Zokir
TERRORIZM VA MUHAMMAD SOLIH
AQSh
Federal tekshiruv organi vakillari, Muhammad Solihni va ERKning
u rahbarlik qilayotgan guruhini yaqinroq tanish maqsadida, mening fikr va
qarashlarimni bilish istagida ekanliklarini bildirdilar. Men o’zim bilgan voqea hodislar
haqidagina gapiraolishim mumkinligini aytar ekanman, ularning kuproq “Erk terrori”
haqida bilmoqchi bo’lganliklarini anglamoq qiyin emas edi…
5.Federal Qidiruv
Burosining shubhasi
Yaqinda meni taajjubga
solgan boshga holat yuz berdi.
AQSh Federal tekshiruv organi vakillari, Muhammad Solihni va ERKning
u rahbarlik qilayotgan guruhi bilan qiziqib, mening fikr va
qarashlarimni bilish istagida ekanliklarini bildirdilar. Ulardan mendan bu guruhga aloqam
bo’lib-bo’lmaganini surishtirdilar.
Shuningdek, bu guruh haqida bilishni
istadilar. Men o’zim bilgan voqea-hodislar haqidagina gapira olishim mumkinligini aytar ekanman, ular ko’proq Erk
terrori haqida bilmoqchi bo’lganliklarini anglamoq qiyin emas edi. Albatta
bunday jiddiy tashkilotga nojiddiy qarab bo’lmasdi. Shu sabab, Erk'ning
nimalar bilan shugullanayotganini nima faoliyat qilayotganini, kuproq unga o’zini
mansub deb bilgan kishilardan o’rganishi maqsadga muvofiq bo’lishini fikrini aytdim.
Bundan ham ko’rinib turibdiki, Ekr terror fraksiyasiga aylangan degan gap hamma joyga yoyilib bo’lgan. Bu guruhni yaqin yaqingacha, men tanigan, bilgan, yurt ichidaga va tashqarisidagi
Erkning ziyoli faollari tark etishga
boshlagani ham shundan bo’lsa kerak. Buni
ular bergan iste'fo maktublarida kurish mumkin. Shubham yo’qki ular Erk safini
tark qilshining jiddiy sabablari bor va mendan
ham ko’proq malumotga egadir, Vaqti kelib
ularni ham eshithish fursati bo’lib qolar.
Shundan paytda, M. Solihni AQSh qo’llamoqda
deb gap qilish insofdan emas. Uning orqasida demokartik dunyo turibdi, xalqimiiz yo’llarga chiqib uni kutmoqda degan
gaplar bilan bugun hech kimni
alday olmaysiz. M.Solihni faqat falonchilargina yomonlamoqda deb kitob chiqargan
bilan ham bir narsaga erisha olmaysiz. Aksi bo’ladi. Necha yillardir indamay yurgan men kabilar ham bundy paytda o’z
fikrlarini aytishga boshalaydilar. Boshqacha aytganda ot teskari
tepadi.
Samad Murodning vatanda Erk boshqaruvini
o'z qo’liga olganligi, jar yoqasiga olib kelingan
Partiyaning taqdirini burilish yasashga imkon bersa ajabmas.
Ziyoli kishilar, Terror guruhiga aylantirilgan bu fraksiyaga qarshi
o'z ovozlarini yana ham ku'chliroq va dadilroq aytaolsalar,
bu halqimizning sizdan va sizning
halqimiz hizmati uchun ko’nglingizga tuyib qo’ygan ezgu
maqsadlaringizni yo’qolmaganini
aks sadosi bulur edi
Zoravonlikka, qon to’kilishiga
chaqirgan harakatlar va tashkilotlar bu yo’lning to’g’ri
emasligini yana bir bor o’ylab
kurishlari kerak, hali siz uchun
kech emas.
Yaqindagina Ismat Xushev
radioda jang qilish kerak, deb
zo’ravonlikka chaqiruvchi bir fikrni aytganlar. U kishi ham M.Solihning yordamchisi. Bu gapni M. Solih aytdi nimayu
yoki uning yordamchisi, tarjimoni Ismat Xushev aytdi
nima. Baribir tashkilotning ko’nglida yotgan gap deb qaraladi. Umuman Ismat Xushev bilan
Muhammad Solihning birlashuvi
juda mos tushgan, o’xshmasa uchramasdir.
Ikkalasi ham o’ta ekstrim. Bittasi Karimovni juda maqtab-maqtab yuboradi, Keyin Solihni shunday
maqtay-maqtay boshlaydi. Ikkinchisi bir kunda uch xil
bayonot beradi. Birlashaylik deb bugun imzo qo’yib
12 soatdan keyin qaytib oladi. Kecha
radioda gapirib, nomzod masalasini besh olti oyda
partiya ko’rib chiqadi desa bitta
anqovning gapi bilan bugun shartta
nomzod bo’lib yuboradi.Yoki birlashaylik deb Vashingtonda bugun so’z berib
12 soat ichida New Yorkda hech kim
bilmagan uchta odamni otini e’lon
qilib, hatto majlis ham qilmasdan o’zini butun muxolifatning
rahbari deb e’lon qiladi. Bu qip qizil masxarabozlik
emasmi?
So’zlashdan oldin yetti
o’lchab bir kesmoq, kerak emasmi?
Bu ahvolda siz tashqarida turib, yurtdagi insonlarning hayotiga zomin bo’lmaysizmi? Shuncha qilingan hatolar kamlik qiladimi?
Afsus!!!..
6. Bolg’a aylanib ketib, boshingizni yormasin
O'tgan yili tashkil
qilingan "Bolg'a"
harakati haqida ham fikrlarim huddi shunday. Bu harakat, mavridi kelib qolganda,"kallani
kundaga qo’yish" kerakligni uqtirimoqda. Sizga bugun fursat
topgan ekanman javob bermoqchiman. Aslo sizni moliyalashitrayotgan
kishi yoki tashkilotlarning ipiga ishonib aslo quduqqa
tusha kurmang, aks holda umrbod quduq
tubida qolib ketishingiz mumkin. Qanchalik ko'p vaqit olmasin, ta'zyiqlar bolmasin, zoravonliksiz va tinch yo'l bilan
kurashni ozimga afzal deb topdim.
Ba'zan yaratilayotgan veb sahifalarini nomini o'qib hayron
qolaman, bularni bilib tanlanganmi yo bilmasdanmi. Qu'zgolonchi, tuntaruvch, isyonchi kabi nomlar
berilgan. Ishiqilib bular agressiv fiklari bilan chiqayotgan
kishi va tashkilotlarnig shoxchalari bo’lmasa bo’ldi.
Zo'ravonlik, terror va qon tukishga urinishning oqibati qanchalik darajada ayanchli ahvolga olib kelishini bugun yana ham yaqqol kurib turibmiz.
Oxir oqibatda Terrorning qurboni, begunoh insonlar boladi. Chunki, terrorning irqi ham dini ham zamoni ham makoni ham yoqdir.
Zero Terror -yoki yakka qurbon
qilish usuli(Z.A) tarihimizga ham bizga ham yot bolgan
illat. Biz terrorga, terrorizm esa bizga
butunlay yot unsur bolib kelgan.
Shu bois, uzoq o’tmishimizda ham, yaqin tariximizda ham tarihiy sahsiyatlar bu yo’lga aslo qul urmagan, qolaversa halqimiz ham buni doimo qoralagan va qoralaydi.
Bizni aslo va
aslo yillar, davrlar o’zgarsa ham, asrlar o’tsa ham insoniyat hurriyat uchun, erkinlik uchun, haq uchun
huquq uchun, adolat uchun kurashdan
voz kechamgan halqimizning orzulariga bolta urishga haqqimiz
yo’q.
Vashington,
Iyul, 2006
Manba: “Turonzamin” ro’znomasi.