Zokir ALI

 

Shu, men tanigan Bahodirmi?

 

Subha va taraddud

 

Inson zoti shunday yaratilgan tabiatan.  Ishonmadimi shubha qiladi. Haqiqatdan,  ba'zi paytlar ba'zi gaplarni eshitganingizda shubha qilasiz.  Nahotki,  shunday bo'lsa...   Yo’g’eyyy...  balkim unday bo'lmasa kerak,  deysiz yana shubhalanasiz.  Demak, Shubha ishonish bilan ishonmaslik o'rtasidagi bir so'z.  Chunki,  shubha bor bo’lgan narsaga,  ishonay desangiz ham bo’lmaydi,  ishonay desangiz ham.  Tooki,  isbotini topguncha.

  

Aslida gap boshqa tomonda, yaqindalarda "Ozodlik" rodiosida berilgan Qurultoy davra  so’hbatining  tanishtiruv qismida Bahodir Fayzi sotsilogiya fanlari doktori deb taqdim qilinganda voy qoyil, Bahodirga, zo'r ish bo’pti, mana O’zbeklardan ham chqibdi deb hursand bolgandim, hatto ilimga chanqoq odam shunaqa bo’ladi-da deb qo’ygandim ichimda.  Deyishga dedimu lekin birdan o’ylanib qoldim.  Eyy, shoshma shoshma !!!. .  

 

Bu bizni Pitsburgdagi Bahodir haqida gapiryaptiku bu Shurat Bobojonov deganlari dedim-u baribir ichimda ba'zi shubhalar paydo bola boshladi.  Axir, Bahodir Fayzi hech qanaqa doctor-moktor emas ediku, har qalay Shuhrat Bobojonovning ham odamning avzoiga qarab uning fan doktori ekanini bilib oladigan darajada qobilyatlari bo’lmasa kerak, demak harholda u ham, tanishtirayotgan kishining o'zi bergan ma’lumotga tayangan holda aytgan bo’lsa kerak deb xayolimdan o'tkazdim.  O'ylashga o’yladimu hali aytdimu ba’zi narsalarga ishonmaganizdan keyin, odam shubhalanverarkan deb.  Subhalar meni huddi Floridani sel va tufonlaridek tinch qo’ymadi. Shuhrat Bobojonov bir yoqdan gapiratursin,  men Bahodir Fayzi haqida o'zim bilganlarimni tahlil qila boshladim.

 

Yana masalanig  taajjublanarli tomoni shundaki,  kecha bir veb sahifada Bahodir Fayzi o'zining hech qanaqa fan doktori emasligini e'tirof qilmoqda edi. Albatda, oradan ancha vaqt o'tgandan keyin. Qiziq, nega shuncha vaqt kutildi ekan?

 

Demak ki, shubhalarim assosiz emas edi. Bir kishi o'zining fan doktori emasligini kech bo’lsa ham etirof qilar ekan, nega unda Shuhrat Bobojonov deganlari odamlarning ko'zini ichiga qarab turib, radiodagi boshqa qatnashuvchilarni aldab qo’ydikin? Nima uchun? Buning bir izohi bormikin?

 

Yana kim biladi deysiz,  balkim jurnalistikada shunday fan o’qitilar, vaqti vaqti bilan odamlarni aldab, chalg'tib turish degan. Qaydam,  balkim shunaqadir, lekin men juranlistika o’qimaganman bilmayman.

 

Masalaning yana ikkinchi o'ta ajablanarli tomoni shundaki, o'zini qanday tanishtirilayotganini eshitib turib Bahodir Fayzini miq etmay turishini  tagida  ajabo qanday "hikmat" bor edi deysiz?

 

Bular menga nimani eslatadi bilasizmi? Hali Turkiyada ishlatiladigan bir so'z bor edi. "Danishikli dovush",  yani oldindan kelishib olib olishish yoki kurashish. Yo bular kelishib olib olishishdimikin ta'bir joiz esa.  Ajab emas, Savollarimizga javobi nasib qilb qolsa. Hali shunday gap ham borku , iddio qilgan uni isbot qilishga ham ma'suldir degan. Bo'lmasa " Fan doktori " yalg’on,  yoki " fan doktori" degan  esa  yalg’onchi bol’ib chiqadi.

 

Asosiy mavzuga o’tishdan oldin, internet orqali berilgan so’hbatda Yusus Rasul hamma savolarni so’rabdi-yu yana qarang Bahodir Fayziga siz fan doktori emasman deyapsiz, axir shu paytgacha sizni fan doktori deb taqdim etib kelishdi nega indamadingiz deb so’rash  uni ham esidan chiq qolganga uxshaydi(?!)

  

Eyy,  noumid shayton, balkim erta indin so’rab qolar bu savolni Yusuf Rasul. Buning ustiga Bahodir Fayzining yozolmasligi iddao qilinayotgan bir paytda Yusuf Rasul uning o’zi yozgani javobni yoki maqolani e’lon qilib, mana yozis qanaqa bo’ladi deganda Bahodirning yuzini ko’rgan bo’lardik. Chunki Bahodir yoza oladi deb hammani aldasalar ham meni alday olmaydilar.

 

Men bu yerda bir ikkita narsani malumot uchun aytib o’tmoqchiman va demoqchimanki, quruq aravani olib qochishdan kimga nima foyda? Faqat quruq aravani tortgan ot holdan toyadi halos. Ot ham bir jonzot unga ham aziyat qilmaslik kerak. Qisqasi, Bahodir Fayzi Fan doktori emas, amerikada sosilogiya bo’yicha o’qishdan ham voz kechgan.

 

To'g’ri, ko'p narsani yozish mumkin, hohlagancha yozish mumkin, bugungi komputerlar shunaqa yaratilganki hohlaganingizcha yozing siyohi hech tugamaydi,  boshqacha qilib aytganda, tilning suyagi yo’q ammo ma'suliyati bor, javobgarligi bor. Buni unutmaslik kerak.

 

Bahodir Fayzini yaxshi bilaman degan bo’lsam, yaxshi bilaman u ham meni yaxshi biladi. 2002 yilning bahor oylari bolsa kerak adashmayotgan bo'lsam Muhammad Solihni oilasi qipqizil uris ekan, qaytaga Abdurahim Po'latni oilasi o'zbek oila  degan edi. Demak,  o'zgarishingiz shunchalik tez bo’libdi. O'sha paytlarda M. Solih bilan siz ham gaplashing deganingizda buni rad qilganimda ranjigandek bo'lgandingiz. M. Solihni yo'lini tan olmaslik mening o'z siyosiy tanlovim bo'lgan.      

 

Muxolifat haqida deyilgan

ruscha kitob qanday paydo bo’ldi?

 

Men Bahodir Fayzini 12 yildan beri taniyman, Turkiyda birga o’qiganmiz, Amerikaga ham birga kelganmiz, keyin ham aloqalarimiz yaqin bo’lgan, u haqda bilganlarimni yozman desam uning otidan chiqqan kitobdan ham katta bo’ladi. Lekin shu davrda biron marta biron joyda rus tilida yozmagan ham reportaj ham bermagan. Hatto, o'zaro gaplashishlarda ham bitta ikkita oddiy kundalik ruscha so’zlardan nariga utmaydigan so’zlarni gapirganini bilaman. Ruschani bu darajada bilmaydigan O’zbek kamdan kam topilsa kerak. Xosh!! Rus tilida hech maqola yozmagan bir inson birdan qanday kitob yozib qoldi?

 

Yigit mardligi bilan Yigitdir, qo’rqmasligi, jasorati bilan el orasida obru topadi. Yigitdan hech kim chiroy qidirmaydi, uning asli chiroyi, uning o'z eli uchun qilgan hizmatlaridir. Asl yigit, aytilgan gap otilgan o'q deydi, o'z gapidan qaytmaydi. Agar bu yozilgan asar mening o'z peshona terim bilan dunyoga kelgan desa, mana maydon mard yigitniki,  keling uni radioda  muloqat o’tkazishini so’raylik, mana chet elda o'nlab Rus tilida matbuot hizmatlari bor, ularning birontasi bilan ularning tilida va darajasida muloqot utkazsin va shunday qilsa.. Yusuf Rasul esa u bilan rus tilida o’tkaizlagn suhbatni saytinga qo’yib qoysin. Balki uning rus tilida gapirgan videosini qo’yishar va bizning ham shubhalarimiz ham no'urin bo’lib chiqadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

;kl