаб юриш қилган
Самарқанд
Чет тиллар
институтида
ёшларга
сиёсатни
ўргатган.
-Мен 1999 йилдан
бошлаб ҳузурумга
келган ёш
ЭРКчиларга
улар ёзган нарсаларини
кўриб, уларга
маслаҳатлар
берганим
учун қувғинга
учраганман,-дейди
у Интернет
воситасида қилган
суҳбатимизда.-
Шу даражага
бориб
етдики,
2003 йилда
менга суиқасд
уюштирилди.
Олий ўқув
даргоҳида
сиёсатшуносликдан
дарс
берадиган одам
кимнинг буғдойини
хом
ўрибман-ки
мени йўқотишмоқчи
бўлишди. Айбим
дарсларда
Каримовни
камроқ мақтаганим
ва
мухолифатчиларга
ёрдам берганим.
Каримов
режими
Ўзбекистонни
борса келмасга
бошлаб
бораётганини
кўриб туриб қандай
қилиб
индамаслигим
мумкин эди.
Хуллас, босимлар
кучайиб, АҚШга қочиб
кетдим ва
мухолифатга қўшилдим.
-Мен Ҳамза
Эргашев
билан
Андижон воқеаларидан
кейин
ДЎКнинг
мажлисида
учрашдим. У
ўтган йилдан
бери ДЎК
мажлисларида
мунтазам қатнашиш
билан бирга
Нею Йорк шаҳридаги
норозилик чиқишларида
ҳам фаол қатнашиб
келмоқда,-дейди
ДЎК раиси Жаҳонгир
Маматов.-
Балки унинг
мажлисларда
тушган
суратлари
эълон қилингандан
кейин тазйиқ
кучайган
бўлиши
мумкин. Биз
одатда
мажлисларимизда
қатнашганларни
олдиндан огоҳлантириб,
агар
чўчисалар
суратга
тушмасликларини
айтамиз.
Баъзи
фаолларимиз қачонгача
яшириниб
юраман деб
очиқ
демократик
кураш йўлини
танлайдилар. Ҳамза
Эргашев ҳам
ана
шундайлардан.
15-6-2006
МУЗЕЙ
ОЧИЛДИ,
ЛЕКИН…
Самарканд
шахрида
узбек миллий
либослари
намойишига
мулжалланган
«Эл мероси»
музей-театри
иш бошлади.
Янги даргоҳда
бронза
давридан 19
асрнинг
бошларигача
аждодларимиз
уртасида
кийиш русм
булган 150 турдан
ортик
либослар
намойишга
куйилган. Мутахассисларнинг
эътирофича,
кургазманинг
очилиши
санъат
оламидаги
ходисадир.
-Кадимий
шахримизга
азалий
обидаларимизни
томоша килиш
учун ташриф
буюрган
хорижлик
сайёхлар
учун тарихий
либосларимиз
Билан
танишиш
имконияти
хам пайдо
булди,-дейишмокда
улар.
Маълумот
урнида айтиш
мумкинки, «Эл
мероси» театри
шахарнинг
нак
марказида
кад кутарган.
Бу худудда
ахоли жуда
зич яшайди.
Бундан
ташкари,
йирик
ташкилот ва
корхоналар,
маиший
хизмат
курсатиш
идоралари, 2
та олийгох,
бир нечта
коллеж,
унлаб
мактаблар
жойлашган. Йирик
савдо
дуконлари
хамда
бозори шу
ерда.
-Биз бундай
миллий
бойликларимиз
билан фахрлансак
арзийди,-деб
фикр билдиради
йирик
корхона
вакилларидан
бири ва
сузида давом
этади.-Аммо
театрнинг
шахар марказида
очилиши биз
оддий
ишчиларга анча
кийинчилик
туғдириш
мумкин.
Сухбатдошимизга
кура,
автомобил
катновига ҳам
зиён етмоқда
ва бундан
оддий халк
азият
чекибгина колмай,
балки ишлаб
чикаришга
хам ката
зарар келиши
мумкин. Шуни
айтсалар
керак-да жой
танлаш ҳам
санъат деб.
Баъзи хабарларга кўра, бу либослар билан Гулнора Каримова жуда қизиқаётган эмиш. Агар шундай бўлса,