Zokir
TERRORIZM VA MUHAMMAD SOLIH
AQSh
Federal tekshiruv organi vakillari, Muhammad Solihni va ERKning
u rahbarlik qilayotgan guruhini yaqinroq tanish maqsadida, mening fikr va
qarashlarimni bilish istagida ekanliklarini bildirdilar. Men o’zim bilgan voqea hodislar
haqidagina gapiraolishim mumkinligini aytar ekanman, ularning kuproq “Erk terrori”
haqida bilmoqchi bo’lganliklarini anglamoq qiyin emas edi…
1.Ko’nglida bori shu-mi?
Maqolaning nomini “Terrorizm va Muhammad Solih” deb atashimning sababi,
otgan vaqit mobaynida sodir etilgan bolgan hodisa va
voqealarni tatdqiq qilganimda, maqolaning ruhiga mos tushadigan boshqa nom bolishi mumkin emasdek kurindi. Chunki Muhammad Solih o’zini muxolifatning lideri deb bilmoqda
yoki uning atrofidagilar shunday deb iddao qilmoqdalar,
u uzini prezidentlikka nomzod deb aytib
yuribdi yoki uning atrofidagilar shunday deb jar solib yuribdilar…Demak, shunday paytda har birimiz
o’zimiz o’ylab yurgan narsalarni aytishimiz kerak. Shunday ekan, buni tosh
otish deb qabul qilmang. Bu “nomzod” haqida mening qarshlarim.
Keyingi
yillarda, demokratiyaga zid faoliyatlari bilan tanilgan M. Solihni, yana ham chuqurroq o’rganilshi kerak bo’lgan shax
sifatida bilish, qolaversa, bir demokratik partiyani qanday qilib archlab, qolgan qismiga teror fraksiyasi tamg’asini bosishda o’ynagan rolini tushunish, o’rganish, o’tgan davr moboynidaga
ba’zi qorong’u golgan nuqtalarni oydinlatishda muhim rol o’ynaydi degan
qanoatdaman.
Qolaversa,
Demokratik yo’lni tark etib, zo’ravonlik
va qon
tukish yo’lini kurash yo’li sifatida
tanlagan saxsh haqida kengroq va batafsil maqolalar
yozish, O’zbekistondagi bugungi vaziyatni to’g’ri tahlil qilishda bir vosita
bo’lshi mumkin.
Shu sababdan maqolada, faktlarga, terror faoliyatlariga guvoh bo’lgan insonarnig
ma’lumotlariga tayangan holda yozish to’ri
yo’l bolar edi..
Juda yaxshi eslayman, 1998 yil Turkiyada universitetni
tugatib, Bursa shahridan Istanbulga kelgan paytimda M.Solih haqida eshitgan gaplarim meni o'ta hayratga tushirgan edi
O'sha yillarda Jahon turkmanlar fondi rahbarlaridan biri kelib, eshitdingmi M. Solih Tolibon bilan
uchrashibdi, O'zbekistonni olar emish deganidan
keyin uning gaplariga e'tiroz bildiirib, balkim adashayotgan bo’lmang dedim, yoq adashyotganim
yo’q, ishonish ishonmaslik o'zingga bog’qlik albatda degandan keyin, qaytib savol so’ramadim.
Xato, xato, katta hato
deb unga javob bergandek bo’lar ekanman hayolimdan, Tolibon Afgonistonda hokimiyatni ag’dargandan keyin Turkiyaga ta’lim olish uchun kelgan
talabalarning, ularning kupchligi o’zbek va turkmanlar, Tolibon rejiminig ularga qilgan zug’umlarini
aytar edi. Maqsad va
orzulari ta’lim olish bulgan studentlarga,
Turkiyaga bormasin deb, zulm utkazganliklarini,
hatta attestatlarini yirtib tashlab, haqorat qilib dupposlaganlarini
aytib berayotganlarida, o’zimni qaysidir manoda aybdor deb
his qildim. Uning ustiga, Talibon bilan ittifoq tuzib,
O’zbekistonga kirish va tinch
aholiga qarshi terror qilishni faqatgina o’zbekiston dushmanlaridan kutiladan ish.
Bir Turkiyali tatdiqotchi, M. Solih O’zbekiston uchun yana ham chuqurroq urganilishi kerak bo’lgan saxsh,
deb yozganida bu so’zlarning bugun bo’rtirilmaganligini
kuproq anglash mumkin.
O’zbekistonga qarshi qilingan bu manfur,
qora rejalar menga qattiq ta’sir
qilgan edi. Yaxshiyam-ki voqealarnig rivoji
bu terroristik rejalarning amalga oshishini oldini oldi.
Agar
Muhammad Solih, Pushtun va Fors millatlari
bilan ittifoq qilib, ularni o’z
orqasiga olib O’zbekistonga bostirib kirganda ham,unga
qarshi frontda turganlar orasida bo’lgan bo’lardim.
Aslida qon tukilishga urinishlar uning azaldan kungilga tuyilgan edimi?.
2.Bittagina misol
1992 Yilda New Yorkda Amerikadagi Turk tashkilotlari Federatsiyasining qurultoyiga qatnashgan M.Solih Qurultoy qatnashcihlarini hayratga solgan chiqish qiladi.
Qurultoyda
M. Solih ochiq oydin, qurol bilan
kurashishga tayyor ekanliklarini aytadi. (H.Otiguzal, s,12 "Turk dunyosida Demokratik harakatlar kitobi)
Demak u demokratiyadan
1992 yildayoq voz kechgan. U kurshning demokratik
yo’lini meas qurol yo’lini tanlash
bilan demokralarning barcha urinishlarini yo’qqa chiaqrish uchun Karimov hukumatiga
imkon bergan. Man muxolifat shunday demoqada men indamay o’tiramanmi deyishi uchun sharoit qilib
bergan. (Davomi bor).
Manba: “Turonzamin” ro’znomasi.