MULOHAZA*MUSHOHADA*MUHOKAMA
YAQIN
TARIXIMZGA NAZAR
Shuhrat AHMADJONOV
E-mail: shuhrat5454@yahoo.com
O’ZBEKISTON OZOD DEHQONLAR
PARTIYASINING ASOSCHISI, PROFESSOR
OLIMJON KARIMOV -
80 YOSHDA
(BIRINCHI QISM:
1988-1993 YILLARDA O’ZBEKISTONDA
RO’Y BERGAN BA’ZI
BIR TARIXIY VAQEALARNING
PROF. O.KARIMOV TAQDIRI MISOLIDA
TAHLILI)
Qahramon
bo’lish uchun lahzalar yetarlidir, lekin hurmatli odam bo’lish uchun raso bir
umr kerak.
P. BRYULA [1, 629-b.]
M U N D
A R I
J A
Muqaddima
1. Professor Olimjon
Karimov tarjimai holiga doir ba’zi bir ma’lumotlar.
2. Professor O.Karimovning O’zbekiston
“Birlik” xalq harakati Markaziy Hay’atining a’zosi bo’lishi va
SSSR, O’zbekiston rahbarlari bilan uchrashuvlari tafsilotlari.
3. Prof.O.Karimov 1989 yil oktyabrda
yozilgan O’zbekiston Mustaqillik Deklaraciyasining dastlabki loyiha
mualliflaridan biridir.
4. Prof. O.Karimov 1989-1990 yillarda
o’zbekistonlik askarlarning yashash huquqini himoya qilish borasidagi faoliyati.
5. 1990 yilda muxolif Ozod Dehqonlar
partiyasining tuzilish va 1991 yilda ODP Ta’sis
qurultoyining qaytadan o’tkazilish tafsilotlari.
6. 1992 yilda “Milliy Majlis” tashkilotini
tuzishga urinishlar va unda prof. O.Karimovning
ishtirok etishi.
6.1.
1991 yil oxiri – 1992 yil
boshida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol va O’zbekiston
Demokratik kuchlar Forumining tuzilishi.
6.2.
“Milliy Majlis” Tashabbus guruhining tuzilish va
faoliyat tafsilotlari.
7. “Milliy Majlis” Tashabbus guruhi
tayyorlagan uchta hujjat loyihalari matni.
7.1. “O’zbekiston demokratik kuchlarining
Milliy Majlis tuzish to’g’risidagi Bitimi”.
7.2. “O’zbekiston Respublikasi Milliy
Majlisining muvaqqat Tuzugi”.
7.3. “O’zbekiston Respublikasi demokratik
yo’nalishdagi siyosiy rartiyalar, harakatlar, uyushmalar, birlashmalar va
tashkilotlar vakillari Tashabbus guruhining Bayonoti“.
8. O’zbekistondagi avtoritar rejimning
“Milliy Majlis ishi” nomli uydirma sud ishini uyushtirishi va
prof. O.Karimovning Toshkentdagi qamoqxonaga 33 kun qamab qo’yilishi
tafsilotlari.
9. Ozod Dehqonlar
partiyasining 2003 yilda qaytadan tiklanish tarixi.
10. 2004 yilda professor O.Karimovning
o’lganligi haqidagi mish-mish va ovozalar kimlar tomonidan
va qanday qilib tashkil etilgandi?
Foydalanilgan adabiyotlar
M U
Q A D
D I M A
Prof. O.Karimov haqida quyida
keltirilayotgan ma’lumotlar muallif u bilan bir necha yillar avval o’tkazgan
suhbatlar va 1993 yil 6-7 iyul kunlari “Milliy Majlis ishi” bo’yicha
ayblanuvchi sifatida uning O’zbekiston Oliy sudida qilgan nutqi (ko’rsatmalari),
shuningdek yozilayotgan voqealarda birga ishtirok etgan safdoshlarining bergan
ma’lumotlari asosida yozildi. Oliy sudda “Milliy Majlis
haqidagi ish” 1993 yil 1 iyuldan 6 avgustgacha ko’rildi. Muallif sud
paytida zalda edi va ishtirokchilar nutqini,
ko’rsatmalarini o’z daftarchasiga (bloknotiga) yozib olgandi. E’tibor bering: tarjimai holga va boshqa voqealarga, jumladan yangi
paxtachilik mashinalariga oid ma’lumotlar tasodifiy biror joyda emas, aynan
Oliy sudda va buning ustiga sud jarayonida prof. O.Karimovni O’zR
Jinoyat-processual kodeksining tegishli moddasiga asosan bila turib yolg’on
ko’rsatma berganlik uchun javobgar bo’lishi to’g’risida sudya ogohlantirgach
aytilgan faktlardir.
Prof. O.Karimov ishtirok etgan tarixiy
voqealar va fojialar ko’lamini yoritish hamda sabablarini qisqacha tushuntirish maqsadida maqolamizda yozilayotgan
voqealarga doir faktlar va shaxslar haqida ham ma’lumotlar berildi. Ushbu maqola hajmi jihatidan katta bo’lib ketganligi sababli
muallif uni ikki qismga ajratishga majbur bo’ldi. Bu
birinchidan. Ikkinchidan esa Ozod Dehqonlar partiyasining 2003 yilda
qaytadan tiklanish tarixi va uning bugungi kundagi
ahvoli – juda muhim mavzudir. Shu sababli 9- va 10-bandlar
maqolaning 2-qismi sifatida batafsil va alohida chop etiladi.
1.
PROFESSOR
OLIMJON KARIMOV TARJIMAI
HOLIGA DOIR BA’ZI
BIR MA’LUMOTLAR
Olimjon Karimov 1925 yil 6
iyunda Namanganda tug’ilgan. U 1944-1949 yillarda
U kompartiya tuman qo’mitasining 3-kotibi
bo’laturib, SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasi (DXQ-KGB)ning
raisi Vladimir Yefimovich Semichastniy ([15.01.1931-12.01.2001], u 1961-1967
yillarda SSSR DXQsining raisi) qatnashgan vaziyatda paxta terish mashinasi
ruliga o’tirdi va mashinada paxta terishni amalda ko’rsatib bergandi. O’zR Fanlar akademiyasining prezidenti Habib Muxamedovich
Abdullayev ([31.08.1912-20.06.1962], u 1956-1961 yillarda O’zR Fanlar
akademiyasining prezidenti bo’lib ishlagan [2, 1-j., 3-b.])ning talabi
bilan O.Karimovni 1957 yilda Toshkentga ishga o’tkazishdi. U
1957-1958 yillarda O’zbekiston kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi devonida xodim
bo’lib ishladi.
1947 yilda Fanlar
akademiyasi tarkibida Inshootlar instituti tashkil etilgandi. 1959 yilda
Inshootlar institutining qurilish mexanikasi, zamin mexanikasi laboratoriyalari
O’zR FA Matematika va mexanika institutining
ayerodinamika, paxta terish mashinalari laboratoriyalari bilan birlashtirildi
va O’zR FA Mexanika instituti tashkil etildi [2, 5-j., 621-b.]. Bu institutning direktor o’rinbosari etib O.Karimovni tayinlashdi.
U bu lavozimda 1958-1963 yillarda ishladi. Akademik H.Abdullayev 1961 yil sentyabrida O.Karimov rahbarligida
yaratilgan paxta terish mashinasini ko’rgan edi. U bu haqda yig’ilishda
gapirdi va keyinchalik “Do’stlik” deb atalgan paxta
terish mashinasini ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratib berdi.
H.Abdullayev 1962 yil 20
iyunda vafot etdi. Lekin sal oldin O’zR Fanlar
akademiyasi prezidenti etib akademik Ubay Orifovich Orifov
([15.01.1905-24.12.1976], u 1962-1966 yillarda O’zR FA prezidenti bo’lib
ishlagan [2, 6-j., 566-b.]) saylandi. U.Orifov: “Fanlar akademiyasi fundamental fanlar bilan shug’ullanadi, yangi
qishloq xo’jaligi mashinalarini yaratish bilan shug’ullanmaydi”, dedi. Natijada 250 xodim ishlagan sakkizta laboratoriya yopildi.
“Do’stlik” paxta terish mashinasini Paxta terish mashinalari bo’yicha davlat
maxsus konstruktorlik byurosi (DMKB-GSKB)ga olib
borishdi. Ushbu DMKB SSSR Traktor va qishloq xo’jalik
mashinasozligi vazirligi tarkibida 1946 yilda tashkil etilgandi. O.Karimovning
qizi – Azizaning muallifga 2005 yil 10 dekabrda aytganiga ko’ra, O.Karimov
1966-1971 yillarda Paxtachilik mashinalari bo’yicha DMKBda paxta terish
mashinasini loyihalash bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan. Prof. O.Karimov 1993
yil 6 iyulda O’zR Oliy sudida ta’kidlaganiga ko’ra DMKB da boshqalar O.Karimov
paxta terish mashinasining nusxasini yasashgan va shu
yo’l bilan 1967 yilda Lenin mukofotini olishgan. 1967 yilda Lenin mukofotini olgan
sovrindorlar haqida [3]da quyidagicha yozilgan: “SXM-48 paxta terish mashinasini yaratganligi va joriy etganligi uchun
konstruktorlar G.I.Volkov, L.M.Rozenblyum, M.N.Markov, V.D.Nexoroshev va
G.T.Nizovga SSSR Davlat mukofoti berilgan (1950); XT markali paxta terish
mashinasi uchun esa konstruktorlar F.I.Glazatov, Mixail Nikitovich Markov [17.10.1910-14.08.1985,
A.Sh.], Appolinariy Nikolayevich Prixodko
[23.07.1914-6.10.1969, A.Sh.],
V.D.Tyutkovga va mexanizatorlar Javod Ko’chiyev, Tursunoy Oxunova [20.05.1937-21.09.1983,
A.Sh.] va
Valentin Tyupkoga Lenin mukofoti berilgan (1967)” [3, 2-j., 444-b.]
O.Karimov bu nohaqlik
borasida O’zbekiston kompartiyasi MQsining 1-kotibi Sharof Rashidovich Rashidov
[6.11.1917-31.10.1983] bilan shaxsan uchrashib muhokama qilgan. Ammo hatto Sh.Rashidov adolatni tiklay olmagan. Lenin
mukofoti sovrindorlaridan biri, o’sha paytdagi mashhur mexanizatorlardan biri
Javod Ko’chiyev O.Karimov huzuriga kelgan va bo’lib
o’tgan adolatsizlik uchun undan uzr so’ragan. (“Ko’chiyev Javod Ridvanovich (1923, Gruziya
SSR Adigen tumani Entel qishlog’i) – O’bekiston SSRda xizmat ko’rsatgan
mexanizator (1959), Lenin mukofoti sovrindori (1967), 1961 yildan KPSS a’zosi. Gruziya SSR Adigen tumani: mashina-traktor
stanciyasida (1939-1944) (muallif fikricha, u boshqa mesxetiya turklari
bilan birgalikda 1944 yilda Gruziyadan O’zbekistonga badarg’a qilingan bo’lsa
kerak, A.Sh.), Sirdaryo viloyat Sirdaryo
tumanidagi “Malik” sovxozida traktorchi (1944-1952), mexanik (1952-1958),
kompleks mexanizaciyalashgan paxtachilik brigadasi boshlig’i (1958-1968), 1968
yildan Guliston tumanidagi “Kommunizm” kolxozi raisi. Tik
shpindelli paxta terish mashinasini ishlab chiqarishga joriy qilishda
qatnashgan.” [4, 6-j., 239-240-b.])
Prof. O.Karimov o’sha
davrdagi siyosiy tuzum bo’lmish Sovet Ittifoqiga nisbatan o’zining tanqidiy
qarashlariga ega edi. Shu sababli uning ilmiy
martabasi oshishi yo’llarida har xil to’sqinliklar yaratishardi.
O.Karimov o’zining bevosita ishtirokida yaratilgan va
paxta dalasida sinovdan o’tkazilgan paxta terish mashinalari va ularning
nazariy asoslariga doir doktorlik dissertaciyasini 1963 yilda tayyorlagan edi. U dissertaciyasini yoqlash uchun to’rt yil davomida ilmiy kengash
izladi. U Tbilisida 18 oy yashashga majbur bo’ldi.
U dissertaciyasini yoqlash masalasida Markaziy Qo’mitaga ham murojaat qildi,
lekin muammo hal bo’lmadi. Axiyri 1967 yil 2 iyulda Gruziya hukumati rahbari
qabuliga kirishga va o’zining 18 oylik
sarson-sargardonligini va achinarli ahvolini tushuntirishga erishdi. O.Karimov yuqori martabali amaldorning kabinetidan chiqayotgan
paytda, ilmiy kengash rahbari doktorlik dissertaciyasining himoyasi ikki kundan
so’ng – 4 iyulda bo’lishini aytdi. Avtoreferat
chiqarish uchun ikki sutka muddat berishdi. U kechasi soat 2 da Ganja
(Ozarbayjon) shahridagi Qishloq xo’jaligi institutining rektoriga telefon qildi
va dissertaciya avtoreferatini chop etishda yordam
so’radi. Muddat tugashiga bir soat vaqt qolganida O.Karimov har holda 200 dona avtoreferatni topshirishga ulgurdi. Lekin
dissertaciya himoyasini 1967 yil 2 oktyabrgacha kechiktirishdi. Pirovardida u doktorlik dissertaciyasini muvaffaqiyatli yoqladi.
O.Karimov 1993 yil 6 iyulda O’zR Oliy sudida ta’kidlaganiga ko’ra, unga fan
doktori diplomini bermay yana to’rt yil ovora
qilishgan. Ya’ni u Oliy Attestaciya Komissiyasining diplomini
faqat 1971 yilda olgan. Shu yerda Olimjon Karimov nomiga berilgan MTK
seriyali, 004163 raqamli texnika fanlari doktori diplomining nusxasini keltirib
o’tish o’rinlidir (e’tibor bersangiz, mazkur diplom 1970 yil 27 iyunda
tayyorlangan).
Oliy Attestaciya Komissiysining 1974 yil 18
dekabrda 56/p raqamli qaroriga ko’ra 1975 yil 14 fevralda Olimjon Karimovga
professorlik ilmiy unvoni berilgan va unga MPR seriyali, 021952 raqamli
professorlik diplomi topshirilgan. Professor Olimjon Karimov
30 ta ixtironing muallifi hamdir.
Prof. O.Karimov 1963-1981 yillarda avvaliga
O.Karimovning tashabbusi
bilan O’zbekiston Agropromi tarkibida tashkil etilgan “Agronauchtexmash” nomli
kooperativ dastlabki kooperativlardan biri edi. U 1990 yildan beri
xizmatlari evaziga haqli ravishda dam olmoqda, ya’ni pensiyadadir. U KPSS safidan ixtiyoriy ravishda 1991 yil 6 fevralda chiqdi.
Uning Sanobarxon
(1929 yilda tug’ilgan) ismli turmush o’rtog’i 1997 yil 23 fevralda vafot etdi. Uning uch nafar qizi bor. Prof. O.Karimovning 1954 yilda tug’ilgan
Toshpulat ismli o’g’li ham bo’lgan. Lekin u 1962 yilda qizamiq bilan
kasallangan va uning asorati tufayli vafot etgan. O.Karimovning katta qizi Gulvera (1950 yilda tug’ilgan) 2000 yil 12
dekabrda vafot etdi. Ikkinchi qizi Aziza (1953 yilda tug’ilgan) va uchinchi qizi – Gavhar (1957 yilda tug’ilgan) Toshkentda
yashamoqdalar. Uning o’n nafar nevarasi va sakkiz
nafar evarasi bor. Ushbu band oxirida prof. Olimjon Karimov 1959 yilda
Chaqar-ariqda (hozir Qoratosh mahallasi) qarindoshining uyida tushirilgan
fotosuratni keltiramiz.
Foto 1. Professor Olimjon Karimov oila a’zolari bilan 1959 yilda
qarindoshining uyida mehmonda. Uning qo’lida ikki
yoshli qizi Gavhar, o’ng tomonda – turmush o’rtog’i Sanobarxon; birinchi
qatorda, o’ngda – 6 yoshli qizi Aziza, uning yonida 5 yoshli o’g’li Toshpo’lat;
2-qatorda, o’ngdan ikkinchi – 9 yoshli qizi Gulvera.
3. PROFESSOR O.KARIMOVNING O’ZBEKISTON
“BIRLIK” XALQ HARAKATI
MARKAZIY HAY’AT
A’ZOSI BO’LISHI VA SSSR,
O’ZBEKISTON RAHBARLARI BILAN
UCHRASHUV TAFSILOTLARI
Professor Olimjon Karimov butun umri
davomida halol yashashga harakat qildi. Shu sababli 1988 yil 11 noyabrda
O’zbekiston “Birlik” xalq harakati Tashabbus guruhi mashhur hofiz va shoir
Dadaxon Xasanning uyida tuzilgach, unga birinchilardan bo’lib O.Karimov a’zo
bo’ldi va uni “Birlik” XH Markaziy Hay’atiga a’zo etib saylashdi. U o’zining
texnika sohasidagi g’oyalarini “Birlik” XH yordamida amalga oshirishga umid
qilgandi.
1989 yil 28 may kuni O’zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi (Toshkent, Pushkin ko’chasi, 1-uy)ning majlislar zalida “Birlik” XHning
ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi. Prof. O.Karimov mamlakatimiz demokratlarining
ushbu dastlabki muhim qurultoyida raislik qildi.
Ma’lumki, 1989 yil 24 mayda Farg’ona
viloyati, Quvasoy shahrida mansabdor shaxslarning, jumladan kuchishlatar
organlar xodimlarining o’z vazifalariga loqaydlik va vijdonsizlarcha
munosabatda bo’lishi oqibatida ularni bajarmasligi natijasida o’zbek va
mesxetiya turki yoshlari o’rtasida janjal chiqarildi va bu janjal ikki qardosh
xalqning ba’zi bir kishilari o’rtasidagi qonli mojaroga aylanib ketdi. Aslida
janjal 1989 yil 16 may kuni Quvasoy shahri pivoxonalaridan birida maishiy
negizda ikki yigit – biri rus va biri tatar kishi mushtlashuvidan boshlandi. Bu
haqda “Pravda” gazetasining 1989 yil
20 iyun sonidagi Odilbek Qaipberganov maqolasida yozilgan.
“Janjal dastlab
bir rus va bir tatar kishining o’zaro mushtlashuvidan boshlangan. Rus
kishining ikki o’zbek og’aynisi uning tarafini olgan. Tatar
kishi tarafdorlari esa tasodifiy turklar bo’lib chiqqan. Vaqtida oldini olish mumkin bo’lgan kichik janjal to’satdan kuchayib
ketgan.” [5] Bu
millatlararo qonli voqeani O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1-kotibi Rafiq
Nishonovich Nishonov Moskvadagi SSSR Xalq deputatlari sessiyasi minbaridan “bir banka qulupnay” uchun bo’lgan mojaro
sabab, deb gapirgandi [6, 2-j., 663-b.].
“1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar harbiy
qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda
qatnashgan aholi halok bo’ldi (ularning ko’pchiligi yoshlar edi), 200 dan
ortig’i esa yarador qilindi. Umuman 3-12
iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnashuvlar va ularni
harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009
kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan.” [6,
2-j., 663-664-b.]
1989 yil 11 iyun kuni Toshkentga SSSR
Vazirlar Kengashining raisi Nikolay Ivanovich Rijkov (1929 yilda tug’ilgan), SSSR
Davlat xavfsizligi qo’mitasi (DHQ-KGB)ning raisi Viktor Mixailovich Chebrikov
([1923-1.07.1999], u 1982-1988 yillarda SSSR DXQ raisi bo’lib ishlagan) va SSSR
Ichki ishlar vaziri Vadim Viktorovich Bakatin (1937 yilda tug’ilgan), u 1988
yil oktyabridan 1990 yil 1 dekabrigacha SSSR II vaziri bo’lib ishlagan)
Toshkentga kelishdi. [7] da yozilishicha, shu kuni – 11 iyunda Toshkentdagi
Lenin (hozirgi Mustaqillik) nomli maydonda bir necha yuz kishilik miting bo’lgan
va Farg’ona voq’ealari haqida “noto’g’ri
ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va bir qator talablar qo’ydilar”
[7].
Abdumannob Po’latovning muallifga 2005 yil 5
dekabrda elektron pochta orqali yozgan maktubiga asosan, 1989 yil 11 iyunda O’zbekiston Kompartiyasi MQning
qarshisida, shoh kochaning narigi tomonida – xiyobonda bir necha yuz kishilik
piket “Birlik” XH tomonidan uyushtirilgan. Ushbu piketni uyushtiruvchi va
boshqaruvchilaridan biri Abdumannob aka bo’lganlar.
Xuddi shu kuni – 1989 yil 11 iyunda Toshkentga
kelgan rahbarlar va “Birlik” XHning boshliqlari o’rtasida taxminan uch soatlik
uchrashuv bo’lgan. O’zkompartiya MQning binosi (hozir bu binoda O’zR Prezident
Mahkamasi joylashgan) xonalaridan birida stolning bir tomoniga N.Rijkov, V.Chebrikov,
V.Bakatin va R.Nishonov, ikkinchi tomoniga esa “Birlik” XH raisi, texnika
fanlar doktori Abduraxim Po’latov, professor Olimjon Karimov, Toshkent davlat
universitetinig docenti Shuhrat Ismatullayev (1949 yil 10 noyabrda Toshkentda
tug’ilgan), yozuvchi Zohir A’lam (1943 yilda tug’ilgan), shoira va jurnalist,
“Tumaris” gazetasinig muharriri Gulchehra Nurullayeva yuzma-yuz o’tirishdi.
(Shu yerda Abduraxim Po’latov haqida
qo’shimcha ma’lumot berib o’taylik. U 1945 yil 7 noyabrda Toshkent viloyati,
G’ishtko’prik qishlog’ida tug’ilgan. U 1962 yili G’ishtko’prikdagi o’rta
maktabni, 1968 yilda Moskva Energetika institutini tamomlab, kompyuterlar
injeneri diplomini oldi. 1968 yildan 1991 yilning iyul oyigacha Toshkentda
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika institutida ishladi. U 1973 yilda
kandidatlik, 1984 yilda doktorlik dissertaciyasini yoqladi. 1977 yildan
laboratoriya mudiri, 1990 yildan professor. U Kibernetika instituti kommunistik
partiya tashkilotining (partkom) kotibi bo’lib ishlagan. 1988 yil 11 noyabrda
mashhur hofiz va shoir Dadaxon Xasan uyida „Birlik“ xalq harakatiga asos
solganlardan biri A.Po’latovdir. U 1988 yil 1 dekabrda „Birlik“ Tashabbus guruhining,
1989 yil 28 mayda Harakat Markaziy Kengashining raisligiga saylandi. 1989 yil
16 oktyabrda antikommunistik faoliyati uchun 1980 yildan beri a’zosi bo’lgan o’zkompartiya
safidan o’chirildi. 1990 yil 20 iyunda nomi keyinchalik „Birlik“ partiyasi,
„Birlik“ xalq harakati partiyasi deb o’zgartirilgan O’zbekiston demokratik
partiyasining ta’sis qurultoyida partiyaning raisi etib saylandi. Hozir – 2005
yil dekabrida ham uning raisidir. 1992 yil 29 iyunda unga qarshi Toshkentda
suiqasd uyushtirildi, bosh suyagi yorildi. 1992 yil 18 dekabrda O’zbekistonda muxolifatga
qarshi repressiyalar yanada kuchaygach Vatanni tark etishga majbur bo’ldi. 1993
yil 21-23 martda Antaliyada Turk dunyosi qurultoyida qatnashdi va so’ngra
Turkiyada qoldi. U 1994 yildan AQShda yashamoqda, 1995 yildan AQShda nashr
etilayotgan “Birlik” XH ning “Harakat” jurnali asoschisidir. A.Po’latov oilali,
bir o’g’li va bir qizi bor. [8, 61-62-b.])
Avvaliga yig’ilish ishtirokchilariga SSSR kuch
ishlatar organ xodimlari tasvirga olgan Farg’ona fojiasiga oid bir soatlik
videofilm ko’rsatilgan. Film tugagach, N.Rijkov yig’ilganlardan foyia sabablari
xususida fikrlarini so’ragan. Dastlab Z.A’lam rahbar kadrlarni tayinlashda
katta xatolar borligini, Quvasoyda deyarli barcha rahbarlik lavozimlariga
mesxetiyalik turklar qo’yilganligi, bu esa mahalliy aholining katta noroziligiga
sabab bo’lganligi haqida gapirgan. G.Nurullayevaning muallifga 2005 yil 12
dekabr kuni telefonda aytganlariga ko’ra, 2-bolib A.Po’latov so’zlagan va u
bunday degan: “Bu qonli to’qnashuvlarda
mesxetiya turklari ham, o’zbeklar ham aybdor emas. O’zbek xalqi mehmondo’st, bahri
ochiq xalq. Ulug’ Vatan urushi yillarida o’zbek xalqi boshqa xalqlar bilan yarim burda nonini bo’lishib yegan. Bizning
fikrimizcha, bu qonli voqealar ortida iflos qo’llarning katta o’yini bor. Bu
voqea ikki qardosh xalqlar orasiga nizo solish uchun ataylab qilindi, deb
hisoblayman. Yaqinda mesxetiya turklari yashayotgan manzilga … borib
uchrashuvda qatnashdik. Ular o’zbek xalqiga nisbatan mehr-muhabbatlari baland
ekanligini bir necha marta aytishdi” (G.Nurullayeva
mesxetiya turklari bilan bo’lgan joy nomini eslay olmadi.)
Z.A’lamning muallifga 2005 yil 8 dekabrda
aytganlariga ko’ra, A.Po’latov asosan: “O’zbekistonda
SSSR kimyo sanoatining 12,5 foizi joylashganligi” haqida, ekologoya
masalalari to’g’risida gapirgan. Shunda Z.A’lam yana so’z olib, yig’ilganlar
e’tiborini O’zbekistonda mahalliy kadrlarga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’layotganlari,
bu borada katta xatolar borligi xaqida gapirib, “Masalan, Toshkent Aviaciya ishlab chiqarish birlashmasida bor-yo’g’i
olti foiz o’zbeklar ishlashi, ularning ham 99 foizi oddiy ishchilar”
ekanligi, “O’zbekiston Ichki ishlar
vazirligida esa bor-yo’gi 13 foiz mahalliy aholi vakillari”ekanligi haqida
gapirgan. R.Nishonov: “Zohir, ti zaginayesh, eto ne tak” (“Zohir,
sen oshirib yubording, bu bunday emas”) degan. Shunda Z.A’lam: “Imenno tak. Yesli ne tak, to vi menya
mojete otdat pod sud”
(“Agar bunday bo’lmasa, sizlar meni sudga berishlaringiz mumkin”), deb
javob bergan.
Yig’ilishda to’rtinchi
bo’lib prof. O.Karimov so’zlagan. U Farg’ona voqealari asosida o’zbek
dehqonlarining muhtojlikda yashayotganligi, kambag’allashib, tobora
qashshoqlashib borayotganligi haqida gapirgan. U stol
ustida turgan shishadagi mineral suvga barmog’i bilan ko’rsatib shunday degan: “Hozir Sovet hukumati 1 kilo paxta uchun
o’zbek dehqonlariga ikki shisha mineral suv bahosida haq to’lamoqda. Shu
sababli dehqonlar kundan-kunga qashshoqlashib bormoqda …” Prof. O.Karimov
so’zini davom ettirib, bunday og’ir ahvoldan chiqish uchun har bir dehqon
oilasiga 20 sotixdan yer berish kerakligi, bu tadbir xalqning o’zini o’zi
boqishga va tinchlikka olib kelishi haqida aytgan. Bunga javoban SSSR
Hukumatining raisi N.Rijkov: “Bu yaxshi
taklif. Buni birdaniga amalga oshirishni sizlarga va’da
bermayman-u, lekin ushbu taklifni Moskvadagi boshqa rahbarlarga albatta
yetkazaman”, degan. Shunday qilib filmdan so’ng muhokama ikki soatlar davom etgan.
(Prof. O.Karimov gapirgan gaplari haqida muallifga
Sh.Ismatullayev 2005 yil 7 dekabr kuni aytib berdi.)
O’zbekistondagi ahvolni, yuzlab kishilar
o’tkazgan ommaviy piketni va muxolifatning kundan-kunga kuchayib
borayotganligini o’z ko’zlari bilan ko’rgan SSSR Vazirlar Kengashi raisi
N.Rijkov ham, SSSR DHQ raisi V.Chebrikov ham, SSSR IIV vaziri V.Bakatin ham
O’zbekistonning birinchi rahbarini zudlik bilan almashtirish va uning o’rniga
qattiqqo’l rahbar tayinlash kerakligi haqida fikrga kelishgan ko’rinadi. Ular
Moskvaga qaytgach, ertasigayoq – 1989 yil 12 iyunda (juma kuni) SSSR Kompartiyasi
MQ Siyosiy Byurosida O’zbekiston kompartiyasi MQ ning 1-kotibi masalasi
ko’riladi. Bu haqda I.Karimov gapirib bergan gaplar [9]-adabiyotda
quyidagicha yozilgan.
“Hozir aniq esimda yo’q, 10 yoki 11 iyun edi, Siyosiy Byuro O’zbekiston
Kompartiyasi MQ sining birinchi kotibi masalasini ko’rardi. Muhokama tanqidiygina emas, hurmatsizlik
ruhida borardi. Shivir-shivirlar, mayda pichinglar,
kesatiqlar bilan o’tardi yig’ilish. Shunda men minbarda turib,
Gorbachevga qarab dedim: “Mixail Sergeevich! Mening
nomzodimni olib tashlang. Ko’rib turibmanki, kimlargadir
yoqmayapman.
Lekin oradan
ikki kun o’tib Nishonov uyimga telefon qildi va Moskva
mening nomzodimni ma’qullaganini aytdi. 23 iyun kuni (1989 yil, A.Sh.) O’zbekiston
Kompartiyasi MQ sining plenumi bo’ldi va men birinchi
kotiblikka saylandim”. (Darvoqe, Karimovning bu so’zlarini
tegishli arxiv materiallari tasdiqlaydi.)” [9, 8-9-b.]
Shunday qilib, 1989 yil 23 iyunda Islom Karimov
O’zbekiston Kompartiyasining 1-kotibi etib saylandi. 1990 yil
24 martda esa O’zR Oliy Kengashining sessiyasida u O’zbekiston prezidenti etib
saylangandi. Prof. O.Karimov 1993 yil Oliy sudda aytganlariga ko’ra,
Islom Karimov prezident bo’lib saylanganidan so’ng ikki hafta o’tib prof.
O.Karimovni qabul qilgan. Uchrashuv va suhbat davomida
Olimjon aka prezident I.Karimovga “Birlik” xalq harakatining Ustavi va
Dasturini bergan.
Muallif ushbu band oxirida prof.
O.Karimovning 1989 yil 11 iyunda aytgan va yuqorida keltirilgan ikkita taklifi
yuzasidan ba’zi bir fikrlarini bayon etmoqchi. Birinchidan, O.Karimov 1989
yilda Sovet hukumati o’zbek dehqonlariga 1 kilo paxtaga ikki shisha mineral suv
bahosida haq to’layotganligini aytgan edi. Taqqoslash uchun: 2005 yil kuzida
bir shisha Toshkent mineral suvi 100 so’m edi, Ozbekiston Kompartiyasining
sobiq 1-kotibi I.Karimov boshqarayotgan Mustaqil O’zbekiston rahbariyati 2005
yil kuzida dehqonlarga 1 kilo paxtaga 35 so’mdan haq to’layotir. Ya’ni, bugungi
kunda O’zbekiston rahbariyati dehqonlardan paxtani Sovet Ittifoqi davriga
nisbatan deyarli olti (!) marta kam narxda sotib
olmoqda! Shu sababli o’zbek dehqonining bugungi kundagi ahvoli yanada
og’irlashdi, millionlab dehqonlarimiz boshqa shaharlarga, hatto chet el
mamlakatlariga borib qulday bo’lib mardikorlik qilmoqdalar. O’zbek ayollari ham
mardikor bozorlariga chiqdilar, ulardan ba’zilari esa fohishabozlik bilan kun kechirmoqdalar …
Prof. O.Karimov har bir
dehqon oilasiga 20 sotixdan tomorqa yeri berish haqidagi 2-taklifni ham aytgan
edi. I.Karimov 1989 yil 23 iyunda O’zbekiston Kompartiyasi 1-kotibi etib
saylangach, ko’p vaqt o’tmay dehqon oilalariga sug’oriladigan yerlardan 0,25
gektargacha va sug’orilmaydigan yerlardan 0,5 gektargacha tomorqa yeri berish
to’g’risida Farmon, so’ngra bu haqda O’zSSR Vazirlar Mahkamasining qarori
chiqdi Bu keyinchalik O’zR “Yer
to’g’risida”gi qonunning 21-moddasida yozib qo’yildi. Bundaj tadbir sababli
mamlakatimizda ma’lum darajada tinchlik va
barqarorlikka erishildi. Dehqonlarga tomorqa yerlari
berilishi o’sha paytlar I.Karimovning xalq orasidagi obro’yining oshishiga olib
keldi. Bu ijobiy taklif o’sha vaqtlardan hozirgi kunlargacha prezident I.Karimovning
tashabbusi deb yozib kelinmoqda va aytilmoqda. Aslida
esa bunday xalqparvarona taklifning muallifi professor Olimjon Karimovdir!
3.
PROF. O.KARIMOV
1989 YIL OKTYABRDA
YOZILGAN O’ZBEKISTON MUSTAQILLIK
DEKLARACIYASINING DASTLABKI LOYIHA
MUALLIFLARIDAN BIRIDIR
Professor O.Karimov
O’zbekiston Mustaqillikka erishishidan deyarli ikki yil avval – 1989 yil
oktyabrida Mustaqillik Deklaraciyasi dastlabki loyihasini yozgan bir guruh
o’zbek ziyolilaridan biridir. Bu loyiha haqida
xalqimizning kattagina qismi, jumladan yosh avlod ham bilmaydi. Hatto
demokratlardan ko’pchiligi, jumladan 1990 yil may oyida “Erk” gazetasida chop
etilgan Mustaqillik Deklaraciyasining ikkinchi loyihasi muallifi, “Erk”
Demokratik partiyasining Bosh kotibi, texnika fanlari doktori Atanazar Arifov
ham bundan bexabar ekanligini hisobga olib, muallif
uni ushbu maqolada keltirishni o’rinli deb hisoblaydi.
“LOYIHA
O’ZBEKISTON SOVET SOCIALISTIK
JUMHURIYATINING MUSTAQILLIGI (SUVERENITETI) HAQIDAGI
D E K
L A R
A C I
Y A
O’rta Osiyoda
bundan ming yillar muqaddam dehqonchilik madaniyati
paydo bo’lgan. Bu serquyosh o’lkada yashab kelgan xalq ilm-fan, hunarmandchilik,
adabiyot va san’at sohalarida bashariyat kamolotiga katta
hissa qo’shdi. Ular tuzgan T U R O N davlatining tarixi mustaqillik uchun
kurashning qahramonona namunasidir.
X1Y asrdayoq
xalq manfaati va irodasini ifodalovchi sarbadorlar
davlatining tuzilishi keyingi Ovrupo va Rusiyadagi inqilobiy harakatlarning debochasi
bo’ldi. Iqtisodiy munosabatlar o’ziga xos “osiyocha ishlab
chiqarish usuli” bilan rivoj topdi.
Bu yerda
shakllangan xalq o’zining uzoq yillar davomida yaratgan madaniyati va ma’naviyatini bir necha tillarda doston etoldi. So’nggi
turkiy va forsiy tillarda yaratilgan yodgorliklar ham
natijada yaxlit, bir ma’naviy dunyoni ifodalaydi. Uning ajib durdonasi katta savdo
yo’llarida shakllangan xalqning millat va elat
ajratmasligini isboti bo’lsa, o’zga madaniyatlarni chuqur o’zlashtirib olishi
tarixiy baynalmilalligidir!
Hozirgi
O’zbekiston Sovet Socialistik Jumhuriyati O’rta Osiyo va
Qozog’iston hududida socialistik millat bo’lib shakllangan o’zbeklarning
mustaqil (suveren) davlati va shu yerlarda shakllangan boshqa socialistik
millatlar bilan birga, ming yillik davlatning merosxo’ridir.
O’zbekiston jumhuriyati lenincha principlar asosida SSSR davlatiga
birlashdi. Jumhuriyat ahli Sovet Ittifoqining qudratini oshirishda,
moddiy va ma’naviy boyliklarini ayamay, tinchlik va
urush davrlarida do’stlik g’oyalariga sadoqat va halollik bilan xizmat qildi.
Stalinchilik davriga
kelib, yerli xalq o’z-o’zini himoya qilish vositalaridan mahrum bo’lib qoldi va yovuz mustamlakachilik siyosatining qurboni bo’la
boshladi. Bu hol Sovet Ittifoqining boshqa jumhuriyatlariga ham taalluqli
bo’lib, O’rta Osiyo va Qozog’iston yerlarida eng
jirkanch shakllarda namoyon bo’ldi. Hozirgi kunda xalq o’zining yalpi kasalvandlik
va qashshoqligidan inqirozga yuz tutayotganligini
angladi va oyoqqa tura boshladi. Ayanchli ahvoldan qutulishning yagona yo’li –
mustaqillik! Har bir sovet jumhuriyatining mustaqilligi! Bu - O’zbekiston
xalqining xohish-irodasi va uning iqtisodiy-siyosiy,
jamoat ishlaridagi o’z oldiga qo’ygan oliy maqsadidir. Bu
maqsadga erishishda ko’plab to’siqlarga duch kelayotirmiz. Bu millatlar o’rtasida atay nizo chiqarib adovat uyg’otish, demokratik
kuchlarni parchalashga urinish shaklida namoyon bo’lmoqda. Bu juda xavflidir. Zero, O’zbekiston
jumhuriyatining mustaqilligi bilan chambarchas bog’langandir. Mustaqillik nazariyasini faqat uyushgan holdagina hayotga tatbiq
etish mumkin. Shu yo’sinda sovet jumhuriyatlarining yangi, haqiqiy
Ittifoqi shakllanadi.
O’zbekiston
jumhuroyatining mustaqilligi:
- umumbashariy mustaqillik g’oyalari shartnomalariga,
socialistik millatlarning haqiqiy ittifoqiga va inson huquqlariga asoslanadi;
- uning hududida faqat o’z Oliy Kengashi chiqargan qonunlar
qo’llanishi bilan belgilanadi.
O’zbekiston
jumhuriyatining Sovet Ittifoqiga birlashish principlari:
-
ijtimoiy-siyosiy sohada – federal asosda;
- iqtisodiy sohalarda – konfederaciya asosida;
- milliy-madaniy sohalarda – to’la mustaqillik asosida bo’ladi.
O’zbekiston
jumhuriyatining mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilish, shu yerda yashovchi,
millati va lavozimidan qat’iy nazar, har bir
O’zbekiston fuqarosining sharafli burchi, qardosh jumhuriyatlar ahlining
baynalmilal ko’magi hisoblanadi.
Faqat shu
yo’l bilan hur fikrli, teng huquqli fuqarolarning hamkorligi – haqiqiy buzilmas
Ittifoqqa aylanadi. Bunday huquqiy ittifoq – barcha sovet kishilarining oliy
maqsadidir!
“BIRLIK” XALQ HARAKATI nomidan:
Anvar Madumarov, Dilshod Shams, Ahmad A’zam, Mirza Kenjaboyev, Faxriddin
Xudoyqulov, Muhammad Solih, Olim Karimov, Zohir A’lam, Usmon Azimov.” [10]
Taqqoslash uchun 1990 yil may oyida “Erk”
demokratik partiyasi kotibi, texnika fanlari doktori Atanazar Arifov tomonidan
yozilgan O’zbekiston Mustaqillik Deklaraciyasining loyihasini ham keltiraylik.
“12-chaqiriq
O’zbekiston Oliy Kengashining 2-majlisiga “Erk” demokratik partiyasining
TAKLIF-LOYIHASI
M U S T A Q I
L L I K D E K L A R A C I Y A S
I
O’zbekiston
bugun o’z hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron
emasligini tan olib,
tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini
e’tirof etib,
jumhuriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va
irodasini ifodalab,
hokimiyat manbai xalq ekanligini e’tirof etib,
xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o’zigagina
berilganligini qayd etib,
taraqqiyot yo’lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida
ekanligini ta’kidlab,
xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va
demokratiya principlariga asoslanib,
Jumhuriyat
Oliy Kengashi O’zbekistonni suveren davlat deb e’lon qiladi!
O’ZBEKISTON SUVEREN DAVLATI
- o’z hududining barcha tarkibiy qismlari – yer, suv, havo,
yer usti, yer osti boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga
mutloq egadir;
- o’z hududining barcha tarkibiy qismlarida – yer osti va yer
ustida, suvda, havoda – mutloq hukmrondir;
- siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini
– xalq manfaati va ehtiyojidan kelib chiqib – o’zi belgilaydi;
- suveren huquqlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
barcha qonun va farmonlarni o’zi ishlab chiqadi va ularning ijrosini o’zi
tashkil qiladi;
- barcha aloqalarni o’zi o’rnatadi;
- fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni o’zi aniqlaydi;
- aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan munosabatda
ularning teng huquqligi va o’z taqdirini o’zi belgilashi principiga amal
qiladi.
Hujjat “ERK” Partiyasining 1990 yil 11 may kuni o’tgan Hay’atida
tasdiqlandi.” [11]
Oxir-oqibat O’zbekiston Mustaqillik
Deklaraciyasi 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengash tomonidan qabul qilinib, 22 iyun
kuni gazetalarda chop etilgandi. Uning Oliy Kengashda qabul
qilinish tarixi Jahongir Mamatovning “IAK”
hujjatli romanida yaxshi yozilgan. Muallif ushbu band oxirida
Mustaqillik Deklaraciyasining gazetalarda chop etilgan variantini J.Mamatov
bergan izohlari bilan birgalikda [12] adabiyotning 7-bandidan keltirib o’tishni
o’rinli deb topdi.
“Quyida O’zbekiston
Mustaqillik deklaratsiyasining 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan va Karimov tomonidan o’zgartirib ikki kun keyin e’lon qilingan
matnini keltirmoqchiman. Qora (bosh, A.Sh.) harflar bilan yozilgan va
ostida chiziq bo’lgan kalimalar deklaratsiya xalq vakillari tomonidan qabul
qilingandan so’ng unga zo’ravon hukumat tomonidan qo’shilgan so’zlardir.
“M U S T A Q I L L I K D
E K L A R A T S I A S I
O’zbekiston SOVET SOTSIALICTIK RESPUBLIKASI Oliy soveti:
o’zbek xalqining davlat
qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy ana’nalari,
har bir millatning o’z taqdirini
o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,
har bir kishining farovon hayot
kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,
O’zbekiston xalqlarining
kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his qilgan holda,
xalqaro huquq qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya principlariga asoslanib,
O’zbekiston SOVET
SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI ning davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
1. O’zbekiston SSR ning
demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy
qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho
hokimligidir.
2. O’zbekiston SSR ning
davlat hududi, chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning
muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas.
3. O’zbekiston SSR da davlat
hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va
bo’linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga
taalluqlidir.
4. SSSR Oliy Sovetida qabul
qilinadigan qarorlar O’zbekiston SSR konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Sovet
tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston SSR hududiga kuchga ega
bo’ladi.
(IZOH: Islom
Karimov bu bandni “SSSR Oliy sovetida qabul qilinadigan qarorlar O’zbekiston
SSR konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR hududida yetakchi kuchga egadir”
tarzida taklif qilgan, ammo deputatlarning qattiq talabi bilan unga “Ozbekiston
Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina” degan qo’shimcha kiritilgan
edi. – JM)
5. O’zbekiston SSR davlat
hokimiyati vakolatiga Ozbekiston SSR ichki va tashqi
siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. O’zbekiston SSR
xalqaro huquqning asosiy principlarini tan oladi va
hurmat qiladi.
7. O’zbekiston SSR
ITTIFOQDOSH RESPUBLIKALAR VA boshqa davlatlar bilan o’zining siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini
shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8. O’zbekiston SSR
o’zining taraqqiyot yo’lini, O’Z NOMINI O’ZI
BELGILAYDI va davlat belgilarini (Gerb, Bayroq, Madhiya) o’zi ta’sis
etadi.
(IZOH: Bu band “O’zbekiston
o’zining taraqqiyot yo’lini o’zi belgilaydi va
O’zbekiston SSR O’zbekiston Respublikasi deb o’zgartirilganini e’lon etadi va
O’zbekiston respublikasining davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o’zi
ta’sis etadi.” tarzida edi – JM).
9. QORAQALPOG’ISTON MUXTOR
SOVET SOTCIALISTIK RESPUBLIKASI
MUSTAQILLIGINI MUXTOR RESPUBLIKA
KONSTITUTCIYASI TA’MIN ETADI. O’ZBEKISTON SSR
UNING ASOSIY QONUNI
VA O’ZBEKISTON SSR
KONSTITUTCIYASI ASOSIDA QORAQALPOG’ISTON MSSRNING
MANFAATLARINI HIMOYA QILADI.
(IZOH: Asosiy matnda bu band
quyidagicha edi: Qoraqalpog’iston kelajagini O’zbekiston qonunlari doirasida bu
hududda yashayotgan xalqlarning vakillari o’laroq bu jumhuriyatning Oliy soveti
belgilaydi”. Bu mazkur mintaqa deputatlarining taklifi edi.
– JM).
10. O’zbekiston SSR
ning qonun chiqaruvchi hokimiyati O’zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O’zbekiston SSR ning
siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va
qurilishini belgilaydi.
11. O’zbekiston SSR Oliy
Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror
qilganini bildiradi. O’zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy
huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. (Bu
moddaning ikkinchi jumlasi asl matnda yo’q edi.
Bilishimizcha ruslarning va rus tilining manfaati
ko’zlangan holda bu satrlar kiritilgan. – JM)
12. Ushbu deklaratciya
O’zbekiston SSR ning yangi konstitutciyasi HAMDA ITTIFOQ SHARTNOMASI ni ishlab chiqish uchun
asosdir”. [12, 17-18-b.]
O’quvchimiz bu Deklaraciyani [6, 2-j., 669-b.]da yozilgan rasmiy matn bilan taqqoslashi mumkin.
Ushbu band oxirida Jahongir Mamatov haqida qisqacha
ma’lumot berib o’taylik. J.Mamatov
1990 yilda O’zR Oliy Kengashisiga Samarqand viloyati, Jomboy tumanidan deputat
etib saylangach, 1990-1992 yillar davomida O’zbekiston Mustaqilligi,
demokratiya, demokratik islohotlar yo’lida faoliyat olib bordi. U 1990
yildan Oliy Kengashning Oshkoralik qo’mitasi rais o’rinbosari lavozimida, 1991
yil 5 oktyabrdan 100 kun davomida Prezident devonida “Xalq deputatlari bilan hamkorlik qilish faoliyatlarini
muvofiqlashtiruvchi bo’lim” boshlig’i bo’lib ishladi. U 1992 yil 13 yanvar
(dushanba) kunidan boshlab O’zbekiston Televideniyesi rais o’rinbosari
lavozimiga tayinlangach, Talabalar shaharchasida 1992 yil 16-17 yanvar kunlari
ro’y bergan qonli voqealar haqidagi
faktlarni aytishga hamda televideniye orqali ko’rsatilishiga yo’l
bermaganlari va boshqa taqiqlar tufayli norozilik bildirib iste’fo bergan edi. Shundan so’ng u Oliy Kengashning Oshkoralik qo’mitasidagi
faoliyatini davom ettirdi. 1993 yil 3 yanvardan 2
fevralgacha, yani “Erk” gazetasi majburan yopilganiga qadar shu gazetaning
muharriri bo’lib ishladi. 1993 yil 13 fevralda Toshkentdagi uyini –
Hamid Olimjon maydoni yaqinidagi 16 qavatli binolardan biridagi kvartirani
hokimiyat organlari majburan tortib olganliklari sababli u oilasi bilan
Samarqandga ko’chib ketdi (uy jihozlarini katta furgon mashinaga ortishda 13
fevralda muallif ham yordam bergandi va bu voqealarga shaxsan guvohdir). 1993
yil 17 aprelda kuchishlatar organ xodimlari uning Samarqanddagi uyiga kelib,
uni Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general … kabinetiga
olib borishgan. U qamoqdan qochishga muvaffaq bo’lgan va
1993 yil may oyida Ozarbayjonga, so’ngra Turkiyaga ketdi [12]. U Turkiyada 1994
yil may oyigacha bo’lib, “Erk” gazetasining bir necha sonini chiqarishda
muharrirlik qildi. 1998 yilda u AQShga borib, “Amerika ovozi”
radiosi O’zbek shu’basida ishlay boshladi. U yerda O’zbek shu’basi 2004
yilda yopilguniga qadar ishladi (2005 yilda “Amerika ovozi” O’zbek shu’basi
qaytadan tiklandi va har kuni Toshkent vaqti bilan 20.00 da 19,25,31 metr radio
to’lqinlarda o’zbek tilida 30 daqiqalik eshittirishlar olib bormoqda).
J.Mamatov 2005 yil may oyidan boshlab faoliyat olib borayotgan Demokratik
O’zbekiston Kongressi (DO’K)ning raisi, DO’K 2005 yil
18 noyabrda AQShda ro’yxatga olingan.
4. PROF. O.KARIMOV 1989-1990 YILLARDA
O’ZBEKISTONLIK ASKARLARNING YASHASH
HUQUQINI HIMOYA
QILISH BORASIDAGI FAOLIYATI
1989 yil 24 may kuni Farg’ona viloyatidagi
Quvasoy shahrida o’zbek va mesxetiya turk yoshlari o’rtasida janjal
uyushtirilishi va bu ikki qardosh millatdan bo’lgan odamlar o’rtasidagi qonli
mojaroga aylantirib yuborilganligi, buning keng tus olishi va kup qurbonlar
berilishining sababi – Sovet Ittifoqi kuchishlatar organlarining fitnasi
ekanligi haqida 3-bandda yozgan edik. Bu mojaroning kelib chiqishida va vaqtida tegishli choralar ko’rmaganlikda maxsus xizmat
organlarining “xizmatlari” bor edi. Chunki Quvasoydagi bu janjal birdaniga ro’y
bermagan va u ikki-uch hafta davomida pishib yetilib
borgan. Bu vaqt orasida kuchishlatar organlar, jumladan
maxsus xizmat organlari janjalning oldini olish uchun deyarli hech qanday
chora-tadbirlar ko’rishmagan.
1989 yil may-iyunda Farg’ona vodiysida ro’y
bergan qonli voqealardan so’ng “Pravda”,
“Izvestiya”, “Trud”, “Sovetskaya Rossiya”, “Krasnaya zvezda” singari
markaziy gazetalarda, “Sobesednik”, “Semya”
kabi haftaliklarda va “Ogonyok” jurnalida
hodisalarning mohiyatini buzib ko’rsatuvchi, tuhmat va buhtondan iborat, o’zbek
xalqining nomus va g’ururini tahqirlovchi bir qator maqolalar chop etildi.
Farg’ona fojialarining davomi sifatida markaziy matbuotda, radio va televideniyeda o’zbeklarga qarshi o’taketgan beboshlik
bilan kampaniya, tashviqot boshlanib ketdi [13, 10-b.]. Natijada
faqat 1989 yil davomida SSSR armiyasi safida xizmat qilgan o’zbekistonlik 430
askarning jasadi temir tobutlarda keltirildi. Bu faktni
O’zbekiston Kompartiyasi 1-kotibi I.Karimov 1990 yil 24 fevralda Toshkentdagi “Xalqlar
do’stligi” nomli san’at saroyida bo’lib o’tgan yig’ilishda aytgan edi. Bu ayanchli ahvol 1990 yilda ham davom etdi.
Qattiq tahqirlar va
kaltaklanishlar natijasida askar o’g’lonlarimiz o’z jonlarini saqlash uchun
xizmat joylarini ommaviy ravishda tark etib, O’zbekistonga qaytib kela
boshladilar. Rus tilini va SSSR qonunlarini deyarli
bilmaydigan o’sha 18-19 yoshli ukalarimizni, xalqimiz farzandlarini qonuniy himoya
qilish masalasi bilan O’zbekiston “Birlik” xalq harakati va “Tumaris”
xotin-qizlar uyushmasining faollari shug’ullanishar edi. Vasila Inoyatovaning
muallifga 2005 yil 29 dekabr kuni telefonda aytganlariga ko’ra, 1990 yil aprel
oyi o’rtalarida “Tumaris” va “Birlik”chilar Vazirlar Mahkamasi oldida 50
kishilik piket uyushtirishgan. Piketchilardan yetti nafari sovet armiyasida
majruh bo’lgan va sog’ligini yo’qotgan askarlar edi. Bu piketchilar safida prof. O.Karimov ham bor edi.
Piketchilarni o’sha vaqtlarda
O’zR vice-prezidenti bo’lib ishlayotgan Shukrullo Mirsaidov qabul qilgan.
Shu yerning o’zida o’zbekistonlik askarlar muammolari bilan
shug’ullanuvchi Sh.Mirsaidov rahbarligida Davlat komissiyasini tuzish
to’g’risida kelishilgan. O’zbek askarlarining tobutlari keltirilayotgan va eng ko’p qochib kelayotgan Sovet Ittifoqining turli
o’lkalariga borib kelish uchun bir necha komissiya tuzish va bu komissiyalar
tarkibiga “Tumaris” va “Birlik”dan faollarini kiritish haqidagi piketchilar
talabiga rozi bo’lgan. O’sha uzoq ulkalarga borib kelish
uchun mablag’ O’zbekiston hisobidan ta’minlashga kelishilgan. O’sha
kunlari
“Birlik” xalq harakati va
“Tumaris” xotin-qizlar uyushmasi rahbarlari va faollari, jumladan prof.
O.Karimov, o’zbekistonlik askarlarning yashash huquqini himoya qilish yo’lida
qizg’in faoliyat olib borishdi. Muallif bu borada 1990 yil 28 aprel kuni Toshkent
aeroportiga o’zbek askarlarining jasadi solingan yana uchta temir tobut olib
kelinganligi, ulardan birini - askar Anvar Karimovning murdasi joylashtirilgan
tobutni “birlik”chilar (jumladan muallif
ishtirokida) “Tez yordam” mashinasiga solib, prezident Islom Karimov
ishlayotgan Qarorgoh (bino) eshigi oldiga keltirib qo’yib, prezidentning
chiqishini talab qilishgani va I.Karimov hamda 35 “birlik”chining 40 daqiqalik
uchrashuvi bo’lganligi haqida [13] kitobchada ham, [14] maqolada ham yozgan
edi. Quyida yana bir o’zbek askarining fojiaviy
taqdiri va u bilan bog’liq 1990 yil 25-26 aprel kunlari Toshkentda bo’lib
o’tgan voqealar to’g’risida bayon qilamiz.
O’sha paytlar
O’zbekistonga tobutlar deyarli har kuni keltirilar edi. 1990 yil aprelida, Ramazon hayiti arafasida,
Ramazon hayitining nahorida, ya’ni 1990 yil
26 aprel ertalab H.Muxamedov tobuti Olmazor machitiga janoza o’qish uchun
keltirildi. Janoza o’qilgach, janozaga yig’ilgan kishilar, ulardan ko’pchiligi
“birlik”chilar edi, tobutni yelkaga ko’tarib, O’zbekiston prezidenti I.Karimov
bilan uchrashish maqsadida O’zbekiston Kompartiyasi MQsining binosi tomon
yurishdi (o’sha yurishda muallif ham qatnashgandi). Bu bino
Olmazor machitidan taxminan 800-900 metrlar masofada joylashgandi. Odamlar
prezident I.Karimov bilan uchrashmoqchi va ularni
qiynayotgan bir nechta savollar bilan bevosita unga murojaat qilmoqchi edilar.
O’shanda yo’limizni uch qator qilib ko’ndalang qo’yilgan yuk
mashinalari va yuzlab miliciya xodimlari to’sib turar edilar. Biz yaqinlashib,
miliciya xodimlarini nariroqqa surib, tobutni dast ko’targancha miliciya
saflarini yorib o’tdik va ikki qator yuk mashinalari
ustidan ham olib o’tdik. (Tobutni 2-qatordagi yuk
mashinalari ustidan olib o’tilayotgan bir paytda muallif bir necha lahza
davomida kinooperator, “Birlik” faoli Abdulaziz Maxmudovni ko’rdi. U yo’l
chekkasidagi beton ustunning bir metrcha balandlikda turtib chiqqan joyiga bir
oyog’ini qo’yib, chap qo’li bilan ustunni quchib, o’ng qo’li bilan esa yelkasida
turgan videokamera bilan bo’layotgan tarixiy voqealarni suratga olardi. U o’sha yillarda tariximiz uchun muhim bo’lgan voqealarni 10 dan
ziyod videotasmalarga suratga olgan. Uning haqida maqolamizning 6- va 8-bandlarida yozilgan.)
Prezident devoniga 15-20
metrlar qolgandi. Bizning qarshimizda uchinchi qator yuk
mashinalari va biz bilan qonli to’qnashuvlarga tayyor holda ko’plab miliciya
xodimlari turishar edi (1- va 2-qatordagi milicionerlar ham kelib, 3-qatordagilarga
qo’shilishgandi). Ushbu kun yakshanba, Ramazon hayiti kuni bo’lib, binoda prezident
I.Karimov yo’q edi. Shu yerda “Birlik” XHning raisi Abdurahim
Po’latov qisqacha nutq so’zladi. So’ngra tobutni
ko’tarib Charx Kamolon qabristoniga olib bordik. Qabristonda motam
mitingi bo’ldi va Husnitdin Muxamedovning jasadi
qabrga qo’yildi (bu voqealar haqida muallif [13] kitobchada yozgan).
1990 yil aprel o’rtalarida O’zR vice-prezidenti
Sh.Mirsaidov bilan “birlik”chilar va “tumaris”chilar uchrashuvida Sovet
Ittifoqining turli o’lkalariga Toshkentdan bir necha komissiya yuborishga doir
kelishuv haqida yuqorida yozgan edik. 1990 yil may oyi boshida besh kishidan
iborat komissiya: “Birlik” XHdan prof. O.Karimov, “Tumaris” xotin-qizlar
harakatidan V.Inoyatova, O’zR Oliy Kengash deputati To’ychiyev, O’zR Bosh
prokuraturasidan bir xodim va O’zbekiston Harbiy garnizonidan bir zobit
(oficer) Sibir tarafga jo’nab ketishdi (bu haqda muallifga V.Inoyatova 2005 yil
29 dekabrda telefon orqali gapirib berdi, lekin u komissiya tarkibidagi ikki
kishining ismi-sharifini eslay olmadi). Ular avval
Shu yerda H.Muxamedovning do’sti bo’lgan va u bilan
“Yigitlik
burchini o’tash uchun Buryatiyaning Ulan-Ude shahriga borganimizdan 10 kun o’tgach, uch o’zbek yigitini – meni, Yusupov Uyg’unni, Mahmudov
(Muhamedov, A.Sh) ZJBI-2 (zavod
jelezo-betonnix izdeliy – temir-beton buyumlari korxonasi, A.Sh.) raqamli, qamoq
jazosini o’taydiganlar ishlaydigan qurilish qismiga ishga taqsimlashdi. Odatda bizni ish joyimizga avtobus eltib qo’yardi. Lekin
ko’pincha avtobus berishmas, biz shahar transportida ishga qatnashga majbur
bo’lardik. Yo’lda esa doim rus “og’a”larimiz bizni to’xtatib,
“Senlar o’zbeksanlar. Senlardan bizga hech qanday
foyda yo’q. Hali biz senlarga ko’rsatib qo’yamiz” deb
bizni kaltaklashardi. Bu haqda bir necha marta
komandir Sidorenkoga arz qildik, lekin natija bo’lmadi.
Ishxonada esa
bizni hech kim qilmaydigan ishga qo’yib, ertalab soat
9 dan to kech 9 gacha ishlatishar edi.
Xizmatimizning dastlabki kunlari boshliqlarimizdan biri
(keyinchalik u boshqa yerga ko’chib ketdi) “Oralaringda farg’onaliklar bormi?
Senlar zo’r bo’lib ketgansanlar. Senlar urushqoq
xalqsanlar” dedi.
Oradan ozgina
o’tgach, besh o’zbek yigitini komandirimiz chaqirib olib, bizga
Bir kun Procenko bizdan bir yil avval xizmatga kelgan rus
yigitlariga “o’zbeklarni qiynanglar” deb buyruq berdi. Keyin o’zi qo’l
ostidagilarga qanday qiynash kerakligini namoyish etib, Qobul ismli
(Toshkentdan, oqtepalik) do’stimni polga ag’darib,