DEMOKRATIK O’ZBEKISTON KONGRESSI

 

“O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DO’STLARI” va

 

”O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DUSHMANLARI”

kitoblarini tashkil etish haqida

 

 

O’tmishimiz davomida xalqqa qarshi jinoyatlar qilgan odamlar qahramon sifatida olqishlab kelingani, zulm va zug’umning izlari yopib yuborilgani, har qanday tuzumda faqat saroyga xizmat qilganlar ulug’lanib, xalq tomonida turganlar qoralanishi tariximiz yuzida qora dog’ bo’lib qolmoqda. Shuni nazarda tutib, DO’K O’zbekistonda Konstitutsiya va qonunlarni nazarga olmagan, demokratiyani, so’z erkinligini bo’g’ish, siyosiy faoliyatni cheklab tashlash, inson huquqlarini toptash, qiynoqlarni avj oldirish, insonlarni fikrlari uchun ta’qib etish, xalqaro qoidalardan bo’yin tovlash, namoyishlarni qonli yo’l bilan bostirish va bu paytda odamlarni otishga  buyruq berish yoki otishda ishtirok etish, xalq va mamlakat manfaatlariga qarshi ochiq ish tutish, ana shularning hammasini ko’ra bila turib bu harakatlarni oqlash tufayli xalqni aldash, insoniyatga qarshi jinoyatlar, xalq boshqaruvini qoralab yakka shaxs boshqaruvini oqlash kabi faoliyatlari uchun bunday shaxslarning nomlarini “abadiyatga muhrlash” maqsadida

 

“O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DUSHMANLARI”

kitobini  tashkil etdi.

 

Demokratini yoyishga, xalq hokimiyatini o’rnatishga xizmat qilib, ta’qib, quvg’inlarga uchraganlarning nomlarini tarixga bitish uchun esa,

 

”O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIYA DO’STLARI”

 kitobini tashkil etildi.

 

Bu kitoblarga kimlarning nomlari kirishini Kongress a’zolarining ovozlari, Kongressning viloyatlarda o’tkazgan so’rovi natijalari, mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining xulosalari, barcha qatnashchilarning maktublari asosida o’tkaziladigan yakuniy muhokama hal qiladi.

 

Bu muhokama har yili Dekbar oyida o’tkazilib, kimlarning nomi bu kitoblarga kirishi Yanvar oyida dunyo jamoatchiligiga e’lon qilinadi. Kitobga kirgan har bir shaxsning xizmatlari yoki qilmishlari haqida guvohlarning ma’lumotlari, ko’rsatmalari, hujjatlar va tahlillar ham ilova etiladi. Shuningdek, bu shaxslarning tarjimai hollari, ijtimoiy kelib chiqish tarixlari ham kitobga kiritiladi. Agar ular savollarga javob berishga rozi bo’lsalar o’zlarining ham qarashlariga joy ajratiladi.

 

O’zbekiston mustaqilligining 15 yili bo’yicha bu kitoblarga kimlarning nomini kiritish esa 2006 yil davomida o’tkaziladigan muhokamalardan so’ng aniqlandi.

 

Dastlab nomzodlar ro’yxati e’lon qilinadi va muhokama jarayonida kimning nomi kitobga kirishi belgilanadi.

 

Muhokama jarayonlari www.uzbekcongress.org   da e’lon qilib boriladi.

 

DO’K Matbuot xizmati