Tarix sahifalari
Saylov oldida hamma gaplar gaplanishi kerak. Unda qatnashaman
deganlar haqida bo’lsa hamma narsani bilishimiz kerak. Men “Ozodlik”da Tolib aka Yoqubovni Muhammad
Solih va Abdurahim Po’latov haqida aytgan gaplarini
eshittim. Bahtiyor Hamroyevni savollarini ham uqidim. Haligacha javobi ham yo’q. Kutib turibman.
Ammo bu gaplarni hammasi yangi emas. Men masterligim uchun foydalangan bitta maqolani taqdim qilaman.
Uqib chiqib uzingiz xulosa bering.
Temur
Haydarov.
OCHIQ XAT
Inson huquqlari
kurashchisi ZAFAR MIRZO ISOQOVning “Amerika Ovozi” radiosi orqali o'qib bergann ochiq xati
“Assalomu alaykum
muhtaram radiotinglovchilar.
O’tgan yili
“Amerika ovozi” radiosida “O’zbekistonda milliy demokratik harakatlar” mavzuida
bir maqola el'on qilgan edim. Maqolada ko'tarilgan
masala hozirgi kunda eng dolzarb muammo bolib turibdi. Hozir o’sha
maqolani sal kengaytirgan holda yana e'tiboringiza
havola qilmoqchiman.
O’zbekistonda Milliy demokratik harakatlarning vujudaga kelishida va shakllanib jahon jamoatchiligi etiborini tortishida Muhammad Solih va Abdurahim Po’latovlarning ham xizmatlari bor. Ammo asosiy xizmatlarni qilganlarni o’sha paytlar ham, hozir ham birov eslamaydi. Haqiqiy vatanparvar, yuragida o’ti bor, qaysar yigitlarimiz oz hisoblaridan otpuska olib rayon-ma rayon, qishloq-ma qishloq yurib, munozaralar, mitinglar, tushuntirishlar o’tkazib, o’sha yerlarda fidoyilarni topib yacheykalarni tashkil etishning uddasidan chiqishgandi.
O’zbek xalqining
so’nggi o‘n yil ichida boshiga tushgan musibatlariga hozirgi rejim bilan birga
Muhammad Solih va Abdurahim Po’latovlar ham
teppa-teng aybdordir. Bular mansab talashib qilgan
birinchi ishlari, Birlik xalq harakatini ikkiga bo’lishlaridir. O‘n
minglab fidoyilar, kechani-kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilib, ataylab
ardoqlab voyaga yetkazgan Birlik xalq harakatini bular xarob qilishdi. Natijada ziyolilar ham bo’lindi. Viloyat ,
rayon, qishloqlarda ham bo’linish yuz berdi. Bir qishloqda Birlik a’zolari bo‘linib qolib, keyin mushtlashganiga guvoh bolganman. ERK partiyasi birdaniga hukumat tarafiga o‘tib ketdi. Nima uchun, deb hayron bo’ldik? Shunda ERK
partiyasining viloyatdagi bir ”aqlli“ rahbari menga
”Biz hukumatni ichidan buzamiz, tushundingizmi“ dedi. Bu
islar katta bir oyin boshlanganing ishorasi edi.
Demokratik
kuchlarning asosiy vazifasi o’ laroq xalqni o’z haq-huquqlarini himoya qilish
uchun qanday vositalar yordamida kurashishga o’rgatishi va
bu borada har taraflama yordam berishi kerak edi. Bu asosiy vazifa bir
chetda qolib hamma, ziyolidan tortib oddiy a’zolargacha
asosiy maqsad Muhammad Solih va Abdurahim Polatovni yarashtirish bo’lib
qoldi. Ularni yarashtirish uchun oz kuch sarf
qilindimi? Ne ne olimlar, arboblar yalinib
yolvorishdi. Hatto bittasiga Quroni Karimni ushlatib “Xalq harakatining
yo’liga g’ov bo’lmayman“, deb qasam ham
ichirishdi. Lekin natija bo’lmadi. Bularning
o’rtasida KGB degan dahshatli maxluq devor bo’lib turgan bo’lsa kerak. Buni ko’pchilk tushunar edi-yu lekin isbot qilishning iloji yo’q
edi. Ularni yarashtirishga harakat qilgan olim tor doirada menga aytgan
edi: ”Bular inson farzandi, lekin bizning
yalinganimizni eshitganda toshning qulog’i bo’lsa tosh ham erib ketar
edi, ammo bularga ta’sir qilamyapti, yolvorishlarimiz“.
Oxir-oqibat
ikkala lider vatandan quvgin bo’ldi. Milliy demokratik
harakat tanazzulga uchardi. Vatanimzida qatag’on
boshlandi. Rejim istagan odamni yo’q qilish, xoxlagan odamga tuhmat va ig’vo uyushtirishdek badnom qilishi, o’n minglab oilani
birdaniga xalq dushmaniga aylantirishi shunchaki bir ermak bo’lib qoldi.
Abdurahim Po’latov va Muhammad Solih O’zbekistondagi
bo’layotgan qatag’onlarda xalq qanchalik darajada qiyin ahvolda yashayotganligini
qisman bolsada juda yaxshu tushunib turishibdi. Bu ikkala
lider muhojirlikda yashab ham faqat o’zlarini o’ylashyapti. Agar o’zbek xalqini o’ylashsa, nima uchun biror bitimga
kelmaydilar? Nima uchun birlashgan muxolifat
qurultoyini chaqirishmayapti?
Men o‘tgan yilgi
maqolamda ogohlantirgan edim: ”Hali ham kech emas,
Muhammad Solih va Abdurahim Po’latovlar o’zaro kelishib birlashgan muxolifat
qurultoyini chaqirishsin, agar hozir ham ularning o’rtasida o‘sha ma’lun KGB
turmagan bolsa ! Aks holda ularsiz Birlashgan muxolifat qurultoyini chqirishimiz
mumkin!. Ulardan hatto sado ham
chiqmadi.
Ular O‘zbek xalqi
oldida hamma ozbek vatanparvarlari oldida, hibsxonada
azob chekayotgan insonlar oldida va shahid ketgan birodarlarimiz oldida
aybdordir. Tarix ularrning ustidan odil hukm chiqardi, deb oylayman va ishonaman.
Xo‘sh, bundan song
nima qilmoq kerak?. Mening fikrimcha Birlik va ”ERK“ degan so’zlar O‘zbek xalqi uchun tarix bolib
qoladi. Hozir birinchi navbatda qilinishi kerak bolgan ish bu
Birlashgan muxolifat ishchi guruhini tuzishdir. Iloji boricha shu
yilning oxirigacha qurultoy chaqirish kerak. Birorta xorijiy mamalkatda. Safimizda barcha O‘zbekistonning
farzandiman, degan insonlar, hozirgi kunda vaqtincha majburiy
muhojirlikda yashayotgan birodarlarimiz, yurtdoshlarimiz bolishi
shart, deb hisoblayman.
Etiboringiz uchun
rahmat!.(11 Mart, 2001 yil).