Zokir
TERRORIZM VA MUHAMMAD SOLIH
AQSh
Federal tekshiruv organi vakillari, Muhammad Solihni va ERKning
u rahbarlik qilayotgan guruhini yaqinroq tanish maqsadida, mening fikr va
qarashlarimni bilish istagida ekanliklarini bildirdilar. Men o’zim bilgan voqea hodislar
haqidagina gapiraolishim mumkinligini aytar ekanman, ularning kuproq “Erk terrori”
haqida bilmoqchi bo’lganliklarini anglamoq qiyin emas edi…
3.Terror urinishlari
Demak, qurol bilan kurashamiz so’zi shunchaki aytilgan gap bo’lmasdan, uni amalga oshirish
uchun rejalar qilina boshlangan. Quyida bir ikkita
faktga muroojat qilmoqchiman.
Moskvada
chiqadigan
"Trud" shu
habarni yozgandi.
"Erk Partiyasining lideri M.Solih bir necha kishi
va tashkilotlar bilan ittifoq qilib
O'zbekistondan Turkiyaga olib keltirgan yoshlarni Turkiyadagi Harbiy lagerlarga yuborib, terror mashg’ulotlari o'tkazishlarini ta'minlagan. Keyinroq bu yoshlar,
qurollari bilan Gruziyadan Boku'ga, Bokudan esa Chechenistonga
yuborilgan.
Chechenistonga urushning ichida chiniqqan bu kishilar
yashirin yollardan, qurollangan holda O'zbekistonga utkazilib, Ozbekistonda Terror uyushtirishlari
rejalashirilgan.Bu terroristlarning
lideri Muhammad Solihdir.
Terror
hujumlarini amalga oshirish uchun, tayyorlangan bu yoshlarning uch nafari O'zbekiston chegarasiga krishi bilan qulgan olinadilar.
Va terroistik tayyorgarlikdan utkazilganliklarni
darhol e'tirof qiladilar.
Shu yerda shuni aytish
kerakki, o’zbek bolalarini Turkiyadan Chechenidtonga yuborilganini o’sha paytda Turkiyada
juda ko’p odam eshitgan. Bu ishni boshida M. Solih turgan. Hatto
o’sha paytda Muhammad Solihni yonida bo’lganlardan ba’zilari hali ham chetda. Ular bolalarni Chechenistonga dam olishga jonatganmidilar? Qoradengiz bo’yidan olib tog’larning
o’rtasiga! Bu savolga
Muhammad Solihni uzidan javob kutaman. Lekin u Baxtiyor Hamroevning savollariga javob bermagandek bunga ham javob berolmaydi. Yoki atrofidagi bittasiga sen bir narsa
yozgin deysihi mumkin. Bu ham uning demokrat emasligidan misoldir. Demokrat odam ochiq muloqot
qilishdan qochmaydi va qurqmaydi. Ochiq
muloqot demokraiyaning eng katta belgisi deb
bilaman.
4. O’xshamasa uchramas
Xullas,
M.Solih bir tomondan terror guruhlari tayorlar ekan, ikkinchi tomondan bu foaliyatlarini radio va ba'zi matbuot
orqali e'lon qilishdan ham tortinmaydi.
Bularni
tastiqlovchi boshga bir misol. Turkiyali
tatqiqotchi va yozuvchi Husayin Otiguzal qalamiga mansub "Turk Dunyosida demokartiya harakatlari" kitobidan yana bir sitata keltirmoqchman.
U
shunday yozadi: "Biz Erkchilardan qanday aql bilan bu
ishga qul urdingingiz, - deb so’raganimizda, u," Turkiyada
tayyorlangan kishilarni qo’li bilan O'zbekistonda
ikkita-uchta hujum uyushiriaolaganimzda, quzg’olgan halq, Karimov rejimini
tuntarib tashlardi ", deb javob beradi.
(Tarjima, Z.A)
Keyingi
jarayonlar malum, Hukumat bunga reaksiya
kursatadi va talabalarnig bir nechtasining tashqarisida hammasini majburiy ravishda qaytarib oladi. Turkiyadan ketmay qolgan va tazyiqlarga
uchragan o’sha bir nechta
talbadan biri menman.
Turkiya
davlatida o’qish har kishining o'z
demokratik tanlovi va haqqi ekanini
aytib, oqishni davom ettirmoqchi bo’lgan bu talabalarning
keyingi taqdiri haqida keyinroq va batafsilroq
to’htalmoqchiman.
Erk partiyasining liderini bugun Terrorga yondosh lider deb
atamaq munosib atama bolsa kerak.
H.Otiguzal'ning uzoq tadqiqotlari natijasida yozgan o'z asarida,
M.Solih haqida shunday hulosaga boradi.
"Bugun ko’pchilik, M.Solihni(Salay Madaminov) shoir, demokrat, vatanparvar hususiyatlari, hislatlari bilan tanidi, bugun
bu hislatlarning yoniga yana boshqasi
ham qushildi. U Terrorist(S.148).
Maqolam
sabab, ba'zilarining menga nisbatan reaksiya ko'rsatishini nazardan chetda qoldirdiayotganim yoq.Yuqorida, tatqiqotchi yozuvchi H.Otiguzalning kitobidan sitatalar keltirib o'tdim. Tadqiqotchi o'z kitobida M.Solihning saxsi chuqurroq urganilishi kerak degan nuqtaga qattiq urg'u berganini bir oz burrtirilgan deb o’ylagandim, bugun esa bu
gaplarning uning shaxsiga qo’yilgan eng to’g’ri tashxis ekanligia shubham yoq.
Demokratiya tamoyullarini oyoq osti qilib, hamda
demokratik davlatda, demokratiyaning ne'matlaridan bahramand bo’lib yashashi, unga kecha qilgan qora
qilmishlarini yuvib yuborish salohiyatin bermaydi.
(Davomi bor)
Manba: “Turonzamin” ro’znomasi.